IV razryadli ofitsiant
Ish bo‘yicha harakteristika:
stol yasatishning xillari;
stollarni yasatish uchun gullardan kompozitsiya;
nonushta, tushlik, kechki ovqat, banket uchun taomnoma tuzish, zarur oshxona idish-tovoqlar, anjomlari, oshxona buyumlari hisobga olish;
turli usullar bilan taom va ichimliklar berish;
turli xil banketlarga xizmat qilish;
xorijiy turistlarga xizmat qilish;
n onushta, tushlik, kechki ovqat, banketlar uchun stol tuzaladi;
mijozlar bilan zaruriy muomalada bo‘lish;
foydalanilgan idish va anjomlarni yig‘ishtirib olish.
Bilishi kerak:
idish-tovoqlar, anjomlar va oshxona buyumlarining hamma xillarini hisobga olish va saqlash tartibi;
stol yasatishning qoida va turlari;
guldastalar qo‘yish tartibi;
taomnoma tuzish turlari va tamoyillari;
oziq-ovqat mahsulotlari haqida qisqa ma’lumot;
taom va ichimliklarni berish qoidalari, xususiyati, ovqatlar tavsifi harakteristikasi;
fiziologiya va sanitariya asoslari;
professional etika;
ofitsiant ish joyini tashkil qilish;
ichimliklar berishning qisqacha tavsifi va xususiyati;
tantanalarda xizmat qilish tartibi va banketlar turi;
xizmat qilishning ilg‘or shakli.
Do'stlaringiz bilan baham: |