Jez idishlar asosan suv qaynatish, qiyomlar pishirish va boshqalarda ishlatiladi. Bular alyumin va emallangan po‘lat idishlarga qaraganda juda chidamli. Jez idishlarga organik qislota, sut, yog‘ va boshqa mahsulotlar ta’sir qiladi. Shuning uchun taom tayyorlash, suv qaynatishga muljallangan jez idishlarning ichi qalay bilan ishlanadi. Qiyom pishiriladigan idishlar qalay suvi bilan ishlanmaydi. Qand va mevalardagi organik kislota jez eritilishiga yo‘l qo‘ymaydi. Kam ishlatiladigan jez idishlar vaqt o‘tishi bilan qorayadi va ko‘k dog‘lar bilan qoplanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |