1-mavzu: «Restoran biznesi»fanining maqsadi va vazifalari Reja


Restoran idish-tovoqlari va anjomlariga qo‘yiladigan



Download 3,44 Mb.
bet59/154
Sana31.12.2021
Hajmi3,44 Mb.
#217908
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   154
Bog'liq
1-19

Restoran idish-tovoqlari va anjomlariga qo‘yiladigan

sanitariya-gigiyena talablari

Umumiy ovqatlantirish korxonalarida taom va issiq ichimliklarni tayyorlash, saqlash, suzib uzatish va iste’mol qilish uchun quyidagi materiallardan tayyorlangan idish – tovoqlar ishlatiladi:

  • metallardan tayyorlangan;

  • shishadan yasalgan;

  • sopol idishlari;

  • plastmassadan ishlab chiqarilgan idishlar.

Metall idishlar - alyumin, po‘lat, jez, chuyan, temir, melxior, neyzilberlardan tayyorlanadi. Ular emal bilan qoplanishi mumkin.

Alyumin idish shtamp qilinib alyumin, dyuralyumindan qo‘yish yo‘li bilan yoki ularning ikkinchi erit­masidan tayyorlanishi mumkin. Shtamp qilinib tayyorlangan alyumin idish yengil (tub qalinligi 1,5 mm), o‘rtacha (2 mm) va og‘ir (tubi qalinligi 2,5 mm) bo‘ladi. Qo‘yib tayyorlangan, devorlari qalin idishlar -tovalar, kastryul, qozonlar, agar ularning sirtiga yaxshi ishlov berib pardozlansa, zanglamaydi. Bu idishlar asosan taomlarni qovurish uchun, ikkinchi taom tayyorlash uchun ishlatiladi. Alyumin idishlarga turli xil ishlov beriladi, ular kumushsimon va boshqa har xil ko‘rinishda yaltirab turadi. Issiqqa chidamliligi 658°S gacha, haroratning birdaniga o‘zgarishidan qo‘rqmaydi, taomning mazasi, xidi, ko‘rinishiga salbiy ta’sir qilmaydi. Bunday idishlarda har qanday taomni pishirish mumkin, organik kislotali mahsulotlar ham ularga ta’sir qilmaydi. Biroq, alyumin idishlarda taomni 2 sutkadan ortiq saqlash tavsiya etilmaydi. Alyumin idishlarda tuzlangan bodring, karam saqlash mumkin emas, chunki ishqor va kislota idishni ishdan chiqaradi. Yangi alyumin idish ichini moylab, suv qaynatib olish zarur.

Alyumin idishning kirini ketkazish uchun nashatir spirt yoki soda qo‘shilgan suv bilan yuviladi (bir litr suvga bir choy qoshiq). Bunday idishlarni turli xil kukunlar bilan yuvsa ham bo‘ladi. Alyumin kastryullarni 1-1,5 chelak iliq suvga 80-100 g idorada ishlatiladigan silikat yelimidan va 100-125 g kalsiy sodasi qo‘shib yuvilsa, yangidek bo‘ladi. Suyuqlik qaynash darajasigacha isitilishi, so‘ngra idishlar solinishi mumkin. 20-30 daqiqa qaynatish kerak. Suv sovugunga qadar idishlar olinmaydi, so‘ngra ochib yengilgina yuviladi. Alyumin idishlarni poroshok va metall cho‘tkalar bilan tozalash mumkin emas.

Metalldan qilingan idishlarga emal va boshqa narsalar bilan buyoq beriladi. Po‘lat idishlarga ham shunday ishlov beriladi. Po‘lat idishlarga rux beriladi. Bunday idishlarda mahsulot tuzlash, taom pishirish, ichish uchun suv qaynatish mumkin emas. Ruxlangan idishlarda sovuq suv, o‘simlik yog‘ini saqlash mumkin. Qalay bilan oqartirilgan idishlar oq, tunukadan yoki qora po‘lat tunukadan tayyorlangan bo‘ladi va qo‘rg‘oshin bilan qoplanadi. Bunday idishlarda sut-qatiq mahsulotlarini saqlash, suv qaynatish mumkin emas. Chunki mahsulotning sifatini buzadi, choyning mazasini o‘zgartiradi. Bu idishlarni hatto poroshok bilan yuvish ham tavsiya etilmaydi.

Zanglamaydigan po‘lat va xromnikel eritmasidan tay­yorlangan idishlar gigiyena talabalarga javob beradi. Bu materiallar yuqori zangbardoshligi, kimyoviy turg‘unligi, taomga zararsizligi, organik kislota yuqori bo‘lsa ham taomga zararli moddalar ta’siri bo‘lmasligi bilan ajralib turadi. Asosan suyuq taomlar tayyorlash va ularni saqlashda qo‘l keladi.




Download 3,44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish