«Quick» restoranlari (Fransiya)
« Quick» restoranlari gamburger tayyorlovchi fastfudlarga mo`ljallangan restoranlar zanjiri hisoblanadi. Uning asosiy markazlari Berxem, Antverpen va Belgiyada joylashgan. U 1971-yilda tashkil topgan va Yevropada mashhur fastfud tayyorlovchi restoran zanjiridir. Oxirgi yillarda uning soni yuqori darajada o`sdi. «Quick» restoranlari «McDonald's» va «Burger King» restoranlariga o`xshab ketadi. 2007-yilda ushbu restoran Fransiya hukumati tomonidan «milliylashtirildi».
Zanjir 1971-yilda ikkita restoran nomi bilan tashkil etilgan edi. Ulardan biri Antverpen shahar tashqarisida joylashgan Shoten, ikkinchisi Brussel janubida joylashgan Voterlu hisoblanadi. 2010-yil dekabr oyi ma’lumotlariga ko`ra Quick restoranlari boshqaruvida Fransiya, Belgiya, Lyuksemburg, Jazoir, Marokash va Rossiyada joylashgan 400 ta restorani mavjud. Ushbu restoranlarning 72% i franshiz shartnomasi asosida faoliyat yuritadi.
8-rasm. «Quick» xalqaro restoranlar zanjiri tarkibidagi restoran binosi va
Do'stlaringiz bilan baham: |