«Spizziko» (Italiya)
« Spizziko» «Avtogril» kompaniyasi boshqaruvidagi pitsa ishlab chiqaruvchi tez xizmat ko`rsatishga asoslangan restorandir. Ushbu restoran Italiyada joylashgan franshiz shartnomasi asosida tashkil qilingan. Uning umumiy Gretsiya, Shvetsariya, Fransiya va AQSHda joylashgan 169 ta restorani mavjud. Odatda bu restoranlar aeroportlar, temir yo`l vokzallari, katta ko`chalar, savdo markazlari va yarmarkalarda faoliyat yuritmoqda. «Spizziko» ko`pincha «Avtogril» boshqaruvidagi boshqa «Fast Food» tayyorlovchi restoranlar zanjiri bilan bir binoda joylashgan. «Spizziko» restoranlarining qulay tomoni shundaki, ular shu paytgacha mavjud bo`lgan pitsa tayyorlovchi restoranlardan farqli o`laroq pitsani sakkiz bo`lakdan bittasini, choragini, yarmini (ozgina aralashgan, ozgina mavsumiy va ozgina mahsus) ham sotadi. «Spizziko» restoranlarida pitsadan tashqari tez tayyor bo`luvchi kartoshka yoki turli xil ichimliklar, salat va shirinliklar ham sotiladi. Mijoz ovqatni restoranda yeyishi yoki o`zi bilan olib ketishi mumkin.
6-rasm. «Spizzico» xalqaro restoranlar zanjiri tarkibidagi restoran binolari
Do'stlaringiz bilan baham: |