1-mavzu: «Restoran biznesi»fanining maqsadi va vazifalari Reja


Restoranda konferensiya, festival, forum



Download 3,44 Mb.
bet85/154
Sana31.12.2021
Hajmi3,44 Mb.
#217908
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   154
Bog'liq
1-19

Restoranda konferensiya, festival, forum

qatnishchilariga xizmat ko‘rsatish


Konferensiya, festival, forum qatnishchilari yashayotgan mehmonxonalarda mehmonlar uch mahal: nonushta, tushlik va kechki ovqat bilan ta’minlanadi. Tushlik va kechki ovqat boshqa restoranlarda bo‘lishi ham mumkin. Ovqatlanishni o‘z vaqtida tashkil qilish uchun restoran ma’muriyatini oldindan xabardor qilib qo‘yish kerak. Anjumanlarning ish tartibi, muddati, qancha odam qatnashishi-bular haqida restoran xodimlari bilishlari lozim. Restoran ma’muriyati tadbir o‘tkazuvchilar bilan birgalikda mehmonlar qachon restoranga keladi, taomlar bahosi va hisob-kitobi tartibi haqida kelishib oladilar. Bunday holatlarda oldindan taomnoma tuziladi va buyurtmachi bilan kelishiladi. Ko‘pincha kompleks usulda (nonushta, tushlik, kechki ovqat birlikda) taomlar tayyorlashga qaror qilinadi.

Bir vaqtning o‘zida qisqa fursatda ko‘pchilikka birdaniga xizmat qilish ofitsiantlardan tez va izchillik bilan ishlashni talab qiladi. Shuning uchun bu kunlarda xodimlarning ish grafigi ko‘rib chiqiladi, tig‘iz pallalarda ofitsiantlar maksimum shijoat bilan xizmat qilishi zarurligi belgilanadi. Bir ofitsiant kamida 8 ta mehmonga xizmat qilishi kerak. Idish-tovoqlar yig‘ishtirishga boshqa xodim jalb qilinadi. Ofitsiant faqat ovqat berish va hisob-kitob qilish bilan band bo‘ladi.

Har bir mehmon uchun alohida joy belgilangan hollarda ofitsiant ishi ancha yengil bo‘ladi. Buyurtma bo‘yicha nonushta, choy yoki kofe uchun idish, tuxum uchun idish, jem, qand, sut mahsulotlari uchun kerakli anjomlar oldindan qo‘yiladi. Xizmatni tezlatish uchun choy choynaklarda, kofe kofe idishlarida stolga keltirilishi mumkin. Mehmonlarning o‘zlari quyib ichaveradi. Non ham tarelkalarda usti salfetka bilan yopilgan holda tayyorlab qo‘yiladi.

Tushlikka oldindan stol yasatiladi: ofitsiantlar ma’danli suv va meva sharbati quyilgan shishalarni, meva-larni qo‘yadi, gazaklar tarelkalarda beriladi, desert taomlar keltiriladi.



Oldindan pul o‘tkazilgan bo‘lsa, mehmonlarga talon daftarchasi beriladi. Unda «sovuq gazak», «ikkinchi taom», «issiq ichimlik», «bufet» degan yozuvlar bo‘ladi. Tushlik ovqat taloni besh qismdan: «sovuq gazak», «birinchi taom». «ikkinchi taom», «shirinlik», «bufet»dan iborat. Ofitsiant bu talonlarni pul bahosida o‘tkazib, kassir bilan chek orqali hisob-kitob qiladi. O‘tkazilayotgan tadbir qatnashchilari naqd pul to‘lashlari lozim bo‘lsa, ofitsiantlar odatdagi mijozlar singari hisob-kitob qilaveradi. Yig‘in qatnashchilarining vaqtlari cheklanganligini hisobga olib, ularni talon yo‘li bilan ovqatlanti-rish maqsadga muvofiqdir. Bunda albatta ofitsiant har bir mehmon oldiga borib hisob-kitob qilib ularning vaqtini olib o‘tirmaydi. Mehmonlarga tez xizmat qilishning yana boshqa tartibi ham bor. Ularni kelgusi kun nonushta, tushlik, kechki ovqat taomnomalari bilan oldindan tanishtiriladi. Mehmon ertaga qanday ovqatlar kerakligini bugun buyurtma sifatida taomnomada belgilab ketadi. Bosh ofitsiant buyurtmani ishlab chiqarish mudiriga topshiradi va ishga kirishiladi. Bunday holatlarda nonushtaga 30 daqiqa, tushlikka 45 dakiqa kam vaqt ketadi. Nonushta, tushlik, kechki ovqatlar belgilangan soatlarda o‘tkaziladi. Bu haqda oldindan restoran ma’muriyati va yig‘ilish tashkilotchilari kelishib oladilar. Shuningdek, mehmonlar uchun ovqatlanishga ajratilgan mablag‘ doirasida taomnoma tuzish ham kelishiladi.

  1. Download 3,44 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish