1-mavzu: Pedagogika tariхi fan sifatida. Eng qadimgi davrlardan hozirgi davrgacha O‘zbekistonda tarbiya, maktab va pedagogik fikrlar.
1-Topshiriq. “Pedagogika tariхi fan sifatida. Eng qadimgi davrlardan hozirgi davrgacha O‘zbekistonda tarbiya, maktab va pedagogik fikrlar”
mavzusiga doir blits-so‘rov savollari
Xalq pedagogikasi nimalarni o‘z ichiga oladi? Xalq og‘zaki ijodiga nimalar kiradi? O‘rxun-Enasoy yozma yodgorliklariga nimalar kiradi?
Javob: Xalq pedagogikasi xalq ommasi orasida hukmronlik qiluvchi tarbiyaning maqsadi va vazifalariga bo’lgan qarashlarni ifodalovchi amaliy pedagogik bilimlar va tajribasining sohasidir. tushuntirish, namuna ko’rsatish, odatlantirish (o’rganish, mashq qildirish), iltimos qilish, tilak-istak bildirish, yolvorish-iltijo qilish, maslahat berish, ko’ndirish, undash, ma’qullash, rahmat aytish, duo qilish, olqish (oq yo’l tilash), taqiq qilish, ta’na (gina, o’pka) qilish, mashara - mazax qilish, majbur
qilish, tanbeh berish, koyish, qarg’ash, qo’rqitish, uzr so’rash, ont - qasam ichirish, la’natlash, so’kish, urish, kaltaklash metodlari bo’lsada, yoshlarning insoniy fazilatlarini tarbiyalashda asosan:
o’git-nasihat, ibrat ko’rsatish, ma’qullash va maqtash, alqash, mukofotlash, qoralash - qarg’ish, jismoniy jazo berish kabi metodlardan foydalanilgani ko’zga tashlanadi.
VII – VIII asrlarda qabr toshlariga turk-runiy yozuvida o’yib bitilgan «Urxun-Enasoy» bitiglarida ham bolalarni vatanparvar, xalqparvar, tadbirkor, uddaburon, oqil qilib tarbiyalash masalalariga alohida e’tibor qaratilgan.,
“Avesto”da inson hayotining uch asosiy g‘oyasi qanday ifoda etilgan?ezgu fikr, ezgu so’z va ezgu amal
Sharqda Forobiy qanday unvonga sazovor bo‘lgan? Forobiy qanday asarlar yozib qoldirgan? Sharqda Farobiy “Al muallim as-soniy”, “ikkinchi muallim”, “Sharq Arestoteli” degan unvon olgan. 160 dan ortiq asarlari bor.
Abu Ali ibn Sino ta’lim-tarbiyaga doir qanday asarlar yozgan? “Tadbiri al-manozil” “Bolani maktabga o’qitish va tarbiyalash bo’limi”
Ibn Sino tomonidan o‘qitishning qanday tamoyillari asoslab berilgan? 1) bolaga bilim berishda birdaniga kitobga band kilib ko’ymaslik; 2) ta’limda engildan qiyinga boorish orqali bilim berish; 3) olib boriladigan mashqlar bolalar yoshiga mos bo’lishi; 4) o’qitishda jamoa bo’lib maktabda o’qitishga e’tibor berish; 5) bilim berishda bolalarning mayli, qiziqishi va qobiliyatini hisobga olish; 6) o’qitishni jismoniy mashqlar bilan ko’shib olib borish.
“Qutadg‘u bilig” qanday asar? “Qutadg‘u bilig” asaridagi to‘rt ramziy obraz qanday atalgan? Saodatga yollovchi bilim. 1)adolat-podshoh Qutadg’u timsoli 2)davlat-Vazr Oyto’ldi, 3)Aql-Vazr o’g’li Ugdilmish, 4)-Qanot-uning qarindoshi O’zg’urmish.
“Haqiqatlar hadyasi” deb nom olgan asar muallifi kim? Ahmat Yugnakiyning “Hibat-ul-haqoyiq” asari.
Kaykovusning “Qobusnoma” asari kimga bag‘ishlab yozilgan?Muallif asarni o’g’li gulonshohga atab yozgan
Ulug‘bekning astronomiyaga oid asari qanday nomlanadi? Ziji jadidiy ko’ragoniy
Ulug‘bek tomonidan qurilgan qaysi madrasa eshik tabaqalariga arab tilida “Bilim olish har bir musulmon ayol va erkak uchun farzdir” degan ibora о‘yib yozilgan? Buxoradagi Ulug’bek madrasasi
Abdurahmon Jomiy qachon va qayerda tug‘ilgan? Jomiyning ta’lim-tarbiyaga oid asarlari qanday nomlanadi? 1414 yil 7 noyabrda Jomda to’g’ilgan. “Boxoriston” 7 ta dostonni o’z ichiga olgan “Xabtabrang” (7 taxt) asarlari
Navoiydan oldin “Xamsa” yaratgan allomalarni ayting. Navoiyning hayotining sо‘ngida yaratilgan asar nomini keltiring. Nizomiy-Ganjaviy, Abduraxmon Jomiy, Amir Xisrav-Dehlaviy. “Maxbub ul-qulb” asari
A.Navoiy ustoz va murabbiylar haqida aytgan fikrlaridan namunalar keltiring. Mudarris kerakki, g’arazi mansab bo’lmasa va bilmas ilmni aytishga urinmasa, manmanlik uchun dars berishga havas ko’rgazmasa va olg’irlik uchun gap-so’z va g’avg’o yurgizmasa, nodonlikdan sallasi katta va pechi uzun bo’lmasa, gerdayish uchun madrasa ayvoni boshi unga o’rin bo’lmasa. ... Yaramasliklardan qo’rqsa va nopoklikdan qochsa, nainki, o’zini olim bilib, necha nodonga turli xil fisq ishlarni mumkin, balki halol qilsa, qilmas ishlarni qilmoq uchun sodir bo’lsa va qilar ishlarni qilmaslik unga qoida va odat bo’lib qolsa. Bu mudarris emasdir, yomon odatni tarqatuvchidir
Jadid ya’ni “Usuli jadid”ning ma’nosi nima va uning asoschisi deb kim tan olingan? Yangilik tarafdorlari, yangi usul maktabi, Ismoil Gasparali
Turkistonda birinchi yangi usul maktabi qachon ochildi? Jadid asoschilari haqida ma’lumot bering.Mahmudho’ja Behbudiy jadidchilik xarakati otasi hisoblanadi. U 1904 yil Samarqandda usuli jaded maktabini tashkil etadi
Respublikamizda mustaqillik e’lon qilingandan so‘ng ta’lim sohasida qanday o‘zgarishlar ro‘y berdi?1997 yil ta’lim to’g’risidagi qonun va kadrlar tayyorlash milliy dasturi ishlab chiqildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |