Tunyuquq bitigi: Tunyuquq bitigi 310 misradan iborat bo’lib, 717-718 (ba’zi manbalarda 712-716-yillar ko’rsatilgan) yillarda yozilganligi qayd etilgan. Tunyuquq o’z bitigini tirikligida yozdirgan. Mazkur bitikda Tunyuquq vatanparvar shaxs sifatida ta’riflangan. Tunyuquq ega bo’lgan insoniy fazilatlar – insonparvarlik, ezgulik va haqiqat tantanasi yo’lida kurashish uning qo’shni xalqlar o’rtasidagi obro’sini yanada oshirib yuboradi. Xususan, Tunyuquq tomonidan turkiy xalqlar qo’liga tushgan asirlarni o’z yurtlariga jo’natib yuborishi dushman qabilalar a’zolarining bosh egib kelishi, ezgulik bilan yovuzlik o’rtasidagi kurash chog’ida ezgulikning g’alabaga erishishi kabi holatlar shu asosida qon to’kishning oldini olish mumkinligidan dalolat ekanligiga ishora qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |