1997 yildagi “Ta’lim to’g’risida”gi qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ni amalga oshirish bosqichlari.
Milliy dasturning maqsad va vazifalari bosqichma-bosqich amalga oshiriladi. Har bir bosqichda muayyan vazifalarning hal etilishi11 nazarda tutiladi. Ushbu vazifalar quyidagilardan iboratdir:
Birinchi bosqich (1997—2001 -yillar) mavjud kadrlar tayyorlash tizimining ijobiy salohiyatini saqlab qolish asosida ushbu tizimni isloh qilish va rivojlantirish uchun huquqiy, kadrlar jihatidan, ilmiy-uslubiy, moliyaviy shart-sharoitlarni yaratish.
Ikkinchi bosqich (2001 —2005-yillar) — Milliy dasturni to’liq ro’yobga chiqarish, mehnat bozorining rivojlanishi va real ijtimoiy- iqtisodiy sharoitlarni hisobga olgan holda unga aniqliklar kiritish. Bu bosqichda, shuningdek, ta’lim muassasalarini maxsus tayyorlangan malakali pedagog kadrlar bilan to’ldirish ta`minlanadi, ularning faoliyat ida raqobatga asoslangan muhit vujudga keltiriladi.
«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» maqsadini ro’yobga chiqarishningikkinchi bosqichida ta’lim muassasalarining moddiy-texnika va axborot bazasini mustahkamlash davom ettiriladi, o’quv-tarbiya jarayonining yuqori sifatli o’quv adabiyotlari va ilg`or pedagogik texnologiyalar bilan ta`minlash
uzluksiz ta’lim tizimini axborotlashtirish vazifalarining ham hal etilishiga alohida urg`u beriladi.
Uchinchi bosqich (2005 va undan keyingi yillar) to’plangan tajribani tahlil etish va umumlashtirish asosida, mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish istiqbollariga muvofiq kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish va yanada rivojlantirish. Bu bosqichda, yana shuningdek,
- ta’lim muassasalarining resurs, kadrlar va axborot bazalarini yanada mustahkamlash;
- o’quv-tarbiya jarayoni yangi o’quv-uslubiy majmualar, ilg`or pedagogik texnologiyalar bilan to’liq ta`minlanishi;
- milliy (elita) oliy ta’lim muassasalarini qarorto’tirish va rivojlantirish;
- ta’lim jarayonini axborotlashtirish, uzluksiz ta’lim tizimi jahon axborot tarmog`iga ulanadigan komputer axborot tarmog`i bilan to’liq qamrab olinishiga erishish kabi vazifalarning ham ijobiy yechimi ta`minlanadi.
Bugungi kunda yoshlar tarbiyasi o’ta dolzarb masala ekanini inobatga olgan holda, Qarorda talaba-yoshlarning mafkuraviy immunitetini mustahkamlash, ta’lim va tarbiya uygunligini amalda ta’minlash borasidagi vazifalarga alohida e’tibor qaratilgan.
Mazkur Qonun O’zbekiston Respublikasining 2020-yil 23-sentabrdagi O’RQ-637-sonli “ Ta’lim to’g’risida“gi Qonuniga asosan o’z kuchini yo’qotgan.
Yangi tahrirdagi “TA’LIM TO’G’RISIDA”gi O’ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI.
Yangi tahrirdagi “Ta’lim to’g’risida”gi qonun 2020 yil Oliy kengashning qonunchilik palatasi tamonidan qabul qilininib,2020 yil 7 avgustda Senat tamonidan ma’qullangan,hamda (O’RQ–637, 23.09.2020) Prezident tomonidan imzolandi (htt’s://t.me/uztdi/1524).( 29 avgust 1997yil-qonun va Kadrlar tayyorlash M.D. o’z kuchini yo’qotdi).
UMUMIY QOIDALAR
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
Ushbu Qonun fuqarolarga ta’lim, tarbiya berish, kasb-hunar o’rgatishning huquqiy asoslarini belgilaydi hamda har kimning bilim olishdan iborat konstitutsiyaviy huquqini ta’minlashga qaratilgan.
2-modda. Ta’lim to’g’risidagi qonun hujjatlari
Ta’lim to’g’risidagi qonun hujjatlari ushbu Qonundan hamda boshqa qonun hujjatlaridan iborat.
Agar O’zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida ta’lim to’g’risidagi qonun hujjatlaridagidan o’zgacha qoidalar belgilangan bo’lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo’llaniladi.
3-modda. Ta’lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy printsiplari
Ta’lim O’zbekiston Respublikasi ijtimoiy taraqqiyoti sohasida ustuvor deb e’lon qilinadi.
Ta’lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy printsiplari quyidagilardan iborat:
ta’lim va tarbiyaning insonparvar, demokratik xarakterda ekanligi;
ta’limning uzluksizligi va izchilligi;
umumiy o’rta, shuningdek o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limining majburiyligi;
o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi yo’nalishini: akademik litseyda yoki kasb-hunar kollejida o’qishni tanlashning ixtiyoriyligi;
ta’lim tizimining dunyoviy xarakterda ekanligi;
davlat ta’lim standartlari doirasida ta’lim olishning hamma uchun ochiqligi;
ta’lim dasturlarini tanlashga yagona va tabaqalashtirilgan yondashuv;
bilimli bo’lishni va istehdodni rag’batlantirish;
ta’lim tizimida davlat va jamoat boshqaruvini uyg’unlashtirish.
4-modda. Bilim olish huquqi
Jinsi, tili, yoshi, irqiy, milliy mansubligi, ehtiqodi, dinga munosabati, ijtimoiy kelib chiqishi, xizmat turi, ijtimoiy mavqei, turar joyi, O’zbekiston Respublikasi hududida qancha vaqt yashayotganligidan qathi nazar, har kimga bilim olishda teng huquqlar kafolatlanadi.
Bilim olish huquqi:
davlat va nodavlat ta’lim muassasalarini rivojlantirish;
ishlab chiqarishdan ajralgan va ajralmagan holda ta’lim olishni tashkil etish;
ta’lim va kadrlar tayyorlash davlat dasturlari asosida bepul o’qitish, shuningdek ta’lim muassasalarida shartnoma asosida to’lov evaziga kasb-hunar o’rgatish;
barcha turdagi ta’lim muassasalarining bitiruvchilari keyingi bosqichdagi o’quv yurtlariga kirishda teng huquqlarga ega bo’lishi;
oilada yoki o’zi mustaqil ravishda bilim olgan fuqarolarga akkreditatsiyadan o’tgan ta’lim muassasalarida eksternat tartibida attestatsiyadan o’tish huquqini berish orqali tahminlanadi.
Boshqa davlatlarning fuqarolari O’zbekiston Respublikasida xalqaro shartnomalarga muvofiq bilim olish huquqiga ega.
Respublikada istiqomat qilayotgan fuqaroligi bo’lmagan shaxslar bilim olishda O’zbekiston Respublikasi fuqarolari bilan teng huquqlarga ega.
5-modda. Pedagogik faoliyat bilan shug’ullanish huquqi
Tegishli ma’lumoti, kasb tayyorgarligi bor va yuksak axloqiy fazilatlarga ega bo’lgan shaxslar pedagogik faoliyat bilan shug’ullanish huquqiga ega.
Pedagog xodimlarni oliy o’quv yurtlariga ishga qabul qilish O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tasdiqlagan Nizomga muvofiq tanlov asosida amalga oshiriladi.
Pedagogik faoliyat bilan shug’ullanish sud hukmiga asosan man etilgan shaxslarning ta’lim muassasalarida bu faoliyat bilan shug’ullanishiga yo’l qo’yilmaydi.
6-modda. Ta’lim muassasasining huquqiy maqomi
Ta’lim muassasasini akkreditatsiyalash vakolatli davlat organi tomonidan attestatsiyaga asosan amalga oshiriladi.
Yangi tahrirdagi qonunda quyidagilarda o’z aksini topdi:
- maktabgacha ta’lim bo’yicha 6 yoshdan 7 yoshgacha tarbiyalanuvchilar uchun maktabgacha ta’lim majburiy hisoblanishi belgilandi.
umumiy o’rta va o’rta maxsus ta’lim bo’yicha:
- umumiy o’rta ta’lim tashkilotining birinchi sinfiga bolalar yetti yoshga to’ladigan yilda qabul qilinishi;
- 11 yillik majburiy bepul ta’lim amalga oshirilishi;
- akademik litseylarda 2 yillik ta’limning joriy etilishi;
- inklyuziv ta’limning joriy etilishi belgilandi.
umumiy o’rta ta’lim (i–xi sinflar) bosqichlari belgilandi:
- boshlang’ich ta’lim (I-IV sinflar);
- tayanch o’rta ta’lim (V-IX sinflar);
- o’rta ta’lim (X-XI sinflar).
kasbiy ta’lim bo’yicha:
- professional ta’lim egallanadigan kasb va ixtisoslik bo’yicha quyidagi darajalarni o’z ichiga olishi belgilandi:
- boshlang’ich professional ta’lim;
- o’rta professional ta’lim;
- o’rta maxsus professional ta’lim.
SHuningdek, mutaxassislik va kasblarning murakkabligidan kelib chiqib professional ta’lim olish muddatlari, professional ta’limning davlat granti va to’lov-kontrakt asosida berilishi, fuqarolarning ikkinchi va undan keyingi professional ta’limni shartnoma asosida olishi mumkinligi belgilandi.
oliy ta’lim bo’yicha:
- oliy ta’limni kunduzgi shakldan tashqari kechki, sirtqi va masofaviy shakllarda olish mumkinligi;
- bakalavriat ta’lim yo’nalishida ta’lim olishning eng kam muddati 3 yil, magistraturada 1 yil bo’lishi;
- mudofaa, xavfsizlik hamda huquqni muhofaza qilish faoliyati xususiyatlaridan kelib chiqqan holda ushbu yo’nalishda mutaxassislarni tayyorlash;
- oliy ta’lim muassasalariga kredit tizimi asosida ta’lim jarayonini tashkil etish imkoniyatining berilishi mustahkamlab qo’yildi.
oliy ta’limdan keyingi ta’lim bo’yicha:
- ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash, ilmiy darajalar va ilmiy unvonlar berish tartibi, shuningdek, harbiy, tibbiyot va boshqa ta’lim tashkilotlarida oliy ta’limdan keyingi ta’lim olishning o’ziga xos xususiyatlari;
- oliy ta’limdan keyingi ta’limni olish muddatlari belgilandi.
Shuningdek, qonunning yangi tahririda:
- pedagoglarning maqomi, huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi;
- ta’lim sohasiga investitsiyalarning jalb etilishi;
- ta’lim oluvchilar, ota-onalar (qonuniy vakillar)ning huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi;
- ta’lim sohasida davlat nazorati va tekshiruvning amalga oshirilishi;
- ta’lim muassasalarini ichki va tashqi baholash tizimining joriy etilishi;
- ta’lim sohasida eksperimental va innovatsion faoliyatning amalga oshirilishi belgilandi.
Shuningdek, mazkur qonun bilan,1997 yil 29 avgustdagi “Ta’lim to’g’risida”gi hamda “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to’g’risida”gi qonunlar o’z kuchini yo’qotdi.