1-mavzu: Pedagogik konfliktologiyaning mohiyati, ob’ekti, predmeti, maqsadi, vazifalari va fan sifatida paydo bo‘lishi Reja


Pedagogik konfliktologiya fanining ilmiy-tadqiqot metodlari



Download 302,92 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/6
Sana16.06.2022
Hajmi302,92 Kb.
#676743
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1 ped konf-мавзу

Pedagogik konfliktologiya fanining ilmiy-tadqiqot metodlari 
Har qanday fan, fan sifatida o‘zining ilmiy-tadqiqot usullariga ega. Bu usullar 
orqali o‘z mazmunini boyitib, yangilab boradi. Fan mazmunini boyitish va 
yangilash maqsadida mavjud kasbiy, pedagogik-psixologik hodisa va jarayonlarni, 
uning maqsadi va vazifalariga muvofiq keladigan tadqiqot usullari bilan o‘rganadi.
Ilmiy pedagogik izlanish jarayonlarini amalga oshirishda quyidagi ilmiy-
tadqiqot metodlaridan foydalaniladi: kuzatish; o‘z-o‘zini tahlil qilish; og‘zaki va 
yozma so‘rov; anketalashtirish; test so‘rovi; ishbilarmonlik o‘yinlari va h.k. 
1.2. Pedagogik konfliktologiyaning ilmiy asoslari 
Pedagogik konfliktologiya bugungi kunda mustaqil fan sifatida shakllanib 
bormoqda. Fan nuqtai-nazaridan ilk marotaba konfliktni ilmiy o‘rganish davlat 
hokimiyati, jamiyat a’zolari hamda alohida ijtimoiy guruhlar orasidagi 
ziddiyatlarni o‘rganishdan boshlangan.
Keyinchalik ilmiy qiziqishlarni ortib borishi bilan ijtimoiy, siyosiy, milliy, 
guruhlararo va shaxslararo konfliktlar 
fan ob’ektiga
aylana boshladi. 
Konfliktologiya XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab, fan sifatida shakllana 
boshlagandan so‘ng, jamiyatda konfliktning tutgan o‘rnini o‘rganish jamiyat 
hayotida juda muhimligi sababli, etnik va guruhlararo konfliktli munosabatlarni 
o‘rganish, sistematik asosda ularni tahlil qilish va o‘zaro to‘g‘ri yechimga kelish 
zaruriy ehtiyojlardan biriga aylandi. Mustaqillikning dastlabki yillarida 
konfliktologiyaga oid bilimlar fanlararo paradigmasining konturlari belgilanib, ular 
asosi sifatida tizimli evolyusion yondashuv olindi. So‘nggi paytda konfliktologiya 


tarmoqlarini tashkil qilgan xususiy (alohida) konfliktologiya fanlarida bu fan 
muammosining ko‘p sonli qiziqarli va muhim tadqiqotlari o‘tkazilmoqda. 
Ta’lim sohasining ilmiy-nazariy va amaliy muammolarini tadqiq etish 
masalalari bo‘yicha pedagog va psixolog olimlar Ye.I.Stepanov, S.V.Banыkina, 
A.N.Samarin,V.N.Shalenko, V.Sheynov, A.Ya.Ansupov,I.A.Shipilov, N.I.Leonov, 
V.N.Kudryavsev, V.I.Juravlev, D.V.Ivchenko, N.V.Samsonova, V.N.Vasilev, 
B.I.Xasanov, V.V.Bazelyuk, 3.3.Drinka, A.Ya.Klementeva, C.B. Banыkina, 
G.S.Berejnaya, 
A.A.Bodalev, 
N.U.Zaichenko, 
M.M.Rыbakova, 
A.K.Markova,M.Mitina H.G.Moskvina va V.V.Drujinin kabilar o‘zlarining 
tadqiqot ishlarida turli xil soha mutaxassislarining konfliktologik madaniyatini 
shakllantirish yo‘llari va usullari, har tomonlama o‘rganilgan.
Umumta’lim muassasasi mutaxassislarining kompetentligining konfliktologik 
(chuqur bilimga ega bo‘lish) muammosi yaqindan beri maxsus psixologik-
pedagogik izlanishlar mazmuniga aylandi.
3
Psixologiya fanlari doktori, professor Boris Iosifovich Xasan muammoli 
kompetentlikning mohiyatini ko‘rib chiqqan; faylasuf B.I.Juravlyov, tibbiyot 
fanlari doktori Dmitriy Valerevich Ivchenko, pedagogika fanlari doktori 
N.V.Samsonovalar turli xil soha mutaxassislarining konfliktologik madaniyatini 
shakllanti rish yo‘llari va usullarini ishlab chiqishgan; pedagog va psixolog olimlar 
Mitina 
Larisa 
Maksimovna 
va 
A.K.Markovlar 
o‘qituvchi shaxsining 
imkoniyatlarini 
pedagogik 
jamoadagi 
muammolar 
xususiyatiga 
ta’sirini 
o‘rganishgan. A.A.Bordalyov, N.U.Zaychenko konstruktiv muloqotni muammoli 
vaziyatlarni hal etish usuli sifatida o‘rgangan; Zarema Zabirovna Drinka, Valentina 
Vasilevna Bazelyuk va A.Ya.Klimenteva bo‘lajak o‘qituvchilarning konfliktologik 
tayyorgarligini 
konseptual 
(yangi) 
asosini 
aniqlashdi; 
S.V.Banikina, 
G.S.Berejnaya, N.G.Moskvina pedagogning konfliktologik kompetentligini 
shakllantirish usullarini ochishdi. 
Umumta’lim maktab o‘qituvchilari konfliktologik muammolar bo‘yicha ilmiy 
adabiyotlarda mavjud ishlanmalar sinf rahbarlarining konfliktologik chuqur 
bilimga egalik qonuniyatlarini yaratish uchun nazariy va amaliy qiziqishga ega 
bo‘lishlari lozim. Professional kompetentlik (chuqur bilimga egalik) borasida 
falsafa fanlari doktori, professor Viktor Maksimovich Shepel ishlari diqqatga 
sazovordir. Muallif turli jamoalarning o‘zaro munosabatlarini o‘rganib, har qanday 
darajadagi jamoat rahbari o‘zaro turli shaxslar orasidagi tortishuvlarni bartaraf 
etishni bilishi, mojaroli vaziyatlarni hal qila olish bo‘yicha zaruriy bilim va 
ko‘nikmalarga ega bo‘lishi lozim deya ta’kidlaydi. 
3
Olsson, Thomas; Martensson Katarina and Roxa, Torgny. Pedagogical competence. Swedish, Division for 
Development of Teaching and Learning,Uppsala University, 2010. 


Mamlakat konfliktologiyasi rivojiga ruhshunoslar A.Ya.Ansupov hamda 
I.A.Shipilovlar katta hissa qo‘shishgan. Mualliflar konfliktogiyaning nazariy 
asoslari va ularning amaliy qo‘llanilishini o‘rgangan holda turli xil sohalardagi 
odamlarning o‘zaro munosabatlari orasidagi mojarolar xususiyatlarini va paydo 
bo‘lishi sabablarini o‘rganib, shaxslararo va turli xil shaxslar o‘rtasidagi 
mojarolarni hal etish hamda ulardan ogohlantirishning bir qator uslublarini belgilab 
berishdi. 
Pedagogik konfliktologiya rivojida ruhshunos M.M.Ribakova tadqiqotlari katta 
ahamiyat kasb etadi. Muallif pedagogik jamoa ichida turli xil munosabatlarni 
o‘rganib, “o‘qituvchi – o‘quvchi” ko‘rinishidagi muammolarga katta ahamiyat 
qaratadi, maktab hayotidan mojaroli vaziyatlarni misol qilib ko‘rsatadi hamda 
ularning asosiy sabablarini ochib beradi. M.M.Ribakova mazkur guruh 
munosabatlarini tahlil qilib, barcha mojarolarning asosiy sababchisi o‘qituvchining 
o‘zi ekanligini ta’kidlaydi. Shu munosabat bilan o‘quvchilar bilan normal 
munosabatni yo‘lga qo‘yish uchun pedagog mojarolarning oldini olish va ularni 
bartaraf etish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishi lozim. 
Pedagogik konfliktologiya rivojiga S.V.Banikina tadqiqotlarga sezilarli xissa 
qo‘shdi. Muallif maktab jamoasidagi mojarolarning vujudga kelishidagi umumiy 
va o‘ziga xos sabablarini ajratib berdi, pedagogik mojarolarning toipalogiyasini 
ishlab chiqdi hamda o‘quv tarbiya jarayonidagi ishtirokchilar orasidagi turli xil 
mojarolarni hal etish bo‘yicha tavsiyalarni taqdim etdi. S.V.Bakinova o‘z ishlarida 
pedagog uchun konfliktologik bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishning 
muhimligiga katta e’tibor qaratadi. 
Pedagogik konfliktologiya ilmiy-amaliy qiziqish pasaymagan ligi rossiya 
ta’limining zamonaviy bosqichlari sohasida uning nihoyatda dolzarbligini ko‘rsatib 
turibdi. So‘nggi vaqtlarda pedagogik konfliktologiya sohasidagi dissertatsiya 
ishlari miqdori sezilarli ortdi. Tadqiqotchilar maktabgacha ta’lim muassasasi 
jamoasidagi mojarolarni (I.V.Safranova); katta sinf o‘quvchilari orasidagi bahs va 
tortishuvlarni 
(G.E.Grigoreva, 
A.A.Kuzina); 
umumta’lim 
maktablari 
pedagoglarining konfliktologik bilim larini shakllantirish bo‘yicha muammolarni 
o‘rganishdi. 
Shu bilan birga 1990-2000 yillardagi nashr etilgan psixologik-pedagogik 
adabiyotlarning yuzdan ortiq birligi kontent-tahlili muammolarini hal etish 
masalalarining asosiy qismi umumiy konfliktologiya masalalarini hal etishga 
qaratilganini ko‘rsatdi. Pedagogning konfliktologik qobiliyatiga bor-yo‘g‘i 8% ish 
bag‘ishlangan. Bunda sinf rahbarining konfliktologik chuqur bilimga ega bo‘lishi 
ulardan birortasida ham ko‘rsatib berilmagan. 
O‘zbekiston Respublikasida yoshlarni har tomonlama komil insonlar qilib 
tarbiyalash, konfliktologik kayfiyat va xususiyatlarni o‘rganish bo‘yicha 


o‘qituvchining kasbiy, axloqiy fazilatlarini shakllantirish, rivojlantirishning ilmiy-
nazariy masalalari bo‘yicha pedagog va psixolog olimlardan O.Musurmonova, 
S.Nishonova, H.Rashidov, G.To‘ychieva, E.Asadova, G.Berdiev, V.Karimova, 
E.G‘oziev, N.Egamberdieva, R.Z. Jumaev, X.Ibragimov, M.Otaqulov, B.Xodjaev, 
P.Ergashev, A.Muxsieva, M.Umarova, R.Musurmonov singari olimlarning ilmiy 
kuzatishlari shular jumlasiga kiradi.
Pedagogik konfliktologiya fanini o‘rganishda «konflikt», «ijtimoiy konflikt», 
«pedagogik konflikt» tushunchalari pedagogik konfliktologiya fanini to‘ldirib 
boradi va uning kelib chiqish mohiyatini ochib beradi. Pedagogik konfliktologiya 
fanini o‘rganishda «konflikt», «ijtimoiy konflikt», «pedagogik konflikt» 
tushunchalari fanning asosiy ildizlari bo‘lib hizmat qiladi. Shu o‘rinda “konflikt”, 
“ijtimoiy konflikt”, “pedagogik konflikt” tushunchalariga alohida to‘xtalsak. 
“Konflikt nima” yoki aniqroq aytiladigan bo‘lsa, konflikt qanday o‘zini 
namoyon etadi, 

degan savolga ko‘pchilik, konflikt bu – odamlarning urishishi, 
janjallashishi, kuch ishlatib, bir-biri bilan to‘qnashishi, so‘z aytishish, birovlarni 
ayblash, so‘kinish, g‘azablanish, jahl bilan gaplashish, kesatish, birovlarni urib-
turtish, do‘q qilish, qo‘rqitishga urinish, u qilaman, bu qilaman deb, ularga tahdid 
qilish, piching bilan gapirish, to‘g‘ri so‘zlar mazmunini buzib talqin qilish, 
birovlarning orqasidan gapirish, qasd qilish, birovlarga jismoniy zo‘ravonlik 
o‘tkazish, zo‘rlash, shantaj, birovlarni oyog‘idan chalish, kamsitish, odamlar 
ustidan kulish, guruh-guruh bo‘lib, birovlarni yakkalab qo‘yish, dilsiyohlik, 
hafagarchilik, nafrat va qasos, birovlarni mensimaslik, kibrli munosabat bildirish, 
o‘zini boshqalardan ustun qo‘yish, kek saqlash, nafsoniyatga tegadigan amallar va 
so‘zlar ishlatish, birovning har bir so‘zi va amalidan yomonlik qidirish va boshqa 
shunga o‘xshash vaziyatlarni ta’kidlab aytishadi. Mana shu insonlararo 
munosabatlarda uchrab turadigan barcha salbiy holatlar aslida konfliktlarning turli 
ko‘rinishlari, odamlar o‘rtasidagi ziddiyatlarning turli namoyon bo‘lish holatlariga 
kiradi. 

Download 302,92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish