1-mavzu. «Pedagogik fanlarni oʻqitish metodikasi» fanining predmeti, maqsad va vazifalari. Reja



Download 1,28 Mb.
bet74/75
Sana09.07.2022
Hajmi1,28 Mb.
#763322
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   75
Bog'liq
2 5359687889087108816

V— semestrda fanga ajratilgan umumiy oʻquv yuklamasi (soatlarda);
Oʻ - fan boʻyicha oʻzlashtirish darajasi (ballarda).
Fan boʻyicha joriy va oraliq nazoratlarga ajratilgan umumiy ball-ning 55 foizi saralash ball hisoblanib, ushbu foizdan kam ball toʻplagan talabalar yakuniy nazoratga kiritilmaydi, aksincha, 55 va undan yuqo-ri balni toʻplagan talaba fanni oʻzlashtirgan deb hisoblanadi.
Biz barcha uchun umumiy boʻlgan quyidagi amallarni talabalar bilan bajarishni tavsiya etamiz:

  • fan oʻqituvchisi semestr davomida oʻqitiladigan fanni soatlar taqsimotini aniq bilish lozim;

  • talabalarga birinchi mashgʻulotdayoq baholash turlariga daxldor ballar miqdorini berishi shart;

  • JN har bir juftligiga beriladigan ball miqdori talabaning quyidagi harakatlari uchun beriladi: mashgʻulotga qatnashish va faol ishtiroki; topshirilgan topshiriqni bajarilganlik darajasi; daftar tutishi va imloviy xatolarga e'tibor qaratilishi, olingan natijalarni ilmiy va izchil asoslay olishi, hozirjavobligi, topqirligi va ijodiy fikrlar bilan qatnashishi;

  • Oraliq nazoratga ajratilgan ball miqdorini talaba darsga doimiy faol qatnashishi hamda bosqichlarda bajaradigan ishlarning natijasiga koʻra toʻplaydi. ONda bajariladigan ishlar: savolnomalarga yozma javob berish, test savollarini yechish, alohida bob yoki mavzularni mustaqil ish tarzida test savollari, boshqotirmalari yoki rebuslar tuzish, ayrim mavzulardan referatlar yozish yoki mavzulardan ogʻzaki savol-javob qilish kabilardir.

  • Yangi nizom boʻyicha ajratilgan 30 ballga moslab, semestr oxirida mustaqil ish topshiradi hamda tayanch tushunchalarga asoslangan variantlar tuzilib, talaba oʻz variantiga javob tarzida «yozma ish» yozadi. YaNdagi ballar miqdori yozma ishning quyidagi holatlari uchun beriladi: variant savollariga yozilgan javobning mukammalligi, talabaning savodli va ilmiy tilda bayon etishdagi e'tibori, fikr-mulohazalarining asosli va mantiqli ekanligi, daftarni tutish va jihozlash tartibiga rioya qilinganligi, xulosalar va foydalanilgan adabiyotlarni keltirilishi kabilardir.

Umuman, reyting tizimi quyidagicha vazifalarni bajarishga qaratilganligini unutmasligimiz lozim:

  • fanning talaba tomonidan tizimli tarzda belgilangan muddatlarda oʻzlashtirilishini tashkil qilish;

  • talaba oʻzlashtirishini muntazam baholab borish;

  • talabalarda mustaqil ishlash koʻnikmalarini rivojlantirish, axborot manbalardan samarali foydalanishni tashkil etish;

  • talabaning bilimini adolatli va aniq baholash;

  • baholash natijalarini muntazam ma'lum qilish va tahlil qilish;

  • professor-oʻqituvchilarninghar bir darsga va baholash jarayoniga mas'uliyatini oshirish;

  • oʻquv jarayonining tashkiliy ishlarini kompyuterlashtirishga sharoit yaratish.

Yuqorida keltirganlarimizdan koʻrinadiki, bilimga baho qoʻyish bitta mashgʻulotning barcha qismlariga singib ketishi bilan birga, butun fanning mazmunidan ham xabardor boʻlishni taqozo etadi. Bu esa ta'lim beruvchi va ta'lim oluvchi oʻrtasidagi doimiy ijodiy munosabatni amalga oshirishni talab etadi. Ular oʻtilgan materiallar-ni qaytarish, yangi materiallarni tushunish uchun zamin ekanligini tushunib yetadilar, barcha topshiriqlarni oʻz vaqtida bajarishga faollik koʻrsata boshlaydilar. Talabalarni JN, ON va YaNlar bilan baholar ekanmiz, albatta, ularning yutuq va kamchiliklarini yoritib berishimiz, javoblarini yoki yozma bajargan ishlarini tahlil qilishimiz lozim. Chunki, fan ta'lim beruvchisi talabalarning semestr davomida bajargan ishlari, faol ishtiroki va boshqa javoblarini aniq hisobga olib bormasa va natijaviy balini chiqarganda qisqacha izohlab bermasa, ulardr qoʻyilgan bahoning toʻgʻriligiga shubha tugʻilishi mumkin.

Download 1,28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish