1-mavzu. «Pedagogik fanlarni oʻqitish metodikasi» fanining predmeti, maqsad va vazifalari. Reja


Bilimlarning natijalarini baholashda pedagogik testlarning roli



Download 1,28 Mb.
bet72/75
Sana09.07.2022
Hajmi1,28 Mb.
#763322
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   75
Bog'liq
2 5359687889087108816

Bilimlarning natijalarini baholashda pedagogik testlarning roli
Ta'lim olganlikni tashxis etishning mohiyati.
Tashxis - budidaktik jarayon kechadigan barcha sharoitlarni oydinlashtirish, uning natijalarini belgilash demakdir. Tashxissiz didaktik jarayonni samarali boshqarish, mavjud sharoit uchun optimal natijalarga erishish mum-kin emas. Bunga sabab ta'lim olganlikni tashxislash orqali erishilgan natijalar va ta'lim olganlik ajratib olinadi.
Ushbu mavzu mohiyatini ochib berishda I.P.Podlasiy qarashlaridan foydalanildi (Подласнй И.П. Педагогика. B 2-x кн. 1. Москва, Владос, 2001).
Tashxislash, nazorat, tekshirish, baholash, statistikma'lumotlar toʻplash, ularni tahlil qilish, dinamika, tendensiyalarni (an'analarni) aniqlash, voqealarning keyingi rivojini taxminlashni oʻz ichiga oladi.
Olimlarning ta'kidlashicha, demokratlashgan ta'lim tizimida yuzaki (formal) nazorat boimasligi lozim. Didaktik nazorat oʻqitishning oʻziga xos metodi sifatida aniq ifodalangan ta'lim beruvchi, rivojlantiruvchi yoʻnalganlikka ega boʻlishi, oʻz-oʻzi bilan nazorat qilish bilan birlashishi, eng avvalo, ta'lim oluvchining oʻzi uchun zarur va foyda-li boʻlishi lozim.
Ta'lim olganlikni nazorat qilish va tashxislash tamoyillari
Pedagogikada ta'lim oluvchilarning ta'lim olganligini tashxislash va nazorat qilish tamoyillarining tizimi ishlab chiqilgan. Ulardan eng muhimlari xolis (obyektiv)lik, tizimli (sistemali)lik, koʻrgazmali (oshkora)lik sanaladi. Xolis (obyektivjlik tashxis test (topshiriq, savol)-lari, tashxis jarayoni mazmunining ilmiy asoslanganligi, pedagogning barcha ta'lim oluvchilarga doʻstona munosabati hamda bilim, malakalarni baholashning aniq koʻrinishda belgilangan mezonlaridan iborat.
Tizimli (sistemali)lik tamoyilining talabi shundan iboratki, tash­xislash nazoratini ta'lim jarayonining barcha bosqichlarida — bilimlarni boshlangʻich idrok etishdan to amalda qoʻllashgacha boigan bos­qichlarida olib borish kerak.
Koʻrgazmali (oshkora)lik tamoyili avvalo barcha ta'lim oluvchilarni aynan bir xil mezonlar boʻyicha ochiq sinovdan oʻtka-zishni anglatadi. Tashxis jarayonida belgilanadigan har bir ta'lim oluvchi reytingi koʻrgazmali, qiyosiy xarakterga ega. Oshkoralik tamoyili, shuningdek, baholarni e'lon qilish va motivatsiyalashni talab etadi.
Ma'lumki, bugun ta'lim tizimida reyting nazoratidan keng foydalanilmoqda.
Reyting deganda baholash, tartibga keltirish, klassifi-katsiyalash (tizimlashtirish, sinflash), bironta hodisani oldindan belgilangan shkala boʻyicha baholash tushuniladi. Reyting nazorati ta'lim oluvchining ma'lum bir fandan reytingini aniqlaydi.
Shkalalash - aniq jarayonlarni raqamlar tizimi yordamida model-lashtirish.
Reyting nazoratida ta'lim oluvchilarning oʻquv faoliyatini nazorat qilishning yuqorida keltirilgan metodlari bilan birga test usulidan ham samarali foydalanilmoqda.
Pedagogik amaliyotda testning bir qator afzallikiari koʻzga tashlanadi. Ular quyidagilardir:

  • nazorat uchun vaqtning kam sarflanishi;

  • nazariy va amaliy bilim darajasini obyektiv sharoitda aniqlash imkonining mavjudligi;

  • bir vaqtning oʻzida koʻp sonli ta'lim oluvchilar bilan nazoratni tashkil etish mumkinligi;

  • bilim natijalarining ta'lim beruvchi tomonidan qisqa muddatda tekshirilishi;

  • barcha ta'lim oluvchilarga bir xil murakkablikdagi savollar berilib, ular uchun bir xil sharoitning yaratilishi.


Download 1,28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish