Elektron uslubiy qoʻllanma - bu ta'lim-tarbiya jarayonidagi pedagogik tajriba (amaliyot)ni umumlashtirish va uzatish hamda ta'lim-tarbiyaviy faoliyatning yangi modellarini shakllantirish va tar-qatishga moʻljallangan nashr.
Elektron oʻquv qoʻllanma — bu muayyan fanning oʻquv rejasidagi vaqt va oʻquv dasturidagi ma'lumot hajmini qisman yoki toʻliq qamragan va fanni oʻrganishga tegishli ma'lumotni toʻliq adaptatsiya qila olgan masofaviy oʻqitish va mustaqil oʻrganish uchun moijallab tayyorlangan nashr.
Elektron oʻquv qoʻllanmalar Multimediali elektron oʻquv qoʻllanmalar yaratishda zamonaviy axborot texnologiyalaridan kompleks foydalanishning quyidagi jihatlariga asosiy e'tibor qaratiladi:
Ichma-ich joylashgan turli boʻgʻinlar va rangli bezaklarda gipermurojaatlardan foydalanish.
Ma'lumotlarni tasvirlashda turli xil rangli bezaklardan foydalanish.
3. Audio va video effektlar va ularni boshqarishning samarali metodlaridan foydalanish.
Multimedia muhitida elektron oʻquv qoʻllanmalar ishlab chiqish uzoq muddatli va katta mablagʻlarni talab qiluvchi jarayondir. Shuning uchun ham multimedia muhitida elektron oʻquv qoʻllanmalarni yaratishning barcha bosqichlarini hamda har bir bosqichida qabul qilinishi mumkin boʻlgan qarorlarni oldindan belgilab olish maqsadga muvofiqdir. Bunda quyidagi bosqichlarni bajarish zarur boʻladi:
tanlash bosqichida multimedia muhitida koʻrsatilishi kerak boʻlgan oʻquv fani tanlanadi;
tayyorgarlik bosqichida kurs matnni yozish, koʻrgazmali va ma'lumotli materiallarni tayyorlash, interfeys eskizlarini va oʻquv dasturining ssenariylarini yaratish moijallanadi;
asosiy bosqichda elektron oʻquv qoʻllanmani bevosita yaratish boʻyicha ishlar amalga oshiriladi;
yakunlovchi bosqichda elektron oʻquv qoʻllanmani testdan oʻtkazish va maqomiga yetkazish ishlari amalga oshiriladi. Bu bosqichda oʻquv materialining qurilmasi yoki tuzilmasi ishlab chiqiladi, shuningdek, foydalanuvchi bilan oʻzaro aloqa mexanizmi loyihalashtiriladi. Asosiy va qoʻshimcha elementlar ajratiladi, axborotli bloklarning ierarxik tuzilmasi yaratiladi. Foydalanuvchi interfeysi, alohida bloklar va ekranlar oʻrtasidagi asosiy aloqalar ishlab chiqiladi.
Multimediali materiallarni tayyorlashda odatda ikki oichamli grafikadan va «Macromedia Flash»dasturiga joyiashtirilgan interaktiv tizim Web-sahifalar yaratish uchun ham qulay vosita hisoblanadi.
Multimediali elektron oʻquv qoʻllanmani yaratishda giperment, giperkoʻrsatgich va ularga tasvir, kod nomi elementlarini kiritish hamda ularni oʻzaro bogʻlash maqsadida HTML - giperment tahrirlagichdan foydalaniladi.
Multimediali eSektron-oʻquv qoilanma quyidagi afzalliklarga ega:
• multimediali elektron-oʻquv qoʻllanmada oʻquv materialining multimedia, giperment, ovoz, elektron doska shakllaridan foydalangan holda taqdim etilishi, oʻquvchilarga berilayotgan oʻquv materialini chuqurroq va mukammalroq oʻzlashtirish, dars mavzusi boʻyicha toʻliq tasavvurga ega boʻlish imkonini beradi;
• multimediali elektron-oʻquv qoʻllanmada berilayotgan ma'lumotlaming harakati, rang, tovush va jonli tasvirlar bilan uygʻunligi mavzuni oʻrganishda monoton (bir xil)likka chek qoʻyadi;
• oʻqituvchi va oʻquvchi oʻrtasida interaktiv tizim vujudga kelib, bevosita aloqa oʻrnatilishi natijasida oʻqituvchi dars jarayonida oʻquvchilarning faolligiga qarab ularni baholash imkoniyatiga ega boʻladi;
multimediali elektron-oʻquv qoʻllanmada oʻqish darajasi va sur'atini oʻrganuvchining oʻzi tanlash imkoniyati oʻqitishni individuallashtirish imkonini beradi;
multimediali elektron-oʻquv qoʻllanmaga kiritilgan test topshiriqlari va oʻz-oʻzini tekshirish uchun savollar oʻquvchini oʻz-oʻzini tez va samarali baholashga va zaruriyatga qarab, tuzatishlar kiritishga imkon beradi;
olingan bilimlar oʻquvchi xotirasida uzoq muddat saqlanib, kerak boʻlganda amaliyotda qoʻllash imkoniyatiga erishiladi.