1-mavzu. “O‘zbekistonning eng yangi tarixi” o‘quv fanining predmeti



Download 194,68 Kb.
bet19/73
Sana13.02.2022
Hajmi194,68 Kb.
#447191
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   73
keskinlik ortib bordi. Ana shunday keskinlikdan, respublikada ijtimoiy-siyosiy
beqarorlikni keltirib chiqarishdan manfaatdor siyosiy kuchlar, ekstremistlar
foydalandilar. Ular allaqachon ishlab chiqilgan, puxta tayyorgarlik ko‘rilgan reja
asosida ig‘vogarona harakat qildilar, olomonga oldindan tayyorlangan
varaqalarni tarqatdilar. Farg‘onada sodir bo‘lgan ig‘vogarlik Tbilisi, Tog‘li
Qorabog‘, Bokuda tashkil etilgan ig‘vogarliklardan biri edi. Keyinchalik Bo‘ka,
Parkent, O`sh, Andijonda ham shunday urinishlar bo‘ldi. Yovuz kuchlar
harakatlari bostirildi, ig‘vogarlar o‘z maqsadlariga erisha olmadilar.
O`zbekistonning yangi rahbariyati tomonidan ko‘rilgan chora-tadbirlar
natijasida keskinlik bartaraf qilindi.
1989-yil 23-iyunda bo‘lib o‘tgan O`zbekiston Kompartiyasi Markaziy
Qo‘mitasining XIV plenumida Islom Abdug‘aniyevich Karimov O`z KP
MQning birinchi kotibi etib saylandi. I.A.Karimov boshliq O`zbekistonning
yangi rahbariyati tomonidan o‘zbek xalqining milliy o‘zligini anglashi kuchayib
borayotganligiga e’tibor qaratildi. Xalqning shon-shuhrati, qadr-qimmatini
himoya qilish, milliy mustaqillikka erishish tomon yo‘l tutildi. Farg‘ona, Bo‘ka,
Parkent voqealari oshkora muhokama qilindi va ularning asl sabablari ochib
tashlandi. Bu voqealar o‘zbek xalqining irodasi bilan sodir bo‘lmaganligi,
xalqimiz hech qachon boshqa xalqlarga nisbatan dushmanlik kayfiyatida harakat
qilmaganligi qadimiy va hozirgi tariximizdan olingan misollar bilan isbotlab
berildi.
Respublikada kadrlarni tanlash, joy-joyiga qo‘yish va tarbiyalash
masalalarida milliy manfaatlar ustuvorligi ta’minlandi. Markazdan yuborilgan
kadrlar to‘dasi” o‘z mavqeini yo‘qotdi. Anishchev, Ogaryok, Satin va boshqa
kazo-kazolar” respublikadan chiqarib yuborildi. Mahalliy kadrlar rahbarlik
lavozimlariga ko‘tarildi. Kadrlar siyosatidagi ijobiy o‘zgarish shundan iborat
bo‘ldiki, endi O`zbekistonda partiya, sovet, davlat, huquqni himoya qilish
organlarining boshliqlarini Moskva orqali hal qilish, Moskva belgilagan
xodimlarni ko‘tarish amaliyotiga chek qo‘yildi, bu masalalarni hal qilishni
respublika rahbariyati o‘z qo‘liga oldi. Bu vaziyat ni teran anglagan yangi
rahbarning jasorati bo‘lib, juda katta siyosiy ahamiyatga ega bo‘ldi, ya’ni
siyosiy mutelikdan qutulish tomon tashlangan birinchi qadam bo‘ldi.
O`zbekistonda adolatni tiklash chora-tadbirlari ko‘rildi, to‘qib chiqarilgan
o‘zbeklar ishi”, “paxta ishi”ning tamomila sharmandasi chiqdi. Bu bilan
bog‘liq ishlar qaytadan ko‘rib chiqilib, aybsiz qamalgan o‘n minglab kishilar
oqlandi, o‘z oilasiga qaytarildi, adolat tiklandi.
Respublika jamoatchiligi tomonidan allaqachon o‘zbek tiliga davlat tili
maqomini berish masalasi ko‘tarilgan edi. O`zbekistonning sobiq rahbariyati bu
masalaga avvallari millatchilik, mahalliychilik deb qarardi. Keyinchilik o‘zbek
va rus tillarini teng mavqega ko‘tarishga urinildi, shu yo‘sinda ikki tillilik
haqidagi qonun loyihasini o‘tkazishga harakat qilindi. Respublikaning yangi
rahbari jamoatchilik fikrini inobatga oldi, masalani bosiqlik bilan hal qilish
yo‘lini tanladi. O`zbekiston SSR Oliy Kengashining 1989-yil 21-oktabrda
bo‘lgan XI-sessiyasida “O`zbekiston SSRning davlat tili haqida” Qonun qabul
qilindi. Qonunda O`zbekistonning davlat tili o‘zbek tilidir, o‘zbek tili
respublikaning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayotining barcha
sohalarida to‘liq amal qiladi, deb belgilab qo‘yildi. 1990-yil 19-fevralda
O`zbekiston SSRning davlat tili haqida”gi qonunni amalga oshirish davlat

Download 194,68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish