SSSR Oliy Sovetining 21-sentabrda bo'lib o'tgan IV sessiyasida bu Dastur
ham qabul qilinmadi. 1990-yil 24-sentabrda sessiya «Xalq xo'jaligini
barqarorlashtirishning kechiktirib bo'lmaydigan vazifalari»ni muhokama qilib,
Hukumat Dasturi va S.Shatalin Dasturidan iborat Yagona Dastur ishlab chiqishga
qaror qildi. 1990-yil 18-oktabrda sessiya: «Bozor iqtisodiyotiga o'tish jahon amaliyotidan
kelib chiqqan zarurat, ammo u iqtisodiyotning sotsialistik yo'nalishiga
ziyon yetkazmaydi», - deb xulosa berdi.
Demak, 80-yillar oxiriga kelib, sobiq mamlakatda xalq xo'jaligini bozor
iqtisodiyotiga o'tkazishni hayotning o'zi kun tartibiga qo'ya boshladi va uning
huquqiy asoslarini yaratishni zaruratga aylantirdi. Shunday bo'lsa-da, 1990-1991-
yillarda iqtisodiyot orqaga qarab keta boshladi va xalqning turmush tarzi, sharoiti
yomonlasha bordi. Mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan tanazzulga yuz tuta
boshladi.
Mutaxassislar ana shunday tisarilish hodisasini mamlakat ijtimoiy-siyosiy
hayotiga uchta yo'nalishdagi kuchlar manfaatlari to'qnashgani bilan izohlaydilar.
Jumladan:
Birinchi kuchlar - N.Rijkov va V.Pavlov Dasturi tarafdorlari. Ular sobiq
SSSRni saqlab qolish, xalq xo'jaligini markazdan boshqarish, huquqni ko'proq
markazda to'plash niyatida edilar. Ular iqtisodiyotni rivojlantirishda sotsialistik
yo'ldan voz kechmaslikni talab qilar edilar.
Ikkinchi kuchlar - S.Shatalin guruhi a'zolari tarafdorlari. Ular SSSRni tarqatib
yuborish, ittifoqdosh respublikalar o'rnida suveren, Mustaqil Davlatlar tuzish,
cheksiz xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, mulkni davlat tasarrufidan chiqarish,
xususiylashtirish, kolxoz va sovxozlarni tugatib, fermer xo'jaliklari tuzishni ko'zda
tutdilar. Bu mohiyatan iqtisodiy rivojlanishning sotsialistik yo'lidan voz kechishni
bildirar edi.
Uchinchi kuchlar - bu M.Gorbachyov Dasturini quvvatlovchilar. Ular murosa
yo'lini qidirib, yuqorida tilga olingan har ikki dastur yo'nalishlarini uyg'unlashtirish
va SSSRni saqlab qolish, markazlashgan ma'muriy buyraqbozlik hokimiyatini
yo'qotmaslik, «shokovaya Terapiya» («falaj qilib davolash») usulidan foydalanish
g'oyasini ilgari surar edi. Yangi Ittifoq Shartnomasini tayyorlash ham shu
maqsadlarga yo'naltirilgan edi. Jumladan, yangi Ittifoq Shartnomasida mamlakat
nomini ham «Sotsialistik Respublikalar Ittifoqi» deb emas, «Mustaqil Sovet
Respublikalari», «Mustaqil Davlatlar Ittifoqi» deb atash to'g'risidagi takliflar ham
o'rtaga tashlana boshladi.
1990-yil oktabri oxirida O'zbekiston SSR Oliy Kengashi IV sessiyasida bu
masala yuzasidan Hukumatning hisoboti eshitildi.
Oliy Kengash sessiyasi «vujudga kelgan ahvoldan chiqishning yo'lini...
respublikaning iqtisodiy mustaqilligiga erishish asosida iqtisodiy islohotlarai
chuqurlashtirish va jadallashtirishdan iborat» deb hisobladi.
1991-yil 15-fevralda O'zbekiston Oliy Kengashi «O'zbekistonning davlat
ramzlari to'g'risida» maxsus qaror qabul qildi. Unda, jumladan, shunday deyiladi:
«Mustaqillik to'g'risidagi Deklaratsiyaga amal qilib, O'zbekiston SSR Oliy
Kengashi qaror qiladi:
1. O'n ikkinchi chaqiriq Oliy Kengash II sessiyasida tuzilgan O'zbekiston SSR
Konstitutsiyasi (Asosiy Qonuni)ning yangi loyihasini tayyorlovchi komissiyasiga
O'zbekiston SSRning Yangi Davlat bayrog'i, Gerbi va Madhiyasiga doir takliflar
hamda ular to'g'risida Nizomlar tayyorlash topshirilsin. Komissiya respublika
jamoatchili-gi va deputatlarining fikrlariga tayanib ish ko'rsin.
2. Bu boradagi takliflar matbuotda e'lon qilinib, umumxalq muhokamasi
Do'stlaringiz bilan baham: |