hollari, hatto noxush voqealar ham sodir bo‘la boshladi.
3. Aholi turmush tarzining og‘irlashuvi. Orol fojiasi. Farg‘ona voqealari.
1989-yilning may-iyun oylarida Farg‘onada fojeali voqealar sodir bo‘ldi. 45
yil muqaddam Stalin bedodligi natijasida o‘z yeridan badarg‘a qilingan mesxeti
turklarini o‘zbek xalqi o‘z bag‘riga olgan, ularga mehribonlik qilgan edi. Tub
yerli aholi bilan mesxeti turklari qardoshlik aloqalarini bog‘lab, o‘n yillar
davomida inoqlashib yashadilar. Biroq, 1989-yil 20-mayda Quvasoyda tub yerli
aholi bilan mesxeti turklari guruhlari o‘rtasida mushtlashish sodir bo‘ldi.
Respublika siyosiy rahbariyatining voqeani to‘g‘ri baholay olmaganligi hamda
tezkorlik bilan zarur choralarni ko‘rmaganligi oqibatida vaziyat murakkablashdi
va etnik mojaroga aylanib, qon to‘kilishiga olib keldi. 3-iyun kuni kechqurun
Toshloq posyolkasida, song Marg‘ilon shahrining mesxeti turklari zich
yashaydigan qasabasida ur-yiqit, uylarga o‘t qo‘yish, qotillik, tahqirlash,
talonchilik, vaxshiyliklar sodir bo‘ldi. Keyingi kunlarda beboshlik harakatlari
Farg‘ona shahri, uning atrofidagi qishloqlarga tarqaldi. Olomon tomonidan
sanoat korxonalariga, temir yo‘l stansiyasiga, aloqa uzeliga, militsiya binosiga
hujum qilindi. Boshboshdoqlik partiya va sovetlarga qarshi tus olib bordi. Ana
shunday favqulodda vaziyatda respublikada hukumat komissiyasi tuzldi.
Farg‘onada 4-iyun kuni favqulodda holat e’lon qilindi. Shoshilinch ravishda
SSSR ichki ishlar vazirligi ichki qoshinlarining 13 ming kishilik bo‘linmasi
keltirildi. Janjal 7-iyun kuni yana takrorlandi va tez orada Qo‘qon shahriga,
Rishton, O`zbekiston tumanlariga tarqaldi. 8-iyunda Qo‘qonda aholining tinch
namoyishi SSSR ichki ishlar vazirligi qo‘shinlari tomonidan o‘qqa turuldi, 50
dan ortiq kishi halok bo‘ldi, 200 dan ortig‘i yarador qilindi. Ommaviy tus olgan
tartibsizlik, ur-yiqitlar natijasida jami 103 kishi halok bo‘ldi, 1011 kishi
jarohatlandi va mayib bo‘ldi. SSSR ichki ishlar vazirligi qo‘shinlarining 137
harbiy xizmatchisi, 110 militsiya xodimi yarador bo‘ldi. Militsiya xodimlaridan
biri vafot etdi. 757 uy, 27 davlat binosi, 275 avtotransport vositasi yondirildi va
talon-taroj qilindi. Voqealarning keng miqoyosda fojeali tus olganligi sababli
sovet va ma’muriy organlar mesxeti turklarini Farg‘onadagi harbiy qism
poligonidagi lagerga hamda Tojikistonning Leninobod viloyati Asht tumanidagi
Novgarzon posyolkasiga shoshilinchi ko‘chirishni tashkil etdilar, ular qurolli
askarlar tomonidan qo‘riqlandi, oziq-ovqatlar bilan ta’minlandi va tibbiy xizmat
yo‘lga qo‘yildi. Minglab odamlarni bunday lagerlarda uzoq saqlab bo‘lmas edi.
Shuning uchun 16282 kishi Farg‘ona viloyatidan Rossiyaning Smolensk,
Orlovsk, Kursk, Belgorod va Voronej viloyatlariga ko‘chirib olib borib
joylashtirildi.
Xo‘sh, Farg‘ona fojeasining sabablari nimada edi? Uni harakatga keltirgan
kuchlar kimlar edi? O`z KP MQning 1989-yil 23-iyunda bo‘lgan XIV
plenumida Farg‘ona fojeasi bilan bog‘liq masalalarni o‘rganish uchun maxsus
komissiya tuzildi. Komissiya axboroti 29-iyulda bo‘lgan XV plenumda
ma’qullandi. Farg‘ona viloyati, shahar, tuman partiya va sovet tashkilotlarining,
huquqni himoya qilish organlarining tashkilotchilik, siyosiy ishidagi jiddiy
xatolar fojeali voqealarga sabab bo‘ldi. Ular viloyatdagi keskin ijtimoiy, siyosiy
vaziyatning kuchayish xavfiga yetarli baho bermadilar, millatlararo adovatni
keltirib chiqarishga uringan ekstremistlarga, poraga sotilganlarga o‘z vaqtida
zarba bermadilar. Farg‘ona viloyatida o‘n yillar davomida ijtimoiy-iqtisodiy
Do'stlaringiz bilan baham: |