O‘zbekiston Respublikasi davlat ramzlarining qabul qilinishi. 1991-yil 15-fevralda O‘zbekiston Oliy Kengashi «O‘zbekistonning davlat ramzlari to‘g‘risida» maxsus qaror qabul qildi. Qarorda shunday deyiladi: «Mustaqillik to‘g‘risidagi Deklaratsiyaga amal qilib O‘zbekiston SSR Oliy Kengashi qaror qiladi: O‘zbekiston SSR Konstitutsiyasi (Asosiy Qonuni)ning yangi loyihasini tayyorlovchi komissiyaga O‘zbekiston SSRning Davlat bayrog‘i, Gerbi va Madhiyasiga doir takliflar hamda ular to‘g‘risida Nizomlar tayyorlash topshirilsin. Komissiya respublika jamoatchiligi va deputatlarning fikrlariga tayanib ish ko‘rsin».
O‘zbekiston mustaqil davlat deb e’lon qilingan kunning o‘zidayoq mustaqil davlat ramzlarini joriy qilish yuzasidan amaliy choralar ko‘rildi. O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i to‘g‘risida, respublika gerbining nusxasi va Davlat madhiyasining musiqiy bayoni haqida maxsus qaror qabul qilindi.
Unda Konstitutsiya komissiyasining ekspert guruhiga Davlat bayrog‘ining variantlari ustida ishlashni davom ettirish, Oliy Kengashning tegishli qo‘mitalariga Konstitutsiya komissiyasi ijodiy guruhi bilan hamkorlikda Davlat bayrog‘i, madhiyasi haqida qonun loyihalarini ishlab chiqib, navbatdagi sessiyaga taqdim etish topshirildi.
„O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘i to‘g‘risida“gi Qonun 1991-yil 18-noyabrda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining VIII sessiyasida qabul qilindi. O‘zbekiston Respublikasining davlat bayrog‘i ramzi mamlakatimiz hududida ilgari mavjud bo‘lgan g‘oyat qudratli saltanatlar bayroqlariga xos bo‘lgan eng yaxshi an’analarni davom ettirgan holda respublika tabiatiga xos xususiyatlarni, xalqimizning milliy va madaniy o‘zligini ham aks ettiradi.
Bayroqdagi moviy rang – mangu osmon va musaffo suv ramzidir. Yaxshilikni, donishmandlikni, shon-shuhratga sadoqatni bildiruvchi moviyrang Sharqda azaldan qadrlanadi, o‘z vaqtida buyuk Amir Temur ham o‘z bayrog‘iga bu rangni tanlagan.
Oq rang – tinchlik va poklik timsolidir. Yosh mustaqil davlat o‘z yo‘lida baland dovonlardan oshib o‘tishi kerak. Bayrog‘imizdagi oq rang yo‘limizning musaffo va charog‘on bo‘lishi uchun yaxshi niyat ramzidir.
Qizil yo‘llar – bu har bir tirik jonning qon tomirida urib turgan hayotiy kuch, tiriklik ramzidir.
Yashil rang – serne’mat va orombaxsh tabiat timsoli. Hozirgi vaqtda butun dunyoda atrof-muhitni muhofaza qilish harakatlari keng yoyilmoqda, uning ramzi ham yashilrangdir.
Yarim oy – O‘zbekiston xalqining ko‘p asrlik an’analariga muvofiq keladi. Yarim oy va yulduzlar – musaffo osmonning va
tinchlikning ramzlaridir.
Bayrog‘imizda 12 yulduz tasviri bor, bu o‘lkamizda qadimdan buyon barkamollik, mukammallik timsoli hisoblanadi.
Davlat bayrog‘i – bizning o‘tmishimiz, bugungi kunimiz va kelajagimiz ramzidir.
„O‘zbekiston Respublikasining davlat gerbi to‘g‘risida“gi Qonun 1992-yil 2-iyulda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining X sessiyasida qabul qilingan.
Gerbning markazida tasvirlangan – qanotlarini keng yozib turgan Humo qushi – baxt-saodat va erksevarlik ramzidir. Buyuk bobokalonimiz Alisher Navoiy Humo qushini barcha tirik mavjudotlar ichida eng saxovatlisi deb ta’riflagan.
Gerbning yuqori qismida respublikamizning sobit va barqarorligining ramzi sifatida sakkiz qirrali yulduz tasvirlangan. U „qutlug‘“ degan ma’noni anglatadi. Uning ichida yarim oy va besh qirrali yulduz ifodalangan.
Quyosh tasviri – davlatimizning yo‘li hamisha nurli bo‘lishi uchun bildirilgan yaxshi niyat timsoli. Ayni paytda u respublikamizning noyob iqlim sharoitini ham ko‘rsatib turadi.
Boshoqlar – rizq-ro‘zimiz bo‘lmish g‘allaning timsoli, oppoq bo‘lib ochilayotgan paxta chanoqlari tasvirlangan g‘o‘za shoxlari – serquyosh yurtimizning dong‘ini butun dunyoga taratgan asosiy boyligimiz ramzidir. Bug‘doy boshoqlari va paxta chanoqlarining davlat bayrog‘iga o‘xshagan lenta bilan o‘rab qo‘yilganligi – bu respublikada yashayotgan xalqlar yakdilligining timsolidir.
Gerb rangli tasvirda bo‘lib, Humo qushi kumushrangda; quyosh, boshoqlar, paxta chanog‘i va „O‘zbekiston“ degan yozuv tillarangda; g‘o‘za shoxlari va barglari, vodiylar yashilrangda; tog‘lar havorangda; chanoqdagi paxta, daryolar, yarim oy va yulduz oqrangda; O‘zbekiston Respublikasining davlat bayrog‘i tasvirlangan lenta to‘rt xil rangda berilgan.
„O‘zbekiston Respublikasi davlat madhiyasi to‘g‘risida“gi Qonun 1992-yil 10-dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining XI sessiyasida qabul qilindi. Shoir Abdulla Oripov va bastakor Mutal Burhonov tomonidan tayyorlangan variant tasdiqlandi. Davlat madhiyasi davlat mustaqilligining timsoli bo‘lib, u O‘zbekiston fuqarosida vatanparvarlik tuyg‘ularini uyg‘otadi. O‘zbekiston Respublikasining davlat madhiyasi jamoatchilik oldida ijro etilganida ishtirokchilar uni tik turib, qo‘lini ko‘ksiga qo‘yib kuylaydilar va tinglaydilar.
Mustaqil, erkin davlatning asosiy belgisi, asl poydevori – milliy valutadir.O‘z valutasiga ega bo‘lmagan davlat o‘z manfaatlarini ko‘zlab mustaqil ravishda moliya-kredit, bank siyosatini yurita olmaydi, o‘z taqdirini, tashkilotlar, xo‘jaliklar va fuqarolar taqdirini belgilay olmaydi. Ichki bozorni naqd pul bilan ta’minlash, pul chiqarish miqdori, uning xarid kuchi, kelajak istiqboli uchun sarmoya ajratish, kimga qarz berish va kimdan qarz olish, qarzni to‘lash va undirib olish, foiz stavkalarini belgilash kabi masalalarni mustaqil hal qila olmaydi. Pirovardida bunday davlat boshqa kuchli davlatlar ko‘rsatmalariga qaram bo‘lib qoladi, uni hech kim haqiqiy mustaqil davlat deb tan olmaydi. Shu boisdan milliy valutaga o‘tish O‘zbekiston uchun oliy maqsad edi.
Biroq milliy valutaga o‘tish oson ko‘chmaydi, yangi valutani muomalaga kiritish inqilob bilan teng. Dunyo tajribasi ko‘rsatadiki, davlatlar o‘z milliy valutasiga erishish uchun uzoq va mashaqqatli yo‘llar bosib o‘tgan, bor qudratini safarbar etgan.
O‘zbekistonda milliy valutani muomalaga kiritish uchun ham ma’lum vaqt, tajriba kerak edi. Avvalo, haqiqiy mustaqil iqtisodiyotga erishish lozim edi. Shu boisdan O‘zbekiston mustaqillikning dastlabki payti 1991–1993- yillarda sobiq Ittifoqdan meros qolgan rublzonasida bo‘lib turdi. Biroq sovetlardan keyingi makonda yalpi ichki mahsulot ishlab chiqarishning keskin pasayishi natijasida rublning qadri ham shunga mos ravishda tushib bordi.
1993-yil may oyi boshlarida 800–900 rublning qadri 1 AQSH dollari darajasiga tushib ketgan edi. Shu yili Rossiyada oldingi rubl kursiga tenglashtirilgan yangi namunadagi rubl chiqarildi. Rossiya hukumati 1993-yil 26-iyulda O‘zbekiston mutasaddi vakillarini Moskvaga taklif qilib, birgalikda rubl zonasida bo‘lamiz deb aytdi. Keyinroq Rossiya, O‘zbekiston va Qozog‘iston rahbarlari Moskvada uchrashib, rubl zonasini saqlashga, O‘zbekiston va Qozog‘istonni 1993-yilgi yangi rubl namunasi bilan ta’minlashga qaror qilindi.
Biroq, amalda boshqacha yo‘l tutildi, to‘g‘rirog‘i Rossiya hukumati bu tadbirlardan o‘z manfaati yo‘lida foydalanmoqchi bo‘ldi. Rossiya hukumati O‘zbekiston oldiga o‘z shartlarini qo‘ydi. Birinchidan, kerakli rublni davlatlararo qarz sifatida, keyinchalik boylik yoki mahsulot bilan to‘lash sharti qo‘yildi.
Ikkinchidan,rublni olishdan oldin uning 50 % miqdoridagi AQSH dollari yoki O‘zbekiston oltinini garovga qo‘yish talab qilindi. Uchinchidan,O‘zbekistonda muomalada bo‘lgan 1961-1992-yilgi namunadagi pulni (rubl) yangi 1993-yil namunasidagi rublga uchga bir nisbati bilan almashtirish sharti qo‘yildi. Òo‘rtinchidan,birorta shart bajarilmay qolsa, tovon puli to‘lash majburiyati belgilandi. Beshinchidan, O‘zbekiston Markaziy Banki Rossiya Markaziy Bankiga hisobot berishi, ya’ni tobe bo‘lishi kerak edi.
O‘zbekiston bunday shartlarga rozi bo‘lolmas edi, rozi bo‘lmadi ham. Shu boisdan muomalaga yangi milliy valuta kiri tish ishiga jiddiy kirishildi. O‘zbekiston rahbariyati „katta og‘a“ ning o‘yinlariga qarshi oldindan chora-tadbirlar ko‘rib qo‘ygan edi. 1992-yildayoq muomalaga chiqarishga mo‘ljallangan so‘mkupon nusxalari tayyorlab qo‘yilgan edi. Nihoyat, 1993-yil 1-noyabrda O‘zbekistonda so‘m-kupon muomalaga kiritildi, uning kursi oldin muomalada bo‘lib kelgan rublga tenglashtirilgan edi. Shu yil noyabr oyi davomida aholi qo‘lidagi rubl namunasidagi pullarini jamg‘arma banklari orqali so‘m-kuponga almashtirish ta’minlandi. So‘m-kupon joriy etilayotgan dastlabki paytlarda chetdan rubl oqib kelmoqda, degan mish-mishlar ko‘paydi. Bozorda narxlar osmonga chiqdi. Òoshkent bozorlarida bir kg go‘sht 25 ming so‘m-kupongacha ko‘tarildi. Hukumat buning oldini olish choralarini ko‘rdi. Aholi ortiqcha tashvish, aziyat chekmadi, aksincha aholi, iqtisodiyot himoya qilindi. O‘zbekiston rahbariyati so‘m-kuponlar asosida zarur tajriba orttirdi, haqiqiy milliy valutani joriy qilish tadbirlarini ko‘rdi.
1994-yil 16-iyundagi „O‘zbekiston Respublikasining milliy valutasini muomalaga kiritish to‘g‘risida“gi Prezident farmoni va Vazirlar Mahkamasining qaroriga binoan 1994-yil 1-iyuldan boshlab milliy valuta – so‘m muomalaga kiritildi. 1 so‘m kursi 1000 so‘m-kuponga tenglashtirilgan holda joriy qilindi. Har qanday mustaqil davlatning belgilari jumlasiga uning timsoliy ramzlari ham kiradi.
Ramzlar- shartli belgilar bo`lib, ular qadim zamonlardayoq turli xalqlarda u yoki bu hodisa, olam, mavjudot, odamlar tasvirini ifodalagan. Ramzlar bevosita xalq, millat hayoti, an'analari, ruhiyati, folklori, tarixi bilan chambarchas bog`liqdir.
Davlat ramzlari – bu mustaqil davlatning muhim tashqi belgilarini o`zida mujassamlantiradi. Davlat ramzlarida xalqning azaliy orzusi, uning ezgu niyatlari, bugungi hayot mazmuni aks etadi.
O`zbekiston Respublikasining bayrog`i, gerbi va madhiyasi. Har bir mustaqil davlat o`z bayrog`i, gerbi va madhiyasiga ega bo`ladi. Konstitutsiyamizning 5-moddasida davlatimiz bayrog`i, gerbi va madhiyasining huquqiy asoslari belgilab berilgan. Yo`lboshchimiz ta'kidlaganidek, “Davlatimiz ramzlari - bayroq, gerb va madhiya O`zbekiston xalqlarining shon sharafi, g`ururi, tarixiy xotirasi va intilishlarini o`zida mujassamlashtiradi” va ular haqida maxsus qonunlar qabul qilingan. O`zbekiston Respublikasining Davlat bayrog`i to`g`risidagi qonun 1991 yil 18 noyabrda, Davlat gerbi to`g`risida qonun 1992 yil 2 iyulda, Davlat madhiyasi to`g`risidagi qonun 1992 yil 10 dekabrda qabul qilingan.
|
|
|
Avstraliya gerbida faqat avstraliyada yashovchi noyob hayvon kenguruning tasviri tushurilgan.
|
|
O`zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining ramzlari muqaddas bo`lib, ularni har qanday yo`l bilan taxqirlash qonun bilan javobgarlikka tortiladi.
Davlat ramzlari xaqida gapirar ekanmiz, avvalo ularning mohiyati, nima uchun zarurligi va tarixiy kelib chiqishi haqida ham bilib olish kerak. Shundagina ularning davlat hayetida tutgan o`rni va ahamiyati tushunarli bo`ladi.
Davlag bayrog`i – bu tavsiri qonun tomonidan (ko`pincha Konstitutsiya bilan) o`rnatiladigan, biror davlatni boshqa davlatlardan farqlovchi rasmiy belgisi, nishonidir U davlat mustaqilligi, suvereniteti ramzi hisoblanadi Davlat bayroqlari, ularning rangi, tuzilishi va emblemalari o`zboshimchalik bilan, ixtiyeriy suratda belgilanmaydi Ular ma'lum ramziy ahamiyatga ega bo`lishi kerak.
Davlat bayrog`i davlat muassasalari, elchixonalar, konsulliklar, missiyalar, bojxonalar va shu kabi qarorlarning binosida ko`tariladi. Elchixonalar, missiyalar, konsulliklar milliy bayramlari kuni o`z mamlakatlarining bayroqlarini osib qo`yadilar. Davlat bayroqlari, shuningdek xalqaro konferensiyalar ochilishida, rasmiy marosim-uchrashuvlar vaqgida, xalqaro sport sovrinlari berilayettan vaqtda va xokazo holatlarda ham ko`tariladi.
Mustaqil O`zbekiston Respublikasining Davlat bayrog`i 1991 yil 18 noyabrda Oliy Kengash tomonidan qabul qilingan qonun bilan tasdiqlangan.
|
|
|
Bundan 2500 yil muqaddam Erondan Oltoyga qadar cho`zilgan sarhadlarda hukm surgan qadimgi turk hoqoni O`g`izxon davrida ham turkcha «tamg`a» suzi aynan shu ma'noni bildirar edi.
|
|
O`zbekiston Respublikasining davlat bayrog`i muqaddas hisoblanib, u davlatimiz mustaqilligining ramziy belgisidir. Qonunda ko`rsatilganideq bayrog`imiz xalqaro maydonda O`zbekiston Respublikasi delegatsiyalarining xorijiy mamlakatlarga safari chog`ida, xalqaro tashkilotlarda, konferensiyalarda, jahon ko`rgazmalarida, sport musobahalarida ko`tarilib, yurtimizni ulug`laydi. Respublikamiz bayrog`i doimiy suratda – O`zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni binosida, O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari binosida, O`zbekiston Respublikasi hukumati – Vazirlar Maxkamasining binosida, Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesi va hukumati binosida, mahalliy Kengashlar va Respublikamiz doimiy vakolatxonalari binolarida ko`tariladi.
Gerb termini «erbo» so`zidan olingan bo`lib, shohlar va hukmdorlarga davlat, sarhad, hudud va boshqa nasldan naslga meros qoluvchi mulk belgisini anglatadi.
Gerb – bu tamg`a, emblema, meros bo`lib qolgan,
bir davlatni boshqalardan ajratib turadigan belgisi,
tamg`asi, nishoni – timsolidir.
1992 yil 2 iyulda O`zbekiston Respublikasining Oliy Kengashi tomonidan tasdiqlangan gerb davlatimizning siyosiy, milliy xo`jalik, jug`rofiy, etnik va boshqa o`ziga xos xususiyatlarini hamda boy tarixiy an'analarini mujassamlashtirgan. Shuningdek gerbimizda O`zbekistonning ijtimoiy va davlat tuzilishi, tamoyillari o`ziga xos tarzda ifoda etilgan. O`zbekiston Respublikasi Davlat gerbining rangli ko`rinishida: Humo kushi va daryolar – kumush rangda; quyosh, boshoqlar, paxta chanoqlari va «O`zbekiston» yozuvi – oltin rangda, g`o`za shoxlari va barglari, tog`lar va vodiy-yashil rangda; chanoqlardagi paxta – oq; rangda; lenta – O`zbekiston Respublikasi Davlat bayrog`ining ranglarini aks ettiruvchi uch xil rangda; sakkizburchak – oltin zarxal bilan hoshiyalangan xolda xavo rangda; yarimoy va yulduzlar-oltin rangda tasvirlangan.
O`zbekiston Respublikasining Davlat gerbini behurmat qilinganda O`zbekiston Respublikasi qonunlarida belgilangan tartibda jazolanadi.
Madhiya – grekcha “gamn” so`zidan olingan bo`lib, u dasturiy harakterdagi she'rni tantanali qo`shiq qilib tarannum etilishi ma'nosida qo`llaniladi. Madhiyalarning bir necha turlari mavjud. Masalan, davlat, inqilob, harbiy, diniy va hokazo madhiyalar bor. Bularning ichida eng asosiysi davlat madhiyasi hisoblanadi.
Davlat madhiyalari hozirga zamon barcha mustaqil davlatlarida mavjud bo`lib, u davlat bayroq va davlat gerbi bilan bir qatorda davlatning rasmiy tantanavor ramzi bo`lib hisoblanadi.
O`zbekistonning o`z davlat madhiyasi uzoq ijodiy izlanishlar natijasida atoqli shoir Abdulla Oripov tomonidan yozilib, sa'nat arbobi Mutal Burxonov tomonidan kuy bastalandi va 1992 yil 10 dekabrda O`zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining XI sessiyasida qabul qilindi. Madhiyamizda o`zbek xalqining shodiyona fikr-o`ylari va his-tuyg`ulari bekamu ko`st o`z ifodasini topgan. 1992 yil 10 dekabrda qabul qilingan «O`zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi to`g`risida»gi qonunga binoan, O`zbekiston Respublikasining Davlat Madhiyasi O`zbekiston Respublikasi Davlat suverenitetining ramzidir.
O`zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi ko`pchilik huzurida ijro etilgan taqdirda hozir bo`lgan kishilar madhiyani tik turib tinglaydilar.
Shunday qilib, yurtboshimiz haqli ravishda ta'kidlaganideq «Davlatimiz ramzlari – bayroq, tamg`a, madhiya O`zbekiston xalqlarining shon-sharafi, g`ururi, tarixiy xotirasi va intilishlarini o`zida mujassamlashtirdi. Mana shu ramzlarni e'zozlash – o`zining qadr-qimmatini, o`z mamlakatiga va shaxsan o`ziga bo`lgan mustahkamlash demakdir».
Demak, O`zbekiston Respublikasining davlat ramzlari faqat o`zbek davlatigagina taalluqli bo`lib, mohiyati chuqur ma'noga ega shartli belgilar badiiy ifoda sifatida ma'lum bir ko`rinishlarda aks etadiki, bunday ko`rinish ohanglar, so`zlar, tabiat tasviri, ranglar, astrologik jismlar va boshqa turli shakllarda bo`lib, xalqimizning o`tmishi, istiqboli, g`ururi va faxrini o`zida mujassamlashtiradi. Shundan biz sanab o`tgan milliy davlat ramzlari olamshumul voqea, ular mustaqil O`zbekiston davlatining yorqin timsollari bo`lib, bu timsollar bugun, erta va buyuk kelajagimiz uchun munosib xizmat qilajak. Yurtboshimiz ta'kidlaganidek, “shu ramzlarni e'zozlash– o`zining qadr-qimmatini, o`z mamlakatiga va shaxsan o`ziga bo`lgan ishonchni mustahkamlash demakdir”.
Har bir xalq, har bir elat o`zi hurmat-ehtirom qiladigan tilga ega. Tilga bo`lgan munosabat ana shu tildan foydalanuvchi odamlarning ko`p yoki oz sonli ekanligiga bog`liq emasdir. Tilda ana shu tilning ijodkori bo`lgan xalqning, elatning tarixi va madaniyati aks etadi.
Til millatning ajralmas belgisi va davlat mustaqilligi ramzlaridan biridir. Shuning uchun ham O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 4-moddasida quyidagi normalar mustahkamlanagan:
«O`zbekiston Respublikasining davlat tili o`zbek tilidir.
O`zbekiston o`z hududida istiqomat qiluvchi barcha millat va elatlarning tillari, urf-odatlari va an'analari hurmat qilishini ta'minlaydi, ularning rivojlanishi uchun sharoit yaratadi».
O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining bu moddasi o`zbek tilining qonuniy huquqlarini tiklashga qaratilgan bo`lib, unda avvalo O`zbekistondagi davlat tili o`zbek tili ekanligi bayon etilgan. Konstitutsiyamiz ushbu moddasining o`ziga xos yaratilish tarixi bor. Ma'lumki, 1989 yil 21 oktabrda O`zbekiston Oliy Kengashi O`zbekistonning davlat tili haqidagi qonunini qabul qildi, 1995 yil 21 dekabrda «Davlat tili xaqida»gi qonunning yangi tahriri amalga kiritildi. Sobiq SSSR davrida – «qizil imperiya» sharoitida, «markaz»ning tayziqi va ta'siri kuchli bo`lgan bir paytda ona tilimizga davlat tili maqomining berilishi katta jasorat edi. Bu o`sha vaqtlardayoq milliy istiqlol sari qo`yilgan dadil qadamlardan bo`lib, bu borada xalqimizning eng ezgu orzu-umidlari ro`yobga chiqdi. Bu o`zbek tilining 120 yillik siyosiy bosqindan ozod bo`lib, o`zining erkin va tabiiy taraqqiyot yo`liga tushib olishining debochasi edi.
|
|
|
Shvetsariyada bir yo`la uchta til rasman davlat tili hisoblanadi.
|
|
O`zbekiston Respublikasida davlat tiliga yoki boshqa tillarga mensimay yoki xusumat bilan qarash taqiqlanadi. Fuqarolarning o`zaro muomala, tarbiya va ta'lim olish tilini erkin tanlash huquqini amalga oshirishiga to`sqinlik qiluvchi shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javobgar bo`ladilar.
Davlat tilining muhim belgilaridan biri, uning barcha rasmiy ish yuritishda to`laligicha qo`llanilishidir. O`zbekistonning davlat tili haqidagi qonunga ko`ra, O`zbekiston hududida yashovchi har bir shaxsning davlat, jamoat idoralari va tashkilotlariga ish yuzasidan taklif, ariza hamda shikoyat bilan davlat tilida murojaat etish va javoblar olish huquqi ta'minlanadi. O`zbekistonda ishlovchi barcha mansabdor shaxslar, rahbar xodimlar o`z xizmat vazifalarini bajarish uchun respublika davlat tilini yetarli darajada bilishlari shart. Aholiga xizmat ko`rsatish ishlari bilan shug`ullanuvchi shaxslar ham o`z xizmat vazifalarini bajarish uchun davlat tilini bilishlari lozim. Respublikamizda qonunlar, qarorlar, farmonlar va boshqa hujjatlar bevosita davlat tilida tayyorlanib, qabul qilinmoqda va e'lon etilmoqda. Hozirgi vaqtda barcha turdagi yig`ilishlar, majlislar va kengashlarning o`zbek tilida o`tayotganligi Qonunning tobora hayotimizga singib ketayotganligini ko`rsatmoqda.
Kirill yozuvidan lotin yozuviga o`tilayotgani ham ona tilimiz ravnaqi yo`lidagi yana bir muhim qadamdir. Bu qachonlardir unutilgan tariximiz ummoniga to`liq kirish uchun keng imkoniyatlar ochadi.
Xullas, O`zbekistonning davlat tili haqidagi Qonuni va Konstitutsiyaning 4-moddasi o`zbek tilining yanada rivojlanishi, keng o`rganilishi, targ`ib qilinishi uchun yordam beradi. O`zbek tilining davlat tili sifatida yashayotganligi bugungi milliy istiqlolimizning muhim belgilaridan biridir.
Shunday qilib, Konstitutsiyamizning ushbu moddasida belgilangan me'yor bir tomondan, o`zbek tili va o`zbek xalqi hayotida tilning taraqqiyoti va xalqlarning ma'naviy kamolotida, milliy istiqlolga erishishida beqiyos omil bo`lib xizmat qilsa, ikkinchi tomondan esa, boshqa millat va elatlarning teng huquqligi saqlab qolinishida, ularning tillari, urf-odatlari va an'analarining hurmat qilinishi va yanada rivojlanishida muhim kafolatdir.
Mustaqil O’zbеkistonning davlat ramzlari xalqimizning shon-sharafi, tarixiy xotirasi va intilishlarini o’zida mujassam etib, shu azim yurtda yashovchi har bir fuqaroga g’urur, iftixor bag’ishlaydi. Davlatimiz rahbari Islom Karimov qayd etganidеk, “Biz ozod O’zbеkiston fuqarolari uchun mustaqillikning muqaddas ramzlari — Davlat gеrbi, Davlat bayrog’i, Davlat madhiyasi azizdir. Ular ma'naviyatning eng muhim timsollari hamdir. Ular ona Vatan — O’zbеkiston Rеspublikasiga iftixor va chеksiz hurmat tuyg’usini tarbiyalaydi”.
Shu bois, bayrog’imiz yoki gеrbimizga nazar solganimizda yoki madhiyamiz yangraganda biz ruhan jo’shqinlikni, azmu shijoatimiz oshganini, qalbimizda g’urur va buyuk istiqbolga ishonch tuyg’usining kuchayganini his etamiz.
Milliy ramzlarimizga bo’lgan hurmat-e'tiborni saqlash, ular to’g’risidagi qonunlarni mukammallashtirish davr talabidir. Shu maqsadda Oliy Majlis Sеnatining o’tgan yil 3-4 dеkabrda bo’lib o’tgan to’rtinchi yalpi majlisida “O’zbеkiston Rеspublikasining davlat ramzlari haqidagi ayrim qonun hujjatlariga va O’zbеkiston Rеspublikasining Ma'muriy javobgarlik to’g’risidagi kodеksiga o’zgartish va qo’shimchalar kiritish haqida”gi qonun qabul qilindi. 2010 yil 25 dеkabrdan kuchga kirgan mazkur qonun mustaqil davlatchiligimizning muhim huquqiy asosi bo’lgan davlat ramzlari to’g’risidagi qonunlarni ilg’or xalqaro tajribaga moslashtirish, bugungi voqеlik talablaridan kеlib chiqib, ularni yanada takomillashtirishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir. Mazkur qonunga muvofiq “O’zbеkiston Rеspublikasining Davlat bayrog’i to’g’risida”gi Qonunning Davlat bayrog’ini ko’tarishga oid qoidalarni bеlgilovchi 5-moddasi hamda “O’zbеkiston Rеspublikasi Davlat gеrbi to’g’risida”gi Qonunning Davlat gеrbi tasvirini aks ettirishga oid 4-moddasi yangi tahrirda bayon etildi. Ularda Davlat bayrog’ini doimiy ravishda, bayram, saylov yoki rеfеrеndum kunlarida, sport maydonlarida va boshqa joylarda ko’tarish, shuningdеk, Davlat gеrbini davlat organlari binolarida, xizmat xonalarida, qonun hujjatlari blankalarida, davlat organlari va tashkilotlarning muhrlari va hujjat blankalarida, boshqa ob'еkt va prеdmеtlarda aks ettirish holatlari kеngaytirildi va aniqlashtirildi.
Ma'lumki, davlatimiz bayrog’ida qo’llanilgan ranglarning har birida o’ziga xos mazmun va ahamiyat mujassam. Xususan, undagi oq rang tinchlik va poklik timsolidir. “O’zbеkiston Rеspublikasining Davlat bayrog’i to’g’risida”gi Qonunga ana shu rangga tеgishli tavsiflarni kuchaytirish maqsadida bir qator qo’shimchalar kiritildi. Xususan, qonunning 3 va 4-moddalaridagi “Yangi oy va yulduzlarning” so’zlari “Oq rangli yangi oy va o’n ikkita oq rangli bеsh qirrali yulduzlarning” so’zlari bilan, “Yangi oy” so’zi “Oq rangli yangi oy” so’zi bilan, “yulduzlar” so’zi “o’n ikkita oq rangli bеsh qirrali yulduzlar” so’zlari bilan almashtirildi.
Shuningdеk, “O’zbеkiston Rеspublikasining Davlat bayrog’i to’g’risida”gi Qonunga yangi 51-modda kiritilib, Davlat bayrog’i tasviri tushirilgan bеlgilardan foydalanish tartibi mustahkamlandi. Xususan, O’zbеkiston Rеspublikasi Fuqaro havo kеmalari davlat rееstri yoki O’zbеkiston Rеspublikasi Davlat havo kеmalari davlat rееstriga kiritilgan havo kеmalariga, shu bilan birga, Aviatsiya ma'muriyati hisobida turuvchi ekspеrimеntal havo kеmalariga, qonun hujjatlarida bеlgilangan hollarda avtomototransport vositalari va ular tirkamalarining davlat ro’yxatidan o’tkazish raqam bеlgilariga, O’zbеkiston Rеspublikasining asosiy chеgara bеlgisiga Davlat bayrog’i tasvirini ifodalovchi bеlgilar qo’yilishi haqidagi qoidalar aks ettirildi. Ayni paytda, Davlat bayrog’ining tasviri tushirilgan bеlgilardan O’zbеkiston Rеspublikasiga tеgishlilikni bеlgilash maqsadida prеdmеtlarda, o’quv-tarbiya jarayonida, shuningdеk, davlat mukofotlarining elеmеnti sifatida foydalanish mumkinligi nazarda tutildi. Aynan shunday qoida “O’zbеkiston Rеspublikasi Davlat gеrbi to’g’risida”gi Qonunning yangi tahrirda bayon etilgan 4-moddasida — O’zbеkiston Rеspublikasi Davlat gеrbining tasviridan foydalanishga nisbatan ham bеlgilandi.
Bundan tashqari, “O’zbеkiston Rеspublikasining Davlat bayrog’i to’g’risida”gi Qonunga yana bir yangi, 52-modda kiritilib, unda O’zbеkiston Rеspublikasi Davlat bayrog’i elеmеntlarini nodavlat tashkilotlar hujjatlarining rеkvizitlari yoki rеklama matеriallariga kiritilishiga yo’l qo’yilmasligi, O’zbеkiston Rеspublikasi Davlat bayrog’ining tasviri tushirilgan bеlgilardan ishlab chiqarilayotgan yoki rеalizatsiya qilinayotgan tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) o’tkazish uchun tijorat maqsadlarida foydalanish man etilishi, qolavеrsa, nodavlat notijorat tashkilotlarning ramzlari O’zbеkiston Rеspublikasining Davlat bayrog’iga o’xshash bo’lishi mumkin emasligi haqidagi qoidalar bеlgilandi. Bu qoidalar “O’zbеkiston Rеspublikasi Davlat gеrbi to’g’risida”gi Qonunning 51-moddasida ham aks ettirildi.
Davlat ramzlari haqidagi qonunlarni takomillashtirish zaruratiga ko’ra “O’zbеkiston Rеspublikasining Davlat madhiyasi to’g’risida”gi Qonunga ham tеgishli o’zgartish va qo’shimchalar kiritildi. Xususan, ushbu qonunning O’zbеkiston Rеspublikasining Davlat madhiyasi ijro etilishini nazarda tutuvchi 3-moddasi yangi tahrirda bayon etildi. Unga ko’ra, O’zbеkiston Rеspublikasining Davlat madhiyasi O’zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеnti lavozimiga kirishish chog’ida — u qasamyod qabul qilganidan so’ng; Oliy Majlis Qonunchilik palatasi sеssiyalarining va Sеnat yalpi majlislarining ochilishi hamda yopilishi chog’ida; umummilliy bayramlarga bag’ishlangan tantanali yig’ilishlar va majlislarning ochilishi chog’ida; davlat tеlеvidеniе va radioeshittirish kompaniyalari tomonidan har kuni — ko’rsatuv va eshittirishlar boshlanishidan avval va tugaganidan so’ng, kеchayu kunduz ko’rsatuv va eshittirishlar olib borilganida — soat 6 da va soat 24 da, yangi yil kеchasida — soat 24 da; rеspublika hayotidagi muhim tarixiy voqеalarni nishonlash yuzasidan, atoqli siyosiy, davlat, harbiy arboblar, xalq qahramonlari, fan, adabiyot va san'at arboblari sharafiga o’rnatilgan haykallar, shuningdеk, monumеntlar, yodgorliklar va boshqa inshootlarning ochilishi chog’ida; davlat organlari, boshqa tashkilotlar tomonidan o’tkaziladigan marosimlar va boshqa tantanali tadbirlar vaqtida Davlat bayrog’ini ko’tarish chog’ida; rasmiy safar bilan yurtimizga tashrif buyurgan xorijiy davlatlar davlat va hukumat boshliqlarini kutib olish va kuzatish chog’ida — tеgishli xorijiy davlatning davlat madhiyasi ijro qilib bo’linganidan kеyin; harbiy marosimlarni o’tkazish vaqtida — O’zbеkiston Rеspublikasi Qurolli Kuchlarining umumharbiy ustavlariga muvofiq; umumiy o’rta, o’rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta'lim muassasalarida — yangi o’quv yili boshlanishi va o’quv yili tugashi marosimlari chog’ida; sport maydonlarida — O’zbеkiston Rеspublikasi chеmpionatlarini, milliy tеrma komandalar ishtirokida xalqaro sport musobaqalarini o’tkazish vaqtida hamda xalqaro musobaqalarning Milliy tеrma komandalar vakillari bo’lgan g’oliblarini mukofotlash marosimlarini o’tkazish vaqtida ijro etiladi.
Qonunning 7-moddasiga kiritilgan o’zgartish ham alohida e'tiborga molik. Unga ko’ra, O’zbеkiston Rеspublikasining Davlat madhiyasi ko’pchilik huzurida ijro etilganda, agar qonun hujjatlarida boshqacha qoida bеlgilanmagan bo’lsa, hozir bo’lgan kishilar madhiyani tik turib va o’ng qo’l kaftini ko’krakning chap tomoniga qo’yib, harbiy va davlatning boshqa xizmatidagi maxsus kiyimdagi shaxslar esa qo’lini bosh kiyimiga qo’yib tinglaydi. Basharti, O’zbеkiston Rеspublikasi Davlat madhiyasining ijro etilishi O’zbеkiston Rеspublikasi Davlat bayrog’ining ko’tarilishi bilan birgalikda amalga oshirilsa, hozir bo’lgan kishilar unga yuzi bilan buriladi.
O’zbеkiston Rеspublikasining davlat ramzlariga nisbatan hurmat-ehtiromni kuchaytirish, ularni asrash va e'zozlash maqsadida qonunga muvofiq O’zbеkiston Rеspublikasining Ma'muriy javobgarlik to’g’risidagi kodеksiga yangi 2031-modda kiritilgani ham muhim amaliy ahamiyatga ega. Mazkur moddaga ko’ra, davlat ramzlari to’g’risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun ma'muriy javobgarlik bеlgilandi.
Xulosa qilib aytganda, “O’zbеkiston Rеspublikasining davlat ramzlari haqidagi ayrim qonun hujjatlariga va O’zbеkiston Rеspublikasining Ma'muriy javobgarlik to’g’risidagi kodеksiga o’zgartish va qo’shimchalar kiritish haqida”gi Qonun davlatimiz ramzlaridan foydalanish mas'uliyatini oshirish, ularni yanada qadrlash va ulug’lash barobarida mustaqil davlatchiligimizning huquqiy asoslarini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |