to'la ishonch bilan aytish mumkinki, bu yo'l tajriba sinovidan o'tdi. Tarixan qisqa,
ammo zafarli natijalarga boy bo'lgan taraqqiyotimiz, tanlangan modelning
to'g'riligini isbotladi.
Ma'lumki, taraqqiyotning ―o'zbek modelining mohiyati asosiy g'oyalari
yeng dastlab Davlatimiz rahbarining ―O'zbekistonning o'z istiqlol va taraqqiyot
yo'li nomli fundamental asarida ko'rsatib o'tilgan yedi. Keyinchalik mazkur
taraqqiyot modeli haqidagi g'oyalar birinchi Prezidentimizning boshqa asarlarida
yanada rivojlantirildi va takomillashtirib kelinmoqda. Xususan, birinchi
prezidentimizning O'zbekiston – bozor munosabatlariga o'tishning o'ziga xos yo'li,
―O'zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo'lida nomli asarlarida
taraqqiyotning ―o'zbek modelining asosiy mazmunini, o'zagini belgilab beruvchi
tamoyillar yanada chuqurroq asoslab berildi.
Birirnchi Prezidentimiz I.A.Karimov ta'kidlaganidek, ―Beshta asosiy qoida
O'zbekiston davlat qurilishi va iqtisodiyotini isloh qilish dasturining o'zagidir.
Ularning mohiyati quyidagicha: bir tomondan milliylik, ikkinchi tomondan
umuminsoniylik yo'nalishlari uyg'unlashdi yoki ularning dialektik mutanosibligi
o'z aksini topdi. “Birinchi tamoyilimizda, - deb yozgan yedi I.A.Karimov, - avvaliqtisod,
keyin siyosat degan shiorni olg'a surdik”. Boshqacha qilib aytganda,
iqtisodiyotning siyosatdan ustunligi nazarda tutiladi. Iqtisodiy islohotlar siyosatdan
ortda qolmasligi zarur.
Ikkinchi tamoyil - bu davlatning bosh islohotchi yekanligi. Yangilanish va
o'zgarishlar siyosatini ishlab chiqish va ularni izchillik bilan amalga oshirishni
davlat o'z zimmasiga oladi.
Uchinchi tamoyil, o'z navbatida jamiyat hayotida, barcha sohalarda
qonunning ustuvorligi ta'minlanadi. Aynan O'zbekiston Respublikasining 1992 yil
8 dekabrda qabul qilingan Konstitutsiyasi ham umuminsoniy va milliy
tamoyillarning mujassamlashgan yorqin namunasi hisoblanadi.
To'rtinchi tamoyil, bu aholining demografik vaziyati, ayniqsa, uning 60
foizidan ko'prog'ini yoshlar tashkil yetganligi, kam ta'minlangan oilalarni,
bolalarni, nafaqaho'rlarni ijtimoiy himoyalash maqsadida kuchli ijtimoiy siyosat
olib boriladi.
Beshinchi tamoyil - bu halqimiz an'analari, urf-odatlari hamda bozor
iqtisodiyotining ob'ektiv qonun-qoidalarini hisobga olgan holda unga «shok
terapiyasi» asosida yemas, balki yevolyusion tadrijiy asosda, puhta o'ylab
bosqichma-bosqich o'tish nazarda tutiladi.
O'zbekiston mustaqillik yillarida demokratik jamiyatga o'tishning uchta
bosqichini bosib o'tdi. Ularning birinchisi, Birinchi Prezident Islom Karimov
tomonidan O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi - birinchi chaqiriq VI sessiyasida
(1996 yil 29 avgust) «Hozirgi bosqichda demokratik islohotlarni
chuqurlashtirishning muhim vazifalari»; ikkinchisi, Birinchi chaqiriq o'n to'rtiinchi
sessiyasida «O'zbekiston XXI asrga intilmoqda» (1999 yil, 14 aprel) va nihoyat,
uchinchisi, ikkinchi chaqiriq Oliy Majlisning to'qqizinchi sessiyasida
«O'zbekistonda demokratik o'zgarishlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik
jamiyati asoslarini shakllantirishning asosiy yo'nalishlari» (2002 yil 29 avgust)
qilgan ma'ruzalarida ko'rsatib berildi.
Albatta, ana shu bosqichlar biri ikkinchisidan keskin farq qilmasada,
ulardagi asosiy g'oya demokratik jarayonlarning olg'a tomon rivojlanishini va
ma'lum bir vaqtga kelganda bu jarayonga yangi kuch, qudrat hamda faollik baxsh
yetishdir. CHunki jarayonlar izchillik bilan tahlil yetilmasa, undagi asosiy
muammo aniqlanmasa va istiqboldagi vazifalar belgilanmasa, rivojlanish ham
bo'lmaydi. SHu ma'noda ham Prezident demokratik jamiyat qurish borasidagi
vazifalarni «chuqurlashtirish» (1996 yil) «erkinlashtirish» (1999 yil) va
«demokratik o'zgarishlar orqali fuqarolik jamiyat asoslarini shakllantirish» (2002
yil) kabi konseptual g'oyalarida belgilab bergan.
Ammo bu - o'tish davrining mustaqil ravishda bir necha bosqichlardan iborat
yekan, - degan xulosa kelib chiqishiga asos bo'lmasligi kerak. Chunki o'tish
davrining o'zi mamlakatning turli tuzumlardan demokratiyaga o'tishdagi mustaqil
«oralig'i», «ko'prigi» hisoblanadi. Yuqorida ko'rsatilgan bosqichlar o'tish davrining
uzluksizligini ifodalaydigan ko'rsatgichdir.
O'zbek modeli tushunchasi, avvalo, O'zbekistonning mustaqil milliy
taraqqiyoti qanday bo'lishi lozimligini asoshakligan, uni muayyan maqsadlarga
yo'naltiradigan yeng umumiy nazariy xulosalar va mo'ljallar bilan davlatning
belgilangan maqsadlarga yerishishga qaratilgan amaliy siyosatining
mushtarakligini anglatadi.
Bizning bosh strategik maqsadimiz - ozod va obod Vatan, yerkin va farovon
hayot, bozor iqtisodiyotiga asoslangan yerkin demokratik jamiyat barpo yetishdir.
Bozor iqtisodiyoti, yeng avvalo, ko'pmulkchilikka va ular o'rtasidagi raqobatga
tayanadi. Unda mulkning barcha qonuniy shakllari teng huquqqa yega bo'lib, bu
huquq davlat tomonidan kafolatlanadi.
«O'zbek modeli»ni bugungi kunda demokratik jamiyat barpo yetish muhim
o'ziga xos modeli yekanini dunyoning juda ko'plab siyosatshunos yetakchi olimlari
o'rganmoqda va uni tahlil qilmoqdalar . Masalan, rossiyalik tadqiqotchilar
M.S.Gafarli, A.G.Kasayev, germaniyalik L.Levitin, Rossiya Fanlar
Akademiyasining akademigi F.Burlaskiy uni yuksak baholashgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |