2. Taraqqiyotning “O'zbek modeli” va uning o'ziga xos xususiyatlari.
O'zbekistonning demokratik jamiyatni barpo yetishda Birinchi Prezidentimiz
I.A.Karimov ta'kidlaganidek, “Davlat va jamiyatni isloh yetish hamda
modernizatsiya qilishda o'zbek modelining muhim tarkibiy qismi bo'lgan
bosqichma-bosqichlik tamoyiliga bundan buyon ham qat'iy amal qilinishi
ta'minlanadi . «O'zbek modeli» tushunchasi, avvalo, O'zbekistonning mustaqil
milliy taraqqiyoti qanday bo'lishi lozimligini asoslaydigan, uni muayyan
maqsadlarga yo'naltiradigan yeng umumiy nazariy xulosalar va mo'ljallar bilan
davlatning belgilangan maqsadlarga yerishishiga qaratilgan amaliy siyosatining
mushtarakligini anglatadi (davlat siyosati deganda hokimiyatning har uchala
bo'g'ini faoliyati nazarda tutilmoqda).
Iqtisodiyot nazariyasida ayrim olimlar iqtisodiy taraqqiyot modelini davlat
tuzumi desa, boshqalar ijtimoiy-iqtisodiy formasiya, uchinchilari yesa ijtimoiyiqtisodiy
taraqqiyotning aniq belgilangan yo'li, deb hisoblaydi. Iqtisodiy taraqqiyot
modeli, N.To'xliyev va boshqa bir guruh olimlarning fikriga ko'ra, iqtisodiy
munosabatlarning keng miqyosli tizimi bo'lib, u huquqiy, ma'muriy hamda xo'jalik
mexanizmlari orqali boshqariladi . Bunday munosabatlarning sub'ekti mulk
yegalari, xo'jalik faoliyati ishtirokchilari, uyushmalar, davlat va xususiy sektor,
mamlakat doirasidagi mintaqa va tarmoqlar hisoblanadi. Iqtisodiy taraqqiyot
modeliga axloq va dunyoqarash, mentalitet, turmush tarzi, madaniyat kabi ijtimoiy
me'yorlar ma'lum darajada o'z ta'sirini o'tkazadi.
Taraqqiyot modellarining o'zigsha xos yo'nalishlari va xususiyatlari:
“O'zbek modeli” - O'zbekistonning o'ziga xos va mos taraqqiyot yo'li ijtimoiy
yo'naltirilgan bozor iqtisodiyotiga o'tish;
“Amerika modeli” - “Erkin bozor munosabatlari”
“Fransiya modeli” – “davlatning roli kuchli”
“Nemis va shved modili” – “ijtimoiy yo'nalish ustuvor”
Lotin Amerikasi va Afrika modeli – “Iqtisodni barqarorlashtirish”
Sharqiy Yevropa modeli – Iqtisodiyotda “SHok trapeya” usulidan foydalaniladi;
«Yaponiya modeli» iqtisodiy munosabatlarda davlatning yetakchi o'rni bilan
belgilanadi;
Janubi-Sharqiy Osiyo (Singapur, Janubiy Koreya, Tayvan, Gonkong) – “ijtimoiy
soha va yeksportni rag'batlantirish”
Iqtisodiy taraqqiyot modeli global va milliy xarakterda bo'ladi. Hozirgi vaqtda
taraqqiyotning bir qator tipik global modellari mavjud.
“O'zbek modeli” – qisman Yerxard (nemis) modeliga o'xshab ketadi. Nemislarga
o'xshab, mamlakatimizda 2 ta islohot o'tkazildi. 1) 1993–94 yillarda pul islohoti
(kupon) joriy qilinib, milliy sum muomalaga kiritildi; 2) Narx-navo islohati 1991–
2001 yillar va undan keyingi hozirgi davrgacha davom yetmoqda.
“O'zbek modeli” uning asosiy tamoyillari va jamiyat ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy va
ma'naviy hayot sohalarida namoyon bo'lishi
O'zbekistonning Birinchi Prezidenti I.A.Karimov ta'kidlaganidek, ―Biz
mustaqillikning ilk kunlaridan boshlab, o'z umrini o'tab bo'lgan yeski mustabid
sovet tizimidan voz kechib, mamlakatimizda ijtimoiy yo'naltirilgan bozor
iqtisodiyotiga asoslangan ochiq demokratik davlat barpo yetish va fuqarolik
jamiyatini shakllantirishga azmu qaror qildik.
Bu modelning mohiyati O'zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti
I.A.Karimov tomonidan ishlab chiqilgan islohotlarning besh tamoyilida ta'riflab
berildi. Mamlakatimiz aholisi o'z davlat mustaqilligining yigirma to'rt yilligini
butun jahon jamoatchiligi bilan tantanali ravishda nishonlayotgan bugungi kunda,
Do'stlaringiz bilan baham: |