1-mavzu. “O‘zbekistonning eng yangi tarixi” o‘quv fanining predmeti



Download 194,68 Kb.
bet36/73
Sana13.02.2022
Hajmi194,68 Kb.
#447191
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   73
Asosiy masalalar (Reja):
1.Kuchli ijtimoiy siyosat konsepsiyasining shakllanishi, bosqichlari va rivojlantirilishi.
2.O‗zbekiston Respublikasi ―Korrupsiyaga qarshi kurashish to‗g‗risida‖gi Qonunning mazmun-mohiyati.
3.Ma‘naviy hayotdagi tub o‗zgarishlar, madaniy taraqqiyot.
4.Besh tashabbus va uning yuksak ma‘naviy madaniyatni ta‘minlashdagi o‗rni.
5.Kadrlar tayyorlash va ta‘lim sohasini isloh qilish.
1. Kuchli ijtimoiy siyosat konsepsiyasining shakllanishi, bosqichlari va rivojlantirilishi.
O'zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarning muhim natijalaridan biri ijtimoiy himoya siyosatining demokratik jamiyatni barpo yetishdagi o'rnini va ahamiyatining ortib borishi bilan belgilanmoqda. Bozor munosabatlariga o'tish davrida mamlakatimizda kuchli ijtimoiy himoya tizimi shakllantirildi va hozirda uni takomillashtirish muhim masala bo'lib qolmoqda. Bugungi kunda ijtimoiy siyosatni amalga oshirishda sifat jixatdan yangi bosqichga o'tish yehtiyoji paydo bo'ldi. Shu munosabat bilan aholini ijtimoiy qo'llab-quvvatlashning zamonaviy tizimi shakllantirilmoqda.
O'zbekiston mustaqillikka yerishgandan so'ng, jamiyatda bo-zor iqtisodiyotiga o'tish jarayonida aholini ijtimoiy himoyasini ta'minlash davlat siyosatining bosh yo'nalishi bo'lib qoldi. Binoba-rin, mamlakatda o'tkazilayotgan barcha islohotlarning asl maqsadi insonga munosib turmush sharoitlarini vujudga keltirishdir.
Mamlakatimizda davlat byudjeti xarajatlarining 60 foizi ijtimoiy-madaniy sohaga: ta'lim, sog'liqni saqlash, madaniyat, aholining kam ta'minlangan qatlamlarini ijtimoiy himoyalashga yo'naltiriladi. Zero, milliy qadriyatlarga tayanish, o'zaro yordam va aholini qo'llab-quvvatlashning jamoaviy shakllari xalqimizning bu boradagi o'ziga xos qadriyatlaridan biridir. Xususan, mahalla instituti mazkur yo'nalishda alohida o'rin tutadi.
Bugun yurtimizda inson omili oliy qadriyat darajasiga ko'tarildi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning ―Odamlar yertaga yemas, bugun baxtli yashashni istaydilar‖, degan tamoyilni ilgari surishi va buni bugungi siyosatimizning ustuvor yo'nalishiga aylantirishida ham aynan shu mazmun-mohiyat mujassamdir. Mazkur prinsip ijrosi o'laroq, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan insonparvar siyosat odamlar hayotiga yangicha mazmun baxsh yetmoqda. Xususan, aholining talab va yehtiyojlarini hisobga olgan holda, qishloq joylarda yangilangan namunali loyihalar asosida arzon uy-joylar qurish bo'yicha dasturning qabul qilingani odamlar qalbida yashash va ishlashga bo'lgan qarashlarni o'zgartirib yubordi. Dasturga ko'ra, 2017-yilda shahar va qishloqlarda umumiy maydoni 3,5 million kvadrat metrdan ortiq bo'lgan namunali va ko'p qavatli uylar bunyod yetildi.
2017 — 2020-yillarda shaharlarda 945 ta ko'p qavatli turarjoy qurilishi bo'yicha dastur qabul qilingan. Kam ta'minlangan oilalar uchun Toshkent shahri, Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar markazlarida va yirik shaharlarda 50 mingga yaqin kvartirali, arzon, ko'p qavatli uylar barpo qilinadi. Xususan, 2017-yilda xuddi shunday ko'pkvartirali, umumiy maydoni 800 ming kvadrat metrdan ortiq bo'lgan uylar qurilib, aholiga topshirildi. Faqatgina Toshkent shahrining o'zida 420 ming kvadrat metrli uy-joy foydalanishga topshirilgani boshlangan ishlarning ko'lamini ko'rsatadi, albatta. Biroq aholi farovonligini ta'minlash faqat uy-joy masalasi bilan bog'liq, desak noto'g'ri bo'ladi. Negaki, uzoq yillar davomida aynan ijtimoiy sohada o'nlab muammolar yig'ilib keldiki, oqibatda u odamlarimizning normal hayot kechirishlariga monelik qildi.
Bugun, ayniqsa, qishloq aholi punktlarida vodoprovod tarmoqlarini kengaytirish va modernizatsiya qilish dasturini amalga oshirish dolzarb muammolardan biri bo'lib turibdi. Bugun maxsus dastur doirasida 9 ming kilometr vodoprovod tarmoqlari, 1400 quduq va 3600 suv inshootini qurish va rekonstruksiya qilish ishlari olib borilayapti. Bu Qoraqalpog'iston Respublikasi, Andijon, Jizzax, Navoiy, Sirdaryo, Samarqand, Toshkent va Xorazm viloyatlaridagi 3,2 million aholini qo'shimcha toza ichimlik suv bilan ta'minlab, mamlakat bo'yicha aholining toza ichimlik suviga bo'lgan talabini qondirish ko'rsatkichini 67 foizdan 84 foizgacha ko'tarish imkonini beradi.
Mazkur vazifalarni amalga oshirish uchun mamlakatimizda Uy-joy kommunal xizmat vazirligi tashkil yetildi va Moliya vazirligi qoshida maxsus ―Toza suv‖ fondi faoliyati yo'lga qo'yildi.
Yoki yillar davomida odamlarni qiynab kelgan yana bir muammo — yo'llar muammosini olaylik. Bu ham davlatimiz nazoratiga olindi. Ayni vaqtda yurtimizda mintaqaviy va mahalliy ahamiyatga yega yo'l hamda yo'l-transport infratuzilmalarini yanada rivojlantirish dasturi asosida 1,7 ming kilometr umumiy foydalanishdagi avtomobil yo'llarini qurish va rekonstruksiya qilish, 10,4 ming kilometr xo'jaliklararo qishloq avtomobil yo'llarini, shahar, tuman markazlari, shahar tipidagi qo'rg'onchalar, qishloq aholi punktlaridagi ko'chalar yo'l qoplamalarini kapital va joriy ta'mirlash ishlari ro'yobga chiqarilayapti.
Shahar va qishloqlarimizda transport xizmatini yanada yaxshilash dasturi asosida yaqin davr ichida 74 ta avtovokzal va avtostansiya rekonstruksiya qilinadi. Bu yesa yo'lovchilar uchun qo'shimcha qulayliklar yaratib, ularning xavfsizligini ta'minlashda ayni muddaodir. Qolaversa, 3 mingta yangi zamonaviy avtobus, 5,7 ming mikroavtobus sotib olindi. Shunga yarasha 300 dan ortiq yangi avtobus yo'nalishlari ochiladi.
Havo va temir yo'llari qatnovlari infratuzilmasini rivojlantirish maqsadida Toshkent xalqaro ayeroportining yangi terminali yaratilishi bilan bir qatorda temir yo'l liniyalari qurilishi va yelektrlashtirilishi amalga oshirilmoqda.
Davlatimiz rahbari ―bizning yeng oliy maqsadimiz odamlarimizni rozi qilish‖ deya takror va takror ta'kidlab kelmoqda. Xalqona va samimiy aytilgan bu so'z, aslida, mamlakat ijtimoiy siyosatini belgilab beradi. O'zingiz bir o'ylab ko'ring, o'tgan bir yildan ziyod vaqt ichida yurtimizda qanday olamshumul voqealar yuz berdi. Tarixiy o'zgarishlar sharofati bilan davlat xalqqa yaqinlashdi, u yendi xalq uchun ishlay boshladi. Prezident virtual qabulxonasi va Xalq qabulxonalari faoliyati bugun nainki xalqimiz, balki xalqaro hamjamiyat ye'tirofiga ham sabab bo'lmoqda. Mamlakatimizda ta'lim, sog'liqni saqlash va ijtimoiy sektorning shu kabi boshqa sohalarida amalga oshirilayotgan islohotlar, ayniqsa, xalqimiz dilidagi orzu-istaklar ro'yobiga xizmat qilayotir. Yurtimizda Maktabgacha ta'lim vazirligining tashkil yetilishi aytish mumkinki, milliy davlatchiligimiz tarixida tub burilish yasadi. Zotan, bu yo'l bilan xalqimiz o'z kelajagi poydevorini yanada mustahkam bo'lishini ta'minladi. Oliy va o'rta ta'lim tizimi ham isloh yetilmoqdaki, bu rivojlangan dunyo davlatlari bilan bo'ylashishimiz, dunyo sahnasida munosib o'ringa yega bo'lishimizga zamin yaratadi.
Albatta, bu kabi yangilanishlar bugun barcha soha-yu tarmoqlarda yuz ko'rsatmoqda. O'zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi ham o'z faoliyatini ―Faol tadbirkorlik, innovatsion

Download 194,68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish