Tayanch iboralar
Ekоlоgik huquq tizimi – ekоlоgik munоsabatlarni
tartibga sоlishdagi ahamiyati va mazmuniga ko‘ra
asоsiy institut, tоifa va nazariy-huquqiy masalalarning
ma’lum tartibda jоylashishi.
Tabiat va jamiyat o’rtasidagi o’zaro tahsirlar natijasida turli ijtimoiy munosabatlar paydo bo’ladi. Ushbu sohada ijtimoiy munosabatlarni biz ijtimoiy-ekologik munosabatlar deb ataymiz.
SHuni alohida tahkidlash kerakki ijtimoiy-ekologik munosabatlar shakli, mazmuni jihatdan turli-tuman bo’lib, ushbu munosabatlarni tartibga solishda ham keng qamrovli chora-tadbirlar amalga oshirilishini taqozo etadi.
Ijtimoiy-ekologik munosabatlar yohnalishlarini ilmiy jihatdan asoslangan holda oqilona aniqlash o’z navbatida, ushbu munosabatlarni tartibga solish huquqiy mexanizmni ixchamlashtiradi va amalga oshirishga yordam beradi.
Tabiat-jamiyat tizimidagi ijtimoiy munosabat- lar quyidagi asosiy yohnalishlarga ega:
Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish bilan bog’liq ekologik huquqiy munosabatlar;
Tabiiy resurslardan oqilona foydalanish bilan bog’liq ekologik-huquqiy munosabatlar;
Aholini ekologik xavfsizligini tahminlashga qaratilgan ekologik huquqiy munosabatlar
Ushbu ekologik-huquqiy munosabatlar yohnalishlari o’z mazmun-mohiyatiga ko’ra bir-biri bilan chambar- chas bog’liq bo’lib, jamiyatning tabiat bilan o’zaro tahsirlar tizimida tutgan o’rni muammolarni hal qilishda qo’llaniladigan chora-tadbirlari, uslublari va o’ziga xos xususiyatlari bir-biridan farq qiladi.
Atrof tabiy muhitni muhofaza qilish - jamiyatda yer, yerosti boyliklari, suv, o’rmon, hayvonot va o’simlik dunyosi hamda atmosfera havosini muhofaza qilish, tabiiy hosilalar va ekologik komplekslarni saqlash, qayta tiklash, atrof muhitning biologik xilma-xilligini tahminlash bilan bog’liq qoida-talab, chora-tadbirlar- ning yig’indisi hisoblanadi. Ayniqsa, XX asrda tabiiy muhitni muhofaza qilish yohnalishiga katta ehtibor berilib, har bir davlat turli dastur, rejalar va qonunchilik hujjatlarini qabul qilgan.
Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish bilan bog’liq chora-tadbirlarni amalga oshirishga qaratilgan qonun- chilik hujjatlari, qoida-talablari muhofaza ahamiyati- dagi ijtimoiy-ekologik munosabatlarini tartibga soladi.
Tabiiy resurslardan oqilona foydalanish deganda, jamiyat ahzolarining o’z ehtiyojlarini qondirish maqsadida tabiatning foydali qismlarini o’zlashtirish tushuniladi.
Tabiiy resurslardan oqilona foydalanish -jamiyatning turli extiyojlarini qondirish maqsadida yer, yerosti boyliklari, suv resurslari, atmosfera havosi, o’simlik va hayvonot dunyosida foydalanishga qaratilgan ilmiy jihatdan davlat dastur va rejalari, qonunchilik hujjatlari qoida-talablari yig’indisidan iboratdir.
Tabiiy resurslardan foydalanish bilan bog’liq umummajburiy qonunchilik hujjatlari qoida-talablari foydalanish ahamiyatidagi ijtimoiy-ekologik muno- sabatlarni tartibga soladi.
Ekologik munosabatlar tizimida tabiiy resurslar, yahni yer, yersoti boyliklari, suv, o’simlik va hayvonot dunyosidan foydalanish keng va muhim o’rinni egallaydi. CHunki qadimdan inson tabiatdan foydala- nadi va tabiiy resurslardan foydalanishning darajalari, muddati va tartibi har bir davlatda rivojlanib, diqqat- ehtibor markaziga chiqdi. CHunki tabiiy resurslardan foydalanish asosida tabiatdagi turli ekologik muammo- lar paydo bo’lishi ekologik inqirozning keskinlashi- shiga olib kelishi mumkin.
Ekologik xavfsizlik bilan bog’liq muammolar va ularni bartaraf etish bilan bog’liq chora-tadbirlar 1980-85-yillarda namoyon bo’lib, amalga oshirib kelinmoqda.
Ekologik xavfsizlik o’n yillar davomida respubli- kamiz hududida tabiiy resurslardan oqilona foyda- lanmaslik va tabiatni muhofaza qilish qoida-talablariga amal qilmaslik sharoitida xalq xo’jaligi sohalarida olib borilgan ishlab chiqarish jarayoni natijasida yuzaga keldi. Demak, yer, yerosti boyliklari, suv, o’rmon, hayvonot, o’simlik dunyosi va atmosfera havosini muhofaza qilish va foydalanish kabi davlat ekologik siyosatining ikki muhim yohnalishlaridagi qoida- talablarini tahminlamaslik o’z navbatida tabiatda katta o’zgarishlar ro’y berishiga olib keladi.
Jamiyat tizimida yangi yohnalish - aholining ekologik xavfsizligini tahminlash bilan bog’liq huquqiy munosabatlarni yuzaga keltirdi.
Ekologik xavfsizlik - tabiat-jamiyat tizimining bar- qaror holati bo’lib, bunda atrof tabiiy muhit, tabiiy resurslar holati, jamiyat hayoti va inson sog’ligiga xavfli tahsilarni oldini olishni ko’zda tutadi.
Ekologik xavfsizlikni tahminlash bilan bog’liq huquqiy munosabatlar tizimi - atrof tabiiy barqarorligi, aholining sog’ligiga xavfli tahsir etuvchi omillarni kamaytirish, oldini olish, cheklash va bartaraf etishga qaratilgan siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy-mahrifiy sohadagi quyidagi chora-tadbirlarni o’z ichiga oladi:
ekologik xavfli hudud, ekologiya ofati mintaqa- larini aniqlash;
ekologiya ekspertizasini joriy etish;
ekologik xavfli va zararli ishlab chiqarish obekt- larini pasportlashtirish;
xavfli va zararli ishlab chiqarish turlari faoliyatiga ruxsatnomalar berish;
tabiiy ofat, sel, toshqin va texnogen avariyalarni aniqlash, oldini olish;
aholining ekologik-huquqiy madaniyatini oshirish;
aholining sanitariya-gigiena sharoitlarini yaxshi- lash va boshqalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |