Ekologik huquqning tamoyillari, usullari va tizimi
Ekologik huquqning tamoyillari - tabiat-jamiyat tizimidagi o’zaro munosabatlar yohnalishi, chegaralarini belgilab berishda ekologik-huquqiy mexanizmining barqarorligini kafolatshda va qonunchilik qoida- talablarning ekologik munosabatlarini tartibga solish tartibini belgilashda muhim ahamiyatga egadir.
Bizga mahlumki, ekologik huquq tabiat bilan jamiyat o’rtasidagi o’zaro munosabatlarni huquqiy tartibga soladi. SHujumladan, tabiatning inkor etib bo’lmaydigan qonuniyatlari va ijtimoiy xatti-harakatlari tartibga soluvchi jamiyat-davlat qonunlari mavjud - ekologik huquq tamoyillarining asosiy vazifasi shundan iboratki, tabiiy qonuniyatlarning ustuvorligini tan olgan holda jamiyat ahzolarining tabiatga bo’lgan xatti-harakatlarini ilmiy asoslangan holda yohnaltirishdan iboratdir.
Ekologik huquq huquq tizimining sohasi sifatida ekologik munosabatlarni tartibga solishda davlat va huquqning quyidagi tamoyillaridan foydalanadi:
Qonuniylik;
Ijtimoiy adolat;
Oshkoralik;
Ishontirish va majburlov choralarining hamkorligi;
SHaxslarning huquq va burchlarining birligi va boshqalar.
Tabiat va jamiyat o’rtasidagi o’zaro munosabatlar, davlat va ekologik funksiyasi ushbu tamoyillar asosida va doirasida amalga oshirilib, atrof tabiiy muhit barqarorligini tahminlash, aholining ekologik xavfsizligini tahminlash va tabiiy resurslardan oqilona foydalanishga xizmat qiladi.
6 - Huquqshunoslik
Ekologik huquq o’z predmeti, yohnalishlari, maqsad va vazifalariga ega bo’lgani kabi o’z usullariga ham ega bo’lib, ushbu usullar tabiat-jamiyat tizimidagi ijtimoiy munosabatlar holatiga tahsir etish orqali katta ahamiyatga egadir.
Hozirgi paytda ekologik munosabatlar qatnasha- yotgan jismoniy va yuridik shaxslar xatti-harakatlarini to’g’ri yohnaltirish uchun turli usullar qo’llanilib, ularning ko’lami ortib bormoqda.
Ekologik huquqiy munosabatlar tizimida quyidagi usullardan foydalaniladi:
ekologizatsiyalashtirish;
mahmuriy-huquqiy;
fuqaroviy-huquqiy.
Ekologizatsiyalashtirish usuli bugungi kunda jamiyat hayotning siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, mahnaviy- mahrifiy jabhalariga tobora kirib borib, tabiat qonuni- yatlarining ustuvorligini tahminlash, tabiatni muhofaza qilish chora-tadbirlarining ishlab chiqarish jarayoniga qo’llanilishi sog’lom ekologik muhitga erishish zaru- riyatini oldimizga qo’ymoqda. Ushbu usul orqali shaxs, davlat va jamiyat hayotining barcha jabhalarining ekologik qoida-talablar asosida olib borishini taqozo etadi.
Mahmuriy-huquqiy usul - davlat va huquqning muhim usullaridan biri bo’lib, davlatning majburlov chora-tadbirlarining qo’llanilishida namoyon bo’ladi.
Ekologik huquqda mahmuriy-huquqiy usul keng qo’llanilib, atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va aholining ekologik xavfsizligini tahminlovchi qoida-talablarning belgilanishi, ularga barcha yuridik va jismoniy shaxslar amal qilishi majburiyligi, ekologik qoida-talablarni buzganlik uchun javobgarlik qo’llanilishida katta ahamiyatga egadir.
Fuqaroviy-huquqiy usul ekologik huquqda tobora rivojlanib borayotgan usul sifatida bevosita ekologik- huquqiy munosabatlar ishtirokchilarining tengligi, mulkning daxlsizligi, moddiy rag’batlantirish, tabiatni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan foydalanishda iqtisodiy chora-tadbirlarning qo’llanilishda namoyon bo’ladi.
Ekologik huquq tabiat-jamiyat tizimidagi murakkab munosabatlarni tartibga soladi, shuning uchun ham turli tushunchalar, institutlar, toifalar keng qo’llanib, ekologik-huquqiy qoida-talablarni qo’llanilishi va mazmunini ochib berishga xizmat qiladi.
Ekologik huquqiy munosabatlar tizimini o’rganish oson bo’lishi uchun o’ziga xos institut, toifa va nazariy qoidalar majmuyini birlashtirgan holda ekologik huquq o’z tizimiga ega.
Ekologik huquqning tizimi - ekologik munosabatlarni tartibga solishdagi ahamiyati va mazmuniga ko’ra asosiy institut, toifa va nazariy-huquqiy masalalarning mahlum tartibda joylashishidir.
Ekologik huquq manbalarining tushunchasi, xususiyatlari va tizimi
Har bir fan, huquq sohasi o’z manbalariga ega bo’lib, ushbu manbalar asosida rivojlanadi.
Tabiat bilan jamiyat o’rtasidagi o’zaro munosabat- larni tartibga solishda yordam beradigan, qatnashadi- gan huquqiy hujjatlar ekologiya huquqining manbasi sifatida qaralishi mumkin.
SHuni alohida tahkidlash joizki, har qanday huquqiy hujjat manba bo’lib xizmat qilmaydi.
Ekologik huquqning manbayi sifatida qaralayotgan huquqiy hujjat quyidagi talablarga javob berishi kerak:
vakolatli davlat organlari tomonidan qabul qilin- ganligi;
belgilangan doirada majburiy ahamiyat kasb etishi;
ekologik qoida-talablarni belgilashi;
rasmiy shakl, tuzilish, amal qilish muddatlari va boshqa atributlarga ega bo’lishi.
Ekologik huquqning manbalari deganda, atrof-tabiiy muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va aholining ekologik xavfsizligini tahminlash bilan bog’liq ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishda xizmat qiladigan qonunchilik hujjatlari tushuniladi.
Ekologik munosabatlarni tartibga soluvchi konsti- tutsiyaviy qoidalar:
O’zbekiston Respublikasining Konstituttsiyasi va qonunlari;
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasining qaror, farmon va farmoyishlari;
maxsus vakolatli davlat boshqaruv organlari hamda mahalliy davlat hokimiyat organlarining mehyoriy hujjatlari yig’indisi ekologik qonunchilik hujjatlari tizimini tashkil etadi.
Ekologik huquqning manbalari keng qamrovli ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishi uchun ham ularni quyidagicha tasniflash mumkin:
yuridik kuchi bo’yicha manbalarni qonunlar va qonunosti mehyoriy hujjatlarga bo’linadi;
ekologik munosabatlarning tartibga solinishi yohnalishlari bo’yicha;
tabiatni muhofaza qilish qonunchiligi;
tabiiy resurslardan oqilona foydalanish qonunchiligi;
aholining ekologik xavfsizligini tahminlash qo- nunchiligi.
Tabiat-jamiyat tizimida o’zaro munosabatlarni tartibga solishda bir tomondan qonun, farmon, qaror, nizom kabi mehyoriy hujjatlar, ikkinchi tomondan, ushbu qonun hujjatlarini qo’llanilishiga yordam berish va davomiyligini tahminlashda ekologik normativ, standart va yohriqnomalar kabi minglab mehyoriy- texnik ahamiyatdagi hujjatlar qo’llaniladi.
Ekologik huquqning manbalari boshqa huquq sohalari manbalari bilan chambarchas bog’liq bo’lib, ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish tamoyillari, usullari, qoidalarini qo’llashda umumiylikka egadir.
Lekin shuning bilan bir qatorda o’ziga xos xususiyatlarga ham ega bo’lib, boshqa huquq sohalari qonunchilik hujjatlari mazmun-mohiyatidan farq qiladi.
O’zbekiston Respublikasi Konstituttsiyasining qoida- talablari va tamoyillari asosida atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va aholining ekologik xavfsizligini tahminlashga qaratilgan qonunlar qabul qilinadi.
Asosiy qonunimizda davlat ekologiya siyosatining asosiy yohnalishlari belgilansa, ushbu konstitutsion qoidalarga mos ravishda qabul qilinadigan qonunlarda atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanishning talablari, mexanizmi mustah- kamlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |