9. Alоhida jinоyat turlarini tushuntirib bering
10. Jazо tizimi va uning maqsadini ayting.
15-mavzu: Jinoiy jazo va uning turlari.
Reja:
1.Jinoiy jazo nima?
2.Jinoiy jazo va uning turlari
Jinoyat protsessual qonunchilikda aniqlanishi lozim bo’lgan holatlar.
O’zbekiston Respublikasi jinoyat huquqi Umumiy qismi tushunchasi. Jinoyat huquqining huquq tizimidagi o’rni. Jinoyat 7 huquqi va uning boshqa huquq cohalari bilan o’zaro aloqasi (kriminologiya, jinoyat-ijroiya huquqi, jinoyat-protsessual huquqi, mahmuriy huquq, xalqaro huquq, fuqarolik huquqi). Jinoyat huquqi tizimi. Jinoyat xuquqi fanining Umumiy va Maxsus qismlari. Jinoyat huquqi printsiplari tushunchasi va ahamiyati. Jinoyat huquqi printsiplari tizimi. Jinoyat huquqining qonunchilik, qonun oldida fuqarolarning tengligi, demokratizm, insonparvarlik, odillik, ayb uchun javobgarlik, javobgarlikning muqarrarligi printsiplari. Jinoyat qonuni Jinoyat qonuni tushunchasi. O’zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi. Jinoyat kodeksining tuzilishi va tizimi. Jinoyat kodeksining Umumiy va Maxsus qismlari. Jinoyat qonunlarini liberallashtirish. Dispozitsiya tushunchasi va turlari. Sanktsiya tushunchasi va turlari. Jinoyat qonunining hudud bo’yicha amal qilish doirasi. Jinoyat qonunining O’zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida jinoyat sodir etgan shaxslarga nisbatan tatbiq etilishi. Jinoyat sodir etgan shaxslarni topshirish. Jinoyat qonunining vaqt bo’yicha amal qilishi. Jinoyat qonunini qabul qilish va uning kuchga kirishi. Jinoyat qonunining bekor bo’lishi. Jinoyat sodir etilgan vaqt tushunchasi. Jinoyat qonunining orqaga qaytish kuchi. Jinoyat qonunini sharhlash. SHarhlashning subhektlari, usullari va hajmiga ko’ra turlari. Jinoyat tushunchasi Jinoyat tushunchasi va uning belgilari. Jinoyatlarni tasniflash va uning huquqiy ahamiyati. Jinoyatning boshqa huquqbuzarliklardan farqi. Jinoiy javobgarlik va uning asoslari Jinoiy javobgarlik tushunchasi. Jinoiy javobgarlikning belgisi sifatida jinoyat sodir etgan shaxsga qo’llaniladigan davlat majburlov tahsiri va uni ifodalanishining shakli. “Jinoiy javobgarlik” va “jazo” tushunchalarining munosabati. Jinoiy javobgarlikning asoslari, javobgarlikning mazmuni, qo’llash subhekti. 8 Jinoyat tarkibi Jinoyat tarkibi tushunchasi va uning ahamiyati. Jinoyat tarkibining belgilari va elementlari. Jinoyat tarkibi turlari. Jinoyat tarkibining zaruriy va fakulg’tativ belgilari va ularning ahamiyati. Jinoyatni kvalifikatsiya qilish va jazo tayinlashda jinoyat tarkibini to’g’ri belgilashning ahamiyati. Jinoyat obhekti Jinoyat obhekti tushunchasi. Obhektning turlari – umumiy, maxsus va bevosita obhektlar. Jinoyat obhektlarini to’g’ri aniqlashning ahamiyati. Jinoyat obhektining jinoyatni kvalifikatsiya qilishga tahsiri. Asosiy, qo’shimcha va fakulg’tativ obhektlar. Jinoyat obhekti va predmeti. Jinoyatning obhektiv tomoni Jinoyatning obhektiv tomoni tushunchasi, uning belgilari. Ijtimoiy xavfli harakat yoki harakatsizlik tushunchasi. Jinoiy harakatsizlik uchun javobgarlikning shartlari. Ijtimoiy xavfli oqibat tushunchasi va turlari. Jinoiy oqibatlarning jinoyatni kvalifikatsiya qilish va jazo tayinlashga tahsiri. Moddiy, formal va kesik tarkibli jinoyatlar va bunday turlarga ajratishning huquqiy ahamiyati. Jinoyat huquqida qilmish va oqibat o’rtasidagi sababiy bog’lanish. Jinoyat obhektiv tomonining fakulg’tativ belgilari va ularning huquqiy ahamiyati. Jinoyatning subhektiv tomoni Jinoyatning subhektiv tomoni tushunchasi va belgilari. Jinoyatning subhektiv tomonining zaruriy va fakulg’tativ belgilari. Ayb tushunchasi va uning shaklari. Ularning jinoyatni kvalifikatsiya qilish va jazo tayinlashdagi ahamiyati. Qasd tushunchasi. To’g’ri va egri qasd. Ehtiyotsizlik tushunchasi. Jinoiy o’zo’ziga ishonish va jinoiy beparvolik. Jinoiy o’z-o’ziga ishonishning egri qasddan farqi. Murakkab aybli jinoyatlar. Aybsiz holda zarar yetkazish. Jinoyat sodir etishning motiv va maqsadi. Jinoiy javobgarlik va qilmishni kvalifikatsiya qilishda motiv va 9 maqsadning ahamiyati. Jinoyat huquqida xato tushunchasi, turlari va jinoiy javobgarlik hamda qilmishni kvalifikatsiya qilishga tahsiri. Jinoyat subhekti Jinoyat subhekti tushunchasi. Jinoyat subhekti belgilari. Jinoyat huquqida jismoniy shaxslarning javobgarligi. Jinoiy javobgarlik yoshi. Aqli norasolik tushunchasi va huquqiy ahamiyati. Aqli norasolikning tibbiy va yuridik mezonlari. Ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni aqli noraso deb topishning huquqiy oqibatlari. Jinoyat sodir etish vaqtida aqli raso bo’lgan, lekin sud tomonidan hukm chiqarilgunga qadar o’z harakatlarining ahamiyatini anglay olmaydigan va o’z harakatlarini boshqara olmaydigan darajada ruhiy kasallikka chalinib qolgan shaxslarning javobgarligi. Mastlik holatida, giyohvandlik vositalari yoki boshqa moddalar tahsiri ostida jinoyat sodir etganlik uchun javobgarlik. Jinoyatning maxsus subhekti tushunchasi. Tamom bo’lmagan jinoyatlar Tamom bo’lmagan jinoyatlar tushunchasi va ularning turlari. Alohida turdagi jinoyatlarning tamom bo’lish payti. Jinoyatga tayyorgarlik ko’rish tushunchasi. Jinoyat sodir etishga suiqasd qilish tushunchasi. Jinoyatga suiqasd qilishni jinoyatga tayyorgarlik ko’rishdan farqlash. Suiqasd turlari. Jinoyat sodir etishdan ixtiyoriy qaytish tushunchasi, asoslari va shartlari. O’z qilmishidan chin ko’ngildan pushaymon bo’lish va uning jinoyat sodir etishdan ixtiyoriy qaytishdan farqi. Jinoyat ishtirokchilarini jinoyatni sodir etishdan ixtiyoriy qaytishining o’ziga xos xususiyatlari. Tashkilotchi, dalolatchi va yordamchilarning jinoyatdan ixtiyoriy qaytishining jinoyat-huquqiy oqibatlari. Moddiy, formal va kesik tarkibli jinoyatlarning tamom bo’lish vaqti. Jinoyatda ishtirokchilik turlari va shakllari Jinoyatda ishtirokchilik tushunchasi. Ishtirokchilikning obhektiv va subhektiv belgilari. Jinoyat ishtirokchilarining 10 turlari. Jinoyatni bajaruvchi, tashkilotchi, dalolatchi va yordamchilari tushunchasi. Jinoyatda ishtirokchilik shakllari. Oddiy ishtirokchilik, murakkab ishtirokchilik, uyushgan guruh, jinoiy uyushma. Uyushgan guruhning belgilari. Uyushgan guruh va jinoiy uyushmaning farqlari. Jinoyatda ishtirok etganlik uchun javobgarlik doirasi. Jinoyatga daxldorlik. Bir qancha jinoyat sodir etish Bir qancha jinoyat sodir etish tushunchasi va turlari. Bir qancha jinoyat sodir etishning alohida jinoyat sodir etishdan, murakkab tarkibli jinoyatlardan, davomli va uzoqqa cho’zilgan jinoyatlardan farqi. Takroran jinoyat sodir etish, uning turlari va huquqiy ahamiyati. Jinoyatlar majmui (jami) tushunchasi va turlari. Retsidiv jinoyat tushunchasi va turlari. Retsidiv jinoyatning huquqiy ahamiyati. Xavfli va o’ta xavfli retsidiv jinoyat. SHaxsni o’ta xavfli retsidivist deb topishning asoslari va tartibi, uning huquqiy oqibatlari. Qilmishning jinoiyligini istisno qiladigan holatlar tushunchasi va turlari Jinoyat huquqida qilmishning jinoiyligini istisno qiladigan holatlar tushunchasi va turlari. Ularning jinoiy javobgarlik yoki jazodan ozod qilish asoslaridan farqi. Kam ahamiyatli qilmishlar. Zaruriy mudofaa tushunchasi. Zaruriy mudofaaning huquqiy shartlari. Zaruriy mudofaa chegarasidan chetga chiqish. Hayoliy mudofaa. Zaruriy mudofaa chegarasidan chetga chiqqanlik uchun javobgarlik. Oxirgi zarurat tushunchasi. Oxirgi zaruratni qo’llash asoslari. Oxirgi zaruratning belgilari. Oxirgi zarurat chegarasidan chetga chiqqanlik uchun javobgarlik, uning zaruriy mudofadan farqi. Ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni ushlash vaqtida zarar yetkazish. Ijtimoiy xavfli qilmishni sodir qilgan shaxsni ushlash asoslari. Buyruq yoki boshqa vazifani ijro etish. Buyruq yoki boshqa vazifani ijro etish natijasida yetkazilgan zararning qonun doirasida bo’lish shartlari. Kasb yoki xo’jalik faoliyatiga bog’liq asosli tavakkalchilik. Tavakkalchilikni asosli deb topish mezonlari.
Jazo tushunchasi va maqsadi Jinoiy jazo tushunchasi va belgilari. Jinoiy jazoning intizomiy, mahmuriy jazodan va boshqa huquqiy tahsir choralaridan farqi. Jazoning maqsadi. Jinoiy jazolarni liberallashtirishning ijtimoiy va huquqiy ahamiyati. Jinoiy jazolarning majburlov xususiyatlari. Jinoiy jazo natijasida iqtisodiy, mahnaviy va ijtimoiy cheklanish xususiyatlari. Jazo tizimi va turlari Jinoiy jazolar tizimi tushunchasi va huquqiy ahamiyati. O’zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksida jazo turlari. Asosiy va qo’shimcha jazolar. Jinoiy jazo sifatida jarima. Muayyan huquqdan mahrum qilish. Ushbu jazoni tayinlash shartlari. Axloq tuzatish ishlari. Axloq tuzatish ishlarining turlari va muddatlari. Axloq tuzatish ishlarini qo’llashni cheklash. Axloq tuzatish ishlarini o’tashdan mahkumning bo’yin tovlashining huquqiy oqibatlari. Xizmat bo’yicha cheklash. Harbiy xizmatchilarga mazkur jazoni tayinlashning shartlari. Qamoq jazosi. Qamoq jazosini tayinlashning muddatlari. Intizomiy qismga jo’natish. Ushbu jazo qo’llaniladigan shaxslar. Intizomiy qismga jo’natish muddatlari. Ozodlikdan mahrum qilish. Ozodlikdan mahrum qilish tushunchasi, turlari va muddatlari. Jazoni ijro etish koloniyalari turlari va ularni belgilash shartlari. Manzil koloniyasi va bu koloniyani belgilash mumkin bo’lgan shaxslar doirasi. Ozodlikdan mahrum etishni liberallashtirishning ijtimoiy-huquqiy ahamiyati. Umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi. O’lim jazosi qo’llanilishining qisqartirilish bosqichlari. O’lim jazosini jinoyat qonunidan chiqarish (O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 1 avgustdagi farmoni, O’zbekiston Respublikasining 2007 yil 11 iyuldagi “O’lim jazosi bekor qilinishi munosabati bilan O’zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o’zgartish va qo’shimchalar kiritish to’g’risida”gi Qonuni, 2007 yil 30 avgustdagi O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, Vazirlar Mahkamasi va Prezident Devonining O’zbekiston mustaqilligining 16 yilligiga bag’ishlangan qo’shma majlisidagi “O’zbekistonning 16 yillik mustaqil taraqqiyoti yo’li” nomli mahruzasiga asoslangan holda). Umrbod ozodlikdan mahrum 12 qilish jazosi. Harbiy yoki maxsus unvondan mahrum qilish jazosi. Ushbu jazoni qo’llash shartlari va tartibi. Jazo tayinlash Jazo tayinlashning umumiy asoslari. Asosiy va qo’shimcha jazo tayinlash. Jazo tayinlashda jinoyat qonuni Umumiy qismi normalarining ahamiyati. Jazo tayinlashni liberallashtirishning ijtimoiy-huquqiy ahamiyati. Jazo tayinlashda hisobga olinishi kerak bo’lgan holatlar. Javobgarlikni yengillashtiruvchi va og’irlashtiruvchi holatlar. Yengilroq jazo tayinlash. Tamom bo’lmagan va ishtirokchilikda sodir etilgan jinoyatlar uchun jazo tayinlash. Bir necha jinoyat sodir etganlik uchun jazo tayinlash. Bir necha jinoyatlar uchun asosiy va qo’shimcha jazolar tayinlash tartibi. O’zbekiston Respublikasi JK 59-moddasida nazarda tutilgan tartibda jazolarning yengilrog’ini og’irrog’i bilan qoplash, qisman yoki to’la qo’shish tartibida jazo tayinlash. Bir necha hukm yuzasidan jazo tayinlash (O’zbekiston Respublikasining 2007 yil 11 iyuldagi “O’lim jazosi bekor qilinishi munosabati bilan O’zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o’zgartish va qo’shimchalar kiritish to’g’risida”gi Qonuni). Turli xil asosiy va qo’shimcha jazolarni qo’shish. Qo’shimcha jazolarning mustaqil ijrosi. Jazo muddatiga dastlabki qamoq vaqtini qo’shib hisoblash. Javobgarlikdan ozod qilish tushunchasi va turlari Jinoyat sodir etgan shaxslarni jinoiy javobgarlikdan ozod qilish tushunchasi va turlari. Javobgarlikka tortish muddatining o’tib ketganligi munosabati bilan javobgarlikdan ozod qilish. Umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanganda javobgarlikka tortish muddatlari o’tib ketganligi munosabati bilan javobgarlikdan ozod qilish (O’zbekiston Respublikasining 2007 yil 11 iyuldagi “O’lim jazosi bekor qilinishi munosabati bilan O’zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o’zgartish va qo’shimchalar kiritish to’g’risida”gi Qonuni). Qilmish yoki shaxs ijtimoiy xavfliligini yo’qotishi munosabati bilan javobgarlikdan ozod qilish. Aybdorning chin ko’nglidan pushaymon bo’lganligi tufayli javobgarlikdan ozod qilish. Yarashilganligi 13 munosabati bilan jinoiy javobgarlikdan ozod qilish. 2001 yil 29 avgustdagi Jinoiy jazolarning liberallashtirilishi munosabati bilan O’zbekiston Respublikasi Jinoyat, Jinoyat-protsessual kodekslari hamda Mahmuriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksiga o’zgartishlar va qo’shimchalar kiritish haqida O’zbekiston Respublikasining Qonuni va O’zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish to’g’risidagi 27 avgust 2004 yil Qonuni tahririda. Kasallik tufayli javobgarlikdan ozod qilish. Amnistiya akti asosida javobgarlikdan ozod qilish. Jazodan ozod qilish tushunchasi va turlari Jazodan ozod qilish tushunchasi va turlari. Jazoni ijro etish muddati o’tib ketganligi munosabati bilan jazodan ozod qilish. Hukmni ijro etish muddatlari. Umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosiga hukm qilingan shaxslarga nisbatan muddatlarni qo’llanishi. Qilmish yoki shaxsning ijtimoiy xavfliligini yo’qotishi munosabati bilan jazodan ozod qilish. Aybdorni chin ko’ngildan pushaymon bo’lganligi munosabati bilan jazodan ozod qilish. SHartli hukm qilish. Sinov muddati, uning ijtimoiy va huquqiy ahamiyati. SHartli hukm qilinganlar xulqi ustidan nazorat olib borish. SHartli hukmni bekor qilish. SHartli hukm qilingan shaxs yangi jinoyat sodir etishining huquqiy oqibatlari. Muddatidan ilgari shartli ravishda jazodan ozod qilish va jazoni yengilrog’i bilan almashtirish asoslari (O’zbekiston Respublikasining 2007 yil 11 iyuldagi “O’lim jazosi bekor qilinishi munosabati bilan O’zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o’zgartish va qo’shimchalar kiritish to’g’risida”gi Qonuni). Jazoni yengilrog’i bilan almashtirganda qo’shimcha jazodan ham ozod qilish. Mehnat qilish qobiliyatini yo’qotish yoki kasallik tufayli jazodan ozod qilish. Harbiy xizmatchilarni sog’lig’ining yomonligi va harbiy xizmatga yaroqsiz deb topilishi asosida jazodan ozod qilish. Amnistiya akti yoki avf etish asosida jazodan ozod qilish. Umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosiga hukm qilingan shaxslarga nisbatan amnistiya akti yoki avf etish asosida jazodan ozod qilishning o’ziga xos xususiyatlari. Muddatidan ilgari shartli ravishda jazodan ozod qilingan yohud amnistiya akti yoki avf etish 14 asosida jazoni yengilrog’i bilan almashtirilgan shaxs tomonidan yangi jinoyat sodir etish oqibatlari. Sudlanganlik tushunchasi va uning huquqiy ahamiyati. Sudlanganlik holatining tugatilish muddatlari. Sudlanganlikni olib tashlash tartibi va shartlari. Sudlanganlik muddatlarini hisoblash. Voyaga yetmaganlar javobgarligining xususiyatlari 18 yoshgacha bo’lgan shaxslar sodir etgan jinoyatlar uchun qo’llaniladigan jazolar tizimi. Voyaga yetmaganlarga nisbatan jarima, axloq tuzatish ishlari, qamoq va ozodlikdan mahrum qilish jazolarining qo’llanilishi. Voyaga yetmaganlarga jazo tayinlashning xususiyati. Majburlov choralarini qo’llash orqali voyaga yetmaganlarni javobgarlikdan va jazodan ozod qilish. Voyaga yetmaganlarga nisbatan qo’llaniladigan majburlov choralari turlari va ularni qo’llash shartlari. Voyaga yetmaganlarni jazoni o’tashdan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilish va jazoni yengilrog’i bilan almashtirish. Tibbiy yo’sindagi majburlov choralarini tayinlash asoslari va tayinlash tartibi Tibbiy yo’sindagi majburlov choralari tushunchasi va turlari. Tibbiy yo’sindagi majburlov choralari qo’llashning umumiy asoslari.
O’zbekiston Respublikasi jinoyat qonunlarida taqiq- langan aybni ijtimoiy xafli qilmish (harakat yoki harakatsizlik) jazo qo’llash taqdidi bilan jinoyat deb topiladi. Demak, jinoyat - ijtimoiy xavfli, aybli qilmish bo’lib, u harakat orqali yoki harakatsizlik natijasida amalga oshiriladi. Harakat yoki harakatsizlik asosida qasddan yoki ehtiyotsizlikdan u yoki bu ijtimoiy xavfli oqibatni keltirib chiqarish mumkin. Masalan, odam o’ldirish, o’g’rilik qilish - harakat natijasida sodir etilsa, aliment to’lamaslik, xabar bermaslik, yordam bermaslik - harakatsizlik tufayli og’ir oqibatlar keltirib chiqaradi.
O’zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 15-moddasiga binoan jinoyatlar o’z xususi- yati va ijtimoiy xavflilik darajasiga ko’ra: ijtimoiy xavfi katta bo’lmagan; uncha og’ir bo’lma- gan; og’ir; o’ta og’ir jinoyatlarga bo’linadi.
Ko’rsatilgan jinoyatlarga beriladigan jazo turlari ham o’ziga xos xususiyatlarga ega. Ijtimoiy xavfi katta bo’lmagan jinoyatlarga qasddan sodir etilib, qonunda uch yildan ko’p bo’lmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazo nazarda tutilgan jinoyatlar, shuningdek, ehtiyotsizlik oqibatida sodir etilib, qonunda besh yildan ko’p bo’lmagan muddatga ozodlik- dan mahrum qilish tarzidagi jazo nazarda tutilgan jinoyatlar kiradi.
Og’ir jinoyatlarga qasddan sodir etilib, qonunda og’ir jazo sifatida besh yildan ortiq, lekin o’n yildan ko’p bo’lmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan jinoyatlar kiradi.
O’ta og’ir jinoyatlarga qasddan sodir etilib, qonunda o’n yildan ortiq muddatga ozodlikdan mahrum qilish yoxud umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan jinoyatlar kiradi.
Jinoiy jazo - bu jinoyat sodir qilishda aybdor deb topilgan shaxsga sud hukmiga ko’ra davlat tomonidan qo’llaniladigan hamda qonun tomonidan mahkumni huquq va erkinliklaridan mahrum etish yoki ularni cheklashdan iborat majburlov choralaridir.
Jazoning asosiy maqsadi mahkumni ahloqan tuza- tish, uni jinoyatni takroran sodir etishiga yohl qo’y- maslik, boshqa shaxslar tomonidan jinoyat sodir etishning oldini olishdan iborat.
O’zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksi 43-mod- dasiga binoan jinoyat sodir etishda aybli deb topilgan shaxslarga nisbatan quyidagi asosiy jazolar qo’llanishi mumkin:
jarima;
muayyan huquqdan mahrum qilish;
axloq tuzatish ishlari;
xizmat bo’yicha cheklash;
qamoq;
intizomiy qismga jo’natish;
ozodlikdan mahrum qilish;
j) umrbod ozodlikdan mahrum qilish.
Mahkumlarga asosiy jazolardan tashqari harbiy yoki maxsus unvondan mahrum qilish tarzidagi qo’shimcha jazo ham qo’llanilishi mumkin.
Xizmat bo’yicha cheklash yoki intizomiy qismga jo’natish tariqasidagi jazolar faqat harbiy xizmatchilarga nisbatan qo’llaniladi.
Jazoni tayinlashda sud sodir etilgan jinoyatning xususiyati va ijtimoiy xavflilik darajasini, qilmishning sabablarini, yetkazilgan zarar miqdori, shaxsni hamda jazoni yengillashtiruvchi va og’irlashtiruvchi holatlarni hisobga oladi.
Yuqoridagi holatlarni hisobga olgan holda sud: yengilroq jazo tayinlash: tamom bo’lmagan va ishtirok- chilikda sodir etilgan jinoyatlar uchun jazo tayinlash; bir necha hukm yuzasidan jazo tayinlash masalasini ko’rib chiqadi.
O’zbekiston Respublikasi Jinoyat qonunlariga binoan bir qancha hollarda jinoyat sodir qilgan shaxs jinoiy javobgarlikdan va jazodan ozod etilishi mumkin. Jinoiy javobgarlikdan quyidagi hollarda ozod qilish mumkin: jinoiy javobgarlikka tortish muddati o’tib ketganligi; qilmish yoki shaxs ijtimoiy xavfliligini yohqotganligi; aybdorning o’z qilmishiga chin ko’ngildan pushaymon bo’lganligi, kasalligi, amnistiya qilinganligi asosida.
Jinoiy javobgarlikka faqat sud qarori asosida tortiladi. O’zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksida nazarda tutilgan jinoyat tarkibining barcha alomatlari mavjud bo’lgan qilmishni sodir etish javobgarlikka tortish uchun asos bo’ladi.
Jinoyat tarkibi va turlari
Jinoyat tarkibi - bu qonun tomonidan aniq- langan alomatlar yig’indisi bo’lib, ularning mavjudligi jinoyat sifatini tavsiflaydi. Jinoyat tarkibining alomatlarini faqat qonun aniqlaydi.
Jinoyat tarkibini hosil qiluvchi alomatlar asosiy va fakultativ belgilarga bo’linadi. Asosiy belgilar jinoyatning har qanday tarkibi uchun zarur, fakultativ belgilar esa ayrim tarkiblar: o’rin, usul, vaziyat, vaqt, sabab, maqsad, maxsus subekt va hokazolarni tavsiflashda qonunlarda bayon etilgan.
Jinoyatning asosiy tarkibi jinoyatning aybni og’irlashtiradigan holatlarga ega bo’lgan tarkibini, jinoyatni aybni o’ta og’irlashtiradigan holatlarga ega bo’lgan tarkibi va jinoyatning aybni yengillashtiradigan holatlarga ega bo’lgan tarkibiga bo’linadi.
Jinoyat tarkibi tuzilishi bo’yicha to’rt elementdan iborat.
Jinoyat obekti - bu jinoyat qonuni bilan qo’riqla- nadigan ijtimoiy munosabatlar bo’lib, jinoiy tajovuzlar aynan shularga qaratilgan bo’ladi. Qasddan odam o’ldirishda jinoyat obekti insonning hayoti, haqorat qilishda esa, shaxsning shahni va qadr-qimmati va hokazo bo’ladi.
Jinoyat obektiv tomoni - bu obektga yetkazilgan zarar, ijtimoiy qilmishning tashqi ko’rinishi, shunindek, putur yetkazishning joyi, vaqti, vaziyati hamda uslubi.
Jinoyat tarkibining subekti - bu jinoyat sodir etgan jismoniy shaxsdir. Jinoyat subekti faqat qilmish uchun javob bera oladigan, yahni jinoyat qonunida ko’rsatilgan mahlum yoshga yetgan (JKning 17-mod- dasi) va aqli raso (JKning 18-moddasi) shaxs bo’lishi mumkin. Jinoyat subektining harakati (harakatsizligi) aybli, qasddan yoki ehtiyotsizlik asosida amalga oshiriladi. Motivi, shu qilmishni sodir etishga nima majbur qilganligi, maqsadi esa, bu qilmish natijasida nimaga erishdi, erishmoqchi ekanligini bildiradi.
Subektiv tomon - bu aybning mavjudligi bo’lib, bunda shaxsning sodir qilgan ijtimoiy xavfli qilmishiga va uning oqibatlariga ruhiy munosabati tushuniladi.
Jinoyat Kodeksi bilan taqiqlangan, aybli ijtimoiy xavfli qilmish (harakat yoki harakatsizlik) jazo qo’llash tahdidi bilan jinoyat deb topiladi.
Jinoyat Kodeksi bilan qo’riqlanadigan obektlarga zarar yetkazadigan yoki shunday zarar yetkazish real xavfini keltirib chiqaradigan qilmish ijtimoiy xavfli qilmish deb topiladi.
Jinoyat sodir etgunga qadar o’n olti yoshga to’lgan, aqli raso jismoniy shaxslar javobgarlikka tortiladilar.
Jinoyat sodir etgunga qadar o’n uch yoshga to’lgan shaxslar javobgarlikni og’irlashtiradigan holatlarda qasddan odam o’ldirganliklari (97-moddaning ikkinchi qismi) uchungina javobgarlikka tortiladilar.
Jinoyat sodir etgunga qadar o’n to’rt yoshga to’l- gan shaxslar JK 17-moddasining uchinchi qismlarida nazarda tutilgan jinoyatlar uchun javobgarlikka tortiladilar.
JK 17-moddasining to’rtinchi qismlarida nazarda tutilgan jinoyatlar uchun jinoyat sodir etgunga qadar o’n sakkiz yoshga to’lgan shaxslar javobgarlikka tortiladila
Jinoiy jazo turlari j
16-mavzu: Oilaga, yoshlarga va axloqqa qarshi jinoyatlar. Tinchlik va xavfsizlikka qarshi jinoyatlar
Reja:
1.Voyaga yetmaganlarning jinoyati 2.Voyaga yetmaganlarning jinoyati va uning oldini olish 3.Hokimiyat boshqaruv tartibiga qarshi jinoyatlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |