O‘qitish jarayonida qo‘llaniladigan texnologiyalarni ayrim turlari
O‘qitish jarayonida o‘quvchi-talabalarga shaxs sifatida qaralishi, turli pedagogik texnologiyalar hamda zamonaviy metodlarni qo‘llanilishi ularni mustaqil, erkin fikrlashga, izlanishga, har bir masalaga ijodiy yondoshish, ma’suliyatni sezish, eng asosiysi, o‘qishga, fanga pedagogga va o‘zi tanlagan kasbiga bo‘lgan qiziqishlarini kuchaytiradi.
Bunday natijaga erishish amaliyotda o‘quv jarayonida innovatsion va axborot texnologiyalarni qo‘llashni taqazo etadi. Ular juda xilma-xildir. Biz ulardan ba’zilari haqida to‘xtalib o‘tamimiz.
“Aqliy hujum” metodi – o‘qituvchi talaba egallashi kerak bo‘lgan mavzuni oddiydan – murakkabga tomon bosqichma-bosqich loyihalab boradi.
“Blits – o‘yin” metodi – harakatlar ketma-ketligini to‘g‘ri tashkil etishga, mantiqiy fikrlashga, o‘rganayotgan predmeti asosida ko‘p, xilma-xil fikrlardan, ma’lumotlardan kerakligini tanlab olishni o‘rgatishga qaratilgan.
Texnologik jihatdan o‘yin o‘tkazish bir necha bosqichga bo‘linadi. Berilgan topshiriqni avval har bir talaba o‘zi bajaradi. So‘ngra kichik-kichik guruh va butun guruh miqyosida birgalikda muhokama qilib, ko‘rib chiqiladi. Bu jarayonda har bir talaba o‘z fikrini o‘tkazishga, uning to‘g‘riligini isbotlashga harakat qiladi, shu bilan birga, boshqalar bilan hamfikr bo‘lishiga yordam beradi. Buning uchun o‘qituvchi topshiriq mazmuni bayon qilingan tarqatma material tayyorlaydi. Darsda u talabalarga o‘yin bir necha bosqichda o‘tkazilishi, buning uchun vaqt berilishini ma’lum qiladi. Bajariladigan vazifani tushuntiradi. Tarqatma materialdagi jadvalda bajariladigan harakatlar berilgan.
«Fuqarolik jamiyati» fanidan qonun ustuvorligi va sud-huquq tizimini isloh etish bilan bog‘liq qismini «Men – huquqshunos-ekspertman» blits-o‘yini yordamida ko‘rib chiqish mumkin. Bunda o‘qituvchi qonun, qonun ustuvorligini tashkil topishini ketma-ketlikda joylashtirishni topshiriq qilib beradi. Vazifani bajarish uchun 5 daqiqa vaqt ayratiladi. Blits-o‘yinni o‘tkazishni yuqorida ko‘rsatilganidek amalga oshiriladi. Bu nisbatan oddiy topshiriq, lekin keyingi darslarda bu fandan ancha murakkab topshiriqlar tayyorlashga imkoniyat bor.
Guruh bahosi
|
Guruh xatosi
|
To‘g‘ri javob
|
YAkka xato
|
YAkka baho
|
Qonun ustuvorligi tushunchasiga doir tushunchalar
|
4
|
0
|
4
|
1
|
3
|
Huquqiy davlat
|
9
|
0
|
9
|
1
|
8
|
Hokimiyat tarmoqlari
|
1
|
0
|
1
|
1
|
2
|
Adolat
|
6
|
1
|
5
|
1
|
4
|
Sud-huquq tizimi
|
7
|
1
|
8
|
1
|
9
|
Konstitutsiya
|
3
|
1
|
2
|
1
|
1
|
Sanksiyalar
|
5
|
1
|
6
|
1
|
5
|
Fuqarolarning huquq va erkinliklari
|
2
|
1
|
3
|
4
|
7
|
Huquqiy ong va madaniyat
|
8
|
1
|
7
|
1
|
6
|
Qonunga itoat etish
|
Demak, birgalikda ishlaganda xato kamaygan. Lekin to‘g‘ri javob berish uchun talabalar o‘z ustida ishlashi, qonun ustuvorligi haqidagi bilimlarini oshirishlari kerak.
“Intervyu” texnikasi o‘quvchi-talaba savol berish, eshita olish, to‘g‘ri javob berish, savolni to‘g‘ri tuzishni o‘rgatishga qaratilgan.
“Ierarxiya” texnikasi – oddiydan murakkabga, murakkabdan oddiyga o‘tish usullarini qo‘llash orqali ularni mantiqiy, tanqidiy, ijodiy fikrlashga o‘rgatishga qaratilgan.
“Bumerang” texnikasi - o‘quvchi-talabalarni dars jarayonida, darsdan tashqarida turli adabiyotlar matnlar bilan ishlash, o‘rganilgan materialni yodida saqlab qolish, so‘zlab bera olish, fikrini erkin holda bayon eta olish hamda bir dars davomida barcha o‘quvchi-talabalarni baholay olishga qaratilgan.
“Talaba” treningi - o‘quvchi-talabalar bilan individual holda ishlash, o‘qituvchi va talaba o‘rtasidagi to‘siqni yo‘q qilish, hamkorlikda ishlash yo‘llarini o‘rgatishga qaratilgan.
“O‘qituvchi shaxsi” treningi – o‘qituvchining innovatsion faoliyatini ochib beruvchi “O‘qituvchi shaxsiga qo‘yiladigan talablar” mavzusidagi mustaqil fikrlashga, ijodiy insho yozish orqali fikrlarni bayon qilishga qaratilgan.
“Muloqot” texnikasi o‘qituvchilarni auditoriya diqqatini o‘ziga jalb etish, dars jarayonida hamkorlikda faoliyat ko‘rsatishga, uni tashkil etishni o‘rgatishga qaratilgan.
“Veer” texnologiyasi murakkab, ko‘p tarmoqli, mumkin qadar, muammo xarakteridagi mavzularni o‘rganishga qaratilgan.
Texnologiyaning mohiyati shundan iboratki, bunda mavzuning turli tarmoqlari bo‘yicha bir yo‘la axborot beriladi. Ayni paytda, ularning har biri alohida nuqtlardan muhokama etiladi. Masalan, ijobiy va salbiy tomonlari, afzallik, fazilat va kamchiliklari, foyda va zararlari belgilanadi. Bu interaktiv texnologiya tanqidiy, tahliliy, aniq mantiqiy fikrlashni muvaffaqiyatli rivojlantirishga hamda o‘z g‘oyalari, fikrlarini yozma va og‘zaki shaklda ixcham bayon etish, ximoya qilishga imkoniyat yaratadi.
“Klaster” uslubi. – Fikrlarning tarmoqlanishi - pedagogik strategiya bo‘lib, u talabalarning biron-bir mavzuni chuqur o‘rganishlariga yordam berib, ularni mavzuga taaluqli tushuncha yoki aniq fikrlarni erkin va ochiq uzviy bog‘langan ketma-ketlikda o‘rgatadi.
Fikrlarni tarmoqlash quyidagicha tashkil etiladi:
Hayolga kelgan fikr bir so‘z bilan ifoda etilib, ketma-ket yoziladi;
Fikrlar tugaguncha, yozishda davom etiladi va fikrlar tugasa, u xolda yangi fikr kelgunga qadar biron rasm chizib turiladi;
Darsda imkon boricha fikrlarning va o‘zaro bog‘liqlikning ketma-ketligini ko‘paytirishga harakat qilinishi lozim;
“Global tarmoqlardagi g‘oyaviy tahdidlar” mavzusini o‘qitish jarayonida klaster grafik organayzeridan foydalanish.
Aqliy hujum – Bevosita jamoa bo‘lib, “fikrlar hujumi”ni olib borish. Bu uslubdan maqsad – mumkin qadar katta miqdordagi g‘oyalarni yig‘ish, talabalarni ayni bir xil fikrlashdan holi qilish, ijodiy vazifalarni echish jarayonida dastlab paydo bo‘lgan fikrlarni engishdir.
Insert texnologiyasi – lokal darajadagi pedagogik texnologiya bo‘lib, o‘quvchilar tomonidan o‘quv materialidagi asosiy g‘oya va faktik materiallarni anglashga zamin yaratish maqsadida qo‘llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |