3-&. Jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarlikning oldini olish tizimini takomillashtirish yo‘llari, jamoatchilik nazorati va kafolatlangan xavfsizlik
Jamoat tartibini saqlash, avvalambor, voyaga etmagan va yoshlar o‘rtasidagi huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish samaradorligini oshirish, huquqni muhofaza qiluvchi tuzilmalarning buzg‘unchi tahdidlarni barvaqt aniqlash bo‘yicha yakdil harakatlarni, ularni hamkorlikda va sifatli bartaraf etilishini ta’minlash maqsadida, shuningdek, 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasiga muvofiq, Respublikamizda huquqni muhofaza qiluvchi tuzilmalarning jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasidagi faoliyatini kelgusida tashkil etishning ustuvor yo‘nalishlari deb quyidagilar hisoblanadi:
birinchidan, taraqqiy etayotgan respublikamiz xududlarini xavfsizligining garovi sifatida harakatlar yakdilligi asosida barcha davlat organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan o‘zaro hamkorlik qilishning amaliy mexanizmini joriy etish;
ikkinchidan, "Jaholatga qarshi ma’rifat" ezgu g‘oyasi asosida har bir mahalla kesimida diniy-ekstremistik xususiyatga ega bo‘lgan huquqbuzarliklarni sodir etish sabab va shart-sharoitlarini barvaqt aniqlash va bartaraf etishga, birinchi navbatda, ekstremistik oqim mafkurasi ta’siri ostiga tushib qolgan shaxslarni tuzatishga alohida e’tibor qaratish;
uchinchidan, prokuratura organlari tomonidan kundalik asosda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishga, shu jumladan, ish o‘rinlarini yaratish va aholi bandligini ta’minlashga amaliy yordam ko‘rsatish, shuningdek, aniqlangan qonunbuzarliklar, sun’iy to‘siq va g‘ovlarni bartaraf etish bo‘yicha zarur choralar ko‘rish;
to‘rtinchidan, aholiga eng yaqin bo‘lgan joylarda kuch va vositalar faoliyatini bevosita boshqarish va muvofiqlashtirishning samarali tizimini yaratish maqsadida ichki ishlar organlarining amaldagi tuzilmasini takomillashtirish;
beshinchidan, ichki ishlar organlari shaxsiy tarkibining intellektual va kasbiy darajasini oshirish, ularga qo‘shimcha tadbir va ishlardagi ishtiroki tufayli ortiqcha vazifalar yuklanishini bartaraf etish maqsadida sohaviy xizmatlar o‘rtasidagi vazifalarning aniq chegaralarini belgilash;
oltinchidan, jinoyatlarga choralar ko‘rish va ularni fosh etishda, birinchi navbatda, tezkorlik va muvofiqlashgan hamkorlikni ta’minlash maqsadida huquqni muhofaza qiluvchi organlarni "Xavfsiz axoli punkti" apparat-dasturiy kompleksi imkoniyatlaridan keng foydalanishga yo‘naltirish.
Jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarlikni oldini olish tizimini takomillashtirish uchun tumanlar va shaxarlarda huquqbuzarliklar profilaktikasi, tadbirkorlikni rivojlantirish va muammoli oilalar bilan ishlash ustidan nazorat qilish jamoatchilik kengashlarini tuzish;
jamoatchilik kengashlari tarkibini tuman, shaxar xalq deputatlari Kengashlari deputatlari raisligida mahalla faollari, mehnat faxriylari, fan, madaniyat va san’at vakillari, mashhur sportchilar va boshqa jamoatchilik vakillari hisobidan shakllantirish maqsadga muvofik.
Huquqni muhofaza qiluvchi organlar – bu davlat organlari va jamoat tashkilotlari bo‘lib, ular o‘z faoliyatini qonun hamda demokratik prinsiplarga asoslangan holda amalga oshiradilar, qonuniylik va huquqiy tartibotni ta’minlaydilar, fuqarolar, mehnat jamoalari, jamiyat va davlatning huquq va erkinliklarini himoya qiladilar, huquqbuzarlikning oldini olish va qonun hamda huquq tartibotni buzgan shaxslarga davlatning majburlov yoki jamiyatning ta’sir choralarini qo‘llaydilar108.
Ushbu tushuncha o‘zining mohiyatiga ko‘ra barcha davlat organlariga tegishlidir, chunki sanab o‘tilgan funksiyalar ularning barchasiga xosdir. Hozirgi kunda huquqni muhofaza qiluvchi faoliyati tushunchasini ta’riflashda unga bir qadar chegaralangan mazmun berish an’anasi keng tarqalgan. Masalan, ayrimlar uchun jinoyatchilikka qarshi kurash sohasidagi vakolatli davlat organlari amalga oshirayotgan faoliyat deb hisoblansa, boshqalar uchun esa jamoat tartibini ta’minlash deb qaraladi109.
Olimlarning ta’kidlashicha, huquqni muhofaza qiluvchi organlar jumlasiga –ichki ishlar, prokuratura, adliya organlari, milliy xavfsizlik, milliy gvardiya, soliq, bojxona xizmatlari, advokatura va boshqa organlar kiradi.
Sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlarining tashkiliy asoslari hamda funksiyalarini o‘rganib chiqish uchun bir qancha normativ-huquqiy hujjatlarni o‘rganish zarur bo‘ladi, vaholanki ularning aniq miqdorini aniqlash mushkul. Sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlari tayanadigan huquqiy negizini odatda tasniflashga yondashiladi.
Ta’kidlash kerakki, o‘tgan davr mobaynida mamlakatimizda sud va huquqni muhofaza qiluvchi oranlar faoliyatini tartibga soluvchi mustahkam huquqiy baza yaratildi. Xususan, 2000 yil 14 dekabrdagi (yangi tahrirda) “Sudlar to‘g‘risida”gi, 2001 yil 29 avgustdagi (yangi tahrirda) “Prokuratura to‘g‘risida”gi, 1995 yil 30 avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi to‘g‘risida”gi, 1996 yil 27 dekabrdagi “Advokatura to‘g‘risida”gi, 1998 yil 25 dekabrdagi “Advokatlik faoliyatining kafolatlari va advokatlarning ijtimoiy himoyasi to‘g‘risida”gi, 2001 yil 23 avgustdagi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi, 2016 yil 16 sentyabrda “Ichki ishlar organlari to‘g‘risida”gi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2000 yil 14 dekabrdagi “Sudyalarning malaka hay’atlari to‘g‘risidagi, sudyalarning malaka darajalari to‘g‘risidagi, sud xodimlarining mansab darajalari to‘g‘risidagi, harbiy sudlar faoliyatini tashkil etish to‘g‘risidagi nizomlarga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi 164-II-son qarori, O‘zbekiston Repsublikasi Prezidentining 2005 yil 8 avgustdagi “Qamoqqa olishga sanksiya berish huquqini sudlarga o‘tkazish to‘g‘risida”gi PF–3644-son, 2004 yil 20 fevraldagi “Umumiy yurisdiksiya sudlarining ayrimlarini tugatish va qayta tashkil etish to‘g‘risida”gi PF–3400-son, 2008 yil 1 maydagi “O‘zbekiston Respublikasida advokatura institutini yanada isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”giPF–3993-son, 2016 yil 5 oktyabrdagi “Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini ta’minlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF–4848-son, 2016 yil 21 oktyabrdagi “Sud-huquq tizimini yanada isloh qilish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF–4850-son fanmonlari hamda 2011 yil 23 avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–1602-son, 2006 yil 31 avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Sud qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy ta’minlash departamenti faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–458-son qarorlari, 2012 yil 29 dekabr-dagi“O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi sudyalarni tanlash va lavozimlarga tavsiya etish bo‘yicha oliy malaka komissiyasi faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida” F–3949-son farmoyishi, shuningdek Vazirlar Mahkamasining 1991 yil 25 oktyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi haqida” 270-son, 1991 yil 2 noyabr-dagi “O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati to‘g‘risida”gi 278-son, 1997 yil 30 iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish masalalari to‘g‘risida”gi 374-son, 2001 yil 22 sentyabrgi “O‘zbekiston Respublikasi sudlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 383-son, 2010 yil 21 maydagi “Davlat soliq xizmati organlari faoliyatini huquqiy tartibga solishni yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi 98-son, 2009 yil 9 martdagi “Advokatlik faoliyatini litsenziyalash va advokatlik tuzilmalarini tashkil etish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida” 60-son, 2012 yil 31 oktyabrdagi “Sudyalarga, prokuratura organlari hamda o‘zbekiston respublikasi bosh prokuraturasi huzuridagi soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti xodimlariga imtiyozli shartlarda uy-joy sotib olishga uzoq muddatli ipoteka kreditlari berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni hamda sudyalarga, prokuratura organlari hamda o‘zbekiston respublikasi bosh prokuraturasi huzuridagi soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti xodimlariga uy-joylarni ijaraga olganlik (ijaraga turganlik) uchun har oylik pul kompensatsiyasi to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 312-son qarorlari shular jumlasidandir110.
Bugungi kunda huquqni muxofaza qiluvchi organlar va nazorat idoralari ustidan jamoatchilik nazorati hamkorligini oshirish borasida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, davlat organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va boshqa tashkilotlar huquqni muxofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlik qiladi hamda aniqlangan jinoyatlar va boshqa huquqbuzarliklarga oid mavjud materiallar to‘g‘risidagi axborotni almashadi, shu jumladan elektron shaklda almashadi, shuningdek boshqa axborotni almashishni amalga oshiradi.
Davlat organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va boshqa tashkilotlar fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishda, jamoat tartibini saqlash, jamoat xavfsizligini ta’minlashda, jinoyatlar va ma’muriy huquqbuzarliklarning oldini olish, ularni aniqlash, ularga chek qo‘yish, ularni fosh etishda, jinoyat ishlarini tergov qilishda, jinoyatchilarni qidirishda, bedarak yo‘qolganlarning turgan joyini aniqlashda, shuningdek huquqbuzarliklar profilaktikasida huquqni muxofaza qiluvchi organlar organlariga o‘z vakolatlari doirasida ko‘maklashadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |