1-Mavzu: O`zbekiston milliy taraqiyotining yangi bosqichida fuqarolik jamiyatining shakllanishi va rivojlanishi


-Mavzu:Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy ba`grikenglikni ta`minlash



Download 153,85 Kb.
bet18/31
Sana16.03.2022
Hajmi153,85 Kb.
#493435
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   31
Bog'liq
27 ta mavzu

16-Mavzu:Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy ba`grikenglikni ta`minlash
O‘zbekiston Respubpikasining tashqi siyosatining asosiy maqsadlari bu davlat mustaqilligi va suverenitetini yanada mustahkamlashdan, O‘zbekiston Respublikasining tashqi snyosatining asosiy maqsadlari bu davdat mustaqilligi va suverenitetini yanada mustahkamlashdan, mamlattning xayasaro munosabatlarning to‘laqonli sub’ekti sifatidagi o‘rni va rolini yanada kuchaytirishdan, hamda milliy va mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlash, mamlakat iqtisodining barqaror va tez sur’atlar bilan usishi, uning ochiq demokratik davlat qurish yo‘lidagi jadal siyosat olib borishi va rivojlangan davlatlar safidan o‘rin olshii uchun eng qulay sharoitlarni yaratishdan iboratdir.
Mamlakatimizning xalqaro munosabatlarini to‘laqonli sub’ekti sifatidagi o‘rni va rolini yanada kuchaytirish hamda milliy va mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlash, yurtimiz iqtisodiyotining barqaror va tez sur’atlar bilan o‘sishi, uning ochiq, demokratik davlat kurish yo‘lida jadal siyosat olib borishi va rivojlangan davlatlar safidan munosib o‘rin egallashi bugungi kunda tashqi siyosat sohasidagi asosiy maqsaddir.
O‘zbekiston o‘z tashqi siyosatida quyidagi prinsiplarga sodiq bo‘lib qolmoqda:
o‘zining milliy manfaatlariga asoslangan ochiq, pragmatik va puxta o‘ylangan tashqi siyosat olib borish;
teng huquqlilik va o‘zaro manfaatdorlik, suverenitetni, hududiy yaxlitlikni hurmat qilish, chegaralarning daxlsizligi va davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik, munozarali masalalarni tinch yo‘l bilan hal etish, kuch ishlatmaslik yoki kuch bilan taxdid qilmaslik;
tashqi siyosiy faoliyat konsepsiyasiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi davlatning, xalqning oliy manfaatlariga, uning farovonligi va xavfsizligiga, mamlakatni modernizatsiya qilishning ustuvor yo‘nalishlariga, amaldagi milliy qonunchilik hamda qabul qilingan xalqaro majburiyatlarga amal qilgan holda ittifoqlar tuzish, hamdo‘stliklarga va boshqa davlatlararo tuzilmalarga kirish, shuningdek ulardan chiqish huquqini o‘zida saqlab qoladi;
O‘zbekiston tinchliksevar siyosat yuritadi va harbiy-siyosiy bloklarda ishtirok etmaydi, har qanday davlatlararo tuzilmalar harbiy-siyosiy blokka aylangan takdirda ulardan chiqish huquqini o‘zida saqlab qoladi.
Aslini olganda, tarixiy tajriba shundan dalolat beradiki, davlatning siyosiy qarashlari va jahon hamjamiyatidagi xalqaro munosabatlarda uzviylikning mavjudligi uning jahon hamjamiyatidagi mavqeini belgilash bilan birga, ichki siyosatda barqaror taraqqiyotning muhim omili bo‘lib xizmat qiladi. O‘zbekistonda ichki va tashqi siyosatning ana shunday sog‘lom, qat’iyatli va ishonchli rivojlanishi bevosita uning ham dunyoviy, ham ichki mavqeini belgilamokda. Hozirgacha mavjud siyosiy qarashlar XXI asrda inson va insoniyat taqdiri bilan bog‘liq bo‘lgan yo‘nalishlar tizimini qamrab olmoqsa. Prezident Sh. Mirziyoev bugungi kunda va olis istiqbolda O‘zbekiston tashqi siyosatining asosiy vazifalarini aniq belgilab berdi.
Jumladan:
O‘zbekiston Respublikasi qo‘shni davlatlar hududlari qurolli mojarolar va keskinlik o‘choqlariga aylanishining oldini olish yuzasidan siyosiy, iqtisodiy va boshqa chora-tadbirlarni ko‘radi, shuningdek, o‘z hududida xorijiy davlatlarning harbiy bazalari va ob’ektlari joylashtirilishiga yo‘l qo‘ymaydi;
siyosiy, savdo-iqgisodiy, madaniy-gumanitar, ilmiy-texnikaviy va boshqa sohalarda xalqaro hamkorlikni izchillik bilan rivojlantirish;
mamlakatimizda olib borilayotgan demokratik islohotlarni hamda jamiyatni va iqtisodiyotni modernizatsiya qilishning jadal jarayonlarini samarali amalga oshirish uchun mumkin qadar qulay tashqi siyosiy shart-sharoitlarni shakllantirish;
Markaziy Osiyoda tinchlik va barqarorlikni saqlash hamda mustahkamlash, mintaqani xavfsizlik va barqaror taraqqiyot zonasiga aylantirish, Afg‘onistonda tinchlik va barqarorlikka erishishga ko‘maklashish;
jahonning etakchi davlatlari va xalqaro tashkilotlar bilan strategik hamkorlik qilishning mutanosib, kupqirrali tizimini shakllantirish, mintaqada geosiyosiy muvozanatni saqlab turish, O‘zbekistonning savdo, iqtisodiy, texnologik, transport va boshqa aloqalarini keng diversifikatsiya qilish;
mavjud yoki yuzaga kelayotgan muammolarni o‘z vaktida hal etish uchun siyosiy diplomatik hamda xalqaro huquqiy mexanizmlardan, jumladan, preventiv diplomatiya choratadbirlaridan foydalanish;
O‘zbekistonning siyosiy va savdo-iqtisodiy sohadagi ishonchli, mas’uliyatli sherik sifatidagi xalqaro nufuzini mustahkamlash, mamlakatimizning tashqi dunyo uchun investitsion, sayyoxdik, madaniy-tarixiy jozibadorligini kuchaytirish;
milliy iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri chet el investitsiyalari va ilg‘or texnologiyalarini jalb etish jarayonlarini ku'chaytirish uchun ikki tomonlama va ko‘p tomonlama hamkorlik mexanizmlaridan foydalanish va ularni rivojlantirish;
O‘zbekistonning dunyoning yirik bozorlariga kafolatli chiqishini ta’minlaydigan ko‘p muqobilli transport-kommunikatsiya yo‘laklarining tizimini shakllantirish va rivojlantirish;
xorijdagi O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va yuridik shaxslarining huquq va manfaatlari har tomonlama himoya qilinishini ta’minlash.
Yuqoridagi vazifalar, aytish mumkinki, O‘zbekistonning jahon hamjamiyatiga tobora chuqurroq kirib borishini ta’minlaydi. Shu asosda har tomonlama o‘zaro manfaatli hamkorlik chuqurlashib boradi. Ayni paytda bu vazifalarning samarali hal etilishi O‘zbekistonning jahon hamjamiyatidagi mavqeini, siyosiy va iqtisodiy salohiyatini namoyon qiladi.
Nazorat savollari:
  1. Bag‘rikenglik tushunchasining mazmun-mohiyati nimada?


  2. O‘zbekiston hududida azaldan qanday din vakillari istiqomat qilishgan?


  3. YuNESKO tomonidan qaysi sana Xalqaro bag‘rikenglik kuni deb e’lon qilingan?


  4. Islom dini manbalarida bag‘rikenglik haqida qanday ma’lumotlar mavjud?


  5. Milliy masalada O‘zbekistonning o‘z yo‘li, ya’ni o‘z modelining mavjudligi haqida gapirib bering.


  6. Milliy siyosatning o‘zagini nima tashkil qiladi?


  7. Milliy g‘oya va milliy siyosatning o‘zaro bog‘liq jihatlarini tushuntiring.


  8. Dunyoda bag‘rikenglik masalasining dolzarbligini qanday tushunasiz?


  9. Globallashuv va bag‘rikenglikning bog‘liqligini nima bilan ifodalaysiz?


  10. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida davlat tashqi siyosatining mazmun-mohiyati qanday yoritilgan?


  11. O‘zbekistonning tashqi siyosatida Islom Karimovning roli qanday bo‘lgan edi?


  12. O‘zbekiston tashqi siyosatining asosiy prinsiplari nimalardan iborat?


  13. Mamlakatimizda olib borilayotgan demokratik islohotlar va jamiyatni iqtisodiy modernizatsiya qilish jarayonlarida yaratilgan qulay tashqi siyosiy sharoitlar haqida nimalarni bilasiz?


  14. Markaziy Osiyoda tinchlik va barqarorlikni saqchashda O‘zbekistonning o‘rni qanday?


  15. O‘zbekiston xalqaro munosabatlarning teng huquq sub’ekti sifatida qanday faoliyat yuritmoqda?


  16. O‘zbekiston tashqi siyosatida yuz bergan muhim voqealar haqida gapirib bering.


  17. Davlatlararo va mintaqaviy masalalarni hal qilishda O‘zbekistonning muhim bosqichga qadam qo‘yayotgani borasida bilganlaringizni so‘zlab bering.



O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasi. Fuqarolik jamiyati” fanidan seminar mashg‘ulotlarni tashkil etish bo‘yicha ko‘rsatma va tavsiyalar

Seminar mashg‘ulotlarini tashkil etish bo‘yicha professor-o‘qituvchilar tomonidan ko‘rsatma va tavsiyalar ishlab chiqiladi. Unda talabalar asosiy mahruza mavzulari bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini amaliy mashg‘ulot jarayonida yanada boyitadilar. Shuningdek, darslik va o‘quv qo‘llanmalar asosida talabalar bilimlarini mustahkamlashga erishish, tarqatma materiallardan foydalanish, ilmiy maqolalar va tezislarni chop etish orqali talabalar bilimini oshirish, mavzular bo‘yicha ko‘rgazmali qurollar tayyorlash va boshqalar tavsiya etiladi. Seminar mashg‘ulotlarida talabalar falsafa fanining nazariy asoslarini o‘rganib, uning amaliy hayot bilan bog‘liqligini tahlil qiladilar.




Download 153,85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish