1-Mavzu: O`zbekiston milliy taraqiyotining yangi bosqichida fuqarolik jamiyatining shakllanishi va rivojlanishi


-Mavzu:Ijtimoiy sohadagi islohatlarni chquqrlashtirish



Download 153,85 Kb.
bet17/31
Sana16.03.2022
Hajmi153,85 Kb.
#493435
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   31
Bog'liq
27 ta mavzu

15-Mavzu:Ijtimoiy sohadagi islohatlarni chquqrlashtirish
Aholining himoyaga muhtoj qatlamlarini ijtimoiy himoya qilish, ularning sog‘ligini tiklash, sifatli tibbiy-ijtimoiy xizmat ko‘rsatish borasida bir qator salmoqli ishlar amalga oshirilishi rejalashtirildi. Ayniqsa, manzilli, hududlarda, chekka joylarda bu borada yirik loyihalarning amalga oshirilishi e’tiborga loyikdir.
2017 yil davomida 1941-1945 yillardagi urush va mehnat fronti faxriylari, nafaqaxo‘rlar, nogironlar, yolg‘iz qariyalar va aholining boshqa nochor qatlamlaridan kamida 35 ming nafarining sanatoriy muassasalarida bepul davolanishini tashkil etish uchun davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan 18 milliard so‘m mablag‘ yo‘naltirilmoqsa.
Birgina 2017 yilda nogiron shaxslarni protez-ortopediya vositalari, reabilitatsiya texnika va yordamchi vositalar bilan bepul ta’minlash yo‘li bilan qo‘llab-quvvatlash, ularni jamiyatga qaytarish maqsadida reabilitatsiya tadbirlarining samaradorligini oshirish maqsadida bepul asosda kamida 10 ming nafar nogiron va yolg‘iz qariyani protez-ortopediya buyumlari va texnik reabilitatsiya vositalari bilan ta’minlash rejalashtirilgan. Bu yo‘nalishda ishlarni amalga oshirish uchun byudjet va ijrochi mablag‘lar hisobidan 2,5 milliard so‘m mablag‘ yo‘naltirilmoqsa.
Mustaqilligimizning ilk yillaridan boshlab, davlatimiz tomonidan inson salomatligini yanada mustahkamlash, sog‘lom insonlar safini kengaytirish, onalar va bolalar sog‘lig‘ini muhofaza qilish, sog‘lom turmush tarzini keng omma o‘rtasida shakllantirish, oilada tibbiy madaniyatni oshirish, har bir shaxsning salomatligi o‘z qo‘lida ekanini aholi o‘rtasida keng targ‘ib qilish, sog‘lom jamiyatni tashkil etishga katta e’tibor qaratilgan. Bu borada 1996 yil 29 avgustda qabul qilingan «O‘zbekiston Respublikasida fuqarolarning sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida»gi Qonun, 1998 yil 10 noyabrda qabul qilingan «O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilish Davlat dasturi t}lrisida»gi 2107-son Prezident Farmoni, 2011 yil 28 noyabrdagi «Sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilishni yanada chuqurlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 1652-son O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori hamda 2015-2020 yillar davrida O‘zbekiston Respublikasi aholisining sog‘lom ovqatlanishini ta’minlash konsepsiyasini va chora-tadbirlar kompleksini ta’minlash to‘g‘risidagi Vazirlar Mahkamasining Qarori aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirishda muhim ahamiyatga ega bo‘ldi.
Fuqarolarning dam olish, sog‘lig‘ini qayta tiklash, sport bilan shug‘ullanish imkoniyatlarini oshirish uchun infratuzilmani yaxshilash va jihozlash uchun 2017-2018 yillar davomida jami 49,5 milliard so‘m mablag‘ yo‘naltirilib, mamlakatimiz bo‘yicha sanatoriylar, YOSHlar markazlari, suzish havzasi, o‘yingohlar, stadion, madaniyat va sport majmuasi barpo etilishiga yo‘naltirilmokda.
O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov rahnamoligida mamlakatimizda onalik va bolalikni muhofaza etishga karatilgan muhim ijtimoiyiqtisodiy dasturlar qabul qilindi. Sog‘liqni saqlash tizimini tubdan isloh etish asosida ona va bola sog‘lig‘ini asrash bo‘yicha dunyo e’tirof etayotgan milliy model yaratildi. Bolalar va o‘smirlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini qaror toptirishga, oilalarning moddiy va ma’naviy asoslarini mustahkamlashga, har tomonlama soglom farzandlarni shakllantirish, ularning salomatligini muhofaza qilishga katta e’tibor qaratildi. Chunonchi, ilk davlat mukofotlaridan biri «Sog‘lom avlod uchun» ordeni ta’sis etilishi ham ramziy ma’no kasb etdi. Respublikamizda mustahkam oilada sog‘lom turmush tarzini barqarorlashtirishga qaratilgan barcha sa’y-harakatlarimiz islohotlarimiz strategiyasiga mos bo‘lib, kelgusida yurtimizda tinchlik-totuvlik hamda taraqqiyotga, YOSH oilalarning mustahkamligiga qo‘shilgan hissa bo‘ladi.
Yurtimizda xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy maydondagi faolligini yangi bir pogonaga ko‘tarish maqsadida 2004 yili O‘zbekiston Respublikasining saylov qonunchiligiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilib, siyosiy partiyalardan vakillik organlari hamda parlament deputatligiga nomzod ko‘rsatish jarayonida xotin-qizlar uchun 30 foizli kvota joriy etildi.
Ayollarning 13 nafariga «O‘zbekiston Qahramoni» unvoni, 64 nafariga «Nihol» mukofoti berilgan bo‘lsa, ular Konstitutsiyaviy sud tizimida 20 foizni, Oliy sud sohasida foizni, ishlab chiqarish tizimida 42,8 foizni, qishloq xo‘jaligida qariyb 43 foizni, ta’lim, madaniyat va ilm-fan sohasida 72,9 foizni, sog‘liqni saqlash tizimida 75,3 foizni tashkil etadi. Bundan tashqari, xotin-qizlar tomonidan 300 dan ortiq doktorlik, 3 mingga yaqin nomzodlik dissertatsiyalari himoya qilingan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 2017 yil 4 martda, Xalqaro xotin-qizlar kuni arafasidagi mamlakatimizning etakchi xotin-qizlar vakillari bilan uchrashib, ularni, butun yurtimiz ayollarini bayram bilan tabriklab, mamlakatimizda mustaqillik yullarida xotin-qizlar manfaatlarini himoya qilish borasida amalga oshirilgan ishlarni sarhisob qilib, bu boradagi dolzarb vazifalarga atroflicha to‘xtab o‘tdi. Prezidentimizning O‘zbekiston xotin-qizlar qo‘mitasi faoliyati samaradorligini oshirishga karatilgan qarori bu yo‘ldagi katta amaliy qadam bo‘ldi.
2.Mamlakatimizda aholi salomatligini mustahkamlashning muhim va samarali omili bo‘lgan jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishga ham alohida e’tibor qaratilmokda. 2017-2021 yillarda ayollar o‘rtasida sportning ommaviyligini oshirish, korxona va tashkilotlarda mehnat qilayotgan ayollar salomatligini mustahkamlash maqsadida kelgusida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida «Sog‘lom ona sog‘lom bola» shiori ostida an’anaviy mintaqaviy «Ayollar sport festivali», «Sog‘lom avlod uchun» kubogi uchun suzish, sinxron suzish, suvga sakrash, gimnastika, badiiy gimnastika, sport raqsi va gimnastikasi kabi sport musobaqalari hamda boshqa tadbirlar o‘tkaziladi.
Mamlakatimizda ayollar bandligini ta’minlashga qaratilgan dasturlar asosida yaratilayotgan ish o‘rinlari yildan-yilga ortib bormokda. Xotin-qizlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash borasida mamlakatimiz erishayotgan yutuqlar, ayniqsa, uy mehnatini rivojlantirishga qaratilgan sa’y-harakatlar diqqatga sazovor. Bu, o‘z navbatida, ayollarning oila moddiy farovonligiga munosib hissa qo‘shishlariga, shu bilan birga, farzand tarbiyasi bilan bevosita shug‘ullanishlariga imkon beradi.
Mamlakatimiz sog‘liqni saqlash tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar jarayonida farmatsevtika sanoatini rivojlantirish, aholi va davolash muassasalarini sifatli, xavfsiz va arzon dori-darmon vositalari bilan ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bugungi kunda mamlakatimizda 130 dan ziyod farmatsevtika korxonasi faoliyat ko‘rsatib, ular tomonidan 2 mingdan ortiq turdagi dori-darmon vositalari ishlab chiqarilmoqsa. Shuningdek, dori vositalarini ishlab chiqarish va ular bilan aholi hamda davolash-profilaktika muassasalarini ta’minlash maqsadida mazkur sohadagi ishlarni tashkil etishning mustahkam huquqiy asoslari barpo etildi. Iigirmadan ortiq qonun, bir yuz yigirmadan ziyod me’yoriy-huquqiy hujjatlar bu yo‘nalishdagi ishlarni tartibga solishda muhim huquqiy asos bo‘lmoqda.



Download 153,85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish