Mineral oziq moddalar yetishmasligi va buning natijasida о‘simliklarda kelib chiqadigan kasalliklar Ba’zi elementlar о‘simliklar о‘sib rivojlanishi uchun muhim ahamiyatga ega. Birgina
elementning yetishmasligi ham mug‘im fiziologik ahamiyatli jarayon amalga oshishiga tо‘sqinlik qilishi
va о‘simlik hayot siklini tо‘liq о‘tashiga mо‘nelik kо‘rsatishimumkin. Agar о‘simliklarga kerakli
elementlar tо‘liq yetkazib berilsa va quyosh nuri yetarli darajada ta’minlansa, о‘simliklar hayotiy
jarayonlarga kerakli bо‘lgan va ularning о‘sib rivojlanishi uchun zarur barcha birikmalarni sintezlay
oladi. Birinchi uchta element- vodorod, kislorod va uglerod mineral oziq moddalar hisoblanmaydi chunki
ular suv va havodagi karbonad angidrididan о‘zlashtiriladi.
Qolgan asosiy elementlar о‘simliklar tо‘qimasidagi uchrashiga qarab makroelementlar va
mikroelementlarga klassifikatsiya qilinadi. Bazi bir hollarda esa tо‘qimalardagi makroelementlar va
mikroelementlarning farqi jalvaldagi kо‘rsatilgan kо‘rsatkichlardan unchalik katta bо‘lmaydi. Masalan,
barg mezofillasi kabi ba’zi о‘simlik tо‘qimalari temir yoki marganets kabi oltingugurt va magniy ham
saqlashi mumkin. Kо‘pgina elementlar о‘simlik talab qiladigan minimal darajada talab qilinadigan
konsentratsiyadan bir necha barobar yuqori konsentratsiyalarda saqlanadi.
Bir necha olimlar guruhi makroelementlar va mikroelementlarning klassifikatsiyalanishini
fiziologik jihatdan asoslash qiyin deb hisoblaydilar.
Menger va Kirkbi asosiy elemetlarni ularning biokimyoviy ahamiyati va fiziologik vazifalariga
qarab klassifikatsiya qilishni tavsiya etganlar. Unda о‘simliklarni oziqlantiruvchi moddalar 4 ta asosiy
guruhga ajratilgan.
1.
Birinchi guruhdagi elementlar о‘simliklarning organik (uglerod) birikmalarini hosil qiladi.
О‘simlik bu guruh elementlarini oksidlanish va qaytarilish jarayonlari bilan boruvchi biokimyoviy
reaksiyalar yordamida о‘zlashtiradi.
2.
Ikkinchi guruh elementlari energiya tо‘planishida va struktira tuzilishini qо‘llab-quvvatlab
turiо‘da muhim ahamiyat kasb etadi. Bu guruh elementlar о‘simlik tо‘qimalarida odatda fosfatlar,
boratlar, murakkab silikat efirlar kо‘rinishida uchraydi. Bu moddalar organik molekulalarning gidroqsil
guruhlariga bog‘langan bо‘ladi. (ya’ni shakar- fosfat).
3.
Uchinchi guruh elementlari о‘simliklar tо‘qimalarida erkin ionlar yoki biroi modda bilan
bog‘langan ionlar kо‘rinishida, masalan о‘simliklar hujayra devorlarida uchraydigan pektin kislotasi
kо‘rinishida uchraydi.
4.