1-mavzu. О‘simlikdagi suv muvozanati reja



Download 0,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/31
Sana02.07.2022
Hajmi0,88 Mb.
#730807
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31
Bog'liq
1.Маърўза

 
RUX.
Kо‘pgina fermentlarning jarayonlarda qatnashishi va bir qancha о‘simliklarda xlorofill 
biosintezi uchun rux ionlarini (Zn
2+
) talab qiladi. Ruxning yetishmasligi bо‘g‘imlararo о‘sishnig orqada 
qolishi va natijada barglarda klasterlar hosil bо‘ladi. Odatda ular о‘simlikning pastki qismlarida va yerga 
yaqin bо‘lgan qismlarda yuzaga keladi. Barglar о‘sishdan orqada qoladi va barg chetlaridan boshlab 
burishadi, barglar egilgan shaklga kiradi. Bu jarayonlar yetarli darajadagi miqdorda auksin indol sirka 
kislotaning ishlab chiqara olinmasligi natijasida yuzaga keladi. Bir qancha tur о‘simlmklarda 
(makkajо‘xori, dukkaklilar, qо‘qon jо‘xori) barglar orasida xlorotik belgilar paydo bо‘ladi va bir qancha 
vaqtdan keyin nerotik dog‘lar payodo bо‘ladi. Bu xloroz xlorofill sintezi uchun talab qilinayotgan ruxning 
yetishmasligiga javoban yuzaga chiqadi.
 
MIS,
Temir kabi mis ham oksidlanish-qaytarilish jarayonlarida fermentlar bilan birikadi va Cu + 
do Cu
2
+
.gacha oksidlanadi. Bu fermentlardan biri plastotsianan hisoblanadi. Bu ferment fotosintez 
reaksiyalarida elektronlar uzatilishida faol ishtirok etadi. (Xayexnel, 1984). Mis yetishmasligining ilk 
belgilari nekrotik dog‘larga ega bqlgan tо‘q yashil barglarning paydo bо‘lishidir. Bir qancha dog‘lar ilk 
bora barg oxirlarida paydo bо‘ladi undan keyin barg chetlari bо‘ylab uning asos tarafiga tarqala 
boshlaydi. Barglar buralib qoladi va notо‘g‘ri shaklga kira boshlaydi. Ruxning о‘tkir yetishmasligida 
barglarda muddatidan avval abssess boshlanadi.
 
MOLIBDEN.
Molibden ionlari (Mo
4
+ orqali Mo
6
+) bir qancha furmentlar, jumladan 
nitratreduktaza va nitrogenaza fermentlari tarkibiga kiradi. Nitratreduktaza о‘simliklar hujayralarida 
nitratlarning о‘zlashtirish jarayonida nitrit holatidan nitrat holatiga tiklanishini katalizlasa, nitrogenaza 
fermenti esa gaz holatidagi azotning azot tutuvchi mikroorganizmlarda ammiakka aylanishinini 
katalizlaydi. Molibden yetishmaganida birinchi belgilar sifatida barglar tomirchalari orasida xloroz 
boshlanishi va qari barglarning nekrozga uchrashi namoyon bо‘ladi. Ba’zi о‘simliklarda (gulkaram, 
brokkoli karami) barglar nekrozga uchramasligi mumkin, buning о‘rniga barglari buralib qoladi va 
buning natijasida barglar nobud bо‘ladi. (qamchi dum kasalligi) gullar hosil bо‘lishi tо‘xtaydi yoki gullar 
muddatidan avval qurib qoladi.
 
Molibden Nitratlar bilan birgalikda azotning fiksatsiyasi va assimiliyatsiyasida faol ishtirok 
etsada, agar azot manbasi birinchi navbatda nitratlarga va о‘simlik simbiotik azot fiksatsiyasiga bog‘liq 
hisoblansada, molibdenning yetishmasligi azot yetishmasligiga olib kelishi mumkin. О‘simliklar kam 
miqdorda molibden talab qilsada, tuproqning tarkibida о‘simliklar uchun yetarli miqdordagi molibden 
uchramaydi. Bunday holatlarda tuproq tarkibiga biroz miqdorda molibden kiritilsa, kam xarajat evaziga 
sezilarli darajada hosildorlikni oshirish mumkin.
 
О‘simlik tо‘qimalaridagi mineral moddalarning tahlili. О‘simliklar о‘sishi va rivojlanishi 
davomida mineral elementlarga nisbatan talablari turlicha bо‘ladi. Qishloq xо‘jalik о‘simliklarida 
belgilangan bosqichlarda mineral moddalar bilan ta’minlanishi iqtisodiy jihatdan ularning hosildorligi 
oshishiga xizmat qiladi.(tuganak, don va boshqalar). Fermerlar tuproq tarkibidagi va о‘simliklar 
tо‘qimalaridagi mineral moddalarning miqdorini tahlil qilish yо‘li bilan о‘g‘itlash grafigini aniqlaydilar 
va hosildorlikni oshiradilar.
 
Tuproq tahlili ildiz atrofidagi tuproqlardan olingan namunalar tarkibini kimyoviy usullarda 
aniqlashdir. Quyida keltirilganidek tuproqning kimyoviy va biologik tabiati murakkab bо‘lib, tahlil 
natijalari namunalarni saralash usullari, namunalarni saqlash sharoitlari va shu bilan birga oziq 
moddalarning ekstraksiya usullariga qarab о‘zgarib ketishi mumkin. Tuproqning aniq tahlili о‘simliklar 
ildizlarining oziq moddalarni meyoriy о‘zlashtira olishi mumkin bо‘lgan darajada tarkibidagi mineral 
moddalarning miqdorini belgilashdir. Tuproq tahlili о‘simliklar qancha miqdorda ozuqa moddalariga 


zaruriyatga ega ekanligi yoki qancha miqdorda ozuqa moddalari yetishmasligi haqida aniq xulosa 
berishga asos bо‘la olmaydi. Bu haqda aniqroq xulosaga ega bо‘lish uchun о‘simliklar tо‘qimalari 
tahlillarini о‘tkazish kerak bо‘ladi.
 
О‘simliklar tо‘qimalarining tahlilini tug‘ri qо‘llash о‘simliklar о‘sishi va о‘simliklar 
tо‘qimasidagi mineral moddalarning konsentratsiyalari о‘rtasidagi о‘zaro bog‘liqlikni tushunishga 
yordam beradi. Oziq moddalarning о‘simlik tо‘qimalarida konsentratsichsining kamayishi natijasida 
ularning о‘sishi ham sekinlashadi. Oziq moddalarining yetkazilishining oshirilishi о‘sish va hosildorlikni 
oshishiga tо‘g‘ridan tо‘g‘rib bog‘liqdir. Oziq moddalar о‘zlashtirilishining miqdori oshishi lekin qayta 
ishlanish jarayoninig о‘zgarmasligi mineral moddalarning о‘simlik tо‘qimalarida tо‘planishiga, va 
tо‘qimalarda ularning konsentratsiyasining oshishiga va mineral moddalarning hosildorlikka bog‘liq 
bо‘lmay qolishiga olib keladi.

Download 0,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish