1-mavzu: O’qituvchining nutqiy kompetensiyasini rivojlantirish fanining maqsad va vazifalari


Reja:  1. Nutq odobi insonning umumiy axloqini belgilovchi asosiy mezondir.  2. Nutqning aniqligi.  Kalit so’zlar



Download 4,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet57/65
Sana12.07.2022
Hajmi4,59 Mb.
#778703
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   65
Bog'liq
ilovepdf merged (4)

Reja: 
1.
Nutq odobi insonning umumiy axloqini belgilovchi asosiy mezondir. 
2.
Nutqning aniqligi. 
Kalit so’zlar: 
Real vaqt, mantiq, moslik
 
Kishining odobi, eng avvalo, uning nutqida ko`rinadi. Nutq odobi nima? Nutq
odobi deganda aytilishi zarur bo’lgan xabarlarni, tinglovchini hurmat qilgan holda, 
uning ko’ngliga mos, adabiy normadagi ifodalar bilan yetkazish tushuniladi. Har 
qanday xunuk xabarni ham tinglovchiga beozor yetkazish mumkin. Buning uchun
so`zlovchi tilni, adabiy til normalarini mukammal bilishi lozim. Muloyim, yoqimli, 
odobli so`zlash ham o`z – o`zidan paydo bo’lmaydi. Unga yoshlikdan ongli 
mashqlar qilish, tilning lug’at boyligini egallash, bu borada nutqi ibratli kishilarga 
taqlid qilish, ulardan o’rganish orqali erishiladi. O’quvchi uchun eng yaxshi 
namuna o`qituvchi nutqidir. Buni o`qituvchi har doim o`zida his etib turishi, o`z 
nutqida hyech vaqt odob – axloq, nutq madaniyati normalaridan chiqmasligi 
lozim. 
Nutqiy 
muamola 
salomlashishdan 
boshlanadi. 
Salomlashishdagi 
xushmuomalalik undan keyingi yaxshi suhbatga debocha bo’ladi, tinglovchida 
yaxshi kayfiyat paydo qiladi. Agar salomlashish quruq, iltifotsiz bo’lsa, keyingi 
suhbatga salbiy ta’sir etishi mumkin. Ko`p asrlik odatiy an’analarimizga ko`ra, 
“Assalomu alaykum”ning javobi “Vaalaykum assalom”dan iborat. Keyingi 
davrlarda yoshlar orasida salom ham, alik ham to’mtoqlashib ketdi, ya’ni salom 
berish uchun ham uning javobi uchun ham birgina “Salom” ishlatiladigan bo’ldi. 
Bu tarixiy an’analarimizdan chetlashishdir. 
Xalq tilida salomlashish uchun ham, xayrlashish uchun ham alohida vositalar 
mavjud. O`qituvchi ularni o`z o’rnida ishlatishda hamma vaqt o`z shogirdlari 
uchun o’rnakdir. 
Madaniyatli kishi o`z aybini bo’yniga ola bilishi, aybi uchun kechirim 
so’rashni ham bilishi lozim. O`z aybi uchun kechirim so’rash o`z g’ururini yerga 
urish emas, balkim odoblilik, xushmuomalalik alomatidir. “Kechirasiz, mendan 
o’tibdi”, yoki “afv eting, bundan so’ng takrorlamaslikka harakat qilaman” deyish 
bilan kishi o`zining odobliligini namoyish etadi, xolos. 
Yetuk kishiga xos fazilatlardan yana biri xayrlashuv odobidir. Tilimizda 
xayrlashganda shlatiladigan “xayr sog’ bo’ling”, “xayr, ko’rishguncha”, “xayr, 
omonlikda ko’rishaylik” kabi ta’sirchan iboralar mavjud. O`qituvchi sinfdan 
chiqayotganda “xayr, sog’ bo’linglar”, “xayr, yaxshi qolinglar” iboralarini ishlatsa, 
o`rinli bo’ladi. 
Bolaga yaxshilik qilgan, aytilgan yumushni, iltimosni bajargan kishilarga 
minnatdorchilik bildirish odobini ham o’rgatib borish lozim. Tilimizda 
rag’batlantirishni, minnatdorchilikni ifodalaydigan chiroyli ifodalar bor. Ularni 
kundalik muomalaga kiritish, o`z o’rnida ishlatish kishi xulqini naqadar bezaydi. 


O`qituvchi topshiriqni yaxshi bajargan o’quvchilarni “ofarin”, “barakalla”, 
“rahmat”, “otangizga rahmat”, “minnatdorman” kabi so`zlar bilan rag’batlantirishi 
mumkin. 
O`qituvchining nutqi hamma vaqt o`zbek adabiy tili normalariga sodiq 
qoladi, adabiy tilning go`zal va ta’sirchanligini o`zida saqlaydi. Adabiy til ma’lum 
qo’shimchalar, grammatik kategoriyalarning qo’llanishidagi bir xilligi, barqarorligi 
bilan umumo`zbek xarakterida bo’ladi va shevalardan ustun turadi. Uning 
ustunligini bir tomondan adabiy normalar belgilaydi. 

Download 4,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish