xontaxta tortmasiga
qo‘yadi.
(xontaxtaning tortmasi
bo‘lmaydi).
1.
Paronimlar ma’nosini bilmaslik natijasida:
Dilnoza marjon
donalarini ipga
chizdi
.( ipga tizmoq bo‘lishi kerak ). “Orifjon, otning
afzallarin
i joyiga qo‘y,”- dedi otasi (Otning abzallari).
2.
Mantiqiy jihatdan voqelikka zid bo‘lgan tushuncha
ifodalovchi so‘zlarni yonma-yon ishlatish natijasida:
Korxonaga yangi
zamonaviy
texnologiya
o‘rnatildi
(ishlab chiqarish jarayonlari va usullari
haqidagi bilimlarning jami, shuning uchun moddiy bo‘lmagan narsa
o‘rnatilmaydi, balki joriy etiladi yoki texnika so‘zi bilan almashtirish kerak).
3.
Nutqda so‘zni o‘z o‘rniga qo‘yib gap tuzolmaslik, gap
tartibining buzilishi
natijasida:
YAqindagina nashriyotdan chiqqan
adibimizning
yangi asarlar to‘plami keng jamoatchilikka manzur bo‘ldi.
4.
So‘zning noo‘rin tanlanishi natijasida:
SHahar bilan qishloq
o‘rtasida tafovut tobora
qisqarayotir
. Rejissyor bir qator umidli sahna
ustalarini
kashf etdi
.
5.
Bir sinonimik qatorni tashkil qilgan so‘zlarning barchasi ham
boshqa so‘zlar bilan sintagmatik munosabat tashkil qilolmaydi.
Puxta,
pishiq, mustahkam
sinonimlari bino so‘zi bilan sintagmatik munosabat
tashkil qiladi,
yigit
so‘zi esa
pishiq va chidamli
so‘zlari bilan sintagmatik
aloqaga kirishadi.
Aniqlik sifati badiiy nutqda o‘ziga xos tarzda namoyon bo‘ladi, chunki
badiiy asar badiiy tafakkur mahsulidir. Badiiy nutqda obrazlilik birinchi planda
bo‘lganligi uchun so‘z ma’nosidagi siljishlar, ko‘chishlar ko‘p kuzatiladi. So‘z va
u ifodalagan predmet o‘rtasidagi mutanosiblik badiiy nutqda ko‘pincha ochiq va
to‘g‘ridan-to‘g‘ri bo‘lmaydi. Badiiy nutq o‘zining ta’sir etishdan iborat asosiy
maqsadiga erishish uchun so‘zning turlicha qo‘llanishi, tovlanishi, turlanishi,
xilma-xil ma’nolarni ustiga olishiga keng imkoniyat yaratadi. Badiiy nutqda
so‘zlar o‘z va hatto ko‘chma ma’nolaridan tashqari o‘ziga xos yangidan-yangi
ma’no qirralarini kashf etishi va shu tarzda badiiy tasvirning yanada aniqligini
ta’minlashi mumkin:
Miryoqub g‘ururining kaltaklanishidan kelgan bir
zaharxanda bilan kuldi, injener esa burungi kular yuzini ham no‘qtalab oldi
. Bu
gapdagi
g‘ururining kaltaklanishi va kular yuzini no‘qtalamoq
birikmalaridagi
ajratilgan so‘zlar kasb etgan ma’no nozikliklari bilan matnga aniqlik, ta’sirchanlik
baxsh etgan (g‘ururni azobli darajada poymol qilish, keskin va tamoman
to‘xtatmoq).
Aniqlik nutqning aloqaviy fazilatlaridan biri bo'lib, u oshyoviy borliq bilan
nutq mazmun rejasining mosligi sifatida yuzaga chiqadi. Boshqacha aytganda
ifodalangan tushunchalar tizimida so`zlarni ularning tildagi ma'nolariga mos holda
qo'llashda ko`rinadi.
Aniq nutq yaratish so`zlovchidan quyidagilarni o'rganish va ularga amal
qilishni talab etadi:
a) tilning sinonimik imkoniyatlarini bilish va sinonimik qatorlardan kerakli
variantni ajratib nutqda qo'llash;
b) nutqda ishlatiladigan so`zning anglatgan ma'nolarini har tomonlama bilish;
nojiddiy, taxminiy qo'llashlardan qochish, chunki betayin so`z qo'llash nutqni
beburd qiladi.
v) so`zning ko`p ma'noligiga e'tibor berish, ko`p ma'noli so`z nutqda
qo'llanganda uning qaysi ma'no qirrasi ko`zda tutilayotgannini aniq tasavvur qilish;
fikrning yuzasha chiqishida bu so`zning boshqa ma'no qirralari monelik qilish-
qilmasligini ko`z oldiga keltirish;
g) omonimlarning xususiyatlarini bilish, chunki ularni bilmaslik aniqlikning
buzilishiga olib keladi;
d) poronimlarni bilish, ulardagi tovush yaqinliklariga e'tibor berish;
e) tor muhitda ishlatiladigan, chetdan kirgan, kasb-hunarga oid, eskirgan,
dialektizm so`zlarning ma'nolarini yaxshi anglagan holda nutqqa kiritish.
Do'stlaringiz bilan baham: |