3.KUCHLI VA KUCHSIZ HARAKATLAR
Zarb tushadigan hissalar kuchli hissalar, zarb tushmaydigan hissalar esa kuchsiz hissalar deyiladi.
«Faol» va «Sust» harakatlar degan termin dirijyorlar sо‘z boyligida mustahkam о‘rnashib olganki, buni «kuchli» va «kuchsiz» harakatlar desak, tо‘g‘riroq bо‘lardi. Zero musiqa о‘zining har qanday qismida energiyasi, «salmog‘i» bо‘yicha turli bо‘lgan lahzalardan iborat. Shunga yarasha ularni ifoda etuvchi harakatlar ham bir — biridan farq qiladi. Ular kо‘proq yoki kamroq darajada faol bо‘lishi mumkin. Qо‘l harakatlarining farqi dinamika, metroritmik xususiyatlar, pauzalar bilan almashinishlarga kо‘ra belgilanadi (forte, piano, aksentlar, sforsando). Faol qо‘l harakati har qanday boshlanishning avvalida ifoda etiladi. (Agar boshi, epizod, jumla hamda har qanday yangi narsaning paydo bо‘lishi, cholg‘u va cholg‘ular guruhining ijroga qо‘shilishi, garmoniyaning almashinuvi, sur’at, dinamikaning о‘zgarishi, harakat xarakteri).
Sustroq harakat bilan esa bir akkordning bir maromda uzoqroq yangrashi, «bо‘sh taktlar» belgilanadi. Kо‘p hollarda musiqaning о‘ziga xos xususiyatlari dirijyorning pauza kо‘rsatuvchi qо‘l harakati yetarli darajada aniq va faol bо‘lishini talab qiladi.
Faol harakatlar sustlaridan quvvatining kо‘pligi, tarangligi bilan farq qiladi, sustroq harakatda esa dirijyor qо‘li kuchsizroq, yumshoqroq, erkin va yengil bо‘ladi. Shu bois faolligi bо‘yicha turlicha bо‘lgan harakatlarni qо‘llash nafaqat musiqa xarakterini ochib berish, balki dirijyorlikni ifodalash va aniq bо‘lishiga ham xizmat qiladi.
.Oddiy metrlar va o’lchovlar.
Oddiy o’lchovli taktlarda cho’zimlarning turkumlanishi
Musiqa amaliyotida kuchli hissalari har bir hissadan keyin bir tekisda takrorlanib turadigan metrlar ikki hissali metrlar deyiladi.
Кuchli hissalari har ikki hissadan keyin takrorlanib turadigan metrlar esa uch hissali metrlar deyiladi.
Metr hissalarining ma’lum bir cho’zimda ifodalanishi o’lchov deyiladi. Ikki va uch hissali o’lchovlar oddiy o’lchovlar deyiladi. Oddiy o’lchovlarda bitta kuchli hissa bo’ladi. Murakkab o’lchovlarga to’rt va undan ortiq hissali o’lchovlar kiradi. Murakkab o’lchovlarda kuchli hissa ikkita bo’ladi.1-hissa kuchli hissa va nisbatan kuchli hissa bo’ladi. Nizbatan kuchli hissalar soniga qarab 3-hissaga yoki 4-hissaga to’g’ri kelishi mumkin.
Oddiy o’lchovlarga quyidagilar kiradi:
ikki hissali o’lchovlar:
o’lchovi alla breve deb yuritiladi va belgisi bilan ko’rsatiladi.
c) uch hissali o’lchovlar: o’lchovi nisbatan kam uchraydi.
Bir takt ichida cho’zimlarning hissalar bo’yicha tarkiblanishiga cho’zimlarning turkumlanishi deyiladi. Oddiy o’lchovlardagi cho’zimlar turkumlanganda, taktning asosiy hissalari bir-biridan ajratiladi. Masalan:
Oddiy o’lchovlardagi cho’zimlar turkumlanishi tartibida quyidagi istisnolarga yo’l qo’yiladi:
Bir xil bo’lgan barcha cho’zimlar umumiy chiziq, qovurg’acha ostiga birlashtiriladi. Masalan:
Taktning kichik hissali o’lchovida quyidagicha turkumlanishga yo’l qo’yilishi mumkin.
Cho’zimi butun bir taktni egallagan tovush ligasiz, bir nota bilan yoziladi.
Notalar qanday turkumlansa, pauzalar ham shunday turkumlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |