1-mavzu: Oddiy o’lchovlraga dirijyorlik qilish malakalariini shallantirish. 2/4 o’lchovi



Download 0,63 Mb.
bet1/9
Sana26.03.2022
Hajmi0,63 Mb.
#511698
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
1-mavzu Oddiy o’lchovlraga dirijyorlik qilish malakalariini sha


1-MAVZU: Oddiy o’lchovlraga dirijyorlik qilish malakalariini shallantirish. 2/4 o’lchovi

  1. Dirijyorlik texnikasi va uning dirijyor uchun ahamiyati

  2. Auftakt.

  3. Oddiy metrlar va o’lchovlar. o’lchovlar.

  4. 2/4 o’lchovi sxemasi va dirijyorlik qilish.

  5. Kuchli va kuchsiz harakatlar

  6. Ijro to’xtalishini ko’rsatish

  7. Dirijyor qo’l harakatining amplitudasi


Tayanch tushunchalar
Oddiy metrlar va o’lchovlar, cho’zimlar turkumlanishi, ikki hissali metrlar, uch hissali metrlar, alla breve belgisi, taktning asosiy hissalari, pauzalar turkumlanishi.



  1. Dirijyorlik texnikasi va uning dirijyor

uchun ahamiyati

Xor dirijyorligi fanining asosiy masalalaridan biri – o’rganuvchiga dirijyorlik texnikasini o’rgatishdir. Xo’sh, dirijyorlik texnikasi deganda biz nimani tushunishimiz lozim?


Bu haqda buyuk dirijyor K.B.Ptitsa shunday deydi: “Dirijyorning harakat sistemasini boshqarishi, xor kollektiviga tushunarli bo’lishi, ijroni boshqarishi, unga xarakter berishi dirijyorlik texnikasi deyiladi”.
Dirijyorlik texnikasi dirijyorga harakat orqali ijrochilarga va tinglovchilarga musiqa asarining mohiyatini yetkazib berishda yordam beradi. Dirijyor bilan ijrochi jamoa o’rtasidagi birdan-bir aloqa, dirijyorlik texnikasidir. U yoki bu asarni ijro etishda dirijyor o’zining dirijyorlik texnikasi bilan ishtirok etadi. Dirijyorlik texnikasini puxta egallagan rahbar so’zsiz, o’zining dirijyorlik harakatlari bilan xorga talabini yetkazish mumkin. Bu esa har bir xor rahbarining dirijyorlik texnikasining puxta bilishi kerakligidan dalolat beradi.
San’atda erkin bo’lish uchun texnikani puxta bilish zarur. Lekin biz ijrochini uning texnikasiga qarab baholamaymiz, aksincha uning texnikaning qo’llashiga baho beramiz.
Dirijyorlik texnikasi maqsad emas, balki asarning to’liq fikrining bayoni, xorning dirijyorga bo’ysunishidir. Bo’lajak dirijyorga dirijyorlik sirlarini o’rganishda o’qituvchi uning dirijyorlik texnikasiga katta e’tibor berish kerak, shu bilan birga o’qituvchining umumiy musiqiy rivojlanishini doim nazorat qilishi katta ahamiyatga ega. O’quvchi muloyimlik, egiluvchanlik, qo’llarning erkinligini, bir qator mashqlarni o’zlashtirish darkor, lekin, bunda texnikani birinchi o’ringa qo’yishi mumkin emas, chunki texnika – bu also san’at emas.
Dirijyorlik texnikasini egallash ayniqsa qo’l texnikasini – juda murakkav va uzoq muddat talab etuvchi jarayon, buni o’quvchilarga birinchi navbatda o’qtirish zarur.
Dirijyorlik texnikasida o’z ustida tinimsiz ishlash orqallli erishiladi. Boshlang’ich dirijyor o’zining tabiiy layoqatiga ishonibgina qolmasdan, uyda o’z ustida ishlashi, kerakli natijaga erishishi uchun tinimsiz mehnat qilmog’i zarur. Qo’llarni shunday tarbiyalash kerakki, eng soda mashqlar umuman qiyinchiliksiz, juda oson, yengil, avtomatik ravishda bajarilishi kerak. Ishni iloji boricha osonlashtirish, osonlik va yengillikka erishishi uchun dirijyor ulkan mahorat va qunt bilan bir necha yillar mobaynida shug’ullanishi kerak.
Dirijyorlik texnikasini egallashda jismoniy mashqlar ham katta yordam beradi. Dirijyor irodasi kuchli, chidamli, harakatchan, gavda va nafasni to’g’ri boshqara oladigan bo’lishi kerak. Bu haqda Shari Myuni shunday deydi: “:Dirijyor harakatlarining sof jismoniy kuch talab qiluvchi mashqlari menga gimnastikaning dirijyor uchun qanchalik zarurligining isboti bo’la olishini ochib berdi. Gimnastika jismonan sog’lom bo’lishiga yordam beradi, qo’llarning erkin va yengil harakatini ta’minlaydi. Undan tashqari u Jergiyani tejash va charchoqni yengishga o’rgatadi”. Bundan xulosa qilib aytishimiz mumkinki, maxsus sinf o’qituvchilari o’qituvchilarni jismoniy tarbiya, sport bilan shug’ullanishga jalb qilinishlari nur ustiga a’lo nur hisoblanadi.



Download 0,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish