1-mavzu: Oddiy o’lchovlraga dirijyorlik qilish malakalariini shallantirish. 2/4 o’lchovi



Download 0,63 Mb.
bet8/9
Sana26.03.2022
Hajmi0,63 Mb.
#511698
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
1-mavzu Oddiy o’lchovlraga dirijyorlik qilish malakalariini sha

6. IJRO TО‘XTALISHINI KО‘RSATISH
Dirijyorlikda ijroning vaqtincha yoki umuman tо‘xtatishning ahamiyati katta. Shu bois xali tо‘xtashni kо‘rsatuvchi usul ham juda muhim. Afsuski, aniq tо‘xtatishga murabbiylar aniq ijro boshlashga nisbatan kamroq e’tibor beradilar. Shu bois talabalar, odatda, bu usulni bо‘shroq о‘zlashtiradilar va tovush davomiyligini kо‘rsatilgan vaqtdan kechroq yoki ertaroq tо‘xtatadilar. Yangrashni tо‘xtatish ma’lum tayyorgarlikni talab etadi, chunki bunda barcha ijrochilar bir vaqtda tо‘xtashlariga erishish darkor bо‘ladi. Bu yerda yana auftakt masalasi kо‘ndalang turadi. Bunda tegishli qо‘l harakati aniq, kо‘rimli, vaqt bо‘yicha mutanosib va dinamika bо‘yicha tiniq bо‘lishi kerak. Tovush tо‘xtalishini kо‘rsatish uchun harakat tanlashda tabiiylikdan kelib chiqish kerak, ya’ni qо‘l harakati dirijyor uchun qulay, orkestrga esa tushunarli bо‘lishi kerak. Odatda bu harakat u yoki bu darajada dumaloqroq chiziq yoki tо‘xtatish vaqtida dirijyor qо‘lining qanday joylashganligiga qarab u yoki bu yо‘nalishdagi tо‘g‘ri chiziq shaklida bо‘ladi (о‘ziga — chapga, о‘zidan — о‘ngga yoki pastga).
U yoki bu hollarda tо‘xtatishni kо‘rsatuvchi harakat uchun yо‘nalishni qanday tanlamoq zarur?
Yangrashni tо‘xtatuvchi harakat sо‘nggi yangrovchi xissa tomonga yо‘nalishi kerakligini shu о‘rinda istisno hollarini aytib о‘tish joiz. Amaliyotda sо‘nggi yangrovchi xissa qisqa bо‘lganligi bois, tо‘liq tо‘ldirilmaganligi (8–li, 16–li, chorak) yoki tez sur’atda berilishiga duch kelamiz. Bunday hollarda tо‘xtatish harakatini aynan shunday xissada amalga oshirish kerakki, bunda harakatli yakunlovchi turtki bilan monandlik bо‘lishi lozim. Shuning uchun ham mazkul qо‘l harakati yо‘nalishi bu yerda ushbu xissa yо‘nalishiga tо‘g‘ri keladi. Tо‘xtatish harakati tezligi sо‘nggi xissaning qisqaligi yoki uning tez sur’ati bilan taqozo etilgan hollarda bu harakat sо‘nggi xissa tomon, ya’ni, pastga yо‘naltirilgan tо‘g‘ri chiziq kо‘rinishiga ega bо‘ladi. Agar sо‘nggi yangrovchi xissa uzoqroq davom etsa yoki tо‘liq yangrasa, unda bu harakatni qо‘llash tavsiya etilmaydi, chunki sо‘nggi xissaning yangrashi tо‘liq ushlab turilmaydi. Bunday hollarda sо‘nggi yangrovchi xissa odatiy usul bilan taktlanadi, tо‘xtatish harakati ushbu xissa keyingi xissa boshlanguncha egallagan vaqti hisobiga bajariladi. Bunda dumaloqroq shakldagi harakat qо‘llaniladi. Uning ishlatilishi sо‘nggi xissa yangrashini tо‘ldirish uchun harakatni chо‘zish kerakligi bois taqozo etadi. Buni tez va sekin sur’atda bir xil meyorda bajarish kerak bо‘ladi. Tо‘xtatish harakatlarining barchasini yо‘nalishiga qarab shartli ravishda ikki guruhga bо‘lish mumkin.
Birinchi guruhga keyingi harakatni hisobga oluvchi tо‘xtash harakatlari kiradi. Bu — asarning ichidagi tо‘xtashdir. Buning uchun dirijyor qо‘li keyingi ijroni davom ettirish eng qulay bо‘lgan holatda bо‘lishi kerak.
Ikkinchi guruhga esa butun asar yoki uning qismini yakunlovchi harakatlar kiradi. Bularni bajarishda dirijyor erkinlikdan istaganicha foydalanishi mumkin.

7.DIRIJYOR QО‘L HARAKATINING AMPLITUDASI



«Amplituda» lotincha amplitudo sо‘zidan olingan bо‘lib, kenglik yoki hajmni bildiradi. Musiqa tovushining kuchi tebranishining keng — qisqaligiga bog‘liq. Tebranish qancha keng bо‘lsa, tovush shuncha qattiq bо‘ladi va aksincha.
Dirijyor qо‘l harakatining amplitudasi musiqaning dinamikasi, tempi xarakterida mujassam bо‘ladi. Musiqaning baland yangrashi kengroq, chaqqon, katta harakatlarini talab etadi, sekin yangrashi esa, aksincha sustroq va sekinroq harakatlarini taqozo qiladi. Musiqani tez sur’atdagi sekin yangrashida qо‘l harakatlarining chaqqonligi va faolligi saqlanib qoladi. Bunda harakatlar xajmi katta bо‘lmasligi kerak, chunki haddan tashqarii keng, katta harakatlar tempning tutilishi va qо‘llarning charchab qolishiga olib keladi. Qolaversa, sekin sur’atda ham yirik qо‘l harakatini hatto «fortissimo» (ff) uchun ham qо‘llanilishi doim ham joiz bо‘lmaydi.
Aller Anfang ist schwer - und das sind anfangs auch alle Anfänge von Orchesterwerken für den unerfahrenen Dirigenten und bleiben es für man­chen ein Leben lang. Der Laie ahnt nicht, wie viele Auftakte für Orchester- Einsätze, auch von professionellen Dirigenten, ständig ..daneben gehen", von loyalen Orchestern aber stillschweigend korrigiert werden.
Har qanday ishning boshlanishi og‘ir kechadi. Ba’zi dirijyorlar orkestr bilan ishlash jarayonida tajribasizligini kо‘rsatadi va butun umri davomida shunday qolishi mumkin. Sohadan behabar odam orkestr dirijyorining harakatlarida auftaktlarning tо‘g‘ri va aniq bajarilayotganligi, dirijyor harakatlariga e’tiborsiz holda о‘z ijrosi bilan shug‘ullanayotgan orkestr ijrochilari haqida juda kam narsani tushunishi mumkin.
Umuman, dirijyor о‘zida qо‘l harakati amplitudasi meyorini saqlash hissini tarbiyalamog‘i lozim. U haddan ziyod katta, keng harakatlardan qochishi kerak. Harakat imkon qadar ifodali va tejamkor bо‘lishi lozim. Katta amplitudaga berilib ketish dirijyorning harakatlari ifodali va aniq bо‘lmay qolishga olib keladi. Qolaversa, bu doim ham ijro etilayotgan musiqa xarakteriga tо‘g‘ri kelavermaydi. Ba’zida dirijyor orkestrdan piano (r) talab etgan holda, uning harakatlari aynan forte (f) ga mos kelayotganiga e’tibor bermayotganiga guvoh bо‘lamiz. Afsuski, bunday kamchilik nafaqat faoliyatini endigina boshlayotgan, balki tajribali dirijyorlarda ham bо‘ladi. Harakat amplitudasidek ifoda vositasi sifatida foydalanishni alohida vaziyati deb uning tо‘satdan yoki asta — sekin temp almashinuvi paytida о‘zgartirishdan iborat. Odatda «kreshchendo» paytida harakat amplitudasi kattalashish tomonga, «diminuendo» paytida esa kamayish tomonga о‘zgaradi. Harakatning tо‘satdan qisqarishiga, uning tо‘satdan kо‘payishi kabi chaqqon harakati bilan erishiladi. Shu о‘rinda ijro etuvchi jamoaning soni ham katta ahamiyatga ega ekanligini esdan chiqarmaslik kerak; dirijyor qarshisida kо‘p odam о‘tirsa, u nogahon katta harakatlarga о‘tib ketishi tabiiy va о‘z navbatida buning aksincha teskarisi ham bо‘lishi mumkin.



Download 0,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish