1-mavzu: Oddiy o’lchovlraga dirijyorlik qilish malakalariini shallantirish. 2/4 o’lchovi


/4 o’lchovi sxemasi va dirijyorlik qilish



Download 0,63 Mb.
bet6/9
Sana26.03.2022
Hajmi0,63 Mb.
#511698
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
1-mavzu Oddiy o’lchovlraga dirijyorlik qilish malakalariini sha

2/4 o’lchovi sxemasi va dirijyorlik qilish.

Ikki choraklik o‘lchov sxemasi uch chorak va to‘rt choraklik o‘lchov sxemalariga nisbatan, son jihatidan kamroq bo‘lsada, dirijyorlik nuqtai-nazaridan qaraganda nisbatan murakkabroq hisoblanadi. Bu o‘lchov dirijyorligini o‘zlash-tirish 1-kuchli hissaga etiborni kuchaytirish lozim bo’ladi. Avvalo birinchi hissadagi qo‘l harakatining oldingilariga o‘xshash tikka pastga emas, balki o‘ziga nisbatan yonroqqa, ijro nuqtasidan keyingi harakat davomi esa uch chorakli o‘lchov sxemasiga o‘xshash tikka yuqoriga, yoxud to‘rt choraklik o‘lchov sxemasiga o‘xshash ichkariroqqa emas, balki aksincha ilgaksimon tarzda yondan yuqori tomon harakat qiladi. Qolaversa oldingi o‘lchovlarda qo‘l ijro nuqtasiga borib qo‘nsa, bu o‘lchovda ijro nuqtasining o‘zi mavhumroqdir, chunki qo‘l birinchi hissaning oxirida ilgaksimon harakat qilib, ikkinchi hissaga o‘tib ketadi. Qo‘llar xuddi ilgaragi o‘lchovlarga o‘xshash auftaktdan keyin birnchi hissaga qarab harakat qilganda tayanch nuqtasi kaftda bo‘lib, shu hissaning ikkinchi yarmida esa oldingilariday, panja va bilakning oralig‘idagi bo‘g‘inida bo‘ladi. Harakat uch chorakli o‘lchovning uchinchi, yoxud to‘rt chorakli o‘lchovning to‘rtinchi hissasi boshlanadigan joygacha keladi va oxirgi hissa, ya’ni bu o‘lchovda ikkinchi hissa bo‘ylab qo‘l o‘z harakatini davom ettiradi. Bu o‘lchovda zarbli hissa bitta bo‘lib, o‘lchovning birinchi hissasiga to‘g‘ri keladi. Shuning uchun qo‘l birinchi zarbli hissa bo‘yicha pastga yo‘naltirilib, ikkinchi hissaga birinchi hissaning davomi sifatida chetdan yuqoriga tomon, ilgak shaklida harakatlantiriladi. Mazkur o‘lchovdagi ikkinchi hissa uch choraklik o‘lchovning uchinchi, yoxud to‘rt choraklik o‘lchovning esa to‘rtinchi hissasiga o‘xshashdir. Bu o‘lchovda dirijyorlik qilishni o‘rganish ham oddiy mashqlardan boshlangani maqsadga muvofiqdir.



Mashqlar jarayonida talaba doira usulini aytib turib dirijyorlik qilsa, qo‘llar doyraning «bak», «bum» salmog‘ini his etib harakat qilishlar ustida ishlash mumkin. Shunda dirijyorning qo‘llari shunchaki emas, bakli his-tuyg‘ular og‘ushi bilan harakat qilishi mumkin. Dirijyorlikning o‘rganishni bu turi qulay va samarali bo‘lsa, oldingi o‘lchovlarda ham shu uslubda ish olib borish mumkin.









Bu mashqni avvalo alohida qo‘llar bilan o‘zlashtirib, keyin ikkala qo‘l bilan dirijyorlik qilishni o‘rganish ma’quldir. Dirijyorlik paytida qo‘l harakatining birinchi hissaga yurgizganda tikka pastga emas, balki sal yonroqqa yurgizishga e’tibor berilishi zarur.

Bu mashqda chap qo‘l-ikkinchi, to‘rtinchi, beshinchi va oltinchi taktlarda
birinchi hissada mustahkam o‘rnashib, ikkinchi hissasi ko‘ngilda sanaladi. O‘ng qo‘l
esa bir maromda harakat qilaverishi ustida ishlanadi.

Ushbu mashqda chap qo‘l bir maromda harakatlanib tursa-da, o‘ng qo‘l ikkinchi, to‘rtinchi, beshinchi va oltinchi taktlarda birinchi hissada to‘xtatilib ushlab turiladi va ikkinchi hissalari ko‘ngilda sanaladi.

Bu mashq orqali chap qo‘lni zarbli birinchi hissasini ko‘ngilda sanab, zarbsiz ikkinchi hissada yurgizish va o‘ng qo‘l bir tekisda dirijyorlik qilib turishi ustida ishlash imkonini beradi.

Ushbu mash № 4- mashqning teskarisi bo‘lib, o‘ng qo‘lni zarbsiz hissada
to‘xtatib turishlari ustida ish olib boriladi.

Bu mashq orqali chap qo‘lni G. notalarda to‘xtatib, takt ortidagi A notani ko‘rsatish ustida ish olib borish lozim.



Bu mashq № 6- mashqning aksi bo‘lib, o‘ng qo‘lni G. nota cho‘zimlarida to‘xtalib, takt ortidagi A1notalarni ko‘rsatish ustida ishlash imkonini beradi.



Download 0,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish