.
2.Auftakt.
Ijroning va jumlalarning boshlanishida auftak va uning ahamiyati beqiyosdir
Auftakt - bu nemischa so‘z bo‘lib, takt usti, dastlabki qo‘l ko‘tarishdegan ma’noni anglatadi. Asar, epizod, jumla, cholg‘u va ovozlar ijrosi paytida ajratib ko‘rsatilishi lozim bo‘lgan har qanday dinamik yoki ritmik harakterdagi qismni ko‘rsatish uchun dirijyor tayyorlovchi yoki ogohlantiruvchi qo‘l harakatini ishlatadi. Uni qo‘shiqchi yoki damli cholg‘ulaming havo olishiga qiyoslash mumkin. Bunday qo‘l harakati auftakt deyiladi. Ijroda bajarilishi lozim bo‘lgan u yoki bu jihat haqida ogohlantiruvchi har bir harakat, ayni holatga xos xususiyatlar ifodasidir,
Shu bois auftakt juda aniq va tushunarli bo‘lishi kerak, uni ijrochilar iirijyor maqsadiga muvofiqlik tarzida qabul qilishlari lozim. Ya’ni, ovoz yangrashiga sabab bo‘luvchi harakatdan oldin unga tayyorlovchi, uning tabiati o‘sha tovushga mos kelishi lozim. Dirijyor ko‘rsatmasi doimo real ovushdan avval bo‘ladi. Auftaktlar o‘z ahamiyati va harakteri bo‘yicha turlichadir. Masalan: turli ijrolarni anglatuvchi auftaktlaming davomiyligi va dinamikasi ijro etilayotgan musiqa harakteri bilan belgilanadi.
Auftaktlaming uzluksiz zanjiri tufayli dirijyor o‘z ijodiy maqsadlarini oldindan tushuntirish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Auftakt yordamida dirijyor jro boshlanishi va taktdagi har bir hissa boshini, dinamik va sur’at o‘zgarishini, tovushning o‘tkirlik va davomiylik darajasini, hamda tovushning obrazli mohiyatini ko‘rsatadi. U sirtmoq, kamon yoki tepaga o‘nalgan oddiy chiziq shaklida bo‘lishi mumkin. Uning yo‘nalishi asosiy harakat yo‘nalishiga ko‘ra aniqlanadi. Auftakning davomiyligi ijro etilayotgan asar sur’ati, taktning o‘lchov hissasi yoki ijro turiga qarab, sekin sur’at sekin auftaktlami, tezi-tezlarini talab qiladi. Ularning uzunligi, kuchi kompozitor tomonidan o‘z asarida keltirilgan musiqiy obrazlar xarakteriga bog‘liq.
Nometrik auftakt tez, qisqa, o ‘tkir, aks yoki to‘xtash bilan tugaydigan
(auftakt staccato), silliq va sekin (auftakt tenuto), asosiy harakatga bog‘liq bo‘lgan (auftakt legato). Bulami ifodalashda dirijyor auftaktdan avval qo‘lini tegishli vaziyatda tutishi lozim. Auftaktning kuchi asar dinamikasiga bog‘liq. Kuchliroq yangrashga faolroq, chaqqonroq auftakt mos keladi, kuchsizrog‘iga — sustroq. Auftaktning davomiyligi va kuchi musiqaning dinamikasi va sur’atiga mos kelishi uchun, dirijyor avvaldan ijro etilishi kerak boigan musiqaning tempi va harakterini aniq his etishi lozim. Auftaktning ifoda kuchi, uning ijro bilan chambarchas bogiiqligi dirijyoming musiqa kayfiyati, harakteri, sur’atini qanchalik aniq his qila
bilishiga hambogiiq.
Do'stlaringiz bilan baham: |