Nutq madaniyati va huquq
R ye j a:
1. Til va nutq, til madaniyati va nutq madaniyati tushunchalari.
2. Til va huquqning ozaro munosabatlari.
3. Nutq shakllari va ularning huquqiy faoliyat jarayonidagi vazifalari.
4. Huquqqa oid munosabatlar tizimida muloqot strategiyasi va taktikasi.
Tayanch soz va iboralar: huquq, til, faoliyat shakllari, ehtiyoj, ifoda vositalari, nutq, voqyelanish, nutqning turlari, ogzaki va yozma nutq, nutqiy madaniyat, nutq sifati, nutq mazmuni, kommunikativ maqsadi, muloqotning xususiy shakllari, muloqotdagi ananaviylik, dialogik va monologik nutq.
Tabiat va jamiyat mahsuli bolgan inson, ayni paytda, ularning oliy namunasi ham sanalib, olamni narsa va predmet shaklida, voqyea va hodisa tarzida miyasida aks ettiradi, idrok qiladi, fikrlaydi. Bu jarayonda muhim vosita hisoblangan tilning ahamiyati goyatda muhimdir. Shuning uchun ham til va tafakkurni bir-biridan alohida tarzda tasavvur qilib bolmaydi. «Til bilan tafakkur bir-birini taqozo etadigan ajralmas hodisadir. Tilsiz tafakkur bolmaganidek, til ham tafakkursiz bolmaydi»41.
Tilning inson uchun fikrlash vositasi bolishi, moddiy asos sifatida xizmat qilishi uning amalda bolishidagi birinchi bosqich hisoblanib, ikkinchi bosqichda fikr, tafakkur mahsuli reallashadi, yani u miyadan tashqariga chiqadi. Shunday qilib, ikkinchi bosqichda til kommunikativ aloqa vazifasini bajarishga kirishadi.
Material maqomida turgan til muomala vositasiga, nutqiy jarayon quroliga aylanishi bilan uning imkoniyat doirasi ham kengayib boradi. Bu holni uchinchi bosqich deb atash mumkin. Bosqichlar soni ortib boravergani sari tilning ijtimoiylik mohiyati ham ochilib boraveradi. Inson nutqiy faoliyatida kommunikativ vazifani bajarayotgan til komagida suhbatdosh yoki tinglovchiga malum axborot ham yetkaziladi. Demak, tilga bolgan munosabatda tortinchi bosqich yuzaga keladi.
Til insonlar ortasida aloqa vositasi bolishi, tabiat va jamiyatdagi narsa va hodisalar togrisida xabar berishdan tashqari suhbatdosh yoki tinglovchiga malum tasir otkazish, hissiyotini qozgatish kuchiga ham ega. Agar bu holatni shartli ravishda beshinchi bosqich deb ataydigan bolsak, takidlaganimizdek, tilning bosqichma-bosqich takomillashib, mukammalashib va imkoniyatlari ham asta-sekinlik bilan kengayib borishini kuzatamiz.
Mana shu orinda tilning hyech bir imkoniyati nutqsiz, nutqiy jarayonsiz amalga oshmasligi, yuzaga kelmasligiga ham amin bolamiz. «Til va tafakkurning birligi nutqda oz ifodasini topadi. Nutq ogzaki va yozma holda mavjud bolib, unda fikrimiz moddiy shaklga, yani hissiy idrok etiladigan shaklga kiradi va shu tariqa u endi bir shaxsga emas, balki jamiyatga tegishli bolib qoladi»5.
Malum boladiki, til nutqning ota muhim unsuri sifatida aloqa, xabar, tasir etishdek, shu bilan birga, imkoniyatlari nihoyatda kengayib borishi natijasi olaroq kishilik jamiyati toplagan tajriba va bilimlarni kelajak avlodlarga yetkazishdek ulugvor ijtimoiy vazifani bajaradi.
Oz shakllanishi va rivojlanib borishi davomida uzoq tarixiy yolni bosib otadigan til asta-sekinlik bilan bolsa-da, takomillashib ham boradi. Bu holni uning ichki qurilishida, amalda bolish qoidalarining malum bir tizimga kela borishida kuzatamiz. «Ichki qurilish nuqtai nazardan til malum miqdordagi bir-biri bilan chambarchas bogliq bolgan til birliklarining yigindisi va ana shu birliklardan foydalanish qoidalaridan tashkil topgan murakkab sistemadir»6 Tilning takomillashib borishi va nutq jarayonidagi bosqichlarini taniqli tilshunos olimlar H.Nematov va R.Rasulovlar sistem tilshunoslik «til-meyor-nutq» tarzida ajratishini takidlashib, qayd qiladilarki, «til bevosita kuzatishda berilmagan. U jamiyat azolarining ongida mavjud bolib, ularning barchasi uchun tayyor, umumiy, majburiy bolgan, fikrni shakllantirish va uni ifodalashga xizmat qiladigan birliklar va ularning ozaro munosabatlari haqidagi tasavvurlar yigindisi sifatida qaraladi.
Nutq tilning namoyon bolishi, royobga chiqish, voqyelanish shakli bolib, u bevosita kuzatishda berilgan, moddiy (tabiiy, fizik) shaklga egadir.
Meyor (norma) - til birliklarini nutqning u yoki bu korinishida ishlatish qonuniyatlari va imkoniyatlari bolib, ular jamiyat tomonidan belgilangan va aniqlangandir»7. Anglashilayaptiki, til va nutq material va uning voqyelanishi nuqtai nazaridan boshqa-boshqa tushunchalar bolish bilan birga, ular bir-birlarisiz mutlaqo yashay olmaydi ham. Meyor esa ularning yashash tarzini belgilaydi.
Jamiyat taraqqiyoti bilan insonlarning tilga bolgan ehtiyoji ham osib boraveradi. Bu ehtiyojlarni qondirish zarurati esa oz navbatida tilning ijtimoiy hodisa sifatidagi tabiatini, mohiyatini, vazifasini organishni taqozo qiladi.
Bunda malum tilning istemolchisi bolgan xalq, bu xalq yashagan va yashab kelayotgan tarixiy sharoit, uning maishiy, manaviy-marifiy turmushi, ijtimoiy-falsafiy va estetik dunyo-qarashi, urf-odatlari singari qator omillarni ham etiborda saqlab turish lozim boladi. Chunki inson faoliyatining muhim qismi sanalgan tilni va uning oziga xos xususiyatlari va imkoniyatlarini ana shunday qurshovda organishgina atroflicha xulosalar chiqarishga komaklashadi. Shu bilan birga, til hodisalarini, uning meyoriy jihatlarini tadqiq etishda milliy xususiyatlarni hisobga olmaslik ham mumkin bolmaydi. Oz ona tili - barcha oziga xosligi bilan shakllangan tili bolgani uchun ham u millat sanaladi. Shunday ekan til tarixini, uning meyoriy nuqtai nazardan shakllanish jarayonini, kolamini millat tarixidan ajratib olib organib bolmaydi.
Tilning yozma va ogzaki meyorlarini belgilash muammolarini hal qilish har bir milliy til madaniyatini rivojlantirishning uzviy qismi sifatida qaraladi. Shuning uchun ham meyor masalalarining nutq madaniyati doirasida organilishi bejiz emas, albatta. «... nutq madaniyati problemasining organilishi ... ikki aspektga ega deyish mumkin: birinchisi, ozbek adabiy tili normalarini, imkoniyat doiralarini yanada silliqlash, stabillash bilan bogliq bolgan nutq madaniyati problemalari; ikkinchisi esa ozbek adabiy tilidan bu tilda gapiruvchi jamiyat azolarining (hatto konkret shaxslarning) togri, izchil hamda namunali foydalana olishlari uchun yordamlashishi bilan aloqador bolgan nutq madaniyati problemalari»8.
Xosh, nutq madaniyati nima? Ana shu savolga javob berish ushbu mavzuning asosiy maqsadi sanaladi.
Savolga javoblarni bu sohaning mutaxassislari bolgan olimlarning asarlaridan topamiz. Masalan, S.I.Ojegov: «Yuqori nutq madaniyati nima? Yuqori nutq madaniyati bu oz fikrlarini til vositalari bilan togri, aniq va tasirchan qilib bera olishdir. Togri nutq deb esa hozirgi adabiy til meyorlariga rioya qilib tuzilgan nutqqa aytiladi. Ammo yuqori nutq madaniyati faqatgina meyorga rioya qilishdangina iborat emas. U fikrni ifodalashning aniq vositasini izlash bilan birga, birmuncha tasirchan va maqsadga muvofiq vositalarni topish uquvini ham oz ichiga oladi»9. L.I.Skvorsov: « «Nutq madaniyati» tushunchasi bir tomondan nutqning adabiy til meyorlariga mos kelish darajasini bildirsa, ikkinchi tomondan, tilshunoslik fanining madaniyat quroli bolgan adabiy tilni mukammallashtirish maqsadida meyorlashtirish muammolari bilan shugullanuvchi sohasidir»10.
Malum boladiki, nutq madaniyati, agar masalaga til nuqtai nazardan qaraladigan bolsa, bu, eng avvalo, nutqning togriligi demakdir. Ikkinchidan esa, u uslubiy jihatdan silliq bolishi kerak, yani unda noaniqlikka, ikkimanolilikka, uzundan-uzoqlikka yol qoyilmasligi, qisqalik, soddalik va aniqlik bu nutqning asosiy olchovi bolishi lozim. Keng manoda esa nutq madaniyati nutqiy tasirchanlikni, ijodiy yorqinlikni, otkirlik va obrazlilikni ifoda etadi.
Shu sohaning yirik bilimdoni prof. E.Begmatovning qayd etishicha, manaviyatimiz tarixida «nutq odobi» deb yuritib kelingan qoidalar uning kohna tarixga ega ekanligidan dalolat beradi. XX asrning 20-30-yillarida boshlangan «
«til qurilishi» nomi bilan atalgan ulkan lingvistik va sosial madaniy tadbirlar oz ichiga osha davr tillari rivoji uchun eng zaruriy, hayotiy masalalarni qamragan edi. Chunonchi, yangi adabiy til uchun dialektal bazani belgilash, yozuvsiz tillar uchun alfavit yaratish, bazi noqulay alifbolarni boshqa ilgorroq hisoblangan alfavit bilan almashtirish, adabiy tilning imlo prinsiplarini ishlash, orfografiyadagi kamchiliklarni tugatish, adabiy tilning morfologik va leksik normasidagi ikkilanish va barqarorlikni ilmiy asosda bartaraf etish, hali deyarli qol urilmagan juda kop xalqlarning adabiy tillarini organish va ularning grammatikasini yaratish, millatlarning oz ona tillarida oquv-oqituv ishlarini olib borishlariga imkoniyat yaratish, milliy adabiy tillarning oz ilmiy terminologiyasini yaratish, milliy tillardagi tarixiy-madaniy yodgorliklarni organish, ularning yangi yozuv grafikalarini tuzish va boshqalar.
Tilga olingan bu masalalarning barchasi milliy adabiy tillarning shakllanishi va rivoji uchun xizmat qiladi. Bunday shakllanish va rivojlanish piravordida tilning adabiy normalarining (orfografik, orfoepik, fonetik, morfologik, leksik, sintaktik, stilistik normalarining) stabillashuvi, osuvini korsatadi. Masalaga mana shu tomondan yondashilsa, yuqorida sanab otilgan masala, tadbir va choralarning ozi nutq madaniyati problemasining tarkibiy qismi ekanligi ravshan bolib qoladi»11.
Demak, yuqorida takidlaganimizdek, nutq madaniyati bilan shugullanish ozbek tilshunosligi fani taraqqiyotining barcha bosqichlarida ortaga qoyib kelingan. Ammo uning alohida soha sifatida organish obyekti qilib olinishi keyingi on yilliklarning mahsulidir. Olib borilgan tadqiqotlar natijasida tilshunosligimizda nutq madaniyati alohida fan sifatida nazariy asosga qoyildi, ilmiy organish usullari ishlab chiqildi, u bilan aloqador bolgan tushunchalarga, jumladan «til madaniyati» tushunchasiga aloqadorlik masalasi hal etildi.
Bu sohaga bagishlab yozilgan ishlarda tushunchaning tarifiga oid yana quyidagi izohlarga duch kelamiz: « a) nutq madaniyati bir tilda togri sozlash va yozishdir; b) nutq madaniyati fikrni sodda, aniq va tushunarli ifodalashdir; v) nutq madaniyati tilning tasviriy va obrazli vositalaridan unumli, oz ornida foydalana bilishdir; g) nutq madaniyati nutqning qisqaligi, ixchamligi, aniqligi, milliyligidir; d) nutq madaniyati nutqning sodda, barcha uchun tushunarli bolishidir
»12. Bu gaplarning barchasi togri. Ammo ular masalaning amaliy tomoni bolib, oz nazariy asoslarini ham ishlab chiqishni talab etadi. Bu haqda E.Begmatov quyidagilarni yozadi: «
nutq madaniyati sohasi oz orni va fandagi mavqyeini tola egallashi uchun u nazariy jihatdan asoslangan bolishi lozim. Birinchidan, bu tushunchaning til hodisasi va ilmiy problema sifatida tarixi yoritilmogi kerak. Ikkinchidan, nutq madaniyati sohasini organuvchi asosiy obyekt bolgan til hodisasi aniqlanishi kerak. Uchinchidan, nutq madaniyatining ilmiy-tadqiqiy obyekti bilan bogliq problemalar belgilanishi lozim. Tortinchidan esa, nutq madaniyatini organish aspektlari (lingvistik va ekstralingvistik) chegaralanishi zarur»13. Olim «Tilshunoslikning muhim sohasi» (1973), «Nutq madaniyati tushunchasi haqida» (1975), «Nutq madaniyati mezonlari» (1976), «Ozbek nutqi madaniyati masalalari» (1980), «Notiqning nodir boyligi» (1980), «Adabiy norma va nutq madaniyati» (1983), «Nutq madaniyati ocherklari» (1988), «Ozbek nutqi madaniyati asoslari» (1992), «Nutq madaniyati va uslubiyat asoslari» (1992), «Adabiy norma nazariyasi» (1997, 1998, 1999) kabi asarlarida ozi ortaga qoygan masalalarni malum manoda ijobiy hal qilib berdi.
Jumladan, mavzuga aloqador bolgan til madaniyati va nutq madaniyati tushunchalari chegarasi haqidagi fikrlarini olib koraylik. «
nutq madaniyati tushunchasi bu avvalo togri, shu bilan birga, yaxshi sozlash, yani madaniy nutqiy prosess demakdir. Ammo madaniy gapirish uchun nutqda xizmat qiluvchi madaniy vositalar, yani aniqrogi madaniy til vositalari lozim boladi. Shunga kora, aytish mumkinki, madaniy nutq ikki faktor asosidagina yuzaga chiqa oladi: a) madaniy til (adabiy til) vositalarining mavjudligi, ushbu madaniy til vositalaridan gapirganda yoki yozganda maqsadga muvofiq ravishda foydalana olish.
Keltirilgan ikki omil asosida nutq madaniyati hodisasi ham, bizningcha, ikki xil talqin qilinishi va nomlanishi lozim boladi:
1. Til madaniyati. 2. Nutq madaniyati yoki sozlashuv madaniyati.
Nutq madaniyati tushunchasini til madaniyati va sozlash madaniyati tushunchasiga ajratish tilshunoslikda izchillikka ega emas. Umuman, bu ikki tushuncha, asosan, birga yoki qorishtirilgan holda nutq madaniyati yoki til madaniyati termini bilan yuritilmoqda. Demak, bu holda til madaniyati termini nutq madaniyati terminiga ekvivalent bolib kelmoqda. Shu sababli ham, biz nutq madaniyati nomi bilan umumiy tarzda yuritilayotgan tushuncha (hodisa)dagi ikki holatni - til madaniyati va nutq, yani sozlash madaniyatini farqlash tarafdorimiz. Nutq madaniyati tushunchasi va termini keltirilgan ikki hodisa uchun umumiy tasavvur va umumiy nom tarzida tushunilishi mumkin. Xosh, til madaniyati tushunchasi nima?
Til madaniyati tushunchasi nutq madaniyati sohasida til sistemasining ozini, masalan, ozbek adabiy tilining vosita va imkoniyatlarini, «madaniylashtirishni» kozda tutadi. Demak, til madaniyati termini bilan ataluvchi tushuncha til sistemasining madaniylik darajasini, yani uning qanchalik ishlanganligi, normalanganligini korsatadi»14.
Aytilganlardan anglashilayaptiki, garchi til madaniyati va nutq madaniyati tushunchalari tilshunoslik atamasi sifatida bir-birlaridan farqlansa ham, aslida ularning birini ikkinchisidan ajratib bolmaydigan, biri ikkinchisini taqozo qiladigan tushunchalardir. Nutq madaniyati aniq manoda til birliklarini nutq jarayonida qollashning meyori, maqsadga muvofiqligini anglatsa ham, umumiy manoda malum millatning umumtil madaniyati doirasida qaraladi. Togri, nutq lingvistik va ekstralingvistik omillarni oz ichiga oladigan murakkab jarayon bolib, u mantiq, psixologiya, pedagogika, etika, estetika masalalari bilan ham bogliq. Ammo nutq uchun tilning birinchi darajada turishini hyech kim inkor etmaydi va u har bir millatning madaniyatini ozida aks ettiradi.
Garchi til birliklarini meyorlashtirish, hamma uchun tushunarli bolgan bir qolipga keltirish umuman tilshunoslikning vazifasi bolsa ham, u nutq madaniyati sohasining xizmatlarini inkor etmaydi. Nutq madaniyati tilda malum meyorga keltirilgan til birliklarining nutqda qollanish shart-sharoitlarini, qonuniyatlarini nazariy jihatdan asoslaydi hamda bu meyorga amal qilishni malum manoda nazorat ham qilib boradi. Nutqdagi yutuq va kamchiliklar tahlil qilinib, ularni tugatishning eng maqul yollari korsatib turiladi. «Nutq madaniyati ijtimoiy fan sifatida keng plandagi til tarbiyasini va ommaviy stilistik savodlilikni, boshqacha aytganda, sozlovchi yoki yozuvchi omma orasida til haqidagi fanning hozirgi zamon yutuqlarini tatbiq etishni oz oldiga vazifa qilib qoyadi»15.
Shuning uchun ham oliy davlat talim standartlarida filologiya va boshqa fakultetlarida, jumladan huquqshunoslik fakultetida alohida kurs sifatida oqitilayotgan «Nutq madaniyati» predmetining vazifasi nutq madaniyati haqida atroflicha tushuncha berish, uning nazariy asoslari va muhim belgilarini orgatish, mutaxassislik doirasida uni amaliyotga tatbiq etish yollarini korsatib berishdan iboratdir.
Navbatdagi gap til madaniyati va nutq madaniyati tushunchalarining huquq sohasida amal qilishi xususida. Huquqiy soha va yurisprudensiya amaliyotda tilga katta ehtiyoj sezadigan yonalish hisoblanadi. Bu, ayniqsa, keyingi on yillikda alohida ahamiyat kasb etdi. Chunki mustaqilligini qolga kiritgan Ozbekiston Respublikasi oz taraqqiyoti va rivojlanishining yangi bosqichida huquqiy-demokratik tamoyillarga asoslangan fuqarolik jamiyati qurish yolidan bormoqda. Ijtimoiy hayotning barcha yonalishlarida qonun ustuvorligini taminlanishi asosiy vazifa qilib qoyilmoqda.
Ustuvorlik malum manoda bu qonunlar va ularning ijrosi bilan bogliq bolgan hujjatlarning mukammal bolishini taqozo qiladi. Bu mukammallik esa, oz navbatida, ularni Ozbekiston xalqi va davlati manfaatini himoya qiluvchi huquqiy asos bilan birga, ularning til jihatdan ham puxta bolishni keltirib chiqaradi.
Mana shu ehtiyoj ozbek tili rasmiy uslubi doirasida alohida bir til yuridik tilni vujudga keltirdi. Ammo yuridik til qandaydir bir maxsus til emas. U ham ozbek adabiy tilining tarkibiy qismi sanaladi. Ammo huquqshunoslik sohasida til vositalaridan foydalanishning shunday bir tizimi vujudga keldiki, bu oz navbatida yuridik til, huquqiy til atamalarini keltirib chiqardi. Huquq va til tushunchalarining ozaro bogliq jihatlarini organish masalalarini ortaga qoydi.
Muhtaram Prezidentimiz I.A.Karimov asos solgan mamlakatimiz taraqqiyotining besh tamoyilidan biri qonun ustuvorligini tamin etish oz navbatida huquqiy madaniyat va savodxonlikka oid qator masalalarni belgilab berdiki, tilni organmasdan turib ularni hal qilib bolmaydi. Huquqiy, yuridik tilning oziga xos xususiyatlarini, uning umumxalq madaniyati, huquqiy madaniyat doirasida amal qilish imkoniyatlarini chuqur organish bu soha mutaxassislarining bilim va malakasi, manaviyati va madaniyatining yanada yuksak bolishiga komaklashadi.
Ammo bugungi kunda ozbek nutqi madaniyatini yuqori darajaga kotarish uchun olib borayotgan ishlarimiz talablar darajasida deb ayta olmaymiz. Mavjud kamchiliklar tildan huquq sohasida foydalanishni ham qiyinlashtirmoqda.
Mutlaqo yangicha bir ish yuritishni taqozo etayotgan mustaqillik sharoitida yuridik hujjatlarga bolgan talab va masuliyat shu darajada kuchaydiki, bu ona tilimizni har qachongidan ham chuqur organishni taqozo qilmoqda. Sobiq Ittifoq davrida bu vazifani rus tili oz zimmasiga olgan bolsa, endi ozbek tili respublikamizning davlat tili hisoblanadi. Hayotga tatbiq etilayotgan har bir huquqiy-meyoriy hujjat ana shu tilda tayyorlanadi. Bu hujjatlarda noaniq yoki orinsiz ishlatilgan har bir soz yoki ibora uning mazmuniga jiddiy tasir korsatishi mumkin. Bu esa huquqshunoslik tizimida ishlaydigan mutaxassislardan til ilmini boshqalarga qaraganda bir qadar puxta organishni taqozo etadi. Ona tiliga doir bilimlarning asosiy qismi orta yoki orta maxsus talim jarayonida egallansa, u oliy talimda yana davom ettiriladi. Huquqshunoslik yonalishidagi oliy talim beruvchi muassasalarda «Yuristning nutq madaniyati» predmetining oqitilishi qisman bolsa-da, ana shu muammoni hal qilishga qaratilgan.
Yuqorida takidlaganimizdek, ozbek tili va uning rasmiy uslubi doirasida shakllangan yuridik til garchi umumtil va rasmiy meyorlariga boysunsa ham, ayni paytda, oziga xos leksik-grammatik xususiyatlariga ega. Boshqacha aytganda, bu sohaning kop yillar davomida shakllangan oz terminologik tizimi mavjud. Gap qurilishi ham rasmiy hujjatlarning boshqa turlaridan farqlanadi. Rasmiy uslubga xos bolgan aniqlik, qisqalik, mantiqiylik singari xususiyatlar unga ham tegishli bolsa-da, ularning har biri huquqiy hujjatlarda yana oziga xos tarzda namoyon boladi. Qatiylik, ota aniqlik singari talablar til materialini tanlashga ota masuliyat bilan yondashishni taqozo qiladi.
Bu masalalarni organish malum konikma va vaqtni talab etadi. Afsuski, «Yuristning nutq madaniyati» kursida organilishi lozim bolgan materialning kopligi, malum darajada imkoniyatni chegaralab qoyadi. Shuning uchun huquqshunoslik fakultetlarida otiladigan «Ozbek tili va adabiyoti» fani dasturi malum darajada mana shu fan dasturi bilan muvofiqlashtirilishi va unda rasmiy-yuridik nutqning leksik-grammatik xususiyatlarini orgatishni qamrab oluvchi materiallar kiritilishi maqsadga muvofiq boladi.
Davlat hokimiyati tomonidan begilanadigan va qoriqlana-digan, jamiyatda kishilarning ozaro munosabatlarini tartibga soladigan qonun-qoidalar, normalar majmui hisoblanadigan huquqqa (Ozbek tilining izohli lugati, II tom. M., 1981, 714-bet) oid hujjatlar ozbek davlatchiligining barcha davrlarida mavjud bolgan va zamonlar silsilasida takomillashib borgan. Ularning shakllanish jarayoni yozuv taraqqiyoti bilan chambarchas bolib, huquqiy hujjatlarning mukammalligi malum darajada ana shu yozuv va til madaniyatining takomiliga bogliq bolgan16.
Ozbek davlatchiligi tarixida huquqning mukammal tizimi yaratilgan. Bu haqda «Avesto», Burhoniddin Marginoniyning «Al hidoya» hamda «Temur tuzuklari» kabi manbalardan koplab malumotlar olish mumkin. Jumladan, tariximizda musulmon huquqi bolgan. Uning asosiy manbalari Quron, sunna, ijmo, qiyos bolgan. Fiqh musulmon huquqini, sunna hadislar korinishidagi huquqiy prinsiplarni, ijmo - qonunshunos olimlarning umumiy fikrlarini, qiyos Quron va sunnada berilmagan biror huquqiy masala ulardagi shunga oxshash masala boyicha berilgan korsatmaga qarab taqqos yoli bilan sharhlashni ozida mujassam etgan. Binobarin, ularning ham biri umumiy va oziga xos til va uslubda shakllangan.
Hozirdagi amalda bolgan yuridik til va uslubda ularning ananalari qisman mavjud bolsa-da, aslida tubdan farq qiladi. Chunki huquqiy manbalarning asosiy qismi dunyo miqyosida amal qilayotgan huquqiy-meyoriy hujjatlar, sud presedenti, huquqiy odat, huquqiy doktrina, jamoat va xalqaro tashkilotlarning meyoriy aktlari va xalqaro shartnomalar korinishidagi zamonaviy andozalarga moslashgan. Shundan kelib chiqib, yuristning huquqiy madaniyati, jumladan huquqiy-nutqiy madaniyati oldiga qoyiladigan talablarni ham ana shu ikki jihatni mujassam qilgan ananaviy va zamonaviy tajribalar umumlashmasi doirasida tushunishimiz togri boladi.
Yuridik til madaniyatining shakllanishiga jamiyat rivoji bilan birgalikda yurisprudensiya va til taraqqiyoti tasir otkazadi. Chunki huquqiy hayotda sodir bolayotgan barcha ozgarishlar eng avvalo tilda, binobarin yuridik matnlar tilida oz aksini topadi. Qonunlar, farmonlar, qarorlar, farmoyishlar, buyruqlar, yoriqnomalar va boshqa shakldagi huquqiy-meyoriy hujjatlar uchun umumiy meyorlar bolishi bilan birga, tildan foydalanishda oz meyorlari ham mavjud. Ularning har biri oz shakli va mazmuniga ega. Shuning uchun ham ozbek yuridik tilining amalda bolish xususiyatlarini rasmiy uslub doirasida taguslub (podstil) sifatida organish maqsadga muvofiq boladi.
«Huquq rivojlanishining tarixiy tajribalarini ozida mujassam qilgan yuridik til inkor etish mumkin bolmagan qadriyat, huquqiy madaniyatning ajralmas qismidir, - deydi prof. A.Saidov. - Yuridik til adabiy milliy tilning uzviy bir qismi bolib, leksik-grammatik, uslubiy xususiyatlari bilan boshqa nutq uslubidan farq qiladi. Milliy tillarda mavjud bolgan barcha tafovutlarga qaramasdan hamma mamlakatlarning yurisprudensiya tilida umumiylik bor. Bu hayotdagi umumiy qonunlar va tamoyillar bilan izohlanadi»17. «Yuridik til bir necha turlarga bolinadi. Bular: qonun tili yoki davlat yuridik tili, ilmiy yuridik til, sud tili, huquqshunos-muallim tili, publisist-yurist tili, prokuror tili, advokat tili va boshqalardir»18.
Sanab otilgan bu korinishlarning har biri tilshunoslar va huquqshunoslar hamkorligida organilishi bundan keyin yaratiladigan huquqiy-meyoriy hujjatlarning, ayniqsa qonunlarning mukammal bolishiga olib keladi. Sh.Kochimovning «Huquqiy normalarni ozbek tilida ifodalashning ilmiy-nazariy muammolari» mavzusida filologiya fanlari doktori ilmiy darajasini olish uchun yozgan dissertasiyasi (2003) mana shu muammolarning malum qismini hal etishga qaratilgan dastlabki yirik hajmdagi tadqiqotdir.
«Sir emaski, respublikamiz mustaqillikka erishgunga qadar ozbek tili rasmiy ish yuritishda, turli davlat ishlarida tola-tokis qollanmadi, - deb takidlaydi Sh.Kochimov. - Ayniqsa, bu davrda ozbek huquqiy tili rivojlanmadi, qonunlarning ozbekcha matni esa 5-10 ta tarjimonlarning ishiga aylandi, xolos. Tarjimonlar ozlari bilganicha, qanday xohlashsa, shunday tarjima qildilar. Shu tariqa ozbek qonunlarining tili galizlashib, uni tushunish qiyinlasha bordi. Natijada qonunning ozbekcha matnini tushunish uchun uning ruscha matniga murojaat qilishga togri keladi. Shuningdek, ruscha huquqiy atamalarning ozbekcha muqobillari turli qonunlarda (bazan bitta qonunda ham) turlicha ishlatilgan. Tarjima jarayonida moddalar mazmunan emas, sozma-soz tarjima qilingan.
Ozbek tilining oziga xos xususiyatlari, nozik qirralari hisobga olinmagan. Matn, ozbekcha bolishidan qatiy nazar, gaplar ruscha qoliplarga solingan, galiz va tushunarsiz soz va soz birikmalari tarkibi oshib ketgan»19.
Mustaqillik tufayli nafaqat yuridik hujjatlarni ozbek tilida yaratish, balki matnni ozbekcha fikrlash zaruriyati va, ayni paytda, imkoniyati vujudga keldi.
Xosh, huquq tilini qanday organish va uni nimadan boshlash kerak? Bu savolga taniqli huquqshunos olimlar uni Konstitusiya tilini organishdan boshlash lozim deb, javob berishadi. «Konstitusiya tili ozining aniqligi, londaligi, ravonligi, bir manoliligi bilan farqlanib, yuridik til etaloni timsolidir. Konstitusiya ustuvorligi prinsipidan kelib chiqib, boshqa qonunlarda qollash uchun Konstitusiya matnida foydalangan atamalar tanlanishi kerak»20.
Ana shu fikrga amal qilinsa, yurisprudensiyada ozbek tilidan foydalanishning yagona tizimi yaratiladi. Bu esa atamalarni qollashda, gap qurilishini shakllantirishda malum darajada bir xillikka olib keladi.
Buning ustiga, yuridik tilga qoyiladigan goyatda muhim bir talab mavjud. U hamma foydalana oladigan, tushunarli, ommaviy til bolishi lozim. Masalaning murakkabligi ham ana shunda. Huquqiy-meyoriy hujjatlar matnidan bir vaqtning ozida ham mukammallik, ham ommaviylikni davo qilishimiz uning yaratuvchilaridan qanchalik bilim va mahorat talab etishini korsatadi.
Nutq madaniyati deyilganda faqat uning ogzaki shaklini tushunish kerak emas. Yozma nutq madaniyati bundan ham masuliyatlidir. Tilda barqarorlikni tamin etadigan yozuvning huquqiy matnlar shakllanishi, ananaviylik va turgunlik mazmuni kasb etishida ahamiyati katta. Uning yordamida nafaqat matnlar keyingi davrga yetkaziladi, balki yozma konikmalar ham shakllanadi. Umumxalq tili elementlaridan, yuridik terminologik tizimdan foydalanish yollari, fikrni qisqa jumlalarda ifodalash usullari aynan ana shu yozma matn tufayli takomillashib boradi. U malum manoda keyingi yoziladigan matnlar uchun namuna vazifasini otaydi. Shuning uchun ham yuridik yozma nutq madaniyatini takomillashtirish nutq madaniyati tizimida alohida mavqyega ega.
Ogzaki yuridik nutq ham umumiy ogzaki nutq madaniyati talablariga boysunsa-da, masuliyatning jiddiyligi bilan, huquqshunoslar tomonidan ijro etiladigan nutq inson taqdiriga bevosita aloqador bolishi bilan ajralib turadi. Nutqning ushbu turi asosan sud jarayonida hamda huquqiy targibot ishlarini olib borish davomida shakllanadi. Har ikkalasi ham masuliyat talab etadigan jarayon. Shu sababli huquqshunosning ogzaki nutqi oldiga ham qator talablar qoyiladiki , ular haqida keyingi mavzularda alohida soz yuritiladi.
Xullas, huquqshunoslik va ozbek tilshunosligi taraqqiyotining mustaqillik davri bosqichida huquq va til muammolarini yaxlit holda olib qarab, ularning bir-biriga bogliq tomonlarini organish goyatda muhim vazifa sanaladi. Bu boradagi tadqiqotlar ikki fan ortasidagi yangi bir yonalishini vujudga keltirishi ham mumkin.
Endi bir necha ogiz gap yuristning muomala madaniyati xususida. Ozbek xalqi dunyoda oz manaviyati va madaniyati mavjud bolgan turkiy xalqlarning biri sifatida tildan foydalanishda ham qadimiy ananalari, odat va konikmalariga ega. Zero, ana shu anaana va odatlar har bir xalqning ozligini korsata oladigan belgilar sanaladi.
Ozining boy tarixi va otmishi, havas qilsa va namuna olsa arzigulik manaviy-madaniy merosiga ega bolgan ozbek xalqining muloqot ananalari nafaqat mazmunan, balki shaklan ham rang-barangdir. Sharq manaviyatining tarkibiy qismi bolgan bu muloqot ozbeklar bilan yonma-yon yashab kelayotgan boshqa xalqlar madaniyati bilan uygun, ayni paytda, oziga xosdir. Kishilarning yoshiga qarab hurmat bildirish va shunga yarasha muomalada bolish, suhbat jarayonidagi samimiyatga, suhbatdoshga yon berishga harakat qilish, yoshlarning qariyalarga, ayollarning erlariga yoki erlarning ayollariga, farzandlarning ota-onalariga, obroli kishilarga, rahbarlarga bolgan izzat-hurmatning, mezbonning mehmonga bolgan ehtiromining avvalo muloqot jarayonida aks etishi ana shu oziga xosliklar sanaladi.
Ozbek xalqining vakili, shu bilan birga, uning faxri sanaladigan huquqshunos ham muloqot jarayonida bu umuminsoniy va umummilliy fazilatlar va qadriyatlardan yiroq bola olmaydi. Bu masalaning umumiy tomoni. Xususiy jihati shundan iboratki, huquqshunoslarning aksariyat qismi davlatning huquqiy organlarida, talim-tarbiya jarayonida faol qatnashib kelayotgan kishilar hisoblanishadi. Binobarin, ular xalq bilan mustahkam aloqadorlikda bolgan insonlardir. Hukumat va huquqiy organlar vakili, talim-tarbiya va targibot ishlarining faol ishtirokchisi bolishning oziyoq ular masuliyatining qay darajada bolishi lozimligini aytib turibdi. Ana shu masuliyat oz navbatida muomala masuliyatini ham keltirib chiqaradi. Huquqshunoslar - ichki ishlarda xizmat qiladigan nozirdan tortib prokurorgacha, huquqshunos-talabalardan tortib ularning murabbiylarigacha hamisha xalqning kuzatuvida boladi, kopchilik ularga havas qilishadi va namuna olishadi. Oz navbatida ular ham ana shu hurmat-etiborga va ishonchga loyiq bolishlari lozim. Bu gaplar bevosita muomala madaniyatiga ham tegishlidir. Oddiy suhbat boladimi, tergov va sud jarayoni boladimi, tildan foydalanish hamisha odob doirasida bolmogi zarur. Men davlat yoki huquqiy organ vakiliman, deb oziga ortiqcha baho berish va oddiy kishilarga qopol muomalada bolish huquqi hyech kimga berilmagan. Togri, yuristlar uchun ham bazan nozik va qiyin vaziyatlar paydo bolib qoladi. Masalan, qotillik qilishdek yoki nomusga tajovuz qilishdek qabih jinoyatlarni sodir qilganlar bilan boladigan tergov yoki sud jarayoni, savol-javoblar hamma vaqt ham oson kechmasligi mumkin. Ammo shunday paytlarda ham barcha muloqotlar insoniylik doirasida bolishi, hyech kimning shaxsiyatiga, nafsoniyatiga, shaniga tegmaydigan darajada bolishi lozim. Muloqotning salomlashish, daromad, muddao, tinglash, munosabat bildirish va xotima singari bosqichlari umuminsoniy qadriyatlar doirasida bolsagina huquqshunos ozi kozlagan maqsadga oson erishadi.
Shunday qilib, nutq madaniyatini puxta egallash, uni muomala jarayonida maqsadga muvofiq tarzda qollay olish nafaqat huquqshunosga katta masuliyat yuklaydi, ayni paytda, unga obro ham keltiradi. Bunga esa osonlik bilan erishib bolmaydi. Til ilmini yaxshi bilish va uni amaliyotda mahorat bilan qollay olishgina ana shu obroning zarur sharti bolib qoladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |