Imlo va talaffuz meyorlari. Hozirgi ozbek tilida 31 ta tovush - fonema mavjud bolib, ularni ifodalashga xizmat qiladigan rus grafikasiga asoslangan belgilar soni 35 ta. Shu belgilar orasida ikki tovushning yigindisidan iborat bolgan ye, yo, yu, ya grafemalari ham mavjud. Aslida 31 ta fonema 33 grafik belgi bilan, jumladan 6 ta unli, 4 grafema va 23 ta undoshni ifodalovchi belgilar bilan ifoda etiladi. Ularga va belgilari qoshilsa, grafik belgilar soni 35 taga yetadi.
Ana shu tovushlar tizimi va ularning harfiy ifodasiga ega bolgan ozbek tili bugungi kunga qadar 1956 yil 4 aprelda tasdiqlangan va kuchga kiritilgan «Ozbek orfografiyasining asosiy qoidalari»ga binoan ish korib kelmoqda. Binobarin ozbek tilining imloviy meyorlari hozirgacha ana shu qoidalarga muvofiq amal qilmoqda va bu jarayon Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisining «Ozbekiston Respublikasining «Davlat tili haqida»gi Qonunining yangi tahririni amalga kiritish tartibi togrisida»gi 1995 yil 21 dekabr qaroriga asosan 2005 yilgacha davom etadi.
Undan keyin esa toligicha Ozbekiston Respublikasining 1993 yil 2 sentyabrda qabul qilingan «Lotin yozuviga asoslangan ozbek alifbosini hayotga joriy qilish togrisida»gi hamda 1995 yil 6 maydagi «Lotin yozuviga asoslangan ozbek alifbosiga qoshimchalar kiritish togrisida»gi qonunlariga asosan ish koriladi.
Hozirda ham bu qonunlar amalda. Respublikamizda talimning barcha tizimlarida ushbu qonunlarni bajarish yuzasidan Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995 yil 24 avgustda «Ozbek tilining asosiy imlo qoidalarini tasdiqlash haqida» qabul qilgan qarori asosida oqitilmoqda.
Yangi ozbek alifbosiga 26 ta harf, 3 ta harflar birikmasi va tutuq belgisi kiritildi hamda bu bilan alifbo tizimi anchagina soddalashtirildi. Bu soddalashtirish ikki tovushni ifoda etuvchi ye, yo, yu, ya singari grafemalarni, ona tilimizga xos bolmagan tovush ifodasi - s harfini va - yumshatish belgisini olib tashlash hamda - ayirish belgisini ' - tutuq belgisiga almashtirish, shuningdek, ch, sh, ng tovushlarini ifodalovchi harflar birikmasini kiritish evaziga amalga oshirildi.
Ananaviy imlo meyorlarini saqlab qolgan holda lotin grafikasi asosidagi yangi ozbek alifbosi bilan ish koradigan imlo ham oz meyoriy qoidalariga ega va bu meyorlar yuqorida tilga olingan hujjatda oz ifodasini topgan. Undagi qoidalarga amal qilish tilimizdan foydalanuvchilar uchun bundan keyin majburiy sanaladi va shu tarzda bosqichma-bosqich amalga oshiriladigan tadbirlar natijasida ozbek tilining orfografik meyori yolga qoyiladi.
Endi bir necha ogiz soz orfoepik - talaffuz meyori va unga hayotda amal qilish togrisida. Kop yillik tajribalar, olib borilgan kuzatishlar shuni korsatmoqdaki, ozbek tili talaffuz meyorlariga rioya qilishni talablar darajasida deb bolmaydi.
A.Mamatov quyidagi mulohazalarni bayon qiladi: «Yoshlarning adabiy til normalariga amal qilgan holda sozlashishi, nafaqat ularning oqimishliligidan darak beradi, balki ayni vaqtda aqlli va madaniyatliligini ham korsatadi. Shuning uchun yoshlar hamma vaqt nutq madaniyati va nutq odobiga qatiy rioya qilgan holda sozlashga harakat qilishlari lozim. Talaffuz etilgan har bir tovush, soz, ibora, aniq va ravon jaranglashi kerak. Yoshlarning notiq bolishi shart emasdir (balki), lekin faqat fikrini, tushunchalarini togri, aniq iboralar bilan ifoda qilishlari zarur, chunki ona tilimizning sofligini saqlash har bir yosh avlodning sharafli burchidir»26.
Togri, mavjud vaziyatning oz obyektiv va subyektiv sabablari bor. Turgunlik deb ataladigan sovetlar davrida quyidan tortib yuqorigacha hujjatlar asosan rus tilida yuritilar edi. Respublika davlat arboblari bir yilda faqat bir martagina - u ham bolsa, qishloq xojaligi xodimlarining respublika qurultoyida ozbekcha nutq sozlash imkoniyatiga ega bolar edilar, xolos. Qolgan paytlarda kopchilik yigilishlar, agar unda birgina rus kishisi otirgan bolsa ham, rus tilida olib borilar edi. 70 foizdan ortiq aholi yashaydigan qishloq joylarda esa oz shevalari asosiy muomala vositasi bolib qolaverdi. Malum meyorga solingan adabiy til namunalarini esa faqatgina radio, televideniye orqali eshitdilar, kitoblardan oqidilar.
Tildan, oz ona tilimizdan foydalanish va rus tilidan foydalanishda ana shunday tafovutlar mavjud bolib, amaliyotda ozbek tili uning iskanjasida tobora qisilib borayotgan edi. Bu hol bir kishi, bir oila, bir shahar doirasidan chiqib, butun muhitga, til ekologiyasiga jiddiy tasir qila boshlagan edi.
Hayotda shiddat bilan urchib, tomir otib kelayotgan bu millat mustaqillik tufayligina chilparchin qilingan bolsa-da, uning asoratlarini hozir ham korib, sezib, bilib turibmiz.
Harqalay, endi faxrlanib aytish mumkinki, til iqlimi, unga bolgan munosabat butunlay ozgardi. Ona tilimizga davlat tili maqomining berilishi uning hayotiylik, yashash shart-sharoitlarini belgilab berdi. Rivojlanishi va istiqboli qonun yoli bilan kafolatlandi.
Malum boladiki, ogzaki nutqning tolaligicha adabiy holatga keltirilishini taminlash talaffuz jarayonini meyorlashtirish bilan bogliq. Ogzaki nutq ishlatiladigan qaysi soha va yonalish bolmasin, turli uslublardagi vazifasini belgilash bolmasin, barcha orinlarda ham til birliklarini bir meyorga keltirib qollash masalasi birinchi orinda turadi.
Xulosa shuki, orfoepik meyorlarga rioya qilmaslik nutqimiz madaniyatida jiddiy nuqsonlardan biri bolib qolmoqda. Tilshunoslarimiz zahmatlari tufayli ozbek tilidagi birliklarining deyarlik barchasidagi meyoriy korinishlar ommaga turli qollanmalar, lugatlar shaklida tavsiya etildi. Yangi imlo qoidalariga otishimiz munosabati bilan bu yumushlar davom ettirilmoqda. Nafaqat filolog olimlar, balki maorifimiz jonkuyarlari, oz ona tiliga chuqur hurmat bilan qaraydigan barcha ziyolilarimiz bu meyorlarning buzilishiga etiroz, tuzatish va tavsiyalar tarzida chiqishlar qilib turishibdi. Shunday bolishiga qaramasdan, talaffuz meyorlarini buzish, til madaniyatiga etiborsizlik hamon davom etmoqda. Yillar davomida majlislarni rus tilida olib borgan yoki maruzalarni rus tilida eshitgan kopchilik kishilar oz nutqlarida ruscha soz va iboralarni qollash, ayrim holatlarda rus tili gap qurilishi tartibida ozbekcha jumlalar tuzish iskanjasidan chiqib keta olmayaptilar. Bu kamchiliklar hatto radio, ayniqsa, televideniye eshittirishlarida ham seziladi.
Xalqimiz shevachilikdan batamom qutula olgan emas. Garchi kopchiligimiz adabiy til meyori talablari asosida savodli yozsak-da, talaffuzda etiborsizlik, loqaydlik, masuliyatsizlik davom etmoqda.
Hozirgi ozbek adabiy tilidagi til sathlari orasida leksik birliklar alohida orin tutadi va ularning oziga xos meyoriy xususiyatlari mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: |