Nutq madaniyati va adabiy til meyorlari
R ye j a:
1.Meyor tushunchasi.
2.Ozbek adabiy tili meyoriy korinishlari.
3.Nutq jarayonida meyorning buzilishi va ularni tuzatish yollari.
4.Ozbek tilining hozirgi meyoriy holati uning madaniylik mezoni ekanligi.
Tayanch soz va iboralar: meyor, meyoriy korinishlar, imlo, urgu, talaffuz, tinish belgilari, leksik, grammatik, uslubiy, soz turkumlarida meyor, sozlarning boglanish qonuniyatlari, boshqaruv, moslashuv, bitishuv, soz tartibi, nutqiy kamchiliklar ogzaki va yozma nutqdagi kamchiliklar, varvarizmlar, dialektizmlar, vulgarizmlar, jargonizmlar, orfografik va puntktuasion meyorlar buzilishi.
Meyor - jamiyat azolari tomonidan qabul qilingan, maqul-langan va ularga tushunarli bolgan til birliklarining nutq jarayonida qollanish holati va imkoniyatidir.
Til va nutq tizimida meyor oziga xos orniga ega. Til material sifatida nutq jarayonida xizmat qila boshlagan lahzalardanoq uni meyorlashtirish jamiyat ehtiyojiga aylangan va meyoriy muammolar kun tartibiga qoyilgan.
Jamiyat taraqqiyoti bilan baravar holda til va nutqdagi meyoriy holatlarni organish, tahlil qilishga ham ehtiyoj kuchayib borgan va bu muammolarni hal qilishda xalqning maishiy, manaviy-marifiy turmushi, ijtimoiy-falsafiy va estetik dunyoqarashi, urf-odatlari singari qator omillar etiborga olingan. Til hodisalarini, uning meyoriy jihatlarini tadqiq etishda yana tilning milliy xususiyatlarini hisobga olmaslik ham aslo mumkin bolmagan.
Demak meyor milliylik va tarixiylik mazmunini kasb etadi, necha yuz, ming yillar davomida shakllangan ananaviylikka ega boladi. Tildan foydalanishdagi ananaviy meyorlarning davrlar otishi bilan ozgarib, yangilanib turishi ham tarixiy jarayondir.
Anglashiladiki, til meyorini belgilash muammolarini hal qilish har bir milliy til madaniyatini rivojlantirishning uzviy qismiga aylanadi. Shuning uchun ham meyor masalalarining nutq madaniyati doirasida organilishi bejiz emas
Afsuski, tildagi meyoriy muammolarni, qiyinchiliklarni qisqa muddatlar ichida hal qilishning imkoni yoq. Agar buning aksini aytsak, tilimizning amalda bolish qonunlariga, bugungi real ijtimoiy hayotimizga zid fikr bolishi mumkin edi. Bir tarixiy holatni eslaylik. 1989 yilda «Ozbekiston Respublikasining davlat tili haqida» qabul qilingan Qonunini katta quvonch bilan kutib oldik va uni amalda tatbiq etishga ishtiyoq bilan kirishdik. Ammo uning hamma moddalarini birdaniga va tezlikda bajarishning imkoni bolmadi. Osha paytda qonuniy bolmasa-da, amaldagi ish yuritish tili rus tili ekanligi, bir qism ozbek millatiga mansub kishilarning sharoit taqozosi bilan rus tilida savod chiqarganligi, farzandlarini ham bogchalar va maktablarda ana shu tilda talim-tarbiya olishga jalb qilganligi ana shunday tabiiy tosiqlardan bolib turdi. Oqibatda malum muddat muomala jarayonida, rasmiy ish qogozlarini yuritishda, turli darajadagi anjumanlarni otkazishda rus tilidan foydalanishdagi mavjud ananalar oz kuchini saqlab turdi. Togrisini aytganda, oradan on tort yildan ortiq vaqt otsa ham bu nuqsonlardan tolaligicha qutila olgan emasmiz. Ozbek tilidan foydalanishdagi qiyinchiliklarning koplari bartaraf etilganligini, til amaliyotiga oid masalalarning bosqichma-bosqich hal bolib borayotganini ham kuzatamiz. Harqalay otgan vaqt mobaynidagi tildan foydalanish jarayoni bir narsani isbotladi - til meyoriy muammolarining ijobiy hal qilinishi vaqt degan hakamga ham bogliqligi malum boldi.
Til elementlarining malum bir meyorga keltirilishi, bir tomondan, til mutaxassislari tomonidan boshqarib borilsa, ikkinchi tomondan, tabiiy ravishda ham yuz beradi. Ammo, fikrimizcha, bir narsa malum - tilning amalda bolish holatlariga tazyiq otkazib bolmaydi. Lekin tegishli yol-yoriqlar, korsatmalar, tavsiyalar berilib borilishi zarur.
Ammo ozbek tili va nutqi madaniyati uchun olib borayotgan ishlarimiz talablar darajasida emas. Bu vazifalarni ijobiy hal qilish uchun adabiy til meyorini belgilashning amaliy jihati bilan jiddiy shugullanishimiz kerak. Xosh, meyorni belgilashning amaliy jihati nimadan iborat? Tadqiqotlar va kuzatishlar natijasida til elementlarida qanday mazmuniy va shakliy imkoniyatlar mavjudligi tahlil qilinadi, lingvistik imkoniyatlari ochib beriladi va ulardan nutq jarayonida foydalanish yollari tavsiya qilinadi. Malum manoda bu ham ularning meyorni belgilash va til birliklarining ishlatilishiga oid tavsiyalar berish degan gapdir.
Shu mazmunda til mutaxassislari, ziyolilar ozlarining togri maslahatlarini, tavsiyalarini berishlari, bu borada jonkuyarlik qilishlari mumkin. Buning ham ijobiy jihatlari kop, albatta. Ammo hal qiluvchi gapni bu tildan foydalanuvchilar aytadi. Buning ustiga, har bir til elementining meyor holiga kelgunicha malum vaqt otishi ham lozim bolib qoladi.
Imlo va talaffuz qoidalari asosida yozish va sozlashni xalqimiz orasida ommalashtirish, bu qoidalarni lugatlar shaklida mustahkamlash, har bir sohada, jumladan huquq sohasida ham tildan foydalanish meyorlarini belgilash bugunning dolzarb vazifalaridan bolib qolmoqda. Bular orasida xalqimizning nutq madaniyatini yanada yuksaltirish masalasi ham muhimligicha turibdi. Chunki milliy istiqlol goyasi yurtdoshlarimizni manaviy yangilanish va islohotlar jarayonining faol ishtirokchisiga aylantirish, yoshlarimizni esa erkin, yangicha fikrlashga orgatishni maqsad qilib qoyar ekan, bunga til madaniyatisiz erishib bolmaydi.
Til birliklarini meyorlashtirish, hamma uchun umumiy va tushunarli bolgan bir qolipga keltirish umuman tilshunoslikning vazifasi sanalsa ham, u nutq madaniyati sohasining xizmatlarini inkor etmaydi. Binobarin, meyor muammolari hamisha ushbu sohaning tadqiqot obyekti bolib qolaveradi. Nutq madaniyati tilda malum meyorda keltirilgan til birliklarining nutqda qollanish shart- sharoitlarini, qonuniyatlarini nazariy jihatdan asoslaydi hamda bu meyorga amal qilishni malum manoda nazorat ham qilib boradi. Nutqdagi yutuq va kamchiliklar tahlil qilinib, bu kamchiliklarni tugatishning eng maqul yollari korsatib turiladi. «Nutq madaniyati keng miqyosidagi til tarbiyasini va ommaviy stilistik savodlilikni, boshqacha aytganda, sozlovchi va yozuvchi omma orasida til haqidagi fanning hozirgi zamon yutuqlarini tatbiq etishni oz oldiga vazifa qilib qoyadi»21.
Til elementlarining meyorlashishidek uzluksiz jarayonda eskilik bilan yangilik ortasida kurash hamisha davom etadi. Tilda yashab turgan soz va iboralar ularning orniga kelayotgan yangilariga osonlikcha ornini boshatib bermaydi. Malum muddat ular teng darajada, parallel yashab turishi va vaqtlar otishi bilangina ornini boshatib berishi mumkin.
Xuddi mana shu eskilik bilan yangilik ortasidagi kurash va bu kurashda tildagi meyoriy korinishlarning tanlana borishi jarayonida adabiy til shakllanib boradi. Ozbek milliy adabiy tili garchi umumxalq tilidan osib chiqqan bolsa ham, unda mavjud bolgan dialektlar va shevalardan, jargonlardan, oddiy sozlashuv tilidan, umuman xalq tilidan bazi jihatlari bilan farq qiladi. Chunki umumxalq tili ozbek tilida uchraydigan barcha elementlarni oz ichiga oladi va ishlanmagan shaklda boladi. Adabiy til esa undan ozbek millati uchun tushunarli bolgan va foydalanishda qulay deb topilgan variantlarini tanlab oladi hamda ularni millat vakillari uchun meyor sifatida tavsiya etadi.
Garchi umumxalq tilining hamma korinishlarida, barcha til jamoalarida oziga xos tarzda amal qiladigan meyorlar mavjud bolsa ham kodifikasiyalashtirilgan, yani malum qoidalarga kiritilgan meyorlar faqat adabiy tilga xos xususiyatdir. «Faqat adabiy tildagina, - deydi V.A. Iskovich, - qanday gapirish va qanday gapirmaslik; meyoriy grammatikalarda, lugatlarda, malumotnomalarda qayd etilgan; maktablarda organiladigan qoida va korsatmalar amal qiladi»22. Shuning uchun ham adabiy tilning umumxalq tilidan farq qiluvchi tomoni unda yagona meyorning qatiy amal qilishi hisoblanadi.
Tilning haqiqiy ijodkori, yaratuvchisi xalq hisoblansa ham, uning taraqqiyotida olimlarimizning, shoir va yozuvchilarimizning, davlat va jamoat arboblarining, huquqshunoslarimizning, pedagoglar va matbuot xodimlarining, kino, teatr sanati ustalari va nashriyot xodimlarining hamda jurnalistlarning xizmatlarini qayd qilish lozim. Ayniqsa mustaqillik davrida tilshunos olimlarimiz, shoir-yozuvchilarimiz va jurnalistlarimizning xizmatlari katta boldi. Ularning samarali mehnatlari tufayli tilshunoslikning kopgina yonalishlari boyicha qatiy meyorlar belgilandi, ona tilimiz rivojiga oid yangi qoidalar va qarorlar inobatga olingan holda til birliklarining yozuv va muomala jarayonidagi namunaviy variantlari tavsiya etildi, til tizimidagi kopgina munozarali masalalar ozining nazariy asosiga qoyildi.
Til birliklarining adabiy shaklda meyorlashuvida badiiy adabiyotning orni ham alohida. Badiiy ijod jarayonida shoir va yozuvchilar oz fikr va hissiyotlarini boshqa ijodkorlardan farq qiladigan, favqulodda original ifodalarda berishga intiladilar. Bu yolda ular yangi soz va iboralar yaratadilar. Yaratilgan birliklar osha matnning ozida qolib ketaverishi, ommalashmasligi, adabiy tildan orin olmasligi, bir soz bilan aytganda, tilda meyorlashmasligi mumkin. Ularning meyorlashishini sharoit, vaqt va ommaning qabul qilishi kabi omillar belgilaydi.
Ammo bir narsa ravshanki, bu birliklar ozi qollangan matnda badiiyat uchun, obrazli tasvir va ifoda uchun xizmat qiladi. Shunday ekan ularni bir uslub doirasida meyoriy deb hisoblashga asosimiz boladi. Adabiy asarlardan namunalar keltiramiz: Shovillaydi tun boyi shamol. Qaldirgochlar uchun l a r z a k o r (A.Oripov. Shovilladi tun.), Lekin faqirga eng ulug tuyulgan fazilatlari - Hazrat Mirning i s t ye d o d sh u n o s l i k l a r i - yu, z a k o v a t p a r v a r l i k l a r i edi (P.Qodirov. Yulduzli tunlar), Ammo samo ogli ya sh i n v o r, Tashlanmasdan ohuga yovqur, Changalidan ketgandi mador, Kozlarida songan edi nur (O. Matjon. Aks-sado) kabi.
Tildagi birliklar va hodisalarning reallashuvi, mustahkamlanuvi hamda meyorlashuvida yozuvning xizmati katta ekanligi shubhasiz. Ozbek davlatchiligining shakllanishi hamda xalqimizning dunyo fani va madaniyatida, binobarin, til va nutq madaniyatida tutgan orni, egallagan mavqyei haqida soz yuritganda bu xalqning necha ming yillar davomida foydalanib kelgan oromiy, yunon, karoshta, sugd, xorazm, kushon, eftalit, pahlaviy, suriya, hind, urxun (runik), uygur, arab, lotin, rus (kirillisa) yozuvlarini va yana lotin yozuvi asosidagi ozbek alifbosiga otayotganligimizni eslash kifoya. Shunday ekan, ozbek adabiy tilining shakllanishi, ozbek xalqi asrlar davomida foydalanib kelgan yozuv madaniyatining takomili hamdir.
Til tadqiqotchilarining tasdiqlashicha, davlatchilik darajasida, yani rasmiy muomalada tildan foydalanish uning meyorlashuvini, binobarin, adabiy tilning shakllanuvini tezlashtirgan. Bundan shunday xulosa kelib chiqadiki, qayerda davlatchilik taraqqiy etgan, mustahkamlangan va bu davlatning boshqa davlatlar bilan munosabatlari yaxshi yolga qoyilgan va rivojlangan bolsa, shu yerda tilning meyorlashuvi va madaniylashuvi ham tezroq amalga oshgan.
Darhaqiqat, davlat olib borgan ijtimoiy siyosatning til rivoji va meyorlashuviga tasiri sezilarli bolishi mumkin. Buni sobiq Ittifoq hududida yashovchi xalqlar tillariga bolgan munosabatdan ham anglasak boladi. «Rus tili ikkinchi ona tilimiz» degan suniy shior bir asrga yaqin vaqt mobaynida asta-sekinlik bilan tilimizga rus yoki u orqali boshqa tillardan soz qabul qilish va ularning meyorlashib borishini taminladi. Biz hyech ikkilanmasdan, xuddi shunday bolishi kerakdek, absolyut, avangard, avantyura, avariya, avtobiografiya, avtonom, avtor, agitator, agressiv, agressor, aktiv, aktual, alfavit, alyans, amnistiya, anonim, arbitr, aristokrat, aristokratiya, arsenal, arxaik, ataka, attestat, auditoriya, aforizm singari sozlarni qollayverdik va shunday qollashga konikdik. Ularning tilimizda muqobillari yoqmikan deb oylab kormadik. Togrisi, bunga imkon ham, umumiy oqimdan chetga chiqishning iloji ham yoq edi. Loqaydligimiz esa bunga komaklashdi.
Rus tilining tazyiqi kuchayib borgan sari, asta-sekinlik bilan, ozimiz sezmagan holda oz sozlarimiz va ifoda usullarimizdan voz kecha boshladik. Onta sigir, onta qoy deyish mumkin bolgani holda on bosh qoy, on bosh sigir, on bosh qoramol deb ishlata boshladik. Bu ruscha matnlardagi «desyat golov oves», «desyat golov korova» degan birikmalarning aynan tarjimasi edi. Shu darajaga borib yetdikki, tilimizdagi oddiy sovliq, qora mol, uloq sozlarini unuta boshladik. Ularni rus tilidan kalkalab, ona qoy (ovsematok), ona tovuq, ona chochqa, ona quyon, ona biya, yirik shoxli qoramol (krupnыy rogatыy skot), mayda shoxli mol (melkiy rogatыy skot) tarzida ishlatishdan tortinmadik. Achinarlisi shu bo’ldiki, oddiy o’zbek chorvadorlarimizning, cho’ponu molboqarlarimizning o’zlari ham gazeta yoki radiodan muxbir kelib suhbatlashganda shunday deb gapiradigan boldilar.
Ozbek tiliga chetdan kirib kelgan birliklarning meyorlashish sabablarini shu tarzda anglaydigan bolsak, uning lugat tarkibidagi grekcha- yunoncha, mogulcha, ayniqsa, arabcha sozlarining paydo bolish omillarini ham togri tushunamiz. Xayriyatki, mustaqilligimizni qolga kiritib, biz bu kamchiliklardan qutuldik. Hyech bolmaganda, asta-sekinlik bilan qutulib borayapmiz. Buni yuqorida tanqid qilganimiz chorvachilik sohasida atamalar ishlatishdagi ozgarishlarda ham kuzatamiz. Masalan, Samarqand qishloq xojalik institutining 70 yilligiga bagishlab nashr etilgan «Qishloq xojalik korxonalari rahbarlari va fermerlar uchun amaliy qollanma va tavsiyalar» (Samarqand, 1999) kitobining «Chorvachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish texnologiyasi» bolimida yuqorida keltirilgan atamalar ornida qoramol, sigir, buzoq, tana, gunajin, buqa, qoy, qochqor, sovliq, qozi, echki, uloq sozlari qollanganini kuzatamiz23.
Har qanday til meyorlarini katta ikkita guruhga umumiy va xususiy meyorlarga bolib organish maqsadga muvofiq boladi:
Meyorga nisbatan qollaniladigan umumiylik va xususiylik til meyorlarining faoliyat doirasi, qamrovi va ularning biri ikkinchisiga nisbatan olinganda anglashiladigan tushunchalardir. Shu manoda ozbek umumxalq tilidagi barcha meyorlar yigindisini umumiy meyor, adabiy, lahjaviy, turli ijtimoiy qatlamlar tiliga oid meyorlarni xususiy meyorlar sifatida qabul qilish mumkin.
Shunday qilib, bir tomondan, ozbek tiliga tegishli bolgan barcha meyorlar yigindisini umumiy meyor deb tushunamiz. Ikkinchi tomondan esa, qollanish doirasi chegaralanmagan hamda tilning hamma istemolchilari va tildagi barcha vazifaviy uslublar uchun baravar bolgan birliklar majmuini anglaymiz. «Umumiy norma tushunchasi ozbek milliy tilining barcha ijtimoiy vazifaviy korinishlari, nutq tiplari va uslublari uchun mushtarak bolgan vositalari tizimi manosini ham anglatadi»24.
«Ozbek tili leksikologiyasi» kitobida bu kabi keng istemoldagi sozlarning barcha soz turkumlarida uchrashi qayd qilib otilgan. Masalan otlarda daryo, suv, osmon, yer, tosh, tog, bog, daraxt, uy, devor, kocha, vodiy, sahro, qum kabi; sifatlarda oq, qizil, sariq, qora, katta, kichik, keng, tor, uzun, qisqa, chiroyli, aqlli, dono, barno kabi; sonlarda bir, ikki, uch, tort, besh, olti, yetti, sakkiz, toqqiz, on, yigirma, ottiz, qirq, oltmish, yetmish, sakson, toqson, yuz, ming, million kabi; olmoshlarda u, bu, shu, ana, mana, siz, biz kabi; fellarda bor, kel, ket, yur, tur, otir, uxla, yot, ayt, qoy, ot kabi; ravishlarda tez, sekin, oz, kam, kop kabi; boglovchilarda va, ham, ammo, lekin, biroq, goh, yoki, yoinki kabi; yuklamalarda -u, -ku, -da, -yu kabi; undovlarda oh, voh, voy, dod, uh, ura kabi25.
Keltirilgan sozlar adabiy tilda ham, tilning noadabiy shakli umumxalq tili doirasida qaraladigan lahja va sozlashuv nutqida ham qollanilaveradi. Bu esa ana shu til vositalarini bir tilning umumiy meyorlari qurshovida qarashga asos boladi.
Xususiy meyor malum til umumiy meyorlarining yashash shaklidir. Shunday ekan, yuqorida sanab otilgan ozbek adabiy tili, lahja va shevalari hamda ijtimoiy tarmoqlarining meyori xususiy meyor sanaladi. Xususiy meyorlarni yanada aniqroq tasavvur qiladigan bolsak, har bir shaxsning tildan foydalanish meyorini ham, ozbek tilida mavjud bolgan beshta rasmiy, ilmiy, ommabop, badiiy, sozlashuv uslublari doirasida amal qiladigan meyorlarni ham xususiy meyorlar deb tushunishimizga togri keladi.
Adabiy til esa umumxalq tilining yashash shakllaridan biri bolib, uning boshqa korinishlaridan mukammalligi bilan bir qadar farq qiladi. Uning qamrov doirasi umumxalq tilining boshqa shakllariga nisbatan keng. U butun bir millatga oliy darajada xizmat qilishga moljallangan. Shuning uchun chegara bilmasdan, xalq orasiga chuqur kirib boradi va keng tarqaladi.
Millat manfaatiga va madaniyatining yuksalishiga xizmat qiladigan adabiy tilning oziga xos xususiyati, uning umumxalq tilidan farq qiluvchi jihati kop bolib, ular orasida meyoriylik markaziy orinda turadi. Ozbek adabiy tilining ozbek xalqi uchun umummajburiyligi, kopvazifaliligi va uslubiy tarmoqlanganligi kabi xususiyatlarning birontasi meyoriyliksiz amalga oshmaydi.
Adabiy tilning meyoriyligi umumxalq tilining boshqa xususiy meyorlaridan tubdan farq qiladi. Uni tavsiflaydigan va farqlaydigan muhim belgilar sifatida quyidagilarni korsatish mumkin: kodifikasiyalanganlik ongli aralashuv yoli bilan tanlanganlik va ongli boshqarish, ongli ozlashganlik va anglanganlik, egallanganlik va tushunilganlik, qatiy qoidaga va tartibga solinganlik, yozuvda mustahkamlanganlik, xalqchillik va umumqollanuvchanlik, umummajburiylik va namunaviylik, turgunlik va barqarorlik, ayni paytda, ularning nisbiylik, ananaviylik va izchillik, zamonaviylik va tipiklik, dinamiklik va tarixan osuvchanlik, variantlilik va uslubiy tarmoqlanganlik, reallik va obyektivlik kabilar.
Meyorlar haqida gap ketganda kopincha «ongli tanlash» tushunchasi esga olinadi. Haqiqatan ham til meyorlari faqat ongli tanlash mahsulimi? Tildagi elementlarning meyorlashuvida tanlashning ahamiyati katta, albatta. Jamiyat azolari orasida bu jarayon xuddi tabiiy tanlanish singari amalga oshiriladi, lekin u ong yordamida boshqariladi. Kishilar nutq jarayonida ozlari uchun tushunarli, muddaosini, fikr-mulohazalarini maqul tarzda ifodalay oladigan, hatto talaffuzda ham qulay bolgan variantlarni tanlab ishlata boshlaydilar va bu variant asta-sekinlik bilan meyoriy korinish sifatida etirof etiladi.
Aytilganlardan bir narsa anglashilayaptiki, tanlanish uchun variantlar bolishi lozim. Ammo variantlarning paydo bolishi til taraqqiyotida malum vaqtning otishini taqozo qiladi. Demak ungacha, haqiqiy manoda meyorlashgunga qadar til birliklari nutqda yana qandaydir bosqichlarni bosib otadi va tanlanish jarayoni tilning meyorlashuvida keyingi bosqichlardan biri sanaladi.
Nutq jarayonidagi odat va konikmalarni ana shunday bosqichlar deb tushunsak togri boladi. Chunki malum predmet yoki tushunchaning ifodasi, atamasi bolgan birlik tilda paydo bolar ekan, undan foydalanishga til vakillari dastlab organishi, odatlanishi lozim. Bu birliklarni qanday talaffuz qilishdan tortib, u anglatgan manoni fahmlash, anglab yetishgacha bolgan jarayon yuz berishi kerak. Shunday ekan, kishi ongi va amaliyotida til birligi meyorlashishining birinchi bosqichi odatlanish bolib hisoblanadi. Bu elementlar tinimsiz, takror-takror ishlatilaverishi oqibatida jamoa orasida konikma hosil boladi. Konikmalar esa meyorlashishni bir qadar mustahkamlaydi, deb bemalol aytish mumkin. Ana shuning uchun ham tanlash imkoniyati tilning amalda bolishining keyingi davrlariga til ham shaklan, ham mazmunan boyigan, adabiylik darajasiga kotarilgan paytlarga togri keladi.
Ungacha esa til, olimlar tabiri bilan aytganda, «sodda til», «xom til», «ishlanmagan til» korinishlarida boladi. Tilning sheva va lahjaviy shakllarini ana shu korinishlar sifatida baholashimiz mumkin. Shunday qilib, ozbek adabiy tili meyorining quyidagi korinishlari mavjudligini takidlaymiz:
Umumiy tarzda: yozma adabiy til meyori va ogzaki adabiy til meyori. Aniq tarzda: imlo, talaffuz, leksik-frazeologik, grammatik va uslubiy meyorlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |