Mavzu: Buxoro xonligi Ashtarxoniylar davrida.
Reja
1) Buxoro xonligida Ashtarxoniylar xukmronligining o‘rnatilishi.
2) Ashtarxoniylarning davlatni markazlashtirish yo‘lidagi siyosati.
3) Ashtarxoniylar davlatining inqirozga yuz tutishi.
Foydalanilgan manba va adabiyotlar:
1. Abulg‘ozi. Shajarai turk. – Toshkent, 1990.
2. Axmedov B. O’zbek ulusi. -Toshkent: Nur, 1992.
3. Istoriya Uzbekistana / Otv. red. Mukminova R.G. – Tashkent: Fan, 1993.
4. Ahmedov B. Tarixdan saboqlar. – Toshkent: O‘qituvchi, 1994.
5. Sagdullaev A. va boshqalar. O‘zbekiston tarixi: davlat va jamiyat taraqqiyoti. – T.: Akademiya, 2000.
6. Azamat Ziyo. O‘zbek davlatchiligi tarixi. – T.: 2000.
7. Istoriya Uzbekistana (XVI – pervaya polovina XIX v.). – Tashkent: Fan, 2012.
8. Eshov B. O‘zbekistonda davlat va mahalliy boshqaruv tarixi. – Toshkent, 2012.
Ashtarxoniylar davriga oid yozma manbalar ichida Maxmud ibn Vali (1595-1640) ning «Baxr ul-asror», Mir Muhammad amin Buxoriyning «Ubaydullanoma», Muhammad Yusuf Munshining «Tarixiy Muqimxoniy», Xo‘ja Samandar Termiziyning «Dastur al-Mulk», Abulg‘ozi Bahodurxonning «SHajarai Turk», Muhammad Amin Buxoriyning «Muhit ut-tavorix», Muhammad Vafo Karmanagiyning «Tuhfat ul-xoniy», Abdurahmon Tole’ning «Tarixi Abulfayzxon» asarlari muhim ahamiyatga ega sanaladi.
Shayboniy xonlaridan Abdulmo‘min o‘limidan keyin mamlakatda siyosiy tarqoqlik va ichki kurash kuchayadi. Eron shohi Abbos I Abdullaxon II davrida shayboniylar ixtiyoriga o‘tgan Xuroson erlaridan Mashhad, Sabzovor va Hirot shaharlarini egalladi va Xurosonni o‘z davlatiga bo‘ysundirdi. Qozoq sultoni Tavakkal Toshkent tomondan bostirib kelib Samarqandni zabt etdi. Lekin Buxoro ostonalarida mag‘lubiyatga uchrab, olingan yaralardan olamdan o‘tdi. U o‘lmaganda edi, Buxoro xonligini qo‘lga kiritish harakatlarini to‘xtatmas edi. Bu davr Buxoro xonligi uchun ayanchli hisoblanib, Muhammad YUsuf Munshi bu haqda “Butun xonlik xududida tartibsizliklar va yakkahukmronlik avj olib, hech kim bir-biriga buysunishni xohlamadi”.
Hokimiyat qo‘ldan boy berilishini his qilgan shayboniylar davlati amirlari taxtga Astraxanlik Yormuxammadxonning o‘g‘li Joni Muxammad yoki Jonibek Sultonni o‘tqazishga qaror qiladi. Bu davrda katta er-mulk egalari bo‘lgan o‘zbek qabilalarining bek, amir va biylari Shayboniylar davrida qudratli kuchga aylangan edi. Abdullaxon II o‘limidan keyin yanada kuchaygan amirlar o‘z mustaqilliklarini bundan xam mustahkamlash uchun ularning ta’sir doirasiga dahl qila olmaydigan xonni taxtga o‘tqazishdan manfaatdor edilar.
Astraxan Ivan Grozniy tomonidan egallangach, Yormuhammad o’z oilasi bilan Movarounnahrga Shayboniylar huzuriga keladi. Uning’ o’g’li Jonibek Sulton Abdullaxon II ning singlisiga uylanadi. Astraxan so‘zi ham asli turkcha Xoji Tarxon so‘zidan kelib chiqib, sulola nomi ham shu asosda berilgan, shuningdek, sulolaga Jonibek nomidan Joniylar deb ham atalgan. Shayboniylardan so’ng, hukmron tabaqa Jonibek Sultonga taxtni egallashni aytganida, u taxtga faqat shayboniylar sulolasi munosib deya, katta o‘g‘li Dinmuxammad foydasiga taxtdan voz kechadi. Dinmuxammad bu paytda eronliklar qamal qilgan Obivard shahrida edi. Buxoroga chaqirilgan Dinmuxammad yo‘lda vafot etadi. Siyosiy kuchlar, xususan Jo‘ybor shayxlaridan bo‘lgan Abdixojining qo‘llab-quvvatlashi bilan xonlik taxtiga Jonibekning ikkinchi o‘g‘li Boqimuxammad (1601-1605) o‘tqaziladi. Uning ukasi Valimuxammadni valiahd deb e’lon qilinadi va taomilga ko‘ra u Balx xokimi qilib jo‘natiladi. SHunday qilib, Buxoro xonligi taxti 1601 yilda Ashtarxoniylar (Joniylar) qo‘liga o‘tadi.
Boqimuxammad, Muxammad YUsuf Munshiy ma’lumotlariga ko‘ra, davlat apparatini isloh qilish, qo‘shinni mustahkamlash ishlarini boshlab yubordi. Lekin bu islohotlar xali o‘z natijasini bermasdan turib, u 1605 yilda olamdan o‘tadi. Uning o‘rniga taxtga ukasi Vali Muxammad (1605-1611) o‘tiradi. U mamlakatni mustaqil boshqara olmadi va o‘zbek qabilalari bek va amirlari qo‘lidagi qo‘g‘irchoqqa aylanadi. Bu davrda amir, beklar shu qadar kuchaydilarki, hatto mustaqil siyosat yurgiza boshlaganlar. Vaziyatni o‘zgartirish uchun Vali Muxammad boshlagan harakat amirlarning fitna tashkil qilishiga olib keladi.
1611 yilda Vali Muxammad taxtdan ag‘darilib o‘rniga Boqimuxammadning o‘g‘li Imomqulixon o‘tiradi (1611-1642). Balxni bo‘lajak valiahd sifatida Nodir Muhammad Sulton boshqaradi. Imomqulixon o‘z hukmronligi davrida o‘zbek qabilalari, beklarining mustaqilligini birmuncha cheklandi. U eronliklarga qarshi birgalikda kurashish uchun qozoq sultonlari bilan ittifoq ham tuzgan edi. Qozoqlarni o‘z tarafiga olish uchun Imomqulixon xatto ularga masalan, Ishim-sultonga Toshkent, YAssi va ular atrofidagi qo‘rg‘onlarni in’om etgan edi. Lekin qozoqlar inom etilgan xududlar bilan chegaralanmasdan Buxoro xonligi atroflariga tahdid qila boshladilar. SHunda Imomqulixon ularning o‘zlariga qarshi shimoliy xududlarga qo‘shin tortib borishga majbur bo‘ldi. Talas vohasida bo‘lib o‘tgan xal qiluvchi jangda Buxoro qo‘shinlari g‘alaba qozonadilar. Bu jangda qozoqlar tomonida turib qalmiq qo‘shinlari xam ishtirok etgan edilar. Qalmiqlar dastlab ular qozoqlar bilan birgalikda harakat qilgan bo‘lsalarda, keyinchalik ular o‘rtasida ziddiyatlar kuchayadi va qalmiqlar qozoqlarni hozirgi Qozog‘istonning shimoliy va sharqiy xududlaridan siqib chiqara boshlaydilar. Natijada qozoqlar Movaraunnahr xududlaridan boshpana izlashga majbur bo‘lgan edilar.
SHimoliy chegaralarni mustahkamlash maqsadida Imomqulixon Toshkent va unga tutash viloyat ustidan yana o‘z nazoratini tiklash maqsadida o‘g‘li Iskandar Sultonni Toshkent xokimi qilib jo‘natadi.. Juda xam yosh va tajribasiz bo‘lgan Iskandar Sulton otaliq yordamida viloyatni boshqarishda qo‘pol xatolarga yo‘l qo‘yadi. Uning davrida soliqlar miqdori oshdi va amaldorlarning adolatsizligi kuchayadi. G‘azablangan halq qo‘zg‘olon ko‘taradi. Iskandar sulton va uning otalig‘i o‘ldiriladi. Bundan xabar topgan Imomqulixon o‘z qo‘shini bilan Toshkentni qamal qiladi va toshkentliklarni “otining bo‘g‘izigacha qonga botirishi” xaqida ont ichadi.
Bir oy davomida qattiq qarshilikka qaramay Imomqulixon qo‘shini Balx va Badaxshondan kelgan ko‘ngilli askarlar yordamida Toshkentni ishg‘ol qiladi. SHunchalik ko‘p qon to‘kiladiki, xatto Imomqulixon saroyi ayonlari xam dahshatga tushadi va xunrezlikni to‘xtatishni so‘raydi. Ulamolar qasam ijrosiga erishilganligini qayd etish maqsadida hovuzga o‘ldirilganlar qonini to‘kishni, so‘ng suv bilan to‘ldirilgan xovuzga Imomqulixon o‘z oti bilan tushishi lozimligi xaqida taklif kiritadilar. SHundan keyingina xunrezlik to‘xtatiladi. Mamlakatdagi separatistik xarakatlarni Imomqulixon shavqatsizlik bilan bostirar edi. Lekin uning bu yo‘nalishdagi faoliyati hamma vaqt xam muvaffaqiyat keltirmagan. Masalan, Samarqand xokimi YAlangtushbiy bir necha o‘n yil davomida Imomqulixon xukmronligini nomiga tan olib, amalda xududni mustaqil idora qilgan amir edi. Uning ixtiyorida katta mablag‘ bo‘lib, u o‘z qo‘shiniga ega edi. Xattoki, u qo‘shni viloyatlarga xarbiy yurishlar qilib, ular bilan turli shartnomalar ham tuzgan edi. Mahmud ibn Vali ma’lumotiga ko‘ra, uning boyligi xonlikdagi davlat g‘aznasi bilan barobar miqdorda bo‘lgan. Uning buyrug‘i bilan Samarqandda SHerdor (1619-1636) va Tillakori (1646-1660) madrasalari qurilgan.
Yana bir mustaqil yirik siyosiy arbob Badaxshon xokimi Maxmudbiy Qatag‘on edi. U ham mamlakatdagi jarayonlarga faol qatnashib turar edi. U ayniqsa, Abdulazizxon va Subxonqulixonlarga Xiva xoni Anushaxonga qarshi kurashda yordam berdi. Munshi ma’lumotiga ko‘ra, Subxonqulixon Anushaxonni Samarqanddan xaydab chiqarganligi uchun Maxmudbiyga katta miqdorda naqd pul, qimmatbaho toshlar bilan bezatilgan belbog‘, qimmabaho xanjar, chopqir ot va tuyalar bergan.
Shunday bo‘lsada qattiqqo‘llik bilan mamlakatni boshqargan Imomqulixon amir va beklarning to‘la mustaqillikka yo‘l qo‘ymaslikka muvaffaq bo‘ldi va mamlakat birligini saqlab qoldi. Uning davrida sug‘orish kanallari ta’mirlanib xonlik ayrim tumanlari suv bilan ta’minlandi. U o‘z davri uchun savodli shaxs hisoblangan, uning saroyida masalan, Abullaxonning tarixchisi Hofiz Tanish Buxoriy, bir muncha vaqt bo‘lajak xukmdor va tarixchi Abulg‘ozixon bo‘lgan. Uning davrida madaniy hayot bir muncha jonlandi. Masalan, 1621 yilda Samarqandda “Zafarnoma” asarining miniatyura rasmlar asosida yangi nusxasi yaratildi. O‘z umrining oxirida 1642 yilda u Makkaga hajga jo‘naydi. Imomqulixon sunniy mazhabiga mansub bo‘lsada, shialar eronida unga juda katta ehtirom ko‘rsatadilar. Eronda uning portreti yaratiladi va bu portret hozir Toshkentdagi SHarq halqlari san’ati davlat muzeyida saqlanmoqda. Imomqulixon 1643-1644 yilda Madinada olamdan o‘tadi.
Imomqulixon o‘rniga taxtga uning ukasi Nodirmuxammadxon o‘tiradi (1642-1645). Uning davrida vaziyat keskin o‘zgaradi. U o‘zbek amir va beklari bilan til topisha olmaydi. Saroy amaldorlari, qabila boshliqlarining tazyiqi ostiga olinishi norozilikni kuchaytiradi. Shimoldan ko‘chmanchi qabilalarning xujumga o‘tishi ahvolni yanada og‘irlashtirdi. Ko‘chmanchilarga qarshi Nodirmuxammadxon o‘g‘li Abdulaziz rahbarligidagi qo‘shinni yuboradi. Abdulaziz o‘zbek amirlari tomonidan otasiga qarshi tashkil qilingan fitnaga qo‘shiladi va taxtni egallaydi. Nodirmuhammadxon Balxga qochadi va Boburiy SHohjaxondan yordam so‘raydi. Hindistondan yuborilgan qo‘shin yordam o‘rniga Balx va uning atrofidagi xududlarni talaydi. Xalq noroziligi va Abdulazizning qo‘shin yuborishi xind qo‘shinini orqaga qaytib ketishga majbur qiladi.. Akasiga o‘xshab Makkaga haj safariga jo‘nagan Nodirmuxammadxon yo‘lda olamdan o‘tadi.
Abdulazizxon(1645-1681) davrida o‘zbek zodogonlarining iqtisodiy va siyosiy mustaqilligi oshadi va markaziy davlat apparati zaiflashadi. Abdulaziz mamlakatni 1645 yildan 1681 yilgacha boshqaradi.. Markaziy xokimiyatning kuchsizlanganligidan tashqi dushmanlar foydalanadilar va Movaraunnahrga o‘z tazyiqlarini kuchaytiradilar. Ayniqsa Xorazmliklar va qozoq biylari o‘z hujumlarini avj oldiradilar. Dushman xujumlarini qaytara olmagan Abdulaziz iste’foga chiqishga majbur bo‘ladi.
Taxtni o‘sha 1681 yilda uning ukasi Subxonqulixon (1681-1702) egallaydi. Lekin Xivaliklarning xujumi to‘xtamaydi. Xiva xoni Anusha to xatto Samarqand amirlari tomonidan o‘z xokimiyatini tan olinishiga va juma namozida o‘z nomiga xutba o‘qilishiga erishadi. SHunday bo‘lsada biroz fursat o‘tgach Subxonqulixon qatag‘on qabilasi qo‘shini yordamida Xivaliklarni mamlakatdan quvib chiqarishga muvaffaq bo‘ladi. U hatto Xiva xoniga qarshi fitna uyushtirib, Anushani taxtdan ag‘darilishga va uning ko‘zi o‘yib olinishiga erishadi. Uning o‘g‘li Irnaqxon ham buysundirilib, Subxonqulixon nomiga xutba o‘qitilishiga erishildi. Natijada, Xiva xonligi qisqa muddatda bo‘lsada, Buxoro xonligi tarkibiga kiritiladi. Lekin shunday bo‘lsada, Subxonqulixon mamlakatda markaziy xokimiyatni mustaxkamlashga erisha olmadi. Xivaliklarni Buxorodan xaydashga yordam bergan qatag‘onlar biyi Mahmudbiyning nufuzi Subxonqulixon davrida g‘oyatda oshib ketadi. Subxonqulixon uni odatda taxt vorislari tayinlanadigan Balx xokimi lavozimiga tayinlashga majbur bo‘ladi. Tinimsiz janglar xazinaning bo‘shashga olib keladi. Vaziyatdan chiqish uchun Subxonqulixon qo‘shimcha soliqlar tayinlaydi. Bu esa o‘z navbatida xalq noroziligini kuchaytirib, vaziyatni og‘irlashtiradi. Murakkab vaziyatlarga qaramay, Subxonqulixon davrida Balxda katta qurilishlar amalga oshirildi. Masalan, uning farmoniga ko‘ra, Dar ash-shifo nomli shifoxona qurilishi boshlangan.
Mamlakatdagi aholi tabaqalaridan, ayniqsa dehqonlar, xunarmandlar, savdogarlar markaziy xokimiyatning mustahkamlanishidan juda ham manfaatdor edilar. Ular faqat kuchli markaziy xokimiyatgina ularni tashqi dushman xujumidan va amaldorlar tazyiqidan himoya qila olishini yaxshi tushunar edi. Bu davrda boshqaruv tizimi shu darajada ediki, Buxoroda o‘tirgan hukmdor faqatgina mamlakatni bir qancha qisminigina boshqarib, qolgan qismi esa hokimlar tomonidan boshqarilgan. Ular, o‘z navbatida davlat boshqaruvini ham o‘z qo‘llariga olishga intilishadi.
Subxonqulixonning o‘g‘li Ubaydullaxon (1702-1711y) mamlakat birligini ta’minlashga qaratilgan qator tadbirlarni amalga oshirdi. U Samarqand, Xisor, Termiz va Balxga xarbiy yurishlar qilib ularni saltanatga bo‘ysindirdi. Jang vaqtida payxon qilingan hosil uchun dehqonlarga xaq to‘lanishi oddiy aholi o‘rtasida uning obro‘sini ko‘tardi. Bu orada Dashti Qipchoqdan jung‘or (qalmiq) qabilalarining Toshkentga bostirib kelganligi haqida xabar olinadi. Ubaydullaxonning faollik bilan qilgan harakatlari qalmiqlarning chekinishiga olib keladi. Ubaydullaxonning mamlakat birligini ta’minlash uchun qilgan harakatlari oxir oqibatda baribir samara bermadi. Fitna ketidan fitna tashkil qilinaverdi. Viloyatlarning bo‘ysunmasligi odatiy xolga aylandi. Boshqaruv apparatida o‘ziga sadoqatli qatlam yuzaga keltirish maqsadida Ubaydullaxon dehqon va xunarmandlarning bolalarini davlatni boshqarishga jalb qildi. Ulardan To‘raquli to xatto qushbegi lavozimigacha ko‘tarildi. Mir Muhammad Amin ma’lumotiga ko‘ra, “nasl-nasabsiz kishilar, qullar yuqori davlat lavozimlariga tayinladi”. Bunday siyosat aslzodalarning noroziligini kuchaytirmasdan qolmas edi albatta. Bu xarakatga Mahmudbiy (qatag‘on qabilasining boshlig‘i) rahbarlik qildi.. Ubaydullaxon ukalari Asadulla sulton va jiyani Muxammad Muqimlar ham taxt uchun kurash boshladilar. Ubaydullaxon unga qarshi tashkil qilingan fitna qurboni bo‘ldi. Uning o‘limidan keyin xazinasi va mol-mulki fitnachilar tomonidan talon-taroj qilindi. Ubaydullaxon Ashtarxoniylar sulolasining mamlakatda markaziy xokimiyatni mustahkamlashga intilgan oxirgi xukmdori edi. Uning amalga oshirgan pul islohoti xam xuddi shu maqsadga yo‘naltirilgan edi. Ubaydullaxon davrida qiymati baland kumush tangalar zarb qilina boshlandi. Lekin keyinchalik u xatoga yo‘l qo‘ydi. 1708 yilda Ubaydullaxon xazinasidagi har bir kumush tangadan 4 ta tanga zarb qildirdi va xar bir yangi tanganing narxini eski to‘la qonli tanga bilan tenglashtirdi. Bundan ko‘zlangan maqsad, xazinani mablag‘ bilan to‘ldirish edi. Lekin bu tadbir xalq qo‘zg‘aloniga olib keldi va islohot to‘xtatildi. Ubaydullaxon o‘limidan keyin Buxoro xonligida Samarqand, Xisor, Toshkent, Balx, Badaxshon viloyatlari xokimlarining xarbiy - siyosiy qudrati oshganligi kuzatiladi. Kuchsizlangan Buxoro xonligi xududlariga qo‘shni davlatlar xam ko‘z olaytira boshlaydilar.
Taxtga Subxonqulixonning 16 yashar o‘g‘li Abulfayz (1711-1747) ning o‘tkazilishi ahvolni juda og‘irlashtirdi. Akasisidan farqli ravishda unda davlatni boshqarishda xech qanday layoqat yo‘q edi. Shuning uchun u qudratli amirlar, qo‘lidagi qo‘g‘irchoqqa aylandi. To‘g‘ri u dastlabki vaqtlar o‘zining akasi Udaydullaxonning siyosatini davom ettirishga xarakat qilib ko‘rdi. Lekin uning bu urinishlariga tez orada amirlar chek qo‘ydilar. Xon farmonlari Saroy ostonasidan narida xech qanday kuchga ega emas edi. Ana shunday sharoitda mang‘it urug‘idan bo‘lgan Muxammad Xakimbiyning nufuzi tobora ortib boradi. Barcha amirlar xam bunday xolatdan qanoatlangan emas edilar. SHahrisabz beki Ibrohimbiy kenagas Urganch xoni Sherg‘ozining amakibachchasi Rajab Sultonga o‘z qizini berib uni Samarqand taxtiga o‘tqazdi va Samarqandni mustaqil xonlik deb elon qiladi. Rajab Sulton qarorgohida otaliq vazifasini egallagan Ibroximbiy Muxammad Xakimbiyga muxolifatda bo‘lgan o‘zbek amirlari bilan birga katta qo‘shin tuzadi va Buxoroga yurish qiladi. Rajab sulton amirlarga Buxoro egallangach u erdagi amirlar va xon boyliklarini bo‘lib berishga va’da beradi. Muxammad Xakimbiy qo‘shinlari Buxoro yaqinida tor mor etilgan bo‘lsada, Rajab Sulton Buxoroni egallay olmaydi. Rajabning Buxoroga yurishi mamlakatdagi siyosiy tarqoqlikni yanada kuchaytiradi va bu vaziyatdan Eron shohi Nodirshoh (1735-1747) ustalik bilan foydalanadi.
Nodirshoxning o‘g‘li Rizoqulixon qo‘shinlari Abulfayz va Muxammad Xakimbiy qo‘shinini Qarshi yaqinida mag‘lubiyatga uchratadi. Lekin Elbarsxon boshchiligidagi Xiva qo‘shinlari Abulfayzga yordam berish uchun xarakat boshlaganini eshitgan Rizoquli Eronga chekinadi. 1740 yilda eronliklarning yangi yurishiga Nodirshoxning o‘zi boshchilik qiladi. Muxammad Xakimbiyning o‘g‘li Muxammad Raximbiy otasining roziligi bilan Nodirshox tomoniga o‘tadi. Kuchsizlangan Buxoro qo‘shinini qarshilik ko‘rsatishiga ko‘zi etmagan Abulfayz Muxammad Xakimbiyni sovg‘a salomlar bilan Nodirshox huzuriga yuboradi. Muxammad Hakimbiy ham Nodirshox tomoniga o‘tadi va Buxoroga qaytib xonni taslim bo‘lishga ko‘ndiradi. Abulfayzxon Nodirshox bilan sulh kelishuvi tuzib unga sadoqatini ifoda etadi. SHundan keyin Nodirshox mamlakatni boshqarishni Muxammad Xakimbiyga topshiradi. SHialar hukmdorini oliy hukmdor sifatida tan olinishi Abulfayz nufuziga tamomila putur etkazadi. Uning o‘limidan keyin mamlakatda xokimiyat Muxammad Raximbiy, ya’ni mang‘itlar sulolasi vakiliga o‘tadi.
Seminar mashg'uloti materiali
Mavzu: Shayboniylar davrida Buxoro xonligi.
Reja:
1. Temuriylar davlatining inqiroz sabablari.
2. Bobur va Shayboniylar o’rtasidagi kurash.
3. Buxoro shahrining poytaxt sifatida yuksalishi.
4. Abdullaxon II ning ichki va tashqi siyosati. Shayboniylar sulolasining inqirozi.
Temuriylar hokimiyatining inqirozga yuz tutishi, uning sabablari. Amir Temurning 1405 yining 18 fevralida vafot etganligi bilan temuriy shaxzodalar urtasidpa toj-taxt talashib uzaro kurashlar avj oldi.. Bir necha yil tuxtovsiz davom etgan bunday samarasiz urush-nizolar natijasi ularoq bir kancha temuriy shaxzodalar, shu jumladan, valiaxd Pirmuxammad intikom topdi, kudratli saltanat larzaga keldi va u parchalanish sari yuz tutdi. Amir Temur vafotidan sung toju-taxt uchun davom etgan 5 yillik urush yakun topib, 1409 yilning baxorida Shoxrux Movarounnaxrni tulik egallab, uni ugli Ulugbekka topshiradi. 1428 yilda Abulxayrxon boshchiligida Dashti Kipchokdagi o’zbeklar davlati bilan kup bor tuknashuvlarga tugri keldi. Buning okiyuatida Movarounnaxrning parchalanish va zaiflashish jarayoni yuz berdi. Tarkoklikning kuchayishi va xokimlikka da’vogarlarning uzaro tuxtovsiz urushlari shayboniylarning Turkistonga xujumi uchun zarur shart-sharoitlar yaratdi. Shayboniyxon XU asr oxirlarida Turkistonga bir necha bor yurishlar kilib Utror, Sabron, Yassi shaxarlarini bosib oldi. Shayboniyxon Boburni yengib, 1503 yilda Sirdaryoning yukori okimiga karab yurdi va Toshkent, Shoxruxiya, 1504 yilda esa Fargonani ishgol kildi. Shu tarika Shayboniyxon Turkistonning katga kismini egallab, Samarkandni uziga poytaxt kilib oldi. Samarqand aholisi shayxulislom Abulmakarim boshchiligida temuriylar hukmdorligini tiklash chorasini izladilar. Samarqand rahnamolari Farg’ona hokimi Bobur Mirzoga maktub yo’llab, Samarqand taxtini egallashga da’vat etdilar. Sulolasi manfaatlariga sadoqatli bo’lgan Bobur Mirzo 1500-yilning kuzida Samarqandga yurish boshladi. Bu paytda Shayboniyxon Samarqanddan tashqarida-Konigil (shahardan tashqaridagi hukmdorlar hordiq chiqaradigan joy)da turar edi. Aholi tomonidan Samarqandmng darvozasi Bobur Mirzoga ochib berildi va uning qo’shini shiddat bilan hujum qilib, Shayboniyxonning bu yerda qoldirib ketgan 600 kishilik askarini qirib tashladi. Shunday qilib, Bobur Mirzo Samarqand taxtini ikkinchi marta egalladi. Shayboniyxon Buxoroga chekinadi va bo’lajak hal qiluvchi jangga tayyorgarlik ko’ra boshladi. Bobur Mirzo ham qish bo’yi urushga jiddiy tayyorgarlik ko’rdi. 1501-yil aprelida Zarafshon bo’yidagi Saripul qishlog’i yaqinida yuz bergan og’ir urushda Bobur Mirzo yengildi. Bobur Mirzo Samarqandga chekinadi.G’olib Shayboniyxon Samarqandni qamal qilib, Bobur Mirzoga sulh taklif qildi. Sulh shartlari Bobur Mirzo uchun juda haqoratli bo’lsa-da, unga rozi bo’lmaslikdan boshqa chorasi yo’q edi. Og’ir va nochor ahvolga tushib qolgan Bobur sulhga binoan Samarqandni tark etib, ko’p mashaqqatlarni boshdan kechirib, o’zga yurtlarga ketishga majbur bo’ldi. Bobur Mirzoning qizi Gulbadanbegim o’zining "Humoyunnoma" asarida bu haqda quyidagilarni yozgan eqi: "To’liq o’n bir yil davomida Movarounnahr o’lkasida chig’atoy, temuriy va o’zbek sultonlari bilan shunday janglar bo’ldiki, ularning sanog’ini batafsil bayon qilishga qalam tili ojiz va nuqsonlidir. Oxiri xayrixohlari va qarindoshlari-jami 250 ga yaqin kishi, piyoda, yelkalarida chopon, oyoqlarida choriq, qo’llarida tayoq bo’lgani holda beyarog’, xudoga tavakkal qilib Badaxshon va Kobulga qarab yo’l oldilar". Bobur Mirzo Kobulga borib, bu yerda 1504-yilning sentabr oyida hokimiyatni qo’lga kiritdi. Bobur Mirzo el-yurt obodonchiligi va ravnaqi yo’lida odilona ish yuritib, qudratli davlat boshlig’i sifatida obro’qozondi. 1510-yili, Shayboniyxon halok bo’lgach, Bobur Mirzo qalbida shoh Ismoil yordamida Movarounnahrni shayboniylardan qaytarib olish umidi paydo bo’ldi. Ana shu niyatda u shoh Ismoil elchisini Kobulda juda ochiq chehra bilan kutib oldi. Elchilar shoh Ismoil Bobur Mirzoga birgalikda Samarqandga qo’shin tortishni taklif qilganligini aytadilar. Bobur Mirzo bu taklifni qabul qildi. Bobur 1511-yil kuzida shoh Ismoil yordamida Samarqandni uchinchi marta qo’lga kiritdi. Bobur Samarqandni egallagach, shoh Ismoilni oliy hukmdor deb e’lon qildi. Shoh Ismoil islomning shia oqimiga e’tiqod qilardi. Shuning uchun ham Samarqand xalqi uni qo’llab-quhlatlamadi. Bu orada Bobur Erondan kelgan qo’shinlarga javob berib yuborgan ham edi. Bunday qulay fursatdan foydalangan Shayboniyxon avlodi Ubaydulla Sulton bilan Muhammad Temur Sulton boshqa mahalliy sultonlarning yordamiga tayanib, Boburga qarshi yurish boshladilar. 1512-yil 28-aprelda Ko’li Malikda bo’lgan jangda Bobur yengilib, Hisorga chekindi. Shayboniyxon avlodlari Samarqandni uzil-kesil egalladilar. Shoh Ismoil Boburga yordam berish maqsadida o’zining nomdor sarkardalaridan amir Ahmad (laqabi "Najmi Soniy", ya’ni ikkinchi yulduz) boshchiligida qo’shin yubordi. Ular birlashib, Amudaryodan o’tib G’uzor va Qarshini egallaydi. Biroq 1512-yil 24-noyabrda G’ijduvonda bo’lgan jangda Ubaydulla Sulton g’olib chiqadi. Bu jangda Najmi Soniy o’ldirildi. Eron qo’shinining ozgina qismi qochib ulgurdi. Bobur endi Movarounnahrdan tamoman umidini uzib, yana Kobulga qaytdi va 1526-yilga qadar Kobulni idora qildi. So’ngra Kobulni ikkinchi o’g’li Komron Mirzoga qoldirib, o’zi Hindiston sari yurish boshladi. Hindistonda qudratli va shavkatli saltanat egasi bo’lganidayam Vatan xayoli, ayriliq alami Bobur Mirzoni aslo tark etmagan. Ana shunday alamli kunlarning birida u quyidagi hasratli satrlarni bitgan edi:
Buxoro xonligi o'zbek davlatchiligi tizimidagi xonliklardan biri (XVI-XX asr boshlari). 1533 yilgacha mamlakat markazi Samarqand boʻlgan. Ubaydullaxon davrida (1533—39) poytaxt Buxoroga koʻchirilgan va xonlik Buxoro xonligi nomini olgan. 1510 yil Marv yaqinida Shayboniyxon shoh Ismoil I Safaviy qoʻshinlaridan yengilib halok boʻlgandan keyin Movarounnahr temuriylardan Zahiriddin Muhammad Bobur qoʻliga oʻtadi. Lekin, koʻp oʻtmay shayboniylar yana Movarounnahrni egallaganlar. Shu vaqtdan boshlab Movarounnahr butunlay shayboniylarga tobe boʻlgan. Oʻsha vaqtlarda xonlikka hozirgi Oʻzbekiston va Tojikistonning katta qismi, Balx va Badaxshon kirgan. Ubaydullaxon vafotidan keyin Buxoro xonligi mayda boʻlaklarga boʻlinib ketgan. Buxoroda Ubaydullaxonning oʻgʻli Abdulazizxon, Samarqandda esa Koʻchkunchixonning oʻgʻli Abdullatifxon mustaqillik eʼlon qilgan. Balx va Badaxshonda shayboniylardan Pirmuhammadxon mustaqil hukmronlik qilgan. Shu yillari shayboniy sultonlari va mahalliy mulkdorlarning hokimiyat uchun kurashi kuchaygan. Toshkent va Turkistonda Navroʻz Ahmadxon (Baroqxon), Karmana va Miyonqolda Iskandarxon, Balxda Pirmuhammadxon va boshqa kichikkichik hukmdorlar mustaqil boʻlib olganlar. 1551—56 yillarda shayboniylar oʻrtasidagi Movarounnahr uchun kurashda Iskandarxonning oʻgʻli Abdullaxon gʻolib chiqib, Buxoro xonligi da oʻz hokimiyatini oʻrnatgan. 1557 yildan boshlab Buxoro uzilkesil xonlik poytaxtiga aylangan. Iskandarxon (1563—83) va uning oʻgʻli Abdullaxon II davrida Buxoro xonligi ning siyosiy mavqei ortgan. Abdullah Xon II Balx (1573), Samarqand (1578), Toshkent (1582), Farg'ona (1583), Badashon (1584), Ko'lob (1585), Xuroson (1588), Xorazm (1595—96) ustidan oʻz hukmronligini oʻrnatgan; markaziy davlat boshqaruv devonini mustahkamlagan. Shunday qilib 16-asr oxiriga kelib Buxoro xonligi markazlashgan ulkan davlatga aylangan. Sharqda Qashqar bilan chegaradosh boʻlgan, gʻarbiy chekkasi Orol va Kaspiy dengizi sohillarigacha borib tutashgan. Xonlikning shim.dagi chegaralari Turkiston va Sayramgacha yetib, jan.da Xurosonning sharqiy qismini oʻz ichiga olgan. Shayboniylar hukmronligi yillarida, ayniqsa Abdullaxon II zamonida Buxoro xonligi da dehqonchilik, hunarmandchilik, savdo-sotiq rivojlangan, madaniy hayot ancha yuksalgan. Juda kup sugʻorish inshootlari: Abdullaxon bandi, Tuyatortar kanali, Oqchopsoy toʻgʻoni va suv ombori, Vaxshdan chiqarilgan koʻplab ariqdarning qurilishi dehqonchilikni rivojlantirdi. Bu vaqtlarda Buxoro xonligi da bugʻdoyning 10 xil turi, suli, qoʻnoq, joʻxori, mosh, noʻxat, makkajoʻxori, loviya, sholi, paxta, kunjut, beda, arpa, sabzavot va poliz ekinlari ekilgan, bogʻdorchilik, chorvachilik va ipakchilik rivojlangan. Samarqand, Buxoro, Margʻilon, Xoʻjand, Andijon, Toshkent, Jizzax, Oʻratepa, Shaxrisabz va boshqa yirik shaharlarda hunarmandchilik taraqqiy qilgan. Samarqand qozi kalonining hujjatlaridan maʼlum boʻlishicha, 16-asrda Samarqandda hunarning 61 turi mavjud boʻlgan. Movarounnahrlik kosiblar zoʻr sanʼat bilan turli tuman metall buyumlar, ip va ipak matolar, aʼlo navli qogʻozlar ishlab chiqarganlar. Buxoro shahri bir muncha kengaytirilgan, devor va harbiy istehkomlar qaytadan qurilgan. Shaharda madrasalar, xonaqoh va karvonsaroylar, yangi rastalar barpo qilingan. Shaharlar oʻrtasidagi savdo yoʻllarida tim (Abdullaxon timi), koʻchalar chorrahasi ustiga gumbaztoqlar, hammomlar, karvon yoʻllarida sardobalar, karvonsaroylar, koʻpriklar qurilgan. Shayboniylar zamonida Buxoro xonligi ningHindiston, Turkiya, Rossiya bilan savdo va diplomatik munosabatlari rivojlangan. Tarixiy manbalardan maʼlum boʻlishicha, 1572—78 yillari Hindistonda Buxoro xonining elchilari, Buxoroda esa Hindiston podshohi Akbarntt elchilari boʻlgan. Abdullaxon davrida boshlangan ichki siyosiy nizolar natijasida 1598 yilda Abdullaxonning oʻzi va shu yilda uning oʻgʻli Abdulmoʻmin oʻldirilgan. Taxtga Pirmuhammadxon II chiqqan. Ammo uning hukmronligi ham uzoqqa bormay, 1601 yil taxtdan agʻdarilgan. Shu bilan qariyb 100 yil hukm surgan shayboniylar sulolasi barham topib, Movarounnaxrda Joʻjixon naslidan boʻlgan ashtarxonjlar (joniylar) sulolasi hukmronligi boshlangan.Shayboniylar davlatining poytaxti dastavval Samarqand boʻldi. Ubaydullaxon (1533-1539 yy.) hukmdorligi davrida murakkab harbiy-siyosiy vaziyatga qaramasdan fan va madaniyat rivojiga katta eʼtibor berilgan. Ubaydullaxon oʻta savodli inson boʻlgan, u Qur'oni Karimni mohirona qiroat qilib, turkiy tildagi sharhlar bilan taʼminlagan, shuningdek, usta sozanda va iqtidorli xonanda boʻlgan. Abdullaxon II (1557-1598yy.) nomi bilan yagona kuchli davlat barpo etish harakati bogʻlangan. U 1557 yil Buxoroni zabt etadi, 1561 yil bu yerga poytaxt koʻchiriladi va davlat Buxoro xonligi nomi bilan yurita boshlanadi. Abdullaxon II hukmdorligi davrida bunyodkorlik ishlari quloch otadi- Karmanada Zarafsxon daryosi ustiga koʻprik quriladi, Balx va Buxoroda koʻp sonli madrasalar qad rostlaydi. Xon imom Abubakr Saadiy maqbarasi atrofida masjid, madrasa, turar joy binosi va boshqa imoratlardan tashkil topgan majmuani bunyod etadi. 1598 yilda Abdullaxon vafot etgach yagona oʻzbek davlatini yaratish umidi ham soʻnadi. Shayboniylar sulolasining soʻnggi vakili Pirmuhammad oʻrtamiyona shaxs boʻlib, joylardagi hukmdorlar oʻrtasida siyosiy taʼsir kuchiga ega emas edi. Natijada yuzaga kelgan boshboshdoqlikka barham bera olmay, u tez orada oʻzaro janjallarda qurbon boʻladi. Buxoro xonligining ichki va tashqi dushmanlari markaziy hokimiyat inqirozi va mamlakatdagi porakandalikdan zudlik bilan foydalanib qolishdi. Janubda Eron shohi Abbos Sabzavor, Mashhad va Hirotni egallab oldi, Balx hokimligiga oʻz gumashtasi Muhammad Ibrohimni tayinladi. Qozoq sultonlari yirik hududlardan biri Toshkentni zabt etishdi. Xorazm yana mustaqillikka ega boʻldi. "Butun davlatda tartibsizlik va boshboshdoqlik yuzaga keldi, hech kim boshqa birovga bo`ysinishni istamasdi",- deb yozgan edi oʻsha yillar haqida Muhammad Yusuf Munshiy. Oʻzaro nizolar va urushlar oqibatida Buxoro, Xiva va Qoʻqon xonliklari tashkil topdi.
Ma'ruza matni
Do'stlaringiz bilan baham: |