7-mavzu. Temuriylar davlatining ijtimoiy-iqtisodiy hayoti.
Reja:
1. Amir Temur va Temuriylar davlatida yer-suv munosabatlari, chorvachilik va hunarmandchilik.
2. Amir Temur va Temuriylar davrida tovar-pul munosabatlari va soliq siyosati.
3. Amir Temur va Temuriylarning diplomatik aloqalari.
Foydalanlgan manba va adabiyotlar:
1. Шарофиддин Али Яздий. Зафарнома. Т. Камалак, 1994.
2. Ахмедов Б. Амир Темур. - Т., А. Қодирий нашриёти, 1995.
3. Ахмедов Б. Тарихдан сабоқлар. - Т., Ўқитувчи, 1994.
4. Амир Темур жаҳон тарихида. Т., Шарқ, 1996.
5. Мирзо Улуғбек. Тўрт улус тарихи. - Т., Чўлпон, 1994.
6. Мўминов И. Амир Темурнинг Ўрта Осиё тарихида тутган ўрни. - Т.: Фан, 1993.
7. Муҳаммаджонов А. Амир Темур ва темурийлар даври. - Т.: Фан, 1996.
8. Ўлжаева Ш. Амир Темур дипломатияси. - Т., Ижод Пресс, 2018.
9. Шамсутдинов Р., Каримов Ш., Убайдуллаев У. Ватан тарихи. 1-жилд, Т., Шарқ, 2010.
1. Amir Temur va Temuriylar davrida yerga egalik qilish avvalgidek to`rt xil: "mulki. devoniy" - davlat erlari; "mulk erlari" - xususiy erlar; "mulki vaqf" - vaqf erlar va jamoa yerlari shaklida saqlangan. Yer mulkning asosiy qismi davlatga tegishli bo‘lgan. Yerning malum bir cheklangan qismi ilgarigi davrlardagiday qishloq jamoasiga biriktirilgan bo‘lib jamoa a’zosi bu yerga ishlov byerish, undan foydalanish huquqini farzandlariga myeros qoldirgan. Bu yer mulkning xususiyati shundan iboratki, yer jamoa a’zolari orasida taqsimlanmagan. Har bir a’zo umumiy daromadning ma’lum bir kelishilgan qismiga ega bo‘lgan. Kim qancha yerga ishlov berishi sharoitga qarab vaqti vaqti bilan qaytadan ko‘rib chiqilgan. Oldi-sotti bo‘lganda jamoa a’zosi yerni emas, o‘z ulushini sotgan.
Yuqorida aytilganiday yer mulkning asosiy qismi davlatga tegishli bo‘lgan va bu mulk mulki devoniy deb atalgan. Lekin mamlakat xazinasiga bu yerlardan tushadigan foydaning miqdori katta bo‘lmagan. Chunki bu yerlarning asosiy qismi aniq shaxslarga suyurg‘ul qilingan edi. Shuni alohida takidlash kyerakki, suyurg‘ol shakli bir xil bo‘lmagan. Suyurg‘ulning eng rivojlangan shakli bu sulola vakillariga byerilgan suyurg‘ullar edi. Bunday suyurg‘ullar katta xududlarni qamrab olgan edi. Suyurg‘ul egalari o‘z hududlarini mustaqil boshqarganlar, soliqlarni yig‘ib olganlar va bu soliqlarni ozgina qisminigina markaziy xukumat ixtiyoriga yuborganlar. Odatda bunday suyurg‘ullar myeros qoldirilgan. Ayrim xolatlarda Amir Temur va Temuriylar ishonchini qozongan amaldorlarga xam xuddi shunaqa suyurg‘ullar inom etilgan. SHu bilan birga aytib o‘tish lozimki, myeros qoldirilgan suyurg‘ullar birdaniga myerosxo‘r ixtiyoriga o‘tmagan. Xukmdor myeros xuquqini yana bir marta tasdiqlagandan keyin keyingina suyurg‘ullar yangi egasiga topshirilgan.
Yirik suyurg‘ullar bilan birga kichik suyurg‘ullar xam bo‘lgan. Sadoqatli xizmati, ko‘rsatgan jasorati yoki ixtiyoriga byerilgan qo‘shinni taminlashi zarurati bilan Amir Temur va Temuriylar tomonidan viloyat,tuman,shaxar, qishloq xajmidagi suyurg‘ullar amaldorlar, sarkardalarga inom qilingan.Ayrim xollarda suyurg‘ollar ruhoniylarga xam byerilgan. Suyurg‘ul yerlari shu yerga ishlov byeruvchi dehqon bilan birga byerilgan.
Temur va Temuriylar davrida yer mulkning xususiy shakli xam rivojlandi. Yer egalari o‘z daromadlaridan xazinaga xiroj to‘laganlar. Xususiy yer-mulk egalari xukmdor, mamlakat oldida alohida xizmat ko‘rsatsalar ular soliqdan ozod qilinganlar. Bu yerlar tarxon yerlar deb atalib odamlarga biror bir xizmatlari uchun byerilgan. Bundan tashqari xususiy mulkning ushr formasi xam birmuncha rivojlanadi. Ushr yerlari sayyid va xo‘jalarga mansub bo‘lib, ular o‘z daromadlarining 10% ni xazinaga topshirganlar.
Yer-mulkning eng keng tarqalgan formalaridan yana biri vaqf mulkidir. Bu yerlar o‘sha davrda juda keng miqdorda barpo etilgan masjid, madrasa xonaqo va mozorlarga biriktirilgan yerlar edi. Bu yerlardan olingan daromadning asosiy qismi ana shu diniy muassasalarning ehtiyojlarini qondirishga, boquvchisiz qolganlarga, beva bechoralarga, nogironlarga ko‘mak byerish uchun ishlatilgan. Ulamolar, talabalar taminoti xam ana shu daromad xisobidan amalga oshirilgan. Vaqf egasi bu mulkni boshqarish, daromadlarni taqsimlashni diniy muassasa qoshida tuzilgan kengash orqali amalga oshirgan. Kengash bu ishga bevosita raxbarlik qilishni alohida obro’ e’tibor va nufuzga ega bo‘lgan ulamo – mutavalliga topshirgan. Odatda vaqf mulkidan davlat xazinasi foydasiga xiroj olingan bo‘lsada, Temuriylar, ayniqsa Temur davrida ular soliqdan ko‘p xolatlarda tamomila ozod qilinganlar.
To`rtinchi guruh yerlar jamoa yerlari hisoblanib, uncha katta bo`lmagan ulushni tashkil etgan. Bu yerlar qishloq aholisining umumiy tasarrufida bo`lgan. Mo‘g‘ullar bosqini davrida tanazzulga yuz tutgan dehqonchilik Temur va Temuriylar davrida to‘la tiklanadi. Bu davrda dehqonchilik vohalarining suv taminoti tartibga solinadi. Dashtlarga suv chiqarilib, yangi yer maydonlari o‘zlashtiriladi. Yangi yer o‘zlashtirganlarning 1-2 yil davomida soliqdan ozod qilinishi dehqonchilik rivojlanishiga ijobiy tasir ko‘rsatdi. Bu davrda Darg‘om kanalidan boshlangan va Qashqadaryo vohasiga tashlangan Angor kanali, Murg‘ob daryosining bosh to‘g‘oni Sultonobod qayta tiklanadi, Buxoro vohasining Janubi SHarqidagi Somonjuq dashtiga suv chiqariladi.Temur va Temuriylar davrida g‘allakorlik, bog‘dorchilik, sabzavotchilik va polizkorlik sohalari juda xam rivojlandi. Xo‘jalikning asosiy turlaridan biri - chorvachilik bo‘lgan. Mamlakat iqtisodiy hayotida ayniqsa yaylov chorvachiligi, yilqichilik, qorako‘lchilik, tuyachilik, qoramol - qo‘ylar etishtirish muhim o‘rin tutgan.
Bu davrda hunarmandchilik rivojlanishining muhim xususiyatlaridan biri tarmoqlar bo‘yicha ixtisoslanishning kuchayishi hisoblanadi. Natijada, mehnat unimdorligi keskin o‘sgan. Chunki xar bir xunarmandning faqat bir turdagi maxsulot ishlab chiqarishi uning shu ixtisoslik bo‘yicha malakasi o‘sishi imkoniyatlarini kuchaytirgan. Ixtisoslanish oqibatlaridan yana biri maxsulot sifatining misli ko‘rilmagan darajada oshishi bo‘lgan.
Ishlab chiqarish tarmoqlarining ixtisoslashuvi o‘sha davr shaharlarida hunarmandchilik mahallalarining soni ortishiga, kasb-hunar bilan bog‘liq bo‘lgan yangi yangi guzarlar, ko‘cha kuylar, bozor rastalari paydo bo‘lishiga olib keladi. Ko‘pgina shaxarlarda zargarlik, misgarlik, ignasozlik, savatsozlik, toshtaroshlovchilar, shishasozlar, ko‘nchilik kabi xunarmandchilik mahallalari paydo bo‘ladi. Mamlakatning ijtimoiy siyosiy xayotida xunarmandlarning nufuzi ortganligini Amir Temur o‘tkazgan tantanalarda ularning vakillari qatnashganligi xam ko‘rsatadi.
Temur va Temuriylar davrida temir buyum, qurol yarog‘ va asboblar yasash yuqori darajaga ko‘tariladi. Ibn Arabshoxning yozishicha Amir Temur dafn qilinganda Go‘ri Amir devorlariga qimmatbaho toshlar bilan bezatilgan kiyim-boshlar, qurol yarog‘lar va boshqa anjomlar osib qo‘yilgan. Buyumlarning eng kichigining qiymati butun boshli viloyat aholisining bir yillik solig‘i qiymati bilan barobar bo‘lgan.
Samarqand xunarmandchiligida shoyi gazlamalar to‘qish, kulolchilik, qurol yarog‘ ishlab chiqarish, g‘isht ishlab chiqarish, sangtaroshlik, zargarlik, misgarlik, temirchilik, va ayniqsa qog‘oz ishlab chiqarish muhim o‘rin egallagan. Xunarmandchilik maxsulotlarining aksariyati shaxarlarning markaziy bozori atrofida joylashgan do‘konlarda tayyorlanib sotilar edi. Rastalarda esa bog‘ rog‘larda va mevazorlarda etishtirilgan maxsulotlar, shirinliklar, nonlar, ziravorlar, attorlik mollari sotilgan.
Temuriylar davlatida qishloq xo‘jaligi mahsuldorligining oshishi, xunarmandchilik ravnaqi tovar-pul munosabatlarining o‘rta asr sharoitida misli ko‘rilmagan darajada rivojlanishiga olib keldi. Xuddi ish davrda tovar ishlab chiqarishning umumiy xajmi xam, keng istemol tavarlari ishlab chiqarish ulushi xam o‘sdi. Aynan shu davrda shaxar va qishloq aholisining (ayniqsa yirik shaxarlar yaqinida joylashgan qishloqlarning) keng qatlamlari tovar-pul munosabatlariga tortildi.
Keng iste’mol tovarlarining oldi-sottisi mis tangalar orqali amalga oshirilar edi. Mirzo Ulug‘bekning 1428 yilda o‘tkazgan pul isloxotining asosiy maqsadi xam keng iste’mol tovarlarining bozor va do‘konlardagi chakana savdosini rivojlantirish uchun imtiyozli , yaxshi shart sharoit yaratishda bo‘lgan. Bundan birinchi navbatda shaxar va qishloqlarning keng mehnatkash qatlamlari manfaatdor bo‘lgan.
Pul islohotining mazmun-mohiyati quyidagilardan iborat bo‘lgan: 1428 yilda shu davrgacha muomalada bo‘lgan engil mis tangalari bilan oldi sotti qilish taqiqlangan. Ularning o‘rniga 1428 yilda Buxoro, Samarqand, Toshkent, Shoxruxiya, Andijon, Qarshi, Termiz shaxarlarida bir vaqtning o‘zida zarb qilingan og‘ir mis tangalar muomalaga chiqarilgan. Birmuncha vaqt davomida eski engil tangalar yangisiga almashtirishga ijozat byerilgan.Eski pullar yangisiga to‘lasincha almashtirilgach Buxorodagi pul zarbxonasidan boshqa barcha zarbxonalar yopilgan. Endilikda pul faqat Buxoroda zarb qilinib, bu ishmarkazlashtirilgan Ulug‘bekning o‘limiga qadar Buxoro zabxonasida chiqarilgan tangalarga xech qanaqa o‘zgarishlar kiritilmagan,xatto dastlab ko‘rsatilgan 1428 yil xam o‘zgarishsiz qoldirilgan. Qaysi vaqtda tanga zarb qilinmasin uning ko‘rsatilgan yili o‘zgarmagan. Buxoro tangalari O‘rta Osiyodagi barcha Temuriy davlatlari savdosini taminlagan. Bu tangalarga O‘rta Osiyoning barcha shaxar qishloqlari bozorlarida tovarlar sotib olish mumkin bo‘lgan. Tangalarning markazlashtirilgan tarzda zarb qilinishi, buning ustidan qatiy nazorat o‘rnatilganligi, turli xil suistemolchiliklar, o‘zgarishlarning oldini olgan va bu tangalarga nisbatan ishonchni oshirgan . Pul muomalasining bunday qatiy tartib asosida tashkil qilinishi o‘rta asrlar sharoitida juda kam uchraydigan xolatdir. Mis pullar muomalasini tartibga solmay turib oddiy iste’molchi uchun keng miqyosda iste’mol tovarlarini ishlab chiqarish va uni sotishni tashkil qilish mumkin emas edi. Bu islohotning o‘tkazilishi va uning muvoffaqiyati savdo tizimining rivojlanishiga va iste’mol tovarlari ishlab chiqarishning o‘sishiga sharoit yaratdi.
Lekin, afsuski temuriylar davlatining inqirozi, siyosiy tarqoqlik XV asrning oxiriga kelib pul muomalasiga xam salbiy tasir ko‘rsatdi.Bu davrga kelib xar bir ulus boshlig‘i o‘zining pulini chiqara boshladi.Turli xil suiiste’molchiliklar orqali ular o‘z daromadlarini ko‘paytirishga intila boshladilar. Ayniqsa bu sohada Hisor xukmdori Hisravshox “jonbozlik” ko‘rsatdi. Natijada pul muomalasi izdan chiqdi va pul tangligi vaziyati vujudga keldi. Hisravshox vaziyatni barqarorlashtirish uchun 1501 yilda pul isloxoti boshladi va faqat 3 ta shaxarda Hisor, Qunduz va Tyermizda bir xil og‘irlikdagi mis tangalarni zarb qila boshladi.Lekin u kechikkan edi. Chunki Temuriylar davlatidagi inqiroziy vaziyatdan SHayboniyxon foydalanib o‘z xarbiy yurishlarini boshlab yuborgan edi.
Temur va Temuriylar davrida xalqaro savdo xam misli ko‘rilmagan darajada o‘sdi. Siyosiy barqarorlik , Buyuk ipak yo‘li janubiy tarmog‘ining qayta tiklanishi, savdo sotiq ishlarini amalga oshirish uchun zarur sharoitlarning yaratilishi (yo‘l, ko‘priklar, dovonlar, karvonsaroylar, bozorlar qurilishi, ularda xavfsizlik va tartibning taminlanishi, soliq imtiyozlari, pul muomalasining tartibga solinishi va xokazolar) xalqaro savdoning rivojlanishiga ijobiy tasir ko‘rsatdi.
Amir Temur mamlakat obodonchiligiga ham juda katta e’tibor byerilgan. Dastlab, Samarkandni paytaxt yilib olgach, u juda katta imtiyozlarga ega bulgan shaxarga aylanadi. Sohibkiron harakati bilan Samarkandda dunyoning yirik shaxarlaridan keltirilgan binokorlar, me’morlar tomonidan masjidlar madrasalar, makbaralar bino etildi. Xatto gariblarga ozik-ovkat byeradigan garibxonalar, yulovchilar kunib utadigan maxsusjoylar xam qurilgan. Shaxar atrofi mustaxkam devorlar bilan uralib, Oxanin, Shayxzoda, Chorsu, Korizgox, Suzangaron va Fyeruza kabi nomlar bilan darvozalar quriladi. Temurning yarorgoxi sifatida noyob ma’muriy bino Ko’ksaroy va Bo’stonsaroylar xam aynan shu yerda quriladi. Temuriylar davrida noyob qurilishlardan tashqari, Samarkand atrofida bir-biridan go‘zal bog‘-saroylar qurilgan.
Temur uzining ona yurti Keshga katta dikkat-e’tibor bilan qaradi. Yozma manbalardagi ma’lumotlariga qaraganda, Amir Temur Shaxrisabzda Oksaroy, jome’ masjid, madrasalar barpo ettiradi. Soxibkirondagi ulug soxovatning yana bir tomoni shunda ediki, u bepoyon dashtlar bilan kamrab olingan Turkiston shaxrini xam obodonchiligiga keng e’tibor byerdi. Jumladan, Xoja Axmad Yassaviy makbarasini kurish bilan bu yerda nafakat obodonchilik, balki kuchmanchi va utrok axoli orasidagi munosabatni yaxsht yulga kuyish, uruglar urtasida tinchlik saklash maksadi yotgani ma’lum.
Amir Temur davrida yangi shaxarlar, savdo va xunarmandchilik keng rivojlanganligini aytib o‘tmok lozim. Temurning sa’yi-harakatlari bilan Buxoro, Shaxrisabz, Toshkent kabi shaxarlar savdo va xunarmandchilik markazlari sifatida rivojlanib bordi. Ayniksa, bu davrlarda hunarmandchilik mahallalari, savdo rastalari soni ortib borishida katta axamiyatga ega buldi. Sohibkiron savdo yullari rivojiga, uning tinchligiga keng e’tibor byerib bordi. Shaxsan uzining nazorati ostida savdo yullari nazorat kilib borilishi savdo karvonlarining xavfsizligini ta’minladi.
Temur va Temuriylar davridagi soliq siyosati xalq xo‘jaligi turli tarmoqlarining rivojlanishi uchun yaxshi sharoit yaratgan. Sug‘orma dehqonchilik yerlarida olinadigan asosiy soliq «xiroj» deb atalgan.Xiroj o‘rim yig‘im vaqtlarida xosilning ilgaridan kelishilgan ulushi yoki xar bir xonadon ishlov byerayotgan yerning xajmiga qarab pul shaklida olingan. Soliqni natura shaklda yig‘ishda xosilning miqdori, yerning xolati, sug‘orish imkoniyatlari xisobga olingan.Daryo, buloq va koriz suvlari bilan sug‘oladigan yerlardan soliq (xiroj) xosilning uchdan bir qismini tashkil qilgan (33%). Lalmikor yerlarning unumdorligi obikor yerlarga nisbatan ancha past bo‘lgan. SHuning uchun bunday yerlardan olinadigan xiroj 12,5%-16,5% ni tashkil etgan.
Soliqning yig‘ib olinishi qattiq nazorat qilingan. O‘z vazifasini suistemol qilib soliqni kyeragidan ortiq to‘plagan amaldorlar qattiq jazolangan. Ular ortiqcha to‘plagan soliqlarni egalariga qaytarib byerishlari lozim bo‘lgan. Bundan tashqari malum vaqt davomida ular maoshdan mahrum qilinganlar.
Xirojdan tashqari yana qo‘shimcha soliqlar xam bo‘lgan. Ular quyidagilardan iborat: mulk yerlarning bir qismidan 10% miqdorda «ushr» solig‘i olingan. Odatda bu yerlar payg‘ambar avlodlari, yirik ulamolar ixtiyorida bo‘lgan. Soliqning nisbatan kam bo‘lganligi bu kishilarning ko‘plab xayriya tadbirlarida ishtirok etishlari bilan tushintiriladi. CHorva mollaridan qirqdan bir, yani 2,5% miqdorida zakot olingan. Mevali daraxti bo‘lganlar uchun “sardaraxt” deb atalgan soliq joriy qilingan. Amir Temur davrida “peshkash” deb atalgan turli darajadagi amaldorlar foydasiga yig‘iladigan sovg‘a-salomlarga chek qo‘yishga harakat qilingan. Lekin shunday bo‘lsada Amir Temur xukmronligining dastlabki yillarida va Temuriylar davrining oxirida bunday to‘lovlar amalga oshirilganligi xaqida malumotlar bor. Amir Temur peshkashga qarshiligining sababi shundaki, bu to‘lovlar shaxsan amaldor foydasiga yig‘ilib, xazinaga tushmagan va turli suiste’molchiliklarga yo‘l ochilgan.
Asosiy soliqlardan tashqari axoli zimmasiga zarur vaziyatlarda turli to‘lovlar va majburiyatlar yuklangan. Bularning ko‘pchiligi mamlakatda amalga oshirilgan obodonchilik ishlari, suv inshootlarini qurish va tamirlash, xarbiy istehkomlar qurish kabi tadbirlar bilan bog‘liq bo‘lgan. Bu ishlarni bajarishda fuqaro kuchidan keng foydalanilgan.Bunday xashar ishlari «begor» deb atalgan. Begorda qatnashgan xar bir xasharchi ishlash uchun kyerakli asbob uskuna va etarli emaklarni o‘zi bilan olib kelishi lozim edi. Bulardan tashqari «dudi» deb atalgan tutun solig‘i xam olingan. Aholi zimmasiga yuklangan yana bir majburiyat «uloq» deb atalgan bo‘lib, bunda fuqarolar davlat xizmatidagi choparlarni ot ulov, em xashak va oziq ovqat bilan taminlaganlar va zarur bo‘lganda tunash uchun joy byerganlar. Soliqlarning xammasi axolidan birday yig‘ib olinmagan. Bog‘bon sardaraxt solig‘i, dehqon xiroj solig‘i to‘lagan bo‘lsa, chorvador zakot solig‘i to‘lagan. Savdogar va hunarmandlar xam zakot to‘laganlar. Majburiyat va to‘lovlar xam xar doim bo‘lmagan .Ular faqat zarurat taqozosi bilan amalga oshirilgan. Aholiga, ayniqsa Movarounnaxr aholisiga soliqdan imtiyozlar byerilgan. Masalan Movarounnaxr aholisi 1390 yillarda qatorasiga bir necha yil barcha soliqlardan ozod qilingan.
3. Amir Temur davlatining mafkurasi ijtimoiy-iqtisodiy hayotni izga solib yo’naltirishdan tashqari, siyosiy hayotda ham kuch keng yo‘lga qo‘ydi. Temur chet davlatlar bilan aloqani keng yulga qo‘ydi. U davr shart-sharoitlariga ko‘ra, tashki siyosatda qat’iy, faol harakat kilib, o‘z saltanati dovrugini jaxon miqyosida chikara oldi. Soxibkironning Yildirim Boyazid ustidan bulgan galabalaridan so‘ng Fransiya, Angliya, Genuya va Vizantiya yerkin alokalarni, savdogarlar va mol almashishni taklif etgan. Shunday qilib, u Yevropa davlatlari bilan yakin qo‘shnichilik qilish, savdo karvon yullarini rivojlantirish niyati borligini ko‘rsatib o‘z davlati shuxratini Yevropaga tarqata oldi. Uning saltanati dovrugi bu mamlakatlarga etib borishi bilan Fransiya, Angliya, Genuya, Vizantiya, Ispaniya kabi davlatlarning kirollari soxibkiron bilan siyosiy, iqtisodiy, savdo aloqalari o‘rnatishga intilganlar. Shu bois ular Sohibkiron xuzuriga muntazam elchilar yuborib turganlar. Bu diplomatik aloqalar keyinchalik uning vorislari davrida davom ettirilgan.
Sohibqiron Amir Temur dunyoning zamondosh hukmdorlarining e'tiborini o`ziga jalb etibgina qolmay, balki jahon siyosiy hayotiga ham ta'sir ko`rsatdi. Ma'lumki, bu davrda, bir tomondan, sulton Boyazidning Bolqon yarim oroli davlatlariga nisbatan tazyiqi kuchayib, butun Yevropaga xavf solayotgan edi. Ikkinchi tomondan, Boyazidning o`zi G`arbga tomon shiddat bilan siljib borayotgan xavfli raqib – Amir Temurning kuchli tazyiqiga duchor bo`lgan edi. Bunday siyosiy vaziyatda Boyazidga qarshi kuchlarning ma'lum darajada birlashuvi tabiiy edi. O`zaro yordam masalasida Amir Temur Konstantinopol noibi Ioann VII Paleolog bilan ham yozishmalar olib boradi. Amir Temurning 1402-yil, 15-may kuni Ioann VII Paleolog nomiga yo`llagan xatining mazmuniga qaraganda, Konstantinopol noibi va Genuyaning Pyeradagi hokimi Boyazidga qarshi kurashda Amir Temurga xizmat qilish, hatto unga odamlar va har qaysisi 20 ta dan 40 ta harbiy kemalar bilan yordam byerish majburiyatini o`z zimmalariga oladilar. Buni Ispaniya elchisi Klavixo ham o`z kundalik daftarida qayd qilib o`tadi.
Bu davrda Amir Temur Fransiya qiroli Karl VI (1380-1422), Angliya qiroli Genrix IV (1399-1413), Kastiliya va Leon qiroli Genrix III de Trastamara (1390-1407) lar bilan diplomatik aloqalar o`rnatib, yozishmalar olib boradi. Fransiya fuqarolari hisoblangan genuyaliklarning yer va mulklarini, ayniqsa G`alatadagi mustamlakalarini himoya qilish uchun Karl VI o`z navbatida Amir Temurdan madad kutar va u bilan diplomatik aloqalar o`rnatishga urinar edi. Amir Temur va Karl VI yozishmalarida qayd etilishicha, Sohibqiron qirolni jiddiy qo`llab- quvvatlaydi. Anqara yaqinida turklarning 160 ming kishilik qo`shini ustidan qozonilgan buyuk g`alabadan so`ng Amir Temurning G`arbiy Yevropa davlatlari bilan bo`lgan aloqalarining mazmuni tubdan o`zgaradi. Endilikda Amir Temur ular bilan do`stona munosabatlarni mustahkamlash va o`zaro savdo-sotiq aloqalarini yo`lga qo`yish kabi masalalarga ahamiyat byeradi.
Amir Temur 1402-yil yozida Fransiya va Angliyaga maxsus elchilar orqali Karl VI va Genrix IV nomlariga maktublar yo`llaydi. Elchilar Parijga 1403-yil may oyida etib boradilar. Elchilar ikki mamlakatning savdogarlari uchun yerkin savdo munosabatlari olib borilishini ta'minlash va agar qirol hamda gyersoglar rozi bo`lsalar, bu yerkin savdoni tegishli bitim yoki shartnoma bilan mustahkamlashni taklif etadi. Shuning uchun ham Sohibqiron Amir Temur Fransiya qiroli Karl VI ga yo`llagan maktubida bu haqda quyidagilarni al,ohida ta'kidlaydi: "Bundan keyin sizning (odamlaringiz) bizning yerlarimizga va bizning (kishilarimiz) sizning o`lkangizga o`tgan ajdodlarimiz davridagidek borib-kelib tursalar, sizning va bizning nomimizni hamma joyda olqishlab tursalar, mamlakatimiz savdogarlari uchun foyda keltirishsa, ko`p xursand bo`lar edik. Shuni aytish kyerakki, endilikda bizning yurtimizda savdogarlaringizning xavfsizligi ta'minlanadi.
Fransiya qiroli Karl VI 1403-yil 15-iyunida Amir Temurga yo`llagan javob maktubidan ma'lum bo`lishicha, Amir Temur takliflari Fransiya tomonidan mamnuniyat bilan qabul qilingan.
Xuddi shu davrda Amir Temurning Angliya qiroli Genrix IV bilan olib borilgan diplomatik munosabatlarida g`arbiy viloyatlar hokimi Mironshoh faol qatnashdi. Shimoliy Yeron, Iroq, Tabriz va Sultoniyani o`z ichiga olgan mulklar hokimi Mironshoh Amir Temurning keksayib qolgan davrida G`arbiy Yevropa hukmdorlarining diqqat-e'tiborini o`ziga jalb etadi. Bu davrda u Yevropa davlatlari bilan o`zaro savdo aloqalarini jonlantirish maqsadida xristian ruhoniylariga xayrixohlik bildirib, savdogarlarning daxlsizligini ta'minlash borasida chora-tadbirlarni amalga oshirdi. Shu sababli, G`arbda Mironshoh tez orada katolik dinining homiysi sifatida shuhrat qozondi.
1402-yilning bahorida dastlab Ispaniya elchilari Amir Temurning Kichik Osiyodagi qarorgohiga yuboriladi. Elchilarga Amir Temur va Boyazidlarning kuch-qudrati, boyligi va qo`shinining sonini bilish hamda ular qo`l ostida yashayotgan xalqlarning urf-odatlari, dini va qonunlari haqida aniq ma'lumotlar to`plash topshiriladi. Sharq va G`arb davlatlarining elchilari qatorida Ispaniya elchilari ham Amir Temur tomonidan qabul qilinib, qirol nomiga yozilgan maxsus maktub va in'omlar bilan kuzatiladi. Ularga qo`shib Amir Temur Muhammadqozi ismli o`z vakilini Ispaniyaga elchi qilib yuboradi. Genrix III 1403-yilda Amir Temur huzuriga ikkinchi marta maxsus elchilarni yuboradi. Unga Klavixo boshliq qilib tayinlanadi. 1403-yil 21-mayda Ispaniyadan jo`nab ketgan elchilar Samarqandga keladilar. Ispaniya elchilari Samarqandda Amir Temur tomonidan tantanavor qabul qilinib, ularga katta e'tibor va zo`r hurmat ko`rsatadilar.
Seminar mashg'uloti materiali
Mavzu: Temuriylar davrida Movarounnahrda ijtimoiy-iqtisodiy hayot.
Reja:
1. Qishloq xo’jaligining ahvoli. Agrar munosabatlar.Yerga egalik qilish shakllari.
2. Amir Temur bog’larning barpo etilishi.
3. Hunarmandchilikning rivojlanishi. qog’oz hamda bo’yoq ishlab chiqarish.
4. Ichki va tashqi savdo. Xalqaro savdo yo’llari.
Temurning ichki siyosati. Amir Temuro’z saltanati hududida xalq osoyishtaligi, tinch mehnat uchun sharoit yaratishga, adolatli boshqaruv usulini joriy etishga qaratilgan siyosat olib bordi. Amir Temuro’zining ichki siyosiy faoliyatida ruhiy.ma’naviy rahnamolari. pirlarining ugitlariga, maslahatlariga amal qildi. Shamsiddin Kulol, Sayyid Baraka, Abu Bakr Muhammad Toybodiylarning xizmatlari bu sohada bebahodir. Vaziyatni tug’ri tahlil etish, maslahatlarga quloq solish, kengashib, odilona va adolatli qaror qabul qilish Amir Temur ning uslubi bo’lgan.
Amir Temur ko‘pgina sharq va g‘arb davlatlari rahbarlariga bitgan maktublarida ham avvalo xalqaro savdo-sotiqqa keng yo‘l ochish va tadbirkorlarga katta imtiyozlar berish lozimligi hamda davlat taraqqiyotiga aynan xususiy tadbirkorlar katta ta’sir ko‘rsatishini alohida ta’kidlab o‘tgan. Xususan, Yevropa qirollariga «Siz savdogarlaringizni biz tomonlarga yuborsangiz, toki biz ularni qizg‘in, barcha izzatlarni o‘rniga qo‘yib kutib olaylik. Bizning savdogarlarimiz Siz tomonlarga borsalar va ularga ham shunday izzat-ikromlar ko‘rsatsalar. Mayli, ular hech qanday xavf-xatarsiz, to‘siqsiz yo‘l yursinlar. Dunyoni savdogarlar farovon qiladilar, degan naqlni inkor etish befoyda», mazmunidagi xatlar yuborgan. Sohibqironning bu xatti-harakatlarini olimlar diplomatiyada «qo‘l cho‘zish siyosati» deb atamoqda. Haqiqatan ham, u do‘stlik va hamkorlik yo‘lida Yevropaga qo‘l cho‘zgan birinchi davlat rahbaridir. Amir Temurning ichki va tashqi siyosatidagi millatlararo munosabatlarning muvofiqligi taraqqiyot omillaridan biri bo‘lgan. Zero, uning ko‘p millatli va turli diniy qarashlar mavjud bo‘lgan saltanatidagi bu jihat o‘sha davrning eng ahamiyatli voqealaridan biridir. Mironshoh Mirzoning Yevropa qirollariga yozgan maktublarida Amir Temur tutgan siyosatga amal qilingani ko‘rinib turibdi. O‘sha xatlardan birida quyidagilar ta’kidlangan: «Savdogarlarga kelsak, istardikki, Sizning savdogarlaringiz bizning yurtlarda, bizning savdogarlar Sizlarning yurtlaringizda xavf-xatarsiz, hozirgidek yursalar. Nihoyat, agar e’tiqodimizda farq bo‘lsa ham, baribir barchamizning manfaatlarimiz yo‘lida do‘stlikni avaylashimiz darkor». Amir Temur va temuriylarning millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglik siyosati tufayli bu davrda savdo yo‘llari orqali integratsiya jarayonlari kuchayib borgan. Temuriy hukmdorlardan Shohrux Mirzoning Xitoy imperatoriga yo‘llagan maktubida: «Sayyoh va savdogarlar uchun yo‘llarni ochiq tutsalar, toki do‘stlik va muhabbat sabablari ta’kidlanib, birlik va yakdillik vositalari quvvat topsa. Mamlakatlar atroflaridagi xalqlar toifalari rohatga erishsa, fuqarolarning barcha tabaqalari orasida tiriklik vositalari tartibga tushsa», — deya alohida ta’kidlagan. Yuqoridagilardan ko‘rinadiki, Amir Temur va temuriylar Buyuk Ipak yo‘liga o‘zaro hamkorlik, hamjihatlik, do‘stlik asoslaridan biri sifatida qaraganlar. Bu davrda 12000 chaqirim uzunlikdagi Buyuk Ipak yo‘li orqali ko‘plab Sharq davlatlari bilan har tomonlama aloqalar o‘rnatildi. Shuningdek, Buyuk Ipak yo‘lining O‘rta yer dengiziga chiqishi orqali g‘arbiy Yevropa davlatlari bilan ham uzviy savdo-iqtisodiy va diplomatik aloqalar o‘rnatildi. Amir Temur Buyuk Ipak yo‘lining ish faoliyatini ma’lum bir qonun-qoidalar, uning himoyasini kafolatlovchi yangiliklar asosida shakllantirgan. Birinchi navbatda Buyuk Ipak yo‘lining bekatlari ta’mirlangan va ba’zi yerlarda yangilari bunyod etilgan. Yo‘llarda karvonlarning dam olishini ta’minlovchi karvonsaroylar qurilgan. Bu karvonlarni mahalliy hokimliklar tomonidan qo‘yilgan harbiy qo‘riqchilar himoya qilib, bir manzildan ikkinchi manzilga yetkazib qo‘ygan. Buyuk Ipak yo‘lida o‘z diplomatik missiyasini bajargan Rui Gonsales de Klavixo o‘ziga va Misr elchilariga ko‘rsatilgan e’tibor haqida alohida eslatib o‘tgan. Masalan, Misr elchilarini 20 nafarga yaqin harbiy suvoriy Samarqandga qo‘riqlab borganini yozadi. Elchilarning ot-ulovlari har kuni yangisiga almashtirib turilgan, bir kunlik masofaning so‘nggida ba’zan 100 ta ba’zan 200 ta yangi ot ular uchun tayyorlab turilgan. Shuningdek, tarixchi bunday otlar boshqa joylarda ham tayyorlab qo‘yilgani, Amir Temur farmoni bilan maxsus musofirxonalar barpo etilganini alohida qayd etadi. Otlarni boqib parvarishlovchi maxsus otboqarlar guruhi mavjud bo‘lgan — deya eslatib o‘tgan. Ulardan bir-ikkitasi hatto karvonlar bilan ikkinchi manzilgacha hamroh sifatida borgan va o‘sha otlar bilan boshqa yo‘lovchilarni olib orqaga qaytgan. Tarixchilar o‘sha davrda yo‘llarga qo‘yilgan maxsus ustunlar haqida yozib qoldirgan. Ustunlar karvon yo‘llarining masofa o‘lchovi bo‘lib, ular har bir chaqirim yerga o‘rnatilgan. Shuningdek, ular Amir Temur davlatida yo‘llarni tez bosib o‘tish usuli joriy etilgani haqida ma’lumot bergan. Uch kunda yetish mumkin bo‘lgan masofani ular bir kunda bosib o‘tgan. Sohibqiron Amir Temur tezlashtirilgan aloqa vositasi orqali o‘z yerlari va sarhadlarining hamma burchaklaridan bir necha kun ichida xabar olib turadi. Bu omillar o‘sha davrda o‘ziga xos axborot, kommunikatsiyalar va pochta tizimi mavjud bo‘lganligiga dalolatdir. Mahalliy hokimiyat ushbu karvonlarning harakatlanishiga javobgar bo‘lgan. Natijada karvonlarning bir manzildan ikkinchi joyga bexatar yetib borishi ta’minlangan. Sohibqiron karvon yo‘llarida kimda-kim zarar ko‘rsa, bunday huquqbuzarliklarga javobgarlikni shu hududlarning hokim va boshqa ma’murlariga yuklagan. Zararni amaldorlar hissasidan undirish qoidasining joriy etilishi xalqaro savdo yo‘lidagi huquqiy kafolatlardan biri bo‘lib qolgan. Buyuk Ipak yo‘li bo‘yida joylashgan shaharlar, avvalo Samarqand Amir Temur davrida yuqori darajada ravnaq topgan. Samarqandga dunyoning barcha taraflaridan savdogarlar kelib turgan. Bu yerda do‘konu, bozorlar, hunarmandlik ustaxonalari son-sanoqsiz bo‘lib, mahalliy mahsulotlar chetga sotilgan. Sohibqiron Buyuk Ipak yo‘lini mustahkamlash orqali o‘z davlati va qo‘shni davlatlarning mudofaa va xavfsizligini ta’minlash maqsadlariga ham alohida e’tibor qaratgan. Amir Temur zamonida davlatlarning tutash mintaqalarida hozirgi bojxona vazifasini o‘tgan maskanlar barpo etilgan. Tarixchilar Amir Temur saltanati chegarasida ikkita Temur darvoza kirish va chiqish eshigi bo‘lganligini eslatib o‘tgan: «Kichik Hindistondan (Afg‘onistondan) Samarqand saltanatiga kiriladigan boshqa yo‘l bo‘lmaganligi sababli, mazkur tog‘ yo‘li Samarqand saltanati uchun muhofazaviy nuqta hisoblanadi. Mabodo Samarqand aholisi Hindistonga boradigan bo‘lsa, ular uchun ham shu yo‘ldan boshqa yo‘l yo‘q edi. Temurbek tasarrufida bo‘lgan Temur darvoza davlat xazinasiga katta foyda keltiradi, chunki Kichik Hindistondan (Afg‘onistondan) Samarqandga va aksincha, undan boshqa mamlakatlarga yo‘l olgan savdogarlar faqat shu Temur darvozadan o‘tadilar».
Buyuk Ipak yo‘li orqali Amir Temur nafaqat mudofaa, tinchlik barqarorlik, yaxshi qo‘shnichilik va savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirgan, balki geosiyosiy maqsadlarini ham amalga oshirgan. Hali dengiz yo‘llari ochilmagan davrda yagona aloqa vositasi bo‘lmish Buyuk Ipak yo‘li xalqaro maydonda katta ahamiyat kasb etgan va qaysi davlat bu yo‘lda sarbonlik qilsa, u katta iqtisodiy va siyosiy imkoniyatlarga ega bo‘lgan. Sohibqiron Amir Temur mo‘g‘ullar davrida Samarqanddan Saroy Berkaga ko‘chirilgan Buyuk Ipak yo‘lining eng muhim tarmog‘ini yana avvalgi holatiga qaytargan, ya’ni karvonlar yana Samarqand orqali yuradigan bo‘lgan. Amir Temur ma’murlari Buyuk Ipak yo‘li va boshqa yo‘llarga qo‘yilgan mingta chopqunchi, mingta tuya va mingta ot mingan xabargirlar, yo‘llarga va rabotlarga tayinlangan mas’ullar orqali ham chetdan kirgan kishilarning maqsadlarini aniqlashgan. Buyuk Ipak yo‘li ilmu-fan taraqqiyotida ham muhim o‘rin tutgan. Turli mamlakatlardan kelgan va turli tomonlarga yurtimizdan ketgan olimlar, sayyohlar, hatto savdogarlar ham bir vaqtning o‘zida ilm-fan jarchilari bo‘lib xizmat qilganlar. Buyuk Ipak yo‘lida joylashgan shaharlarning madaniy jihatdan boshqa shaharlarga nisbatan ravnaq topganligining sabablaridan biri ham shundadir. Demak, Buyuk Ipak yo‘li tranzit shahar va davlatlarning keng o‘zaro madaniy hamda ilmiy aloqalar o‘rnatishida ham muhim ahamiyat kasb etgan. Amir Temurning ilm-fan va madaniyat ravnaqi yo’lida qilgan xizmatlaridan yana biri shuki, uning shaxsan o’zi Samarqandda kutubxona tashkil etishga boshchilik qilgan. U o’z kutubxonasi uchun butun Movarounnahr va istilo qilgan mamlakatlardan nodir kitoblar nusxalarini yig’dirdi. qo’lyozmalarni ko’chirish va kitoblar chop etish ustaxonalarida milliy kitob san’atining eng yaxshi ustalarini to’plagan. Amir Temur davlatni yuksaltirishda ilm-fanning ahamiyati katta ekanligini yaxshi bilgani holda, u o’z vaqtida bu masalaga o’g’illari, nabiralari e’tiborini qaratgan.
Samarqandda tashkil etilgan sulolaviy kutubxona uning nabirasi Ulug’bekka meros bo’lib qoldi. Bu buyuk olimning xizmatlaridan biri shuki, u o’z davrida sulolaviy saroy kutubxonasini ko’plab yangi kitoblar, qo’lyozmalar bilan boyitdi. Muhammad Tarag’ay Ulug’bekning tarixdagi o’rni uning davlat arbobi sifatidagi ko’pyillik faoliyatidan ko’ra ham afzalroq buyuk olimlik, ilmu-urfon homiysi maqomidagi o’lkan xizmatlari bilan belgilanadi.
Amir Temur bobomiz tabiatni, insonni sog‘lomlashtirish, cho‘l-biyobonlarni obodonlashtirish va dehqonchilikni rivojlantirish borasida juda ko‘p hikmatli so‘zlarni meros qilib qoldirdi. “...Har bir shaharda masjidlar, madrasalar, xonaqolar, hammomlar qurishni, musofir yo‘lovchilar uchun yo‘l ustida rabotni bino qilishni, daryolar ustida ko‘priklar qurishni buyurdim. Kimki biron sahroni obod qilsa yoki biron bog‘ ko‘kartirsa yoxud biron xarob bo‘lib yotgan yerni obod qilsa, birinchi yili undan hech narsa olmasinlar, uchunchi yili qonun-qoidaga muvofiq xiroj yig‘ilsin”. Movarunnahrning dehqonchilik vohalarida, xususan, Zarafshon vodiysida o‘nlab sug‘orish tarmoqlari chiqarilib, dehqonchilik maydonlari kengaytirildi. Mozorot va ziyoratgohlar obod etildi. Qashqadaryo viloyatidagi Eski Anhor kanalini Amir Temur bobomiz Sulton Boyazid ustidan qozonilgan g‘alabasi sharafiga qurgan. Tarixchi Hofiz Abro‘ning yozishicha Amir Temur Xurosondagi Murg‘ob vodiysida obodonchilik va dehqonchilik ishlari xarob bo‘lganini ko‘rib, daryodan 20 ta kanal qazdirib, suv chiqarib dehqonchilik va obodonchilik ishlariga asos soladi. Uning topshirig‘i bo‘yicha Ko‘hak – Zarafshon, Amudaryo va Sirdaryoga ko‘priklar qurildi. Shuningdek, Sirdaryodan, Ohangarondan kanal qazildi. Sohibqironning farmoyishiga ko‘ra, Buxoro, Samarqand, Shahrisabz va Farg‘onada irrigatsiya – sug‘orish ishlari olib borildi. Bunday bunyodkorliklar davlatning boshqa hududlarida ham davom ettirilgan. U uzoq Qorabog‘da 42 km kanal qurdirgan. Ozarbayjondagi Mug‘on shahrida 12 ta bog‘ barpo etgan. Amir Temur davrida betakror bog‘lar yaratilgan va ularga o‘ziga xos nomlar qo‘yilgan. Bular xususidagi dastlabki ma’lumotlar o‘tmish tarixchilari, shoirlari, sayyohlari asarlarida uchraydi. Shuningdek, Amir Temur bog‘lari o‘rta asrlar rassomlari miniaturalarida ham tasvirlangan. Bu bog‘lar tuzilishiga ko‘ra ikki xil bo‘lgan:
Do'stlaringiz bilan baham: |