BOG‘I JAHONNOMA (Jahon ko‘zgusi). Amir Temur Samarqanddan yetti farsax (42 km) narida, Zarafshon tog‘i etagida qurdirgan (taxminan Urgut tumanida). Unda saroy va qal’a bo‘lgan. Bog‘ning hududi juda ham katta bo‘lib, yo‘qolib qolgan ot 6 oydan so‘ng topilgan ekan.
BOG‘I MAYDON. Cho‘ponota tepaligi etagida, Samarqandning shimolida joylashgan. Tarixiy manbalarga qaraganda, bog‘da hashamatli bir ayvon (ko‘shk) va qimmatbaho toshlardan yasalgan taxt bo‘lgan. Amir Temurning nevarasi Mirzo Ulug‘bek bu bog‘ni yanada obod qilgan. Bu bog‘ o‘rni hozir ham Bog‘i Maydon deb ataladi.
BOG‘I NAV (angi bog‘). Bu bog‘ni 1404 yilda Amir Temur Samarqandning Janubida qurdirgan. Lolazor qishlog‘i o‘rnida joylashgan. Bu bog‘ to‘rtburchak shaklida bo‘lib, atrofi baland paxsa devor bilan o‘ralgan, har burchagida minora qad ko‘tarib turgan. Markazida boshqa bog‘lardagiga nisbatan kattaroq qasr, uning oldida katta hovuz bo‘lgan.
BOG‘I CHINOR. Amir Temur Samarqandning Sharqida (Konigilning janubiy-g‘arb tarafida, hozirgi Qo‘shtamg‘alik tepaligi o‘rnida) barpo qildirgan. Unda ajoyib chinorlar ko‘p bo‘lgan. Bog‘ning markazida saroy joylashgan.
BOG‘I SHAMOL. Amir Temur 1397 yilda nabirasi (Mironshohning qizi)ga atab qurdirgan. Bu bog‘ Samarqandning G‘arbida bo‘lgan. Undagi saroy to‘rtburchak shaklida bo‘lib, har tomoni 1500 qadamni tashkil qilgan. Devorlariga marmar qoplanib, sahni qorayog‘och va fil suagidan ishlangan. Bu bog‘ joylashgan hudud va u yerdagi ariq hozir ham Bog‘i Shamol deb ataladi.
Amir Temur bog‘laridan eng chiroyli va mashhurlari quyidagilar:
Amir Temur bobomiz Samarqand atrofida bulardan tashqari, yana bir qancha bog‘ va saroylar barpo etgan. Chunonchi, BOG‘I BULDU, BOG‘I ZOG‘ON, BOG‘I NAQSHI JAHON, BOG‘I AMIRZODA SHOHRUX, BOG‘CHA, BOG‘I DILAFRO‘Z, BOG‘I SHEROI, GULBOG‘, LOLAZOR, BEDANA KURGI, CHUMCHUQLIK, G‘OZXONA va boshqalar biri biridan qolishmagan.
Ma’ruza matni
Amir Temur va Temuriylar davrida madaniy hayot.
Reja
Amir Temur va temuriylar davrida ilm-fanning ravnaqi.
Ulug‘bek akademiyasi.
Badiiy adabiyot, san’at va me’morchilik.
Foydalanlgan manba va adabiyotlar:
Sharofiddin Ali Yazdiy. Zafarnoma. T. Kamalak, 1994.
Zaxiriddin Muhammad Bobur. Boburnoma. T. «Fan», 1992
Axmedov B. Tarixdan saboqlar. – T., O‘qituvchi, 1994.
Axmedov B. Sohibqiron Temur. -T., 1996.
Amir Temur jahon tarixida. T., SHarq, 1996.
Temur va Ulug’bek davri tarixi. – T.: Qomuslar bosh taxririyati, 1996.
Mo‘minov I. Amir Temurning O‘rta Osiyo tarixida tutgan o‘rni. – T.: Fan, 1993.
Muhammadjonov A. Amir Temur va temuriylar davri. – T.: Fan, 1996.
Ashraf Ahmad. Ulug’bek Muhammad Tarag’ay. – T.: Abdulla Qodiriy1994.
Ulug’bek Mirzo Akademiyasi allomalari. Ma’rifat, 1996 yil 27-mart.
Shamsutdinov R., Karimov SH., Ubaydullaev U. Vatan tarixi. 1-jild, T., Sharq, 2010.
Temur va Temuriylar davrida Movarounnahr va Xurosonda ilm- fan va madaniyat o‘z rivojining cho‘qqisiga chiqdi. Madaniyatning misli ko‘rilmagan darajada rivojlanishi avvalo, Amir Temur keyinchalik, temuriylarning bu sohaga bergan katta etibori natijasi bo‘ldi. Zero, insoniyat tarixida asrlar davomida xukmdorlik qilgan sulolalarning xam soni talaygina. Lekin ularning birortasi Amir Temur, Ulug‘bek va boshqa temuriylar kabi fan va madaniyatga bu darajada etibor qaratmagan. Shu bois, bu davrni jahon miqyosida bejizga “Temuriylar renessansi” deb e’tirof etishmaydi.
Mamlakat iqtisodiy salohiyatining oshishi, ijtimoiy-siyosiy barqarorlik, ilm-fan, sanat, adabiyotning rivojlanishiga ham sharoit yaratib berdi. Xususan, Amir Temur mamlakati taraqqiyotida, xalqning madaniy va ma’naviy kamolotida ilm-fan va ma’rifatning ahamiyatini juda-juda qadrladi. Shu bois Temur o`z yurtidan tashqari, boshqa mamlakatlar xalqi, ularning millati, irqidan qat’i nazar, kasb-hunar egalari, ustalar, me’morlar, olimu fuzalolar, adabiyot va san’at arboblariga hurmat ko‘rsatib, ularga har tomonlama sharoit yaratib bergan. Shu o`rinda ilm-ma’rifat ahli to‘g‘risida “Temur tuzuklari”da quyidagilarni o`qiymiz: “Ettinchisi – sayyidlar, ulamo-yu mashoyix, oqilu dono-lar, muhaddis’lar, xabarchilar ni tanlangan e’tiborli odamlar hisoblab, izzatu xurmatlarini joyiga qo`ydim. Sakkizinchi toifa – hakimlar, tabiblar, munajjimlar va muhandislarki, ular saltanat korxonasiga rivoj beruvchilardir. Ularni o`z atrofimga to`pladim”.
Tarixchi Ibn Arabshoh ham, haqiqatni tan olishga majbur bo`lgan: “Temur olimlarga mehribon bo`lib, sayyidu sharif-larni o`ziga yaqin turardi. Ulamolar va fozillarga to`la-to`kis izzat ko`rsatib, ularni har qanday kimsadan batamom muqaddam ko`rardi. Ularning har birini o`z martabasiga qo`yib, o`z ikromu hurmatini unga izhor etardi. Ularga nisbatan o`z muruvvati bisotini yoyardiki, bu muruvvati uning haybati bilan aralash edi. Ular bilan mazmunli bahs ham yuritar ediki, bu bahsida insofu xishmat bo`lardi”.
Temur va Temuriylar davrida olimu ulamolar uchun barcha sharoitlar yaratilgan edi. Temuriylarning ilm-fan ahli, ijodkor uchun yaratilgan shart-sharoit tufayli, g’amxo`rlik tufayli Samarqand dunyoning ma’rifat markazlaridan biriga aylanadi va uning dovrug’i doston bo`ladi. Buni eshitgan, ilm-fanga havas qo`ygan ijodkorlar o`z ixtiyor va tashabbuslari bilan ma’rifat markazi Samarqandga kela boshlaganliklari ehtimoldan ko`ra haqqiatga yaqindir. Ashraf Ahmedov XIV asrniyg o`rtalarida Qozizoda Rumiy Turkiyanin Bursa shahridan o`z ixtiyori bilan Samarqand shahriga kelganligini hikoya qiladi. Chet mamlakatlardan Samarqandga olib kelingan olimlar orasida Xusomiddin Ibrox-Ishshoq Kermoniy singari tabib, mavloio Ahmad kabi falakiyotshuios va boshqalarning bo`lganligi bu fikrimizga dalildir.
Bu davrda xalq talimiga etibor kuchaydi, qurilgan maktab va madrasalar oddiy xalq bilim saviyasining misli ko‘rilmagan darajaga ko‘tarilishiga olib keldi. O‘sha davr asarlarida, xususan Koshifiy memuarlarida xunarmand, savdogar, amaldor, dehqon, ulamolar orasidan chiqqan shoiru olimlar haqida so‘z boradi. Aksariyati shoirligu olimlikka xavaskor sifatida yondoshgan. Bundan tashqari Vosifiyning kitoblarida bozor rastalarida , kitob do‘konlarida oddiy xalqning mushoiralarda faol ishtiroki xaqida ham so‘z boradi.
Temurning o‘g‘il va nabiralari uning fan va madaniyatga homiylik yo‘lidagi ishini davom ettirdilar. Samarqandda turli o‘lkalardan olimu fuzalolar to‘planib, ilmiy jamoani vujudga keltirdilar. Bu jamoalarda fanning turli sohalari bo‘yicha tadqiqotlar olib borildi. Temuriylar davrida ayniqsa falakiyotshunoslik faii yuksaladi. Bu o`rinda Ulug’bek, Qozizoda Rumiy, G’iyosiddin Jamishd va Ali Qushchilar ijodining kamolot cho`qqisiga ko`tarilganligini ta’kidlash joiz. Gumanitar fanlar sohasida katta yutuqlarga erishi-ladi. Tarix ilmi bobida sohibqiron Amir Temurning harbiy zafarli yurishlarini o`zining “Zafarnoma” asa-rvda yoritgan Sharafiddin Ali Yazdiy, “Zubdatut tavorix” asarining muallifi Hofizi Abro`, “Matlaus-sa’dayn” ni yaratgan Abdurazzoq Samarqandiy, 7 jildli “Ravzat us-safo” muallifi Mirxoyd, “Xulosat-ul axbor”, “Habib us-siyar” asarlarining muallifi Xondamir, “Badoyiul-vaqoe” asarini yozgan Zayniddin Vo-: sifiy va boshqalar barakali ijod qiladilar. Badiiy ijod va tilshunoslikda Abdurahmon Jomin, Alisher Navoiy, Davlatshoh Samarqandiy, Atoullo Husayniy, Koshifiy va boshqalar yuksaklik martabasiga erishadilar. Bundan tashqari, bu davrda tibbiyot, riyoziyot, handasa, geografiya, falakkiyot, tarix, mantiq, falsafa, axloqshunoslik kabi ilmlar rivoj topdi. Adabiyot va sanat sohasida xam mislsiz yutuqlarga erishildi. Bu davrda Lutfiy, Jomiy, Gadoiy, Xofiz Xorazmiy, Sakkokiy kabi shoir yozuvchilar o‘z asarlari bilan mashhur bo‘ldilar. Musiqa sohasida Abduqodir Naiy, Xusayn Udiy, Najmiddin Kavkabiy, Shahkumi Fijjakiy kabilar keng nom qozondilar. Bu davrda yashab ijod etgan Behzodning rassomlik maktabi butun Sharqda mashhur bo‘ldi.
Temur va Temuriylar Renessansi davrida Movarounnahr va Xurosonda, xususan, poytaxt Samarqandda fan va madaniyatning misli ko‘rilmagan tarzda yuksalishi bu davrda mamlakatning yirik shaharlarida oliy madrasalar qurilgani, bu ta’lim maskanlarida etuk allomalar va mudarrislar faoliyat ko‘rsatgani bilan bog‘liq. Ayniqsa, 1420 yilda Mirzo Ulug‘bek ta’sis etgan madrasa o‘zining ko‘lami, salohiyati va oliy maqomi bilan Sharqda juda tez shuhrat qozondi. Bu madrasa boshqa oliy madrasalardan bu dargohda dunyoviy, ayniqsa, aniq fanlarning o‘qitilishi va shu yo‘nalishlarda olib borilgan tadqiqotlar ko‘lamining kengligi va olamshumulligi, ilmiy-pedagogik kadrlarning yuksak ilmi va mahorati bilan tubdan farq qilar edi. Mirzo Ulug‘bek qurdirgan oliy madrasa va uning qoshida barpo etilgan rasadxona me’moriy betakrorligi va nodirligi, devorida va peshtoqida aks etgan etti iqlim xaritasi va yulduzli osmon chizilgan bu inshootlar haqli ravishda o‘rta asrlardagi Samarqand madrasalarining ramziga aylandi.
Zayniddin Vosifiyning “Badoe’ ul-vaqoe’” asarida keltirilishicha, Mirzo Ulug‘bek madrasasida Klavdiy Ptolomeyning “Al-Majastiy” (“Almagest” astronomiya fani yutuqlariga bag‘ishlangan) asari bo‘yicha ilk darsni 1420 yil 21 sentyabrda mashhur olim Shamsiddin Muhammad Xavofiy o‘tgan. Xuddi shu kunni, madrasai oliyada madrasa faoliyatining boshlanish sanasi, deb hisoblash o‘rinli topildi.
Mirzo Ulug’bek temuriyzodalar ichida fan va madaniyat taraqqiyotiga eng ko`p va salmokli xissa qo`shgan hukmdordir.U o‘zining qariyb 40 yillik hukmronlik davri mobaynida uning Samarqand, Buxoro, G‘ijduvondagi madrasalaridan va mamlakatning boshqa madrasalaridan etishib chiqqan olimlarning katta ilmiy maktabi shakllandi. Ulug‘bek yaratgan ilmiy maktabda 200 dan ortiq olimlar faoliyat olib borgan. Ayniqsa, madrasada astronomiya, matematika, geometriya fanlariga bag‘ishlangan bir qator qo‘llanmalar yara¬tilgan. Mirzo Ulug‘bek madrasasidagi ilm-fan Markaziy Osiyolik mashhur olimlar, dunyo ilm-fani rivojiga ta’sir ko‘rsatgan Muhammad Xorazmiy, Ahmad al-Farg‘oniy, Abul Abbos al-Javhariy, Ibn Turk al-Xuttaliy, Xolid al-Marvarrudiy, Ahmad al-Marvaziy, Abu Nasr Forobiy, Abu Ali Ibn Sino, Abu Rayhon Beruniylar boshlab bergan ilmiy an’anaga asoslanar edi.
Shu ma’noda Samarqand davlat universiteti Mirzo Ulug‘bek oliy madrasasining bevosita vorisi bo‘lib, uning ta’sis etilish tarixi ham 1420 yilga Mirzo Ulug‘bek oliy madrasasining ta’sis etilish sanasiga borib taqaladi. Bu esa Samarqand davlat universiteti Mirzo Ulug‘bek asos solgan madrasai oliyaning bevosita davomchisi, deb xulosa chiqarishga asos bo‘ladi. Chunki Mirzo Ulug‘bek madrasasi faoliyati Samarqand davlat universiteti tashkil topgunga qadar uzviy davom etgan.
Ulug’bek Samarqandda birinchi falakiyot-shunoslik akademiyasiga asos solgan siymo sifatida dunyoga nom taratadi. Bu so`zlar rivoyat yoki afsona emas, balki jahonning ulug’ allomalari tomonidan tan olingan haqiqatdir. Ulug’bek akademiyasini tan olgan va dunyoga taratgan kishi – bu fransuz yozuvchisi, faylasufi va tarixchisi Volterdir. Bo`riboy Ahmedov o`zining “Ulug’bek” kitobida Volterning quyidagi so`zlarini keltiradi: “Transoksia-nada uning o`rniga taxtga chiqqan mashhur Ulug’bek Samarqandda birinchi akademiyaga asos soldi, er kurrasini o`lchashni buyurdi va falakiyotshunoslik jadvallarini tuzishda ishtirok etdi”’. Chindan ham Ulug’bek tomonidan qurdirilgan rasadxona o`z davrining akademiyasi bo`lgan.
Ulug‘bek Samarqandda birinchi falakiyot-shunoslik akademiyasiga asos solgan siymo sifatida dunyoga nom taratadi. Bu so`zlar rivoyat yoki afsona emas, balki jahonning ulug’ allomalari tomonidan tan olingan haqiqatdir. Ulug’bek akademiyasini tan olgan va dunyoga taratgan kishi – bu fransuz yozuvchisi, faylasufi va tarixchisi Volterdir. Bo`riboy Ahmedov o`zining “Ulug’bek” kitobida Volterning quyidagi so`zlarini keltiradi: “Transoksianada uning o`rniga taxtga chiqqan mashhur Ulug’bek Samarqandda birinchi akademiyaga asos soldi, er kurrasini o`lchashni buyurdi va falakiyotshunoslik jadvallarini tuzishda ishtirok etdi”’.
Tarixchi olim G.A. Hidoyatov bu haqda haq gapni aytgan: “Samarqandda barpo etilgan Ulug’bek rasadxonasi ulkan madaniy yutuq bo`lgan ediki, jihozi va ilmiy yutuqlari jihatidan unga teng keladigan rasadxona o`sha davrda ham, undan ancha. Keyin ham yaratilmadi. Rasadxonada 1018 ta yulduz tasvirlangan katalog tuzildi, yulduzlarning belgisi o`ndan to`qqizigacha aniq bo`lgan turish burchaklari sinuslari va tangenslari natural qiymatlarining jadvallari, shuning-dek er hududidagi ko`p sonli nuqtalar koyrdinatalarini qamrab olgan jadvallar ishlab chiqildi. Rasadxonada Ulug’bekning bevosita rahbarligida o`tkazilgan ishlar uning matematika, geometriya va fala-kiyotshunoslik sohasida chuqur bilimlar sohibi ekanligi-dan guvoxlik berar hamda bir qancha amaliy vazifa-lar echimi uchun katta ahamiyat kasb etardi”. Ulug’bek akademiyasida 1417 yilda dunyoning turli mamlakatlaridan kelgan olimlarning soni 100 dan oshib ketadi. Ular orasida adiblar, muarrixlar, xattotlar, musavvirlar, geograflar bor edi. Xususan, falakiyot va matematika sohalari olim-lari sharafliroq va obro`-liroq hisoblanganlar. Ay-niqsa, bu borada Ulug’bek, Qozizoda Rumiy, G’iyosiddin Jamshid Koshiy, Ulug’bekning sodiq shogirdi Ali Qushchi, Mavlono Muhammad Havofiylar eng salobatli va nufuzli bo`lganlar.
Mirzo Ulug’bekning avlodlariga qoldirgai ilmiy mero-si – asarlariga kelsak, ular son jihatidai ko`p emas. Ularning eng asosiysi “Zij”i bo`lib, bu asar “Ziji Ulug’bek”, “Ziji Guragoiiy” nomlari bilan mashur. Undan tashqari, Ulug’bek matematikaga oid “Bir daraja sinusni aniqlash haqida risola”, falakiyotshunoslikka oid “Risolai Ulug’bek, arba’ ulus” va musiqiy ilmlarni, tarix ilmiga bag’ishlangan “Tarixi o`z ichiga olgan “Risolai’ dar ilmi musiqa” kabi risolalarini yozgan.
Temuriylar sulolasiga mansub bo‘lgan Xusayn Bayqaro va Boburlar fan va madaniyat arboblariga ijodi uchun sharoit yaratib berish bilan birgalikda o‘zlari xam tarix, adabiyot va she’riyat sohasida qator asarlar yaratdilar. Ayniqsa Bobur yaratgan «Boburnoma» asari juda xam mashhurdir.
Temur va temuriylar davrida nafis kitob va xattotlik san’ati ham rivoj topadi. Uzoq tarixiy o`tmishda bosmaxona bo`lmagan. Kitoblar qo`lda ko`chirilgan. Qo`lda ko`chirilgan kitoblar nafaqat mazmunan, balki tashqi ko`rinishi va bezagi jihatidan ham kitobxonlarning ta-lab-ehtiyojlari va didiga javob berishi, odamlarda ma’naviy va estetik dunyoqarashni shakllantirishga xiz-mat qilishi lozim edi. Shu boisdan xam Temur va temu-riylar davrida nafis kitob va xattotlik buyuk san’at darajasiga ko`tariladi.
Temur va temuriylar sulolasi davrining ulkan muvaffaqiyatlaridan biri tasviriy san’atning gurkirab o`sganligi bo`ldi. XIV va XVI asrlarda tasviriy san’atida Behzod, Mirak Naqqosh, Qosim Ali, Mahsud Muzahhib, Xoja Muhammad Naqqosh, Shoh Muzaffar va boshqalar barakali ijod qildilar. Tasviriy sanat rivojiga ayniqsa Kamoliddin Behzodning qo‘shgan xissa beqiyosdir. Uni «Sharq Rafaeli», «Moniy Soniy» (Ikkinchi Moniy – Afsonaviy xitoy rassomi) deb ham atashardi.
Temur va Temuriylar davrida qurilish ishlari ayniqsa Samarqand, Kesh va Xirot shaharlarida keng miqyosda olib borildi. Afsuski o‘sha davrda qurilgan memorchilik obektlarining katta qismi bizgacha etib kelmagan. Masalan: Samarqandda barpo etilgan Ko‘ksaroy Temurning qarorgohi xisoblangan va o‘z mahobati bilan barchani lol qoldirgan. Bu inshoot Temuriylardan keyin Samarqand xokimlarining qarorgohiga aylangan edi. Prof. T.Saidqulov malumotlariga ko‘ra, Ko‘ksaroyning asosiy inshootlari 1868 yilgacha yani general Kaufmanning Samarqandni egallashigacha etib kelgan va Samarqanddagi qo‘zg‘olonlarini bostirishda buzib tashlangan. Temur davrida qurilgan binolardan yana biri qadimiy Keshda barpo qilingan Oqsaroy edi. Bino xususiyatlaridan biri shundaki Saroy tomi tepasida favvoralik xovuz bo‘lib unga suv Taxtaqoracha dovonidan keltirilgan edi.
Amir Temur davrida ayniqsa Samarqandning chiroyiga chiroy qo‘shildi. Jome masjidi (400 marmar ustun masjitning tomini ushlab turgan), Bibixonim madrasasi, Go‘ri Mir, Shoxizinda qabristonidagi Xusam ibn Abbos va boshqa maqbaralar, xonoqolar Temur davrida qurilgan binolarning bizgacha etib kelgan ozgina qismidir xolos.
Amir Temur barpo etgan binolar uning davrida qurilgan inshootlarning ozgina qismini tashkil qiladi. Temurning asosiy xizmati uning bu binolarning qurganida emas. Uning asosiy xizmati shundaki u olib borgan siyosat Movaraunnaxrda ishlab chiqarish kuchlarining beqiyos o‘sishiga, xalq turmush darajasining juda xam yuksalishiga olib keldi. Natijada savdogarlar, xunarmandlar, dehqonlar, yani aksariyat axoli yangi uy joylar, bog‘u rog‘lar, masjitu-madrasalar, xammomu-kasalxonalar, bozor rastalariyu, karvonsaroylar va boshqa inshootlar barpo eta boshladilar. Butun mamlakat katta qurilish maydoniga aylangan edi. Movarounnaxr va Xuroson dunyoning eng obod xududlari bo‘lib qoldi.
Amir Temurning bu xayrli ishlarini Shoxrux va Ulug‘bek, Abusaid va Xusayn Boyqarolar davrida davom ettirildi. Ulug‘bek qurgan inshootlardan Samarqand (1420 yil), Buxoro 1417 yil), G‘ijduvon (1433 yil) madrasalari, Samarqand Observatoriyasini(1420-1429) tilga olishimiz mumkin. Ulug‘bek o‘ldirilgach fan va madaniyatning markazi Xirotga ko‘chdi. Bu Xusayn Boyqaro va Alisher Navoiy faoliyatlari bilan bog‘liq. O‘z davrining etuk shoiri, buyuk olim, yirik davlat arbobi Alisher Navoiy Markaziy Osiyoning o‘sha davrdagi madaniyatining yorqin vakili edi. U qator o‘lmas she’riy asarlar, jumladan mashhur «Xamsa» asarini yaratdi. A.Navoiy o‘z asarlarini o‘zbek va fors tillarida yozgan. O‘zbek tilining adabiy tilga aylanishi, ko‘p jixatdan, uning xarakatlari tufayli amalga oshdi.
Alisher Navoiy yirik davlat arbobi sifatida ko‘plab ilm-fan, sanat, adabiyot arboblariga xomiylik qildi. Ular jumlasiga A.Jomiy, Xondamir, K.Behzod, Mirxond va boshqalar kiradi.Navoiy Xurosondagi katta bunyodkorlik ishlariga raxbarlik qilgan. Navoiy va uning safdoshlari tashabbusi bilan uch yuzdan ortiq jamoat binolari: masjit, madrasa, maqbara, xonaqo, xammom, rabot, xovuz, bog‘, shifoxona, saroy kabi inshootlar barpo etilgan. Xullas Temur va Temuriylar davri moddiy madaniyat qurilishi – memorchilik gullab yashnagan davr bo‘ldi.
Seminar mashg'uloti materiali
Mavzu: Amir Temur va Temuriylar davrida madaniy hayot.
Reja:
1. Amir Temur va temuriylarning madaniyat rivojlanishiga qo’shgan hissalari.
2. Ilm-fan ravnaqi. Ulug’bek va uning ilmiy maktabi yutuqlari.
3. Xattotlik san’ati. Minatyura va tasviriy san’at.
Amir Temur va uning avlodlari hukm surgan tarixiy davrni nazardan o'tkazar ekanmiz, bunda ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy taraqqiyotning yuksak marralari sari ko'tarilgan Movarounnahr va Xurosonning butun yorqin manzarasi ko'z o'ngimizda namoyon bo'ladi llm-fan yuksaldi. Bunday yuksalish Amir Temur va uning avlod-larining ilm-fan, ma'rifat ravnaqiga alohida rag'bat, katta sa'y-harakat bog'laganliklari natijasi bo'ldi. Xurosonning obod o'Ika sifatida gullab-yashnashi ham Temuriylar davriga to'g'ri keladi. Shohruh Mirzo va uning vorislari tomonidan barpo etilgan 150 dan ziyod mashhur obidalar, jumladan, «Bog'i Zog'on», «Bog'i jahon» qal'a maskanlari, «Gavharshodbegim» madrasasi, Boysunqur «Nigoristoni» (Badiiy akademiyasi), yoxud Husayn Boyqaro davrida (1469-1506) uning do'sti, she'riyat mulkining sultoni Alisher Navoiy rahnamoligida Hirot va uning atrofida qurilgan 300 dan ziyod noyob bino va inshootlar: masjid, madrasa, maqbara, xonaqoh, hammomu shifoxonalar, saroylar, istirohat bog'lari, rabotu karvonsaroylar, suv havzalari, ko'prik, korizlar-bular hammasi Temuriylar zamonasi madaniy yuksa-lishining ishonchli tasdig'idir. Ilm-fan ravnaqi. Temuriylar ma'naviy madaniyati to'g'risida gap borganda, dastawal, ona yurtimizda Uyg'onish davrining ikkinchi bosqichi bo'lgan bu oltin asrda ilm-fanning nechog'lik ravnaq topganligi hamda uning jahon ilmu urfoni taraqqiyotiga qo'shgan bebaho hissasi haqida har qancha g'ururlansak arziydi. Bu davrning yana bir muhim yutug'i—bu ijtimoiy fanlar, xususan, tarixshunoslik sohasida katta tadqiqotlarning yaratilganligidir.
Bu xayrli ishlarning yuzaga chiqishida ham temuriy hukmdorlar tashabbusi va rahnamoligi beqiyos bo'lgan. Jumladan, Amir Temurning «Tuzuklari», Mirzo Ulug'bekning «To'rt ulus tarixi», Bobur Mirzoning «Boburnoma»si ijtimoiy fanlar rivojiga ayricha ta'sir ko'rsatganligi shubhasizdir. Temuriylar davrida salmoqli iz qoldirgan alloma olimlardan Nizomiddin Shomiy va Sharafiddin Yazdiyning «Zafarnoma», Xofiz Abruning «Zubdat at-tavorix», Abdurazzoq Samarqandiyning «Matla ul-sa'dayn» va «Majma' ul-bahrayn» («Ikki saodatli yulduzning chiqish o'rni va ikki azim daryoning quyilish joyi»), Ibn Arabshohning «Amir Temur tarixi», Mirxondning yetti jildli «Ravzat ul-safo» («Poklik bog'i»), Xondamirning «Makorimul axloq» («Yaxshi fazilatlar»), «Xabibus siyar fi axboru afodul bashar» («Xabarlar va bashariyat odamlaridan dilga yaqin siyratlari») asarlari o'sha zamon tarixshunoslik ilmining yuksaklik darajasini o'zida ifoda etadi. Ularning har birida nafaqat u yoki bu hukmdorlarning davlat siyosati yohud harbiy yurishlari yohud shaxsiyatlariga oid ma'lumotlar aks etib qolmay, balki shu bilan birga o'sha davrning barcha murakkab, ziddiyatli jarayonlari, tarixiy voqealar, hodisalar silsilasi ham ishonarli tarzda yoritilganligi ayon bo'ladi.
Temuriylar davrida xattotlik, tasviriy san'at va rausiqa madaniyati rivoj topdi. Bu sohada Mirali Tabriziy, Shayx Muhammad, Junaid Naqqosh, Temuriylar davri xattotligi va naqqoshligi maktabi atoqli vakillari: Sultonali Mashhadiy, Abdujamil Kotib, Darvesh Muhammad Toqiy, Mirali Qilqalam, Sulton Muhammad Nur va boshqalarning ijodi benazirdir. Masalan, nastaliq xatining mislsiz ustozi, «Qiblat ul-kuttab» (Kotiblar peshvosi) unvoni sohibi Sultonali Mashhadiy A.Navoiy va H.Boyqaroning ko'plab bebaho qo'lyozmalarini kitobot holiga keltirishda katta zahmat chekkan. Bundan tashqari Nizomiy, Farididdin Attor, Xo'ja Xofiz, Sa'diy Sheroziy, Husrav Dehlaviy, Abdurahmon Jomiy singari mumtoz adabiyotimiz daholarining ko'plab asarlari ham uning betinim sa'y-harakatlari bilan ko'chirilib, avlodlarga armug'on etilgan.
Tasviriy san'atda. Shamsiddin Muhammad ibn Abdulhay, Shayx Turoniy, Abdulla Hiraviy, Ustoz Gung, Ustoz Jahongir nomlari alohida ko'zga tashlanib turadi. Ular chizgan yorqin tasvirlar, portretlar, tabiat manzaralari yohud jang tafsilotlari o'zining tabiiyligi, Einiqligi va origmalligi bilan kishini hayratga soladi. Amir Temur nabirasi (Shohruh Mirzo o'g'li) Boysunqur Mirzo homiyligida bunyod topgan o'ziga xos badiiy akademiya rolini o'ynagan uning Nigoristonida ijod qilgan ko'plab mo'yqalam sohiblari tomonidan mukammal tarzda ishlangan son-sanoqsiz rangli tasvirlar, miniatura namunalari, kitob bezaklari, chunonchi, hind xalqi eposi «Kalila va Dimna», Sa'diyning «Guliston», Firdavsiyning «Shohnoma», Nizo-miyning «Xamsa» va boshqa asarlarga ishlangan tasviru bezaklar hanuzga qadar ham o'z ahamiyatini saqlab kelmoqda.
Musawirlik san'atinmg tengi yo'q yulduzi Kamoliddin Behzod (1455-3537) ijodi ham Temuriylar davri san'atining yuqori cho'qqisi hisobfanadi. Uning mo'yqalamiga oid hadsiz-hisobsiz rangin tasvirlar, chunonchi, Yazdiyning «Zafarnoma», Jomiyning «Salomon va Ibsol», Sa'diyning «Bo'ston» va «Guliston», Nizomiyning «Xamsa» asarlariga ishlangan miniatura namunalari yohud Hirotdagi «Bog'i Behisht», «Ov qilayotgan Bahrom Go'r», «Tuyalar jangi» tasvirlari va shunga o'xshash rassomchilik asarlari bu tug'ma ijodkor iste'do-dining yuksak mahorati namunalaridir. Temuriylar davri madaniy hayotida musiqa san'ati ham alohida o'rin tutgan. Alisher Navoiy «Mezonul-avzon» asarida xalq qo'shiq-chiligining sakkiz turi rivojlanganiigini qayd etadi. Bular - tuyuq, changchi, Uirkiy, orzuvoriy, muhabbatnoma, mustahzod va shu kabilar. Amir Temur davrida san'at va musiqa olamida mashhur bo'lgan siymolardan biri Abduqodir Go'yanda (1334-1435) bo'lib, uning hayotining katta qismi Samarqandda kechgan. Temuriylar davri musiqa san'atida Hirot ijodiy muhitining o'rni benihoya katta bo'lgan. Hirot musiqashunoslari o'z ijodlarida Navoiyning she'r va g'azallaridan kens iiodiv f^dalanganlar.
Badiiy adabiyot. Amir Temur va temuriylar davri madaniy muhitining yorqin sahifasini turkiy (eski o'zbek) adabiyotining ravnaqisiz tasawur etib bo'lmaydi. Negaki, sarchashmalari ancha olis davrlardan boshlangan bu adabiyot bu vaqtga kelib yanada sayqal topib, uning badiiy imkoniyatlari yangi ufqlar kashf etib, yuksak rivojlanishga erishdi. Buning natijasida yangi-yangi nomdor shoiru adiblar ijod maydoniga kirib kelib, o'z betakror, umrboqiy asarlari bilan badiiy tafakkur xazinasiga salmoqli hissa qo'shdilar. O'zbek mumtoz adabiyotining tamal toshini qo'ygan Mavlono Lutfiy (1366-1465) dan boshlab Haydar Xorazmiy (XIV asr oxiri,
XV asr boshlari), uning zamondoshlari Durbek, Gadoiy, Atoiy, Sakkokiy singari zabardast turkigo'y shoirlar ijodining ravnaqi tufayli mumtoz adabiyotimiz yangi marralarga ko'tarildi va uning xilma-xil janrlarida bir-biridan go'zal va nafis badiiy asarlar yaratildi. Lutfiiyning turkiy devoni, Xorazmiyning «Mahzanul asror» (Sirlar xazinasi), Durbekning «Yusuf va Zulayxo» asarlari yohud Gadoiy va Atoiylarning ishq-muhabbat, hayot nash'u namosini, inson shaxsi va uning yuksak orzu-armonlari, intilishlarini kuylagan otashnafas she'r-g'azallari, qasidalari - bular mumtoz o'zbek adabi-yoti rivojining muhim yutug'idir. Mazkur asarlarda o'zbek tilining jarangdorligi, uning badiiy imkoniyatlarining benihoyaligi, qolaversa, uning halqchilligi, yuksak estetik qudrati va ta'sirchanligi to'la kuch bilan ifodalanganligi ko'zga tashlanib turadi. O'zbek adabiyotning yanada yuksak darajaga ko'tarilib, keng e'tirof topishida ulug' o'zbek shoiri va mutafakkiri Alisher Navoiy (1441-1501) ijodi alohida o'rin tutadi. Negaki she'riyat mulkining sultoni Navoiy o'ziga qadar bo'lgan turkigo'y shoirlar ijodi erishgan yutuqlarni o'zida mujassamlashtiribgina qolmay, balki ayni zamonda o'zining serqirra ijodi bilan bu adabiyotning yuksak kamol topishi va dovrug'ini ko'tarilishiga mislsiz ulush qo'shdi. Navoiy «Xamsa»siga kirgan «Hayratul-abror», «Farhod va Shirin», «Layli va Majnun», «Sabbayi sayyor», «Saddi Iskandariy» doston-larining har biri o'zining bebaho ma'naviy qudrati, badiiy yuksakligi, til boyligining mukammalligi bilan ajrafib turadi. Eng muhimi, o'zbek tilida ilk bor «Xamsa» bitishdek g'oyatda mashaqqatli vazifani sharaf bilan ado etgan Navoiy dahosi har qancha tahsinga sazovordir. Ulug' mutafakkir asarlarini mutolaa qilar ekanmiz, ularda aks etgan, ilgari surilgan chin insonparvarlik, vatanparvarlik, mehnat-sevarlik, hayotga oshuftalik, keng ma'nodagi ishq-rnuhabbat g'oyalari vujudimizni qamrab oladi, o'ziga maftun etadi. Bit ham Navoiy ijo dining umrboqiyligidan, umumbashariy qadriyatlar ruhi bilan chuqur sug'orilganligidan yaqqol dalolatdir.
Shu bilan birga, bu davrda fors-tojik adabiyoti ham an'anaviy tarzda rivojlanishda davom etdi. Bu adabiyot dovrug'ini baland ko'targan, yuksak badiiy ijod namunalarini yaratgan Kamol Xo'jandiy, Xofiz Sheroziy, Abdurahmon Jomiy, Binoiy, Hiloliy va Vosifiy singari daho so'z san'atkorlari nomini alohida tilga olib o'tish joizdir. Ularrimg yuksak badiiy tafakkur ila yaratilgan umrboqiy asarlari, mana, necha asrlardirki, tarix va davrlar sinovidan o'tib, qanchalab avlodlar ongi: shuurini yolqinlantirib kelmoqda,
Shunday qilib, Amir Temur va Temuriylar davri Vatanimiz xalqlarining hayotiy taqdirida, uiarning ijtimoiy taraqqiyotning yuksak marralariga ko'tarilib borishi davomida o'chmas iz qoldirgan alohida bir tarixiy bosqich bo'ldi. Eng muhimi, bu davr Amir Temurdek buyuk siymoni tarix maydoniga chiqardi. Bu zoti sharif va uning avlodlarining mislsiz sa'y-harakatlari, bunyodkorlik faoliyati tufayli Movarounnahr va Xuroson o'lkalari ulkan o'zgarishlarga yuz tutdi. Mo'g'ullarning bir yarirn asrlik bosqini va zulm-asoratidan butunlay xalos bo'lgan ona yurtimiz qudratli saltanat darajasiga ko'tarildi. Ayni chog'da, ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy-ma'naviy jihatlardan yuksalib, jahonga dovrug' taratdi. Ulug' ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan moddiy va ma'naviy madaniyatning yuksak namunalari, dur-u javohirlari mana necha asrlardirki, jahon ahlini hayratga solib, minnatdor avlodlar ardog'ida e'zozlanib kelmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |