1-mavzu. Meva va rezavor meva o’simliklarini biologik-xo’jalik guruxlarga ajratish Ishning maqsadi


Behi - qumoq, o’tloq-toshloq tuproqlarda yaxshi o’sadi va hosil beradi. O’rik, olcha, shaftoli, gilos



Download 292,88 Kb.
bet31/88
Sana03.03.2022
Hajmi292,88 Kb.
#480097
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   88
Bog'liq
1 mavzu Meva va rezavor meva o’simliklarini biologik xo’jalik guruxlarga

Behi - qumoq, o’tloq-toshloq tuproqlarda yaxshi o’sadi va hosil beradi.
O’rik, olcha, shaftoli, gilos - har xil tuproqlarda yaxshi o’sadi. Quruq sho’rlangan va botqoqlangan tuproqlarga chidamsiz.
Bodom - toshlok, loy tuproqli hamda qumoq tuproqlarda yaxshi o’sadi.
Anor, anjir - unumdor, qumoq, bo’z, suvni yaxshi o’tkazadigan tuproqlarda yaxshi o’sadi.
Xurmo - zaxi qochirilgan, sizot suvi chuqur bo’lgan unumdor soz tuproqli yerlarda yaxshi o’sadi.
Qulupnay, malina, smorodina - organik moddalarga boy, havoni yaxshi o’tkazadigan nam tuproqlarda yaxshi o’sib yuqori hosil beradi.

Meva va rezavor-meva o’simliklari jinsiy (urug’dan) va jinssiz (vegetativ) yo’l bilan ko’payadi. Yangi navlar yaratish va payvandtaglar yetishtirish uchun jinsiy ko’payish usulidan foydalaniladi. Ko’pgina meva va rezavor-meva o’simliklari chetdan changlanib, urug’ beradi bu urug’lar ikki individ (ota-ona) belgilarini o’zida saqlaydi, bunday o’simliklardan o’stirilgan o’simliklar duragay bo’ladi. Amalda meva va rezavor-meva o’simliklarini vegetativ usulda ko’paytirish keng qo’llaniladi. Uning asosida o’simlikning yashash qobiliyatiga ega bo’lgan ma’lum qismi-novdasi, ildizi, bargi va hatto to’qima bo’lakchasidan butun organizmni tiklash (regenerasiya) qobiliyati yotadi. Organlarning bu qismlari ona o’simlikda ildiz chiqaradigan ildiz boshlang’ichini tiklaydi, kurtagidan esa barg chiqaradigan novda beradi. Vegetativ usulda ko’paytirishda o’simlik nisbatan sof holda saqlanadi, unga ona o’simlikning belgilari va xususiyatlari o’tadi. Jinsiy yo’l bilan ko’paytirilganda esa ham onalik, ham otalik, ba’zan esa eng qadimgi ajdodlarning belgilariga ega bo’lgan duragay olinadi.


Vegetativ yo’l bilan ko’paytirishning juda ko’p usullari bo’lib, bulardan quyidagi guruxlarni ajratish mumkin:
a) novda va ildizlarni qismlarga bo’lib (gajak) larini ildiz bachkisi, tuplarni bo’lish, qalamcha va ildiz qalamchasini ekish, parxish qilish va boshqalardan ko’paytirish
b) payvand qilib ko’paytirish (transplantasiya).
Madaniy o’simliklarning ko’pchiligi payvand qilish yo’li bilan ko’paytiriladi. Bunda qalamcha yoki kurtak holida (payvandust) bir o’simlikni (madaniy nav) tuproqda urug’idan o’sib chiqayotgan boshqa o’simlikka (payvandtagga) payvand qilinadi. Bunday holda madaniy o’simlik boshqa o’simlik ildizi (payvandtag) da o’sadi. Novda yoki ildiz bo’lakchasidan otgan o’simliklar o’z ildiziga ega bo’ladi.
Payvand qilishning bir necha usuli bor: kurtak yoki ko’zchadan payvand qilish (meva o’simliklarini ko’paytirishning asosiy usuli hisoblanadi); qo’ndirma payvand, po’stloq ichiga egarcha shaklida o’rnatish, qalamcha payvand, yorma payvand, yarim yorma payvand, yon tomoni kesikli payvand, qo’sh payvand (ablaktirovka) va hokazo, jami 150 dan ortiq usuli mavjud (9, 10, 11 – rasmlar).
Novda qalamchalaridan ko’paytiriladigan tur va navlarda ildizlar quyidagicha paydo bo’ladi: a) bo’rtma yoki bo’g’in shaklidagi ildiz boshlang’ichlaridan (so’rg’ichlar, shishlar va boshqalar) hosil bo’ladi. Bo’rtmalar adventiv (qo’shimcha) kurtaklarning tutashishidan vujudga keladi. Bu ildiz boshlang’ichlar paradizka, turkman olmasi, behi, qora smorodinada yaxshi sezilib turadi. Meva o’simliklarida bo’rtmalarning bo’lishi ular novdasining osongina ildiz otish belgisi hisoblanadi; b) novdalarda kambial qavat bilan o’zak nurlari tutashgan joyda joylashgan meristema hujayralari guruhi ko’rinishidagi ildiz boshlang’ichi yordamida hosil bo’ladi. Ildiz boshlang’ichlarining ko’p qismi novdaning pastki qismida, lekin bo’g’im oraliqlarini ko’p qismida joylashgan; v) ildizlar qalamchalarning kallyuslaridan hosil bo’lishi mumkin. Lekin, buning uchun unda kambiy to’qimasi bo’lishi kerak. Agar qalamcha yoki novdaning o’sishi uchun qulay sharoit yaratilsa (namlik, issiqlik) poya ildiz boshlang’ichlaridan qo’shimcha ildizlar rivojlanadi.
O’stiruvchi stimulyatorlar qo’llanilganda qalamchalarda ildiz hosil bo’lishi tezlashadi. Yosh jihatdan o’simliklarning bir yillik yog’ochligidan olingan qalamchalar yaxshi ildiz oladi. Ildiz qalamchalar yangi novdalar ayniqsa, yangi ildizlar daraxt kattalashgan uning ildiz bo’g’zidan uzilishiga qarab yangi novdalar hosil qilish qobiliyatini tez yo’qotadi.
Yosh (bir-ikki yillik) ildizlardan olingan qalamchalar o’simlikni yaxshi va to’liq tiklay oladi, qari ildizlardan olingan qalamchalar esa o’simlikning poya qismini tiklasa - da, yangi ildizlar chiqara olmaydi.
Payvandust bilan payvandtagning yaxshi birikib tutib ketishi, ularning tutashishi affinitet deb ataladigan botanik jihatdan yaqinligiga bog’liqdir. Payvandtag bilan payvandustning bir-biriga muvofiq kelmaslik sabablari hozirgacha yetarli aniqlangan emas. Lekin, uning biologik mohiyati o’simlikning yer ustki qismi bilan ildizlari orasidagi modda almashinuvining buzilishida ko’rinadi. Odatda bir turga xos yoki shu turga yaqin o’simliklar payvand qilinganda ular yaxshi tutadi va normal rivojlanadi. Meva daraxtlar turlararo, ayniqsa, bir oilalararo payvandlanganda ular yaxshi tutib ketmaydi. Botanik jihatdan bir-biridan uzoq bo’lgan o’simliklar payvand qilinganda ba’zan ularning yaxshi tutib ketishiga payvand qilinayotgan komponent (simbiont) lar hujayralari protoplazmasining biokimyoviy va fiziologik farqi, to’qimalarning anatomik-morfologik tuzilishi, payvandtag va payvandust tanasining yo’g’onligiga qarab xar xil o’sishi, nay sistemalarining tutashmasligi to’sqinlik qiladi, degan fikrlar bor.
Naylar sistemasi tutashmaganda moddalar o’zgaradi; ildizdan payvandustga suv, mineral va boshqa moddalarning va o’simlikning yer ustki qismidan payvandtakka plastik moddalarning kelishi yomonlashadi. Natijada payvand qilingan o’simliklar barvaqt qariydi va qurib qoladi. Tutashmaslik hollari ko’pincha avlodlararo va turlararo payvand qilinganda kuzatiladi. Bog’dorchilikda ayrim meva turlarining, masalan, o’rik, tog’olcha bilan, o’rik shaftoli, nokning ayrim navlari behi, bodom shaftoli bilan payvand qilinganda ular bir-biri bilan yaxshi tutib ketgan hollari ma’lum. Lekin bu yerda ham payvandtag bilan payvandust bir-biriga yaxshi mos kelmasligi kuzatiladi, jumladan, bunda o’simlikning yer ustki qismi sekin o’sadi, uzoq yashamaydi, payvand qilingan joyda bo’rtma hosil bo’ladi va hokazo. Ba’zan payvandust payvandtagda yaxshi rivojlanadi, ammo buning aksicha bo’lmaydi; masalan, nok behiga payvandlanganda yaxshi tutadi, behi nokka payvandlanganda esa yaxshi tutmaydi. Biroq nokning ayrim navlari behiga payvand qilinganda umuman tutmaydi. Payvandust bilan payvandtag bir-biriga mutlaqo muvofiq kelmaganida o’simlikning o’sishi zaiflashadi, barglari erta to’kiladi va daraxt barvaqt qariydi, noqulay tashqi sharoitga chidamliligi pasayadi, ko’pincha yaxshi birikib o’smaydi (buning oqibatida birikkan yeridan ajralib sinadi). Payvandust bilan payvandtagning bir-biriga muvofiq bo’lmasligidan kelib chiqadigan sinish hollari ko’chatzorlardagi ko’chatlarda qanday bo’lsa, bog’dagi daraxtlarda ham shunday bo’ladi. Shunisi xarakterliki, daraxtlar bir necha yil davomida normal o’sadi va hosil beradi, lekin shox-shabbasi ma’lum yo’g’onlikka yetgach, shamoldan sina boshlaydi. Ayniqsa, olxo’rini o’rikka, shaftolini o’rikka payvand qilinganda sinish hollari ko’p kuzatilgan. Yuqoridagi ma’lumotlardan ko’rinib turibdiki, payvandtagning ma’lum darajada payvandust bilan yaqin qarindosh bo’lishi ularning normal tutib ketishi va payvandlangan daraxtning yaxshi o’sishini ta’minlaydi.
Yaxshi ulanishning zaruriy sharti payvandtag bilan payvandust kambiysining bir-biriga yaxshi mos kelishidadir. Ulangan joy tekis bo’lishi, po’stloqlar qurib qolmasligi uchun ular kattaroq bo’lishi kerak, payvand qilishdagi ish jarayonlarini tez bajarish – ko’zchani tez o’rnatish va bog’lash, ko’chatzorda o’simliklarni yuqori agrotexnika asosida parvarish qilish zarur.
Payvand qilinadigan komponentlar bir-biriga muvofiq kelmaganda ular orasida uzilish kuzatiladi, bunda uzilish bo’lgan joy yumshoq parenxima, po’kak to’qima bilan to’lib qolib floema degenerasiyasi sodir bo’ladi, bu ayniqsa payvandtagda ko’proq kuzatiladi. Payvandtag tinim davriga qancha erta kirsa, u payvandust bilan shuncha yomon birikadi, chunki bunda payvandtagdan payvandustga moddalarning o’tishi sekinlashadi.
Agar kesilgan joy yuzasida to’qimaning pigmentlangan, sarg’aygan, po’kaklangan qatlam hosil bo’lmasa, ularning havo bilan birikishi tufayli kechadigan oksidlanish jarayonlari natijasida ro’y beradigan payvandtaglarning tutib ketishi tezlashadi.
Payvandtag bilan payvandustning bir-biriga mos kelmasligi ko’chatlarning past sifatli bo’lishiga va har gektar yerdan chiqadigan ko’chat sonining kamayishiga, bog’dagi daraxtlar hosildorligining pasayishiga olib keladi.
Payvandtag va payvandust bir-biri bilan asosan, moddalar almashinuvi ta’siri orqali birikadi. I.V.Michurin payvand qilinadigan komponentlarning o’zaro ta’siri ularning yoshiga bog’liq deb hisoblagan. Xossalari hali shakllanish jarayonida bo’lgan urug’ko’chatdan chiqqan yosh o’simlik organizmi anchagina plastik bo’ladi va payvand qilinganda yashirin (resessiv) belgilarini namoyon qiladi. Yangi navlar yaratishdagi I.V.Michurin tomonidan ishlab chiqilgan mentor metodi shunga asoslangan.
Sanoat asosida barcha bog’lar, odatda, stadiya jihatdan yosh urug’ko’chatdan chiqqan payvandtag (ko’pincha, mahalliy yovvoyi tur) lardan barpo qilinadi. Payvandust sifatida stadiya jihatdan yetilgan, ancha ilgari shakllanib bo’lgan navlardan foydalaniladi. Yosh payvandtaglar yetuk payvandustning irsiy xususiyatlarini o’zgartira olmaydi. Shuning uchun bunday payvandtakka ulangan madaniy navlar bog’da uzoq yil o’sayotgan bo’lsada, lekin o’zlarining irsiy belgilarini va xossalarini o’zgartirmaydi hamda navlik xususiyatlarining doimiyligini nisbatan saqlaydi.
Payvand qilingan navlar irsiy xarakterga (modifikasion o’zgaruvchanlikka) ega bo’lmasada, yosh payvandtaglar ham sezilarli o’zgarishlar hosil qiladi. Masalan, daraxtning katta-kichikligi, o’sish kuchi, uzoq yashashi, hosil bera boshlashi, mevalarning sifati payvandtagning holatiga bevosita bog’liqdir. Jumladan, kuchli o’sadigan o’simliklar kuchsiz o’sadigan pakana yoki yarim pakana payvandtaglarga payvand qilinganda daraxtlar anchagina past bo’yli bo’ladi va ularning hosilga kirish muddati tezlashadi. Lekin, ular o’sha navning kuchli o’sadigan payvandtaglariga payvand qilingan daraxtlarga qaraganda kamroq yashaydi; past bo’yli payvandtakka payvand qilingan olmalar shirin va chiroyli bo’ladi.
Payvandtag payvandlangan o’simliklarning hosildorligini, vegetasiya davrining boshlanishi va oxirini, sovuqqa, qurg’oqchilikka, sho’rxokka chidamliligini va boshqa xususiyatlarini o’zgartira oladi. Shuningdek, payvandtag meva daraxtlarining mahalliy tabiiy sharoitga chidamliligini oshirishi yoki kamaytirishi mumkin. Masalan, shaftoli olxo’riga payvand qilinganda nam tuproqda, bodomga payvand qilinganda esa quruq tuproqda mo’l hosil beradi. Lekin, bu o’zgarishlarning hammasi nasldan naslga o’tmaydi.
Payvandust ham o’z navbatida payvandtakka ta’sir ko’rsatadi, lekin uning qay darajada o’zgarishi hozirgacha yetarlicha aniqlangan emas. Biroq shu narsa ma’lumki, payvandust qanchalik kuchli o’ssa, uning ildiz tizimi ham shunchalik kuchli rivojlanadi. Masalan, olmaning Napoleon naviga ulangan Kandil sinap navi ko’chatining ildizlari g’uj bo’lib o’sadi, Kandil sinapga ulangan Napoleon va Renet Simirenko nav olma ko’chatlarining ildizlari esa keng tarmoqlanib o’sadi, ya’ni o’simlikning ildizlari shakli jihatdan yer ustki qismi (payvandust) shakliga yaqinlashadi.

Download 292,88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   88




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish