jadval
Urug’lar kondisiyasi
Ekin turi
|
1 kg urug’ olish uchun talab qilinadigan yangi uzilgan meva miqdori, kg
|
Klasslar bo’yicha urug’larning unib chiqishi, % hisobida
|
I
|
II
|
O’rmon olmasi
|
100-120
|
90
|
75
|
Madaniy olma
|
250-400
|
90
|
80
|
O’rmon noki
|
100-150
|
90
|
70
|
Behi
|
100
|
90
|
70
|
Nordon olcha
|
12-15
|
85
|
70
|
Antipka
|
8-10
|
90
|
75
|
Yovvoyi gilos
|
10
|
80
|
65
|
Xonaki olxo’ri
|
12
|
85
|
70
|
Tog’olcha
|
10-12
|
95
|
80
|
Tikanli olcha
|
8
|
85
|
70
|
Oddiy o’rik
|
15-30
|
90
|
70
|
Shaftoli
|
15-30
|
90
|
75
|
Yong’oq
|
-
|
90
|
75
|
Bodom
|
-
|
90
|
75
|
Xurmo
|
-
|
80
|
70
|
Mahalliy unabi
|
-
|
80
|
75
|
Danak mevali daraxtlar urug’ining po’sti xira kul rang bo’lishi ularning sifatsizligini ko’rsatadi. Ana shu turlarning urug’pallasi va murtaklari ham urug’ mevali daraxtlarnikiga o’xshash bo’lishi kerak. Urug’larning to’q, danaklari yorilmagan, mog’orlamagan va qo’lansa hidsiz bo’lishi ularning sifatlilik belgisidir. Danak mevalilarning mag’zi qobig’ining burishgan bo’lishi, urug’ning o’ta quritilganligini ko’rsatadi.
Biroq urug’larning yaroqliligini ularning tashqi belgilariga qarab aniqlash usuli hamisha ham to’g’ri bo’lmaganligi sababli ularning unib chiqish-chiqmasligi ikkita aniq usul-bo’yash va tez undirish usuli bilan aniqlanadi. O’lik hujayra va to’qimalarni indigo – karmin bilan bo’yash usuli D.N.Nelyubov tomonidan ishlab chiqilgan. Meva daraxtlarining urug’ qobig’i va endospermini oson ajratib olish uchun bo’yashdan oldin bir kun davomida xo’llab qo’yiladi. Mag’izdan ajratish uchun danaklar avval qizdiriladi. Urug’lar qobiqdan tozalanadi. Qobiqdan tozalangan urug’lar sinash uchun (har birida 100 tadan 33 ta namuna olinib) 0,1-0,2 % konsentrasiyali indigo – karmin eritmasiga solinadi. Uch soatdan keyin eritma to’kilib, urug’lar suvda yuviladi va so’ngra sanaladi. Dastlabki ildizchasi bilan bo’yalgan, shuningdek yarmi yoki to’liq bo’yalgan urug’lar unib chiqmaydi.
Urug’larni unib chiqishi mumkin bo’lgan energiyasi haqida M.A.Solovyeva tomonidan ishlangan tez undirish usuli birmuncha aniqroq tushuncha beradi. Bunda ham uch kun ho’llab qo’yilgandan keyin urug’lar unib chiqishi kerak. Ajratib olingandan so’ng urug’ murtagi Petri idishi yoki likopchadagi nam gigroskopik paxta yoki sterillangan dokaga qo’yiladi. Paxta yoki dokani qaynagan suv bilan vaqti - vaqtida ho’llab turish lozim. Unib chiqish vaqtida harorat 20-230S atrofida saqlanadi. Juda yuqori haroratda urug’lar chiriydi, past (12-150S) haroratda esa unib chiqishi cho’zilib ketadi. Unib chiqqan urug’lar ildizcha va ko’kara boshlagan urug’ palla beradi. Unib chiqish 14-18 kun davom etadi. Urug’larning sifati ular tayyorlangandan so’ng qumlashdan oldin yoki kuzda ekishdan avval aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |