1-mavzu. Meva va rezavor meva o’simliklarini biologik-xo’jalik guruxlarga ajratish Ishning maqsadi



Download 292,88 Kb.
bet38/88
Sana03.03.2022
Hajmi292,88 Kb.
#480097
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   88
Bog'liq
1 mavzu Meva va rezavor meva o’simliklarini biologik xo’jalik guruxlarga

Urug’ olish usullari. Faqat unuvchanligi yaxshi, yuqori sifatli urug’largina yaxshi unib chiqadi, yaxshi o’sadi va bir xil, kuchli payvandtaglar hosil bo’lishini ta’minlaydi. Shuning uchun urug’ tayyorlash va saqlashga katta ahamiyat berish kerak.
Odatda urug’lar to’la yetilganda va normal rangga kirganda tayyorlanadi; bunday urug’lar, yuqori unuvchanlikka ega bo’lib yaxshi o’sadi, ba’zan olma va nok mevalari urug’lari yetilmasdan ilgari terib olinadi. Bunday holda mevalar urug’i pishib yetilishi uchun 15-18 0S haroratda 10-12 kun saqlanadi. Madaniy navlar urug’lari tayyorlashda o’rtagi va kechki muddatlarda pishadigan mevalarning to’kilganlaridan foydalaniladi.
Danak mevalilarning ko’pgina murtagi chala yetilgani uchun, urug’larining unuvchanligi past bo’ladi. Bu hol ko’pincha erta pishadigan danak mevalilarda – gilos, olcha, shaftoli va boshqalarda uchraydi. Shuning uchun urug’ni kech pishadigan turlardan tayyorlash va albatta ularning unuvchanligini tekshirish lozim. Ammo ayrim danak mevalilardan (antipka, tog’olcha, tikanli olcha) ba’zan hali pishmagan, lekin qo’ng’irlasha boshlagan mevalardan ham urug’ tayyorlash mumkin. Bunday mevalardan olingan urug’lar unishga tayyorlanish vaqtini anchagina tez o’tadi va ular pishgan mevalardan olingan uruqqa nisbatan yaxshi unib chiqadi.
Yirik mevalardan olingan urug’larning unuvchanligi mayda mevalardan olingan urug’larga qaraganda yuqori bo’ladi. Shuning uchun ham mayda, pishib yetilmagan va yara-chaqali mevalardan urug’ tayyorlanmaydi. Shox-shabbaning atrofidagi mevalar to’la urug’lanadi, yaxshi yoritiladi va to’la qimmatli urug’lar beradi. Shunday mevalarni urug’ uchun terib olish maqsadga muvofiqdir. Mevalardan urug’lar ajratilguncha mevalar uzoq saqlanadigan bo’lsa, bunda ular biologik yoki o’z-o’zidan qizib ketmasligini kuzatib turish kerak, chunki 45-500S harorat va ortiqcha namlikda urug’lar o’z unuvchanligini yo’qotadi.
Mevalardan urug’lar turli usullarda ajratib olinadi. Urug’lar ko’pincha mevalarni quritish va ulardan konserva tayyorlash vaqtida ajratib olinadi. Olxo’ri, shaftoli va o’riklarning danagi qo’lda ajratib olinadi. Urug’ kam tayyorlanadigan bo’lsa, boshqa turlarning urug’i ham qo’lda ajratiladi, mayda danak mevalilarning (olcha, gilos, tog’olcha va shu kabilarning) danagi danak ajratadigan mashinalarda ajratib olinadi. Yirik olma va noklarning eti murabbo, kompot tayyorlashga va quritishga ketadi, urug’li o’zaklari maxsus stanok yordamida urug’lari bilan birga kesilib, so’ngra maydalanadi va urug’lar olinadi.
Urug’ ko’p tayyorlanadigan bo’lsa, sharbat (sok) olish uchun qayta ishlash vaqtida ajratib olinadi. Mevalari dastlab yuviladi va eziladi, olingan turp shirasini siqish uchun pressga joylanadi. Turpdagi urug’lar elash yoki yuvish yo’li bilan ajratib olinadi. Birinchi usulda turp yupqa qavat (7-10 sm) qilib soya joyga yoyiladi va tez-tez ag’darib turiladi. Ob-havo noqulay bo’lib, quritish mumkin bo’lmay qolsa, turp 30-350S dan yuqori bo’lmagan haroratda maxsus quritgichlarda quritiladi. So’ngra urug’ quritilgan turpdan ko’zlarining katta-kichikligi har xil bo’lgan elakli seyalka mashinasida ajratiladi.
Mevalarni yuvish vaqtida urug’lar turpdan yuvish elaklarida va maxsus tog’oralarda ajratiladi. Urug’larning unuvchanligini pasaytirmaslik uchun ular qaysi usulda ajratib olinmasin, u yuqori haroratda ta’sir etishga yo’l qo’ymaslik kerak. 40-50-600S harorat juda kam urug’larga zararli ta’sir qiladi. Shuning uchun issiq usul bilan ajratib olingan urug’lar ekish uchun yaramaydi. Mevalarning uyumlarda qizib ketishiga va urug’lari ajratib olinmagan turpning achishiga yo’l qo’ymaslik kerak. Urug’larni turpdan yuvib ajratib olayotganda ularning uzoq vaqt suvda turishiga, shuningdek uzoq vaqt quritilishiga yo’l qo’ymaslik lozim. Urug’lar faqat soyada quritiladi, bunda ularning namligi 10-11% ga yetkaziladi. Namlik juda yuqori bo’lsa, urug’lar unuvchanligini juda tez yo’qotadi. Urug’larni oftobda quritish mumkin emas, chunki bunda urug’ qobig’i qurib qoladi va yorilib ketadi. Shamol esib turgan oftobli havoda urug’lar soyada uch kundan ortiq quritilmasligi kerak. Yupqa qilib (5 sm dan ko’p bo’lmagan) yoyilgan urug’lar quritilgan vaqtda aralashtirib turiladi. Bu esa ularning achishi, mog’orlashining oldini olishga yordam beradi va quritishni tezlashtiradi. Urug’ tayyorlashning hamma usullarida urug’larning qobig’i shikastlanishiga yo’l qo’yilmaydi, chunki stratifikasiyalash vaqtida bunday urug’lar chirib ketishi mumkin. Quritilgan urug’lar seyalkada (shamol mashinada) ikkinchi marta tozalanadi.
Mevalarning vazniga qarab ulardan urug’lar chiqimi (S.N.Stepanov bo’yicha) – foiz hisobida: olmadan 0,1-0,6; nokdan 0,6-1,0; olchadan 5-11; magalyobka olchadan 10-12; olxo’ridan 5-10; tog’olchadan 8-10; o’rikdan 12-15; shaftolidan 3-6 foizni tashkil etadi.
Urug’larni ifloslantiradigan aralashmalar o’rmon olmasida 4%, nok va behida 5%, mayda olxo’ri, tog’olcha, antipka, gilos, olcha, xurmoda 2%, shaftoli, o’rik, yirik olxo’ri, bodom va yong’oqda 1% dan oshmasligi kerak.
Urug’ mevali daraxtlarning urug’lari begona aralashmalardan tozalanadi va don saralash mashinasidan o’tkazilib, kondisiya darajasiga yetkaziladi. Ekish uchun tayyorlangan urug’larda begona aralashmalardan tashqari, mayda, yengil, singan, urilgan, zararkunandalardan zararlangan va puch urug’lar uchraydi, ularni ham ajratib olish kerak. Salmoqli yirik urug’lardan unuvchanligi yuqori va standart payvandtaglar o’sib chiqadi. Shuning uchun ekishga to’la rivojlangan, to’la qimmatli va yirik urug’larni tanlash lozim va ular katta-kichikligiga qarab metall elaklarda saralangan bo’lishi zarur.
Urug’ mevali turlar urug’ining namligi 15-16% dan oshmasligi kerak. Urug’larning namligi yuqori bo’lsa, ular mog’orlaydi, ba’zan o’z-o’zidan qizib ketadi va ayniydi, stratifikasiya qilish vaqtida chiriydi.
Urug’larning yuqori sifatli bo’lishini tashqi ko’rinishiga rangi, hidi va boshqa sifatlariga qarab ham aniqlasa bo’ladi. Urug’ mevali daraxtlarning yaxshi urug’lari to’q va tig’iz, urug’palla va murtagi oq bo’ladi. Ularda sariq, shishasimon va yaltirab turgan dog’lar bo’lmaydi, urilganida maydalanmay, puchayib qoladi; ular elastik, taxir mazali bo’ladi; yupqa temir listda yoki tovada (yog’ solmasdan) ozgina olovda sal qizdirilsa, po’sti yorilib ketadi va urug’lar charsillab sakraydi. Sifatsiz urug’lar qovurilganda kuyib ketadi.


Download 292,88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   88




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish