1-mavzu. Meva va rezavor meva o’simliklarini biologik-xo’jalik guruxlarga ajratish Ishning maqsadi



Download 292,88 Kb.
bet28/88
Sana03.03.2022
Hajmi292,88 Kb.
#480097
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   88
Bog'liq
1 mavzu Meva va rezavor meva o’simliklarini biologik xo’jalik guruxlarga

Qulupnay, malina - sovuqqa chidamsiz. O’zbekistonda qorsiz qishda sovuq urishi mumkin va shuning uchun bunday vaqtda ustini somonli go’ng bilan yopib qo’yish talab etiladi. Qattiq issiqda o’sishdan to’xtaydi, barglari oftobdan kuyib, to’kilib ketadi.
Qora smorodina – sovuqqa juda chidamli, issiqqa chidamsiz, harorat oshib ketsa barglarini va ba’zan mevalarini to’kadi.
Namlik meva ekinlari hayotida muhim ahamiyatga ega. Chunki, o’simlik barglari, shoxlari, ildizlari, mevalari 72-86 foizini suv tashkil etadi. Suv ta’sirida bir qator murakkab biokimyoviy, fiziologik jarayonlar, mineral hamda organik moddalarning kolloid holatini saqlanishi, fermentlar ta’siri, fotosintez, o’sish jarayoni intensivligi ro’y beradi. Suv to’qimalarni turgor holatda saqlaydi. U o’zining solishtirma issiqlik sig’imi tufayli o’simliklarda haroratni stabillashtirishga va hokazolarga yordam beradi.
O’simlik hujayralarida suv yetarli darajada bo’lganda organik moddalar sintezi, yetishmaganda esa, gidroliz kuchayadi. Suv o’simlikka tuproq orqali ta’sir etadi. Shuning uchun tuproqning suv rejimi, yillik yog’ingarchilikni miqdori va ularning taqsimlanishi, yer osti suvlari sathi o’simliklar hayotida katta o’rin tutadi. Meva o’simliklarining suvga bo’lgan talabi o’simlik turi va naviga qarabgina emas, balki ularningyoshi meterologik sharoit, tuproqning fizik-kimyoviy tarkibi va bir qator boshqa omillarga qarab aniqlanadi.
O’simlikning qurg’ochilikka chidamliligi o’simlik to’qimalarining hayotchanlik xususiyatlarini yo’qotmaslik, suvni ko’p yo’qotganda qayta ivish (oqsilning quyuqlanishi) ning qayta boshlanishiga yo’l qo’ymaslik qobiliyatida namoyon bo’ladi. Ammo, o’simlik suv bilan normal ta’minlangandagi transpirasiya miqdori, o’simlikning qurg’oqchilikka ko’p yoki kam chidamliligini ko’rsatuvchi belgi bo’la olmaydi. Qurg’oqchilik vaqtida hujayralar plazmasi suvsizlanadi. Bu jarayon kuchli sovuq vaqtida hujayralar plazmasining suvsizlanish jarayoni bilan bir xilda boradi.
O’simliklarning suvga bo’lgan talabi meva daraxtlarning ayrim turi va navlari hayotining turli davrlarida, kun hamda yilning turli vaqtlarida hamda har xil iqlim va tuproq sharoitlarida turlicha bo’ladi.
O’zbekistonda yetishtiriladigan meva o’simliklarini namsevarlik darajasiga ko’ra taxminan quyidagicha taqsimlash mumkin (suvga kam talabchanligi bo’yicha): qulupnay, malina, smorodina, behi, olxo’ri, olma, nok, yong’oq, gilos, olcha, shaftoli, o’rik, anor, bodom, anjir, chilonjiyda (unabi), pista, zaytun. Lekin, har bir tur bo’yicha namsevarlik darajasi har xil bo’lgan navlar ham bo’ladi.
O’zbekistonda deyarli barcha meva o’simliklar (zaytun va pistadan tashqari) namsevar hisoblanadi. Bizning sharoitimizda ularni sug’ormasdan o’stirish mumkin emas.
Olma - namsevar o’simlik. Uning suvga bo’lgan talabi payvandtagga hamda ildizlarning tuproqda joylashish chuqurligiga bog’liq. Turkmaniston olmasi yer osti suvlarining yuza - 1,0 – 1,5 m gacha joylashishigacha chiday oladi.
Nokyosh vaqtida, hali uzun yon ildizlar paydo bo’lmaguncha suvga talabchan bo’ladi. Yer osti suvlarining yuza joylashishi salbiy ta’sir ko’rsatadi. Havoning quruqligiga chidamsiz. Behiga payvand qilingan, ildiz tizimi hali yaxshi rivojlanmagan nok namga ancha talabchan bo’ladi.
Behi – qurg’oqchilikka yaxshi chidamli, bunda u bug’lanishni kamaytiradi va tuproqning o’ta namligiga qarshi barglarini burushtiradi. Tuproq namligi mo’tadil bo’lganda sifatli va mo’l hosil beradi.
O’rikhavoning quruqligiga chidamli, bunday sharoitlarda zamburug’ kasalliklari bilan kam zararlanadi. Havoning o’ta namligi dog’lanish (klestosporioz) kasalligini keltirib chiqaradi.

Download 292,88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   88




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish