2-rasm. Boshqaruv qarorlari unsurlari
Boshqaruv qarorlarini tasnifi
Boshqaruv jarayonida turli masalalar yuzasidan, turli darajada xilma-xil mohiyatga va mazmunga ega bo‘lgan minglab qarorlar qabul qilinadi. Ular quyidagi belgilar bo‘yicha guruhlarga bo‘lish mumkin (10-javdval).
10-jadval
Boshqaruv qarorlarining tasnifi.
№
|
Guruhlash belgilari
|
Boshqaruv qarorlari
|
1
|
Amal qilish davriga ko‘ra
|
strategik qarorlar
taktik qarorlar
|
2
|
Mazmuni va amal qilish xususiyatiga ko‘ra
|
ijtimoiy-iqtisodi qarorlar
texnikaviy qarorlar
stereotip qarorlar
tashabbusli qarorlar
|
3
|
Takrorlanish yoki yangilik darajasiga ko‘ra
|
an’anaviy qarorlar
tavsiyali qarorlar
|
4
|
Axborot bilan ta’minlanganlik darajasiga ko‘ra
|
aniq qarorlar
noaniq qarorlar
|
5
|
Amal qilish xususiyatiga ko‘ra
|
vaqtinchalik qarorlar
operativ (tezkor) qarorlar
muntazam qarorlar
vaqti-vaqti bilan qabul qilinadigan qarorlar
|
6
|
Qarorni qabul qilish shakliga ko‘ra
|
yakkaboshlik prinsipi asosida qabul qilingan qarorlar
kollegiallik asosida qabul qilingan qarorlar
konsensus prinsipi asosida qabul qilingan qarorlar
“Ringi” usuli asosida qabul qilingan qarorlar
|
Strategik qaror masqadga erishishda muhim ahamiyatga ega. U yuqori boshqaruv organlari tomonidan tub va istiqbolli dasturlarni ishlab chiqish maqsadlarida qabul qilinadi. Bunday dasturlarga.
xususiyatlashtirish jarayonlarini chuqurlashtirish
raqobat muhitini shakllantirish
chuqur tarkibiy o‘zgarishlarga erishish
kichik va xususiya beznesni rivojlantirish kabi dasturlar misol bo‘la oladi.
Taktik qarorlar maqsadga erishining vosita va usullari xususidagi joriy, tezkor qarorlardir. Masalan:
korxona firmaning joriy rejalarini tuzish va joriy qilish
kadrlar masalasini hal qilish va hk.
Umumiy qarorlari bir xil muammoga daxldor bo‘lib, barcha bo‘g‘inlar uchun birdek amal qiladi. Masalan, ish kuning boshlanishi va tugashi, tushlik vaqti, ish haqini to‘lash muddatlari va boshqa tanaffuslar.
Maxsus qarorlar tor doiradagi muammoga taalluqli bo‘lib, korxonaning muayyan bir bo‘limi yoki bir guruh xodimlari yuzasidan qabul qilinadi.
Stereotip qarorlar odatda qat’iy yo‘riqnomalar, me’yoriy hujjatlar doirasida qabul qilinadi. Bunday qarorlar ba’zon kundalik, ba’zan masalalar bo‘yicha qabul qilinadi, lekin o‘zgarishlar asosan muddatlarga ayrim sifat parametrlariga ijrochilar taalluqli bo‘ladi.
Konsensus tamoyili pur fikrlilik ya’ni fikrlar pluralizmi kuchaygan hamda axborot oqimi tobora kuchayib borgan hollarda qo‘llaniladi. O‘z mohiyati bilan: Konsensus – bu qarorlarni ishlab chiqish jarayonida barcha baxsli masalalar va turli tuman fikrlar yuzasidan bir bitimga kelish yoki kelishishdir.
Konsensusga o‘zaro fikr almashishi va maslahat shuningdek ilgari surilayotgan muqobili masalalarni maqsadga muvofiqlashtirishning har xil usullarini qo‘llash yordamida erishiladi.
“Ringi” usuli yapon biznesida keng qo‘llaniladigan usuldir. Bu usulga ko‘ra majlislarda emas, balki so‘rab chiqish yo‘li bilan rozilik olish vositasida hal etiladi, bir necha bosqichda amalga oshiriladi (11-jadval).
11-jadval
“Ringi” usulini qo‘llash bosqichlari
Do'stlaringiz bilan baham: |