6.3. Rahbar fazilatlari to‘g‘risida Gippokrat fikrlari
Fazilat – bu ijobiy hislat, yaxshi sifat yoki xususiyatdir. Kishilarda fazilatlarning turlicha bo‘lishi hamda har xil xulq-atvorlar insonning badanida aylanib yuradigan suyuq moddalarga ko‘p jihatdan bog‘liq ekanligi tajribada kuzatilgan.
Qadimgi tibbiyotning yirik namoyondasi Gippokratning inson badanida qon asosiy o‘rinni ishg‘ol etsa, bunday odam harakatchan, engil bo‘ladi, taassurotlarining almashtirishishiga tez ko‘nikib keta qoladi, o‘z atrofida sodir bo‘layotgan voqealarga darhol va ishtiyoq bilan aralashadi, degan fikr bejiz emas. Mana shu xil kishilarni Gippokrat sangvinlar (xushchachaq kishilar) deb atagan. Bu lotincha “sangvinis” ya’ni “qon” degan so‘zdan kelib chiqqan.
Sangviniklar tuyg‘u (jo‘shqin) xususiyatlari bilan ajralib turadi. Ular:
yangi kishilar bilan tez xil topishadigan;
bir ish turidan ikkinchi ish turiga tezda ko‘nikadigan;
bir turda bajariladigan ishlarni yoqtirmaydigan;
yangi sharoitga osonlik bilan o‘rganadigan;
xushchaqchaq;
harakatlari shiddatli;
nutqi tez;
kelajakka ishonch bilan qaraydigan;
so‘zini aniq va ma’noli qilib, imo-ishoralar bilan gapiradigan kishilardir.
Sangviniklar ish jarayonida kechgan ko‘ngilsiz hodisalarni tez unutadilar. Ular o‘z kuchi hamda qobilyatlariga ortiqcha baho berish xususiyatiga ega bo‘ladilar.
Rahbarlar sangviniklarning ishini salbiy baholashdan ko‘ra ularga nisbatan qattiqqo‘l va talabchan bo‘lsalar, ijobiy natijaga erishishlari mumkin.
Sangviniklar yuqori lavozimga intiladigan kishilar bo‘ladi.
Agar kishida shilliq hukmron o‘rin tutsa, unday kishilar og‘ir, tepsa tebranmas, kayfiyatlari va intilishlari ancha barqaror, voqealar va hayot tassurotlariga loqayd qaraydigan bo‘ladilar. Bunday xil kishilar Flegmatiklar deb atalgan. Qadimgi shilliqni “flegma” deyishgan.
Flegmatiklar:
ta’sirchanligi sust bo‘ladi.
bir turdagi ishdan ikkinchi turdagi ishga sekinlik bilan ko‘chadilar.
faolliklari kam;
yangi sharoitga qiyinchilik bilan moslashadilar;
harakatlari va nuqtalari sust
ko‘nggilsiz hodisa yuz berganda osoyishtaliklarini buzmaydilar
sabr-toqatli, chidamli bo‘lib, so‘zlaganda xotirjam, o‘zga shaxslar bilan hayajonlanmay gaplashadilar.
Xoleriklar – ko‘tarinki ruhda ishlay oladigan qarshiliklarni enga oladigan kishilar bo‘lib, ularning ishlash zavqi kayfiyatining buzilishi bilanoq tez o‘zgarishi mumkin. Ular serjahl o‘zini yaxshi ko‘radigan, tez gapiradigan odamlar bo‘lib boshqalardan gapining ohangi o‘zgaruvchanligi bilan ajralib turadi. Xoleriklaning vazminlik darajasi xuddi sangviniklarnikidek bo‘ladi. Rahbar va boshqa kishilarga nisbatan o‘zini to‘g‘ri tutadi.
Melanxoliklar:
o‘ta ta’sirlanuvchi xususiyatga ega
tez to‘liqadigan va o‘ziga ishonmaydigan
tashvishsiz lekin juda sezuvchan
nihoyatda arazchan
juda oz kuladigan
faolligi sust tortinchoq kamg‘ayrat
arzimagan sabablarga ko‘zidan yosh oqib ketaveradigan
yangi xodimlar bilan qiyinchiliklar bilan til topishadigan kishilardir.
Melanxoliklar qulay sharoitda oldiga quyilgan masalalarni muvaffaqiyatli bajaradi. Agar ishda sharoit, ya’ni vaziyat o‘zgarsa, qiyinchilik tug‘ilsa, ular o‘zlarini olib turishadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |