1-mavzu. Menejment faning predmeti, ob’ekti va usuli


-rasm. Vaziyatni tahlil qilish va muammoni aniqlash jarayoni



Download 386,1 Kb.
bet43/96
Sana26.03.2022
Hajmi386,1 Kb.
#511209
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   96
Bog'liq
Менежмент фанидан мавзулар тўплами (копия)

4-rasm. Vaziyatni tahlil qilish va muammoni aniqlash jarayoni

Model oddiy yoki dasturlashni talab qiluvchi, murakkb bo‘lishi ham mumkin. Murakkab qarorlarni qabul qilishda matematik yoki statistik modellardan foydalaniladi. Bu modellar muammolarni miqdor jihatdan tavsiflaydi va optimal varianti boshqarish qarorini qabul qilish uchun aos xizmatini o‘taydi (5-rasm).





5-rasm. Qarorni modellashtirish

Qarorni tanlash, ularni uzil-kesil qabul qilish rahbar tomonidan amalga oshiriladi. Bunda rahbar qarorni yakkaboshchilik asosida qabul qilish mumkin. Odatda, yakkaboshchilik ko‘pchilik fikri bilan birgalikda qo‘shib olib boriladi, ya’ni:





    1. Qarorlarni ijrosini uyushtirish va ularning bajarilishini

nazorat qilish


Qarorlarni bajarish - bu oqibat natijasida yuqori bo‘g‘inda qabul qilingan rejalarni, shuningdek shu rejalar asosida quyi bo‘g‘inlar (sex, uchastka, brigada smena, har bir xodim) uchun tuzilgan reja yoki topshiriqlarni bajarish demakdir, qaror eng avvalo buyruq yoki farmoyish tarzida rasmiylashtiriladi, so‘ngra u ma’muriy hujjat tusini oladi. Unda aniq ijrochilar, bajarish muddatlari, nazorat qilish usullari va hakozolar ko‘rsatilgan bo‘ladi.
Qarorning bajarilishiga rahbarlik qilish – bu firma, korxona, sex, uchastka brigadaning boshqarish apparati tomonidan ishlab chiqish yoki xizmat ko‘rsatish jarayonida rahbarlik qilish bo‘yicha aniq masalalarni hal etish demakdir.
Bunda har bir bo‘linma o‘zining fuknsiyaonal vazifasini bajarish bilan band bo‘ladi. Binobarin, boshqarishning yagona tizimi amal qiladi. Shu tariqa barcha boshqaruv bo‘linmalari bir-biriga o‘zaro ta’sir ko‘rsatib, bosh rejalarning bajarilishini ta’minlaydi.
Rahbarning asosiy vazifasi boshqaruv tizimi maqsadda muvofiq uyushtirishdan va o‘zi uchun ishlab chiqarishning tub masalalari bilan shug‘ullanish imkoniyatini yaratishdan iboratdir.
Qarorlarning bajarilishiga rahbarlik qilish jarayonida rahbarning vazifasi xodimlarning shaxsiy manfaatlari bilan muvofiqlashtirishga erishishdan iboratdir. Jamoaga muvaffaqiyatli rahbarlik qilish farmoyish berish va nazorat qilish usullari, shakllari va texnikasini bilishgina emas, balki topshiriqlarni bajarishga xodimlarni safarbar eta olish qobilyatini ham talab qiladi.
Erishilgan yutuqlarni rahbar faqat o‘zining xizmatlari etib ko‘rsatmasligi lozim. Qaror ijro etilmay qolganda aybdor jazolashdan oldin buning sabablarini diqqat bilan o‘rganish zarur.
Ko‘pchilik rahbarlar yaxshi qaror qabul qilishni bidmasliklari tufayli emas, balki ularni amalga oshirishni tashkil qila bilmasliklari sababli o‘z lavozimlariga mos kelmay qoladilar. Ba’zi bir masala yuzasidan ikki-uch martalab qaror qabul qiladilar. Qarorning bajarilmay qolish sabablari ham mana shundaydir.
Qarorlarni bajarilishiga rahbarlik qilish muayyan me’yoriy hujjatga tayanadi. Korxona, firma to‘g‘risidagi qonun yoki Nizom ana shunday me’yoriy hujjatlardan hisoblanadi. Bu jihatda mazkur korxona (bo‘linma)ning asosiy vazifalari, huquq va majburiyatlaridan tashqari uning shtat jadvali va ma’muriy rahbar (boshliq, mudir) ko‘rsatilgan bo‘ladi. Nizomda ko‘pincha ushbu bo‘linmaning boshqa xizmatlari bilan funksiyaonal aloqalari tartibga solinadi.
Nizomga binoan odatdagi sharoitlarda rahbar faqar bevosita bo‘ysinuvchilargagina farmoyish beradi. Boshqa bo‘ysinuvchilarga farmoyish faqat ularning bevosita rahbarlari orqali beriladi. Masalan, sex boshlig‘i formal jihatdan xizmat bo‘yicha o‘zidan past turgan barcha xodimlarga buyruq berish huquqiga ega.Biroq u bevosita rahbarlarni chetlab buyruq berganda bu hol:

  • tashkiliy parokandalikka olib keladi.

  • intizomga salbiy ta’sir ko‘rsatadi

  • ko‘ngilsiz ijtimoiy oqibatlarni keltirib chiqaradi.

Ba’zan rahbarlar o‘rtasida bir-birining ishiga aralashish xollari ro‘y beradi. Bunday harakat ham rahbarlar orasida ma’lum norozilikni keltirib chiqaradi.





Nazorat – bu qayta (javob) aloqa shakli hisoblanib, yuqori boshqaruv organi tomonidan chiqarilgan buyruq, farmoyish va belgilangan rejalarning joylarda bajarilishi darajasi to‘g‘risidagi ma’lumotni aniqlash usulidir.



Nazorat funksiyasi rahbarning eng muhim vazifasidir. Rahbar qabul qilinadigan qarorlarning tashabbuskori bo‘lganligi sababli u shu qarorlarining bajarilishi ustidan nazoratni tashkil qilishning ham tashabbuskori bo‘lishi kerak. Qarorlarning ijro etilishini nazorat qilmaydigan rahbar o‘zi ishlayotgan ishlab chiqarishga emas, balki boshqa korxonalarga ham zarar yetkazishni, ya’ni ularning ishida kechiqishlari paydo bo‘lishishiga sababchi bo‘lishi mumkin.





O‘z qarorning ijrosini tekshirmagan rahbar, intizomsiz, ijrochilarni noto‘g‘ri tarbiyalangan rahbar hisoblanadi.

Qarorni bajarilishini nazorat qilish xulosalar chiqarishni ham o‘z ichiga oladi. Bundan maqsad qarorning haqiqiy natijasi va samarasini aniqlash, shuningdek, qaror qabul qilish vositalaridan foydalanish tajribasini umumlashtirishdir.





Download 386,1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   96




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish