xatti xarakati, xissiy – irodaviy qobilyati, bilish faoliyatini, xulqning shakllanishida
asosiy rо‗l о‗ynaydi.
Murakkab nuqsonli bolalar Dunyodagi 500 milion axolining 10%
nogironlardir. Shular jumlasiga murakkab nuqsonli anomal bolalar ham kiradi.
Murakkabnuqsonli anomal bolalarda bir necha nuqson birgalikda kuzatiladi. Ular
kompleksli nuqsonli bolalar kategoriyasi deb ham nomlanadi. Onalar va bolalar
salomatligini yaxshilash, nogironlikning oldini olish,
ekologik muvozanatni
yanada barqarorlashtirish yuzasidan mamlakatimizda mustaqilligimizning birinchi
kunidanoq muntazam amaliy ishlar olib borilmoqda. Respublikada kasal bolalar
tug‗ilishi kо‗rsatkichi ming axoliga nisbatan 1991 – yildagi 34,5 dan 2000 – yilda
21,4 ga kamaydi. Demak, hali ham bu borada kо‗pgina ishlar olib borilishi lozim.
Ayollar, ayniqsa qizlar orasida uchraydigan chekish, spirtli ichmliklar ichish,
narkotik moddalar qabul qilish, shifokor maslaxatisiz dori – darmonlar qabul
qilish, ekologik muammolar va boshqa holatlar nogiron bolalar tug‗ilishiga sabab
bо‗layotganini va uni oldini olish boasida kо‗proq balog‗at yoshidagi yigit – qizlar
orasida tushuntirish ishlari keng tarzda olib borilishi maqsadga muvofiqdir.
Olimlar tomonidan aniqlangan 400 dan ortiq dori – darmonlar xomila
rivojlanishiga (dastlabki 1 – 2 oylar) salbiy ta‘sir etadi.
Murakkab nuqsonli maxsus yordamga muxtoj toifasiga kar – kо‗r - soqov
bolalar, kar va aqli zaif, kо‗r va oligofren, harakat – tayanch a‘zolari jaroxatlangan
va kо‗r yoki aqli zaif hamda xokozolar kiradilar.
Oxirgi yillarda kо‗r va zaif kо‗ruvchi bolalar soni ancha kamaydi.
Oftolmalogik yuutuqlar, erta diagnostikaning yangi usullarining qо‗llanilishi,
kо‗rish organlari kasalliklarini davolash va korreksiya
qilish natijasida maxsus
maktab о‗quvchilarining kontingenti sezilarli darajada о‗zgardi. Kо‗r bolalar
nisbatan kamaydi, ammo zaif kо‗ruvchi bolalar soni kо‗paydi. Ularning orasida
maktab dasturini о‗zlashtira olmaydigan bolalar yaqqol kо‗rina boshladi.
Kompleks, ya‘ni har tomonlama tekshirish, о‗rganish natijasida ularning kо‗rish
qoblyatining buzilishi bilan birga oligofreniya tipidagi aqli zaiflik ham mavjudligi
aniqlandi.Zaif kо‗ruvchi va aqli zaif bо‗lgan bolalarning о‗qitish va tarbiyalash
ancha murakkab va о‗ziga xosdir. Odatda kо‗r va zaif kо‗ruvchi bolalar ―Brayl‖
sistemasida о‗qish va yozishni о‗rganadilar. Tо‗g‗ri tashkil etilgan ta‘lim natijasida
kо‗r bolalar nuqta – relyefli shriftni tez о‗rganib oladilar. Aqli zaif kо‗r bolalarda
bu jarayon sekin kechadi. Bunga bir qancha sabablar mavjud bо‗lib, markaziy nerv
sistemasining organik shikastlanishi natijasida aqli zaif kо‗r bolaning kompensator
imkoniyatlari sust bо‗ladi. Maxsus tashkil etilgan ishlar tufayligina eshitish
analizatorlari kompensator vazifasini bajaradi. Aqli zaif о‗quvchilarning tafakkuri,
tasavvuri, nutq fikirlash qobilyatini rivojlantirishda yordamchi maktabda
kо‗rgazmali qurollardan keng foydalaniladi. Kо‗rlar maktabida kо‗proq nutq
sо‗zga maxsus tiflografik kо‗rgazmali qurollarga asoslangan xolda ish yuritilsa,
aqli zaif kо‗r bolalar bilan boshqacharoq ish yuritiladi. Ikkala holatda ham birinchi
novbatda bolaning abstrakt tafakkuri yaxshi rivojlangan bо‗lishi kerak. Aqli zaif
bolalarning esa bilish faoliyati turg‗un buzilgan bо‗ladi. Aqlan va zaif kо‗ruvchi
bolalarning ta‘lim tarbiyasiga
maxsus yondashgan xolda, maxsus yaratilgan tizim
asosida о‗qitish va tarbiyalash lozim.
Murakkab bolalardan eshitish qobilyati va aqli zaif bolalar birinchi bо‗lib
о‗rganilgan edi. Kar va zaif eshituvchi bolalarda ikkilamchi hodisa sifatida aqlan
zaiflik kuzatilib boriladi. Natijada intelekti sog‗lom, eshitish qobilyati zaif
bolalarni ham avli, ham eshitish qobilyati zaif bolalardan amalda ajratish ancha
mushkul, ayniqsa ilk yoshlik chog‗larida. Hozirgi kunda ular uchun differensial –
diagnostik me‘zonlar ishlab chiqilgan. Aqli va eshitish qobilyati zayf bolalar karlar
yoki zaif eshituvchi bolalar maktab internatlarining yordamchi sinflarida
yordamchi maktab dasturi bо‗yicha ta‘lim oladilar. Yordamchi sinflar kо‗rlar va
zaif kо‗ruvchi bolalar maktab internatlari ham mavjud.
Nutq nuqsoniga ega bо‗lgan bolalar Logopediya bu nutq buzilishlari xaqidagi
maxsus ta‘lim va tarbiya vositasida nutq buzilishlarini о‗rganish, tuzatish va oldini
olish xaqidagi pedagogik fandir. Logopediya nutq faoliyati buzilishining sabablari,
mexanizmlari, alomatlari, oqimlari tarkibini о‗rganadi. Shuning uchun uni maxsus
pedagogika sarasiga qо‗shadilar. Logopediya termini grekcha loges, peydeo
sо‗zlaridan tashkil topgan bо‗lib, tarjimada tо‗g‗ri nutqni tarbiyalash ma‘nosini
anglatadi. Fan sifatida logopediya nutq nuqsonini tuzatish,
nutqiy faoliyati
zaiflashgan shaxslarni о‗qitish va tarbiyalash jarayoni xisoblanadi. Logopediyani
о‗rganish obyekti nutq nuqsoniga ega bо‗lgan shaxs. Adabiy tilda qabul qilingan
nutq normasi bilan bir oz bо‗lsa ham chetga chiqish-bu nutq nuqsoni deb
xisoblanadi.
Zamonaviy logopediya strukturasi maktabgacha yoshli maktab bolalar
logopediyasi, о‗smirlar va
katta
yoshdagilar logopediyasiga bо‗linadi.
Logopediyaning asosiy maqsadi nutqida nuqsoni bor shaxslarni о‗qitish,
tarbiyalash va qayta tarbiyalashning ilmiy asosalangan sistemasini ishlab chiqish,
shuningdek nutq nuqsonining oldini olishdan iboratdir. Logopediya fani nutqida
nuqsoni bor bolalarning shaxs sifatida har tomonlama rivojlan I.P.Pavlov
ta‘limotiga muvofik nutq bosh miyaning murakkab psixo-fiziologik funksiyasini,
uning ikkilamchi signal sistemasini о‗zida namoyon etadi. Birinchi va ikkinchi
signallar sistemasi bir-biribilan uzviy bog‗langandir. Ikkinchi signal sistemasi
birinchi sistema asosida shakllanadi. Ammo
keyinchalik ikkinchi signal
sistemasining birinchi signal sistemasiga tartibga soluvchi ta‘siri namoyon bо‗ladi.
Sо‗z aloxida xususiyatning signali, umumlashtirish qurolidir. Birinchi va ikkinchi
signal sistemalari orasidagi о‗zaro murakkab aloqalarni xisobga olish nutq
buzilishini tuzatish, bо‗zilgan nutq va nutqsiz funksiyalarning о‗rnini bosish ustida
samarali logopedik ish olib borish uchun imokniyat yaratadi.
Do'stlaringiz bilan baham: